gram news
Аватар канала LibIshtixon rasmiy kanali

LibIshtixon rasmiy kanali

@libishtixon

Ishtixon tuman axborot-kutubxona markazi 📰 Yangiliklar 🎤 Tadbirlar 🖥 Elektron kitoblar 🌏 https://taplink.cc/libishtixon @ILCSam_bot Biz bilan bog‘lanish uchun: @mardonov_officiall @omonovtime

ПроектыUZНовости

3,580подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • LibIshtixon rasmiy kanali

    22 сент., 06:29

    #Inson_huquqlariINSON HUQUQLARI OLIY QADRIYAT.📌 Ishtixon tuman axborot-kutubxona markazi kutubxonasiga tashrif buyurgan tuman IIB JXX probatsiya guruhi hisobidagi nazorat ostida turadigan shaxslar o'rtasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” g'oyasi asosida mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlari va kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish yuzasidan kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil qilindi.📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    22 сент., 04:48

    #Tavsiya📖 Abdulhamid ISMOIL - “Jinlar bazmi yoxud katta oʻyin” (roman)Kaminani tom maʼnoda hayajonga solgan mazkur roman buyuk ajdodimiz haqidagi dastlabki va hozircha yagona roman. Bu asarning voqealari asosan yozuvchining badiiy xayoloti mahsuli, ayni paytda, tarixiy hujjatlar bilan mantiqan dalillangan, aytish mumkinki, tarix va badiiy xayolot ajabtovur mushtaraklik kashf etgan baquvvat roman. Abdulla Qodiriy millatimizning armoni boʻlgani holda, adibning oʻzi ham yozib ulgurmagan asarlari uchun buyuk armon bilan oʻtgan ijodkordir. Yozuvchining oʻzi eʼtirof etganidek, “Amir Umarxonning kanizagi” nomli bir roman yaratish niyatida juda koʻp tarixiy asarlarni oʻrgangan, kanizakning qismati bilan bogʻliq maʼlumotlarni izlagan. Mashhur shoh va shoir Amir Umarxonning kanizi boʻlgan Oyxon nihoyatda achchiq qismati bilan oʻquvchini oʻziga bogʻlab qoʻyadi. Benihoya goʻzal qizning taqdir
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    22 сент., 04:27

    #Xayrli_kunOson bo’lgan barcha narsalar OLDIN JUDA QIYIN BO’LGAN©️Thomas Fuller🌤 Seshanba kuningiz xayrli boʻlsin!📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    21 сент., 09:40

    #Buktreyler #Videorolik📹 GABRIEL GARSIYA MARKES - "BUZRUKNING KUZI"📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    21 сент., 09:40

    #IqtibosKo’pchilik odamlar jonsiz deb bilgan kitob ularga qanchalik savodsiz ekanliklarini isbotlab bera oladi.©️Oskar Uayld📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    21 сент., 09:29

    #Ko‘chma_kutubxonaIshtixon tuman axborot-kutubxona markazi hamda 21-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi. Ushbu tajriba doirasida maktab o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari uchun doimiy ravishda foydalanish imkoniyatini beruvchi ko‘chma kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda ushbu maskanda yosh iqtidor egalari musiqiy va badiiy saboqlar bilan birga jahon hamda o‘zbek adabiyotining sara namunalaridan bahramand bo‘lishadi. Bu kabi loyihalar kelajak bunyodkorlarining intellektual salohiyatini oshirish hamda ularda kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    21 сент., 05:18

    Faxriddin Umarov : Inson xotirasi — muqaddas, ijodiy merosi barhayot!Ishtixon tuman Axborot-kutubxona markazida el suygan xonanda Faxriddin Umarov xotirasiga bagʻishlangan ma'rifiy va badiiy kecha boʻlib oʻtdi.Tadbirda Turon jurnalistlar uyushmasi a'zosi Sayidolim Qoraxon ustoz san'atkor xotirasiga bagʻishlangan va uning repertuaridagi kuy-oʻlanlarni ijro etib, yigʻilganlarga manzur boʻldi. Shuningdek, xonandaning shogirdi Hojiakbar Hamidov tomonidan taqdim etilgan kitoblar tadbir qatnashchilariga ulashildi.Adabiyot va san'at uygʻunlashgan ushbu kecha barchada chuqur taassurot qoldirdi.#Ishtixon #Kutubxona #XotiraKechasi #FaxriddinUmarov #Kitobxonlik📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    21 сент., 04:23

