Последние посты

TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
26 сент., 14:07
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣🗓 2026-yil 25-26-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalarini yopilish hamda taqdirlash marosimidan videolavha. 🎞✈️ Telegram 🌐 Veb-sayt
TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
26 сент., 13:32
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ⚽️⚽️⚽️⚽️ 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣🥇 TATU — MUSOBAQA G‘OLIBI!🗓 2026-yil 25–26-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.🏆 Musobaqalarning mini-futbol yo‘nalishida ishtirok etgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi barcha bahslarda munosib ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 🥇 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!🔥 Maydondagi birdamlik, yuqori sport mahorati, qat’iyat va g‘alabaga bo‘lgan ishonch jamoamizning ushbu yutuqqa erishishida muhim omil bo‘ldi.👏 Universitetimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak natijaga erishgan jamoamiz a’zolarini ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!✨ Keyingi musobaqalarda ham jamoamizga ulkan zafarlar, yangi g‘alabalar va omad tilaymiz!✈️ Telegram 🌐 Veb-sayt




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
26 сент., 13:31
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🏐🏐🏐🏐🥉 TATU — MUSOBAQA SOVRINDORI!🗓 2026-yil 25–26-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.🏆 Musobaqalarning VOLEYBOL yo‘nalishida ishtirok etgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi barcha bahslarda munosib ishtirok etib, yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 🥉 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi!🔥 Maydondagi birdamlik, yuqori sport mahorati, qat’iyat va g‘alabaga bo‘lgan ishonch jamoamizning ushbu yutuqqa erishishida muhim omil bo‘ldi.👏 Universitetimiz sharafini munosib himoya qilib, yaxshi natijaga erishgan jamoamiz a’zolarini ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz!✨ Keyingi musobaqalarda ham jamoamizga ulkan zafarlar, yangi g‘alabalar va omad tilaymiz!✈️ Telegram 🌐 Veb-sayt




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
25 сент., 12:43
#TATU #DualTalim #Energetika⚡️ENERGETIKA YO‘NALISHIDA DUAL TA’LIM: NAZARIYADAN AMALIYOTGACHAMuhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida energetika sohasi uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega muhandis kadrlar tayyorlash maqsadida dual ta’lim tizimi joriy etildi.Mazkur ta’lim modeli “Televizion texnologiyalar” fakulteti “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi tomonidan yetakchi energetika korxonalari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan: 🔵 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ; 🔵“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ.🎓Dual ta’limga jalb etilgan 3- va 4-bosqich talabalari amaldagi elektr podstansiyalari hamda issiqlik energetikasi obyektlarida, real uskunalar bilan ishlagan holda, tajribali soha mutaxassislari rahbarligida amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.💡Dual ta’lim orqali talabalar: 🔵nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish jarayonida mustahkamlaydi; 🔵zamonaviy energetika uskunalari bilan ishlashni o‘rganadi; 🔵tajribali muhandislardan amaliy tajriba oladi; 🔵ishlab chiqarish va texnika xavfsizligi madaniyatini o‘zlashtiradi; 🔵talabalik davridayoq real kasbiy muhitga moslashadi.🎯Asosiy maqsad — ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi orqali zamonaviy energetika tizimlarida samarali faoliyat yurita oladigan, amaliy kompetensiyalarga ega yuqori malakali muhandislarni tayyorlash.🤝Hamkor tashkilotlarga ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdagi hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz!🎓Bilimdan tajribaga, tajribadan professional muhandislik sari!Bizni kuzating: 🚀Telegram 📷Instagram 🎬YouTube 🔵Facebook




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
25 сент., 11:30
#Zakovat💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Raqamli ta'lim va texnologiyalar” fakulteti talaba-yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etildi.📚 Mazkur o‘yin talabalarning bilim va salohiyatini yanada oshirish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.✅ Qizg‘in va murosasiz bahslar ruhida o‘tgan o‘yinda talabalar turli mavzulardagi savollarga javob berib, o‘z bilim va tafakkur darajalarini namoyon etdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇1-o‘rin Just jamoasi 🥈2-o‘rin Tafakkur jamoasi 🥉3-o‘rin The best jamoalari loyiq deb topildi.🎁 O‘yin yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, ular sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.✈️ Telegram 🌐 Veb-sayt




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
25 сент., 10:41
#SoglomTurmushTarzi #TibbiySavodxonlik #DavraSuhbati💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning profilaktikasi: xavf omillari va infarkt hamda insult alomatlarini aniqlash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.🛡 Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish, ularning asosiy xavf omillari hamda dastlabki alomatlari haqida zarur tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.💬 Suhbat davomida noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlilik, stress, ortiqcha vazn va arterial qon bosimining yuqoriligi kabi omillarning salomatlikka ta’siri haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, infarkt va insultning asosiy belgilari, ularni o‘z vaqtida aniqlash hamda bunday holatlarda tezkor tibbiy yordamga murojaat qilish muhimligi tushuntirildi.👥 Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan tegishli tavsiya va tushuntirishlar oldilar. Sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik va o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.⭐ Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom hayot tarziga amal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.✈️ Telegram 🌐 Veb-sayt