    #Kitobdan✍️ Oskar Uayld - "Dorian Greyning portreti"Jismonan yoxud ruhan komil odamlarning taqdirida allaqanday bir shum qismat bo'ladi- butun tarix davomida ana shunday shum qismat qirollarning noto'g'ri qadamlariga rahnamolik qilib kelganday. Boshqalardan hech narsa bilan ajrab turmaslik bexatarroq. Bu dunyoda hamisha tentaklar bilan badbasharalargina yutib chiqadi.📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    21 сент., 04:21

    #Xayrli_kun"Biz jasorat so‘rar edik. Lekin... jasoratimizning qolg‘an-qutg‘anini ham olmoq muddaosida edilar. Biz so‘z erkinligi so‘rar edik. Lekin tilimizni tek-tugidan kesmoqchi edilar. Jasorat bitkan edi, til kesilgan edi... Yuragimizdagi biroz umidni istisno qilg‘anda, boshqa narsalar yulinib-yulqing‘an edi.."© Abdulla Qodiriy🌤 Boshlagan yangi haftangiz va dushanba kuningiz xayrli boʻlsin!📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    18 сент., 05:02

    BIBLIOGRAFIK SHARHIshtixon tuman axborot-kutubxona markazi o'quv zalida navbatdagi bibliografik sharh bo'lib o'tdi. Sharh uchrashuvda kitobxonlar e'tibori yurtimizda sodir bo'layotgan muhim yangiliklar, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayot jarayonlariga bag'ishlangan "Zarafshon" hamda "Jadid" gazetalarning navbatdagi yangi sonlari va ulardagi dolzarb maqolalarga qaratildi. Kutubxona mutaxassislari bosma nashrlarning mazmun-mohiyati, o'quvchilar uchun foydali jihatlari hamda yurtimizda kechayotgan yangilanishlar haqida batafsil ma'lumot berib o'tdilar. Mazkur sharh kitobxonlarning matbuotga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda ularning siyosiy va huquqiy savodxonligini yuksaltirishga xizmat qildi.📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    18 сент., 04:28

    #masal“Bugun” masaliBir kuni shogird Ustozidan so‘radi: — Ustoz, ayting-chi, yangi bir ishni boshlash uchun eng qulay kun bormi? — Faqat bir kun bor, — dedi Ustoz. — Bu kun — bugun.📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    18 сент., 04:28

    ✨Sharqona_hikmatQadrlamaydigan insonlarga qalbingizdagi olovni behuda sarflagandan ko‘ra, yolg‘iz bo‘lib qolgan afzal. Qimmatbaho tuyg‘ularingizni har kimga sochib yuborsangiz, bir kun o‘zingizga chinakam yaqin insonni uchratganingizda, uni haqiqiy sevishga kuchingiz qolmasligi mumkin.— Umar Xayyom📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    18 сент., 04:17

    #Xayrli_kunO‘zingni topishni istasang, o‘zgalar chizgan xaritadan foydalanishni to‘xtat.©️Albert Kamyu🌤 Juma kuningiz xayrli bo'lsin!📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    17 сент., 11:52

    #Davra_suhbatiIshtixon tumanidagi MMTBga qarshli 22-sonli umumiy-o‘rta ta’lim maktabida "Yoshlar bizning kelajagimiz" deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu suhbatga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Ishtixonlik shoira va ijodkor Mavluda Ro‘ziyeva tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida shoira bolajonlarga o‘zining "Kitob mening do'stim" hamda "Kitob o‘qi" nomli she’rlarini o‘qib berib, kitobxonlikning inson hayotidagi beqiyos o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bu uchrashuv barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    17 сент., 06:00