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
25 сент., 08:21
#davra_suhbati💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter injiniringi” fakulteti talabalari ishtirokida “Tinchlik — eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi — ma’rifat bilan kurash” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.✈️ Tadbir davomida tinchlik va osoyishtalikning inson hayoti, jamiyat farovonligi hamda mamlakat taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyati haqida fikr almashildi. Talaba-yoshlarga yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni qadrlash, uni asrab-avaylash har bir fuqaroning muhim vazifalaridan biri ekani ta’kidlandi.🔍 Shuningdek, yoshlarni turli yot g‘oyalar, buzg‘unchi qarashlar va jaholatning salbiy oqibatlaridan ogoh etish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish hamda har qanday axborotni tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.✈️ Suhbat davomida bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi haqida ham fikrlar bildirildi.✈️ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida tinchlik va osoyishtalikning qadrini yanada chuqur anglash, ma’rifatga intilish hamda jamiyat hayotida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.✈️ Telegram 🌐 Veb-sayt




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
24 сент., 12:32изменён
#videolavha💻 TUIT is nothing without….YOU🫵✈️ Telegram 🌐 Veb-sayt
TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
22 сент., 17:10
#ICTWeek #digital #TATU📹 “ICTWEEK UZBEKISTAN - 2026” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining ilk kunidan videolavha✈️@tuituz_official
TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
22 сент., 12:54
#Sport #Futbol⚽️ TATU futbol terma jamoasiga saralash jarayoni bo‘lib o‘tdi💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘g‘il bolalar futbol terma jamoasi tarkibini shakllantirish maqsadida talabalar o‘rtasida saralash jarayoni tashkil etildi.🔥 Saralashda universitetning sportga qiziqishi yuqori, futbol bo‘yicha mahoratini namoyon etishni istagan talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Jarayon davomida ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, futbol bo‘yicha texnik va taktik ko‘nikmalari, tezkorligi hamda jamoaviy harakatlari kuzatib borildi.🤝 Qizg‘in va do‘stona ruhda kechgan saralash jarayoni davomida talabalar o‘z imkoniyatlarini namoyish etib, universitet sharafini munosib himoya qilishga bo‘lgan




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
22 сент., 12:53
#Psixologik_rivojlanish💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakulteti talabalari ishtirokida “Muvaffaqiyatga eltuvchi psixologik qoidalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.📌 Seminar-treningning asosiy maqsadi talabalarning shaxsiy rivojlanishi, psixologik barqarorligi hamda ta’lim jarayonidagi samaradorligini oshirishga qaratildi. Tadbir davomida talabalarda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan zamonaviy psixologik ko‘nikmalarni shakllantirish masalalariga alohida muhokama qilindi.💬 Seminar davomida quyidagi muhim yo‘nalishlar yuzasidan amaliy va nazariy tushunchalar berildi: ✍️ Kognitiv refleksiya va tanqidiy fikrlash ✍️ O‘z-o‘zini




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
22 сент., 12:52изменён
#TATU #GCYLP #XalqaroHamkorlik🇺🇿TATU vakili xalqaro raqamli yetakchilik dasturidaMuhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU PhD tadqiqotchisi Rikhsivoev Mohirjon Alisher o‘g‘li Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tkazilayotgan Generation Connect Young Leadership Programme (GCYLP) xalqaro dasturida O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etmoqda.🌐ITU va Huawei hamkorligidagi mazkur dastur yosh raqamli yetakchilarning salohiyatini rivojlantirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va raqamli yechimlarni ilgari surishga qaratilgan.Dasturga 150 ta davlatdan 6 700 nafar nomzod ariza topshirgan bo‘lib, saralash natijasida 24 mamlakatdan 30 nafar yosh yetakchi tanlab olingan.📍Xalqaro tajriba almashinuvi14–18-sentabr kunlari Jenevada o‘tkazilgan treninglarda ishtirokchilar




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
22 сент., 11:47
#ICTWeek #digital #TATU💻“ICTWEEK UZBEKISTAN - 2026” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi.💻 Ushbu haftalik doirasidagi ko‘p funksiyali ko‘rgazmada TATU jamoasi ham o'z ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.↪️ Ochilish marosimida dastlab videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning “Startaplar mamlakati” sifatidagi yangi qiyofasi, mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar aks ettirildi.⚡️ Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.22-sentabr kuni CAEx ko‘rgazmalar majmuasida ICT WEEK Uzbekistan 2026 o‘z ishini boshladi. To‘rt kun davom etadigan tadbir texnologik kompaniyalar, startaplar,




TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
22 сент., 11:14
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣👨🏫👩🏫 Hurmatli ustozlar va mutaxassislar!🗓 2026-yil oktabr oyidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi kasbiy qayta tayyorlash kursi o‘z faoliyatini boshlaydi.🎯 Mazkur kurs axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, kasbiy salohiyatni oshirish hamda yangi yo‘nalish bo‘yicha zarur kompetensiyalarni shakllantirish istagida bo‘lgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.✍️ Kursda tahsil olish istagida
TATU | Ma'naviyat va ma'rifat markazi | Rasmiy kanal
22 сент., 10:50
#Muzeyga_tashrif #TalabalarHayoti💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talaba-yoshlarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy adabiyotimizning buyuk namoyandalaridan biri — Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning hayoti va ijodiy merosini yaqindan o‘rganish maqsadida Oybek uy-muzeyiga ma’rifiy tashrif tashkil etildi.👥 Tashrif davomida talabalar adibning hayoti va ijodiy faoliyati, serqirra adabiy merosi, mashhur asarlari hamda o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan munosib hissasi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.🖼 Shuningdek, muzeyda saqlanayotgan noyob eksponatlar, qo‘lyozmalar, adibning shaxsiy buyumlari va ijodiy faoliyatiga oid materiallar bilan yaqindan tanishildi.