    ✨ Sharqona donolikHech qachon insonni hukm qilmang, toki u bosib o‘tgan yo‘lni o‘z oyoqlaringiz bilan bosib o‘tmaguningizcha.©️Lao Szı📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    17 сент., 06:00

    #rivoyat“Dehqon va chumoli” rivoyatiBir kuni dehqon daladan ketayotib, bir chumolini ko‘rib qoldi. Chumoli bor kuchi bilan og‘ir toshni uyiga sudrab borishga harakat qilayotgan edi. Dehqon to‘xtab, unga bir qaradi va o‘yladi: — Eh, bechora, naqadar behuda mehnat qilayapti!Shunda u yordam berishga qaror qildi. Dehqon ehtiyotlik bilan toshni olib, uni chumolining uyigacha olib borib qo‘ydi.Ammo chumoli minnatdorchilik bildirish o‘rniga, dehqonga jiddiy qarab dedi: — Yordamingiz uchun rahmat, ammo endi o‘z mehnatimdan zavq olish imkonini yo‘qotdim. Endi mening mehnatim ma’nosiz bo‘lib qoldi.Dehqon chuqur o‘yga toldi va saboq chiqardi: baxt mehnatning natijasida emas, balki uning o‘z jarayonida yashiringan ekan. Mehnat bizni kuchliroq, dono va baxtliroq qiladi, chunki u bizga o‘z yutuqlarimizdan faxrlanish va o‘z qadr-qimmatimizni his etish imkonini beradi.📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    17 сент., 06:00

    #KitobdanQabr ham, amallar kitobi ham bir kishilik, insonlarni tanqid qilishga ijozat bering, chunki har bir inson qoralagan ishni to boshidan o‘tkazmay turib, bu dunyoni tark etmaydi. Agar biz qarshimizdagi insonni har doim tanqid qilaversak, u o‘zini himoya qila boshlaydi va bilan o‘zaro munosabatlarimizda uzilishlar yuz beradi. Inson — muhtaramdir, agar tanqid qilmoqchi bo‘lsak, biz uning shaxsiyatini emas, balki fe‘l-atvorini tanqid qilaylik.✍️ Sheniz Yujel, "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    17 сент., 06:00

    📚 Kitob o‘qish — bu shunchaki hobbi emas, bu kelajak uchun sarmoya.📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    17 сент., 05:14

    #Xayrli_kun“Siz koʻp narsani koʻrasiz, lekin koʻrganlaringiz ustida bosh qotirishga erinasiz”©️Sherlok Xolms🌤 Payshanba kuningiz xayrli boʻlsin!📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram | ▶️YouTube | 📘Facebook | 🌐Web Sayt
  • LibIshtixon rasmiy kanali

    16 сент., 09:52

    📚 “MILLAT SHAVKATI” — MA’NAVIYAT VA TARIXGA SAYOHAT📖 Ishtixon tuman Axborot-kutubxona markazida Ishtixon tuman hokimligi hamkorligida “MILLAT SHAVKATI” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda aks etgan tarixiy va ma’naviy qadriyatlar, millatimizning boy o‘tmishi hamda ajdodlarimizning ibratli hayoti haqida fikr-mulohazalar bildirildi.📕 “MILLAT SHAVKATI” — o‘quvchini milliy o‘zlikni anglash, tarixni chuqurroq o‘rganish va ajdodlar merosiga hurmat ruhida mushohada yuritishga chorlovchi asarlardan biridir.Taqdimot davomida ishtirokchilar kitob bilan yaqindan tanishib, uning mazmuni yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.✨ Kitob — millat xotirasi, ma’rifat esa uning kelajagidir!#MillatShavkati #KitobTaqdimoti #IshtixonAKM #IshtixonTumanHokimligi #Kitobxonlik #MaNaviyat #Mutolaa📌 RASMIY SAHIFALARIMIZ ✅📱Telegram | 📸Instagram |