Последние посты

MAQOM MARKAZI
22 сент., 10:46
переслано из @rasmiy_axborot_official
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
MAQOM MARKAZI
22 сент., 10:24
⚡️ “NAZM VA NAVO — MAQOM KECHASI”O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Buxoro viloyati hududiy bo‘limi hamda Abdurauf Fitrat nomidagi Buxoro maqom san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamkorligida “Nazm va Navo — Maqom kechasi” nomli konsert dasturi tashkil etiladi.Konsert dasturida milliy maqom san’atining nafis namunalari, mumtoz kuy-qo‘shiqlar hamda iste’dodli ijrochilarning betakror chiqishlari namoyish etiladi.📅 23-sentabr soat 19:00 📍 Manzil: Buxoro shahri, Ko‘kaldosh madrasasi 🎟 Kirish bepul!Mumtoz musiqa jozibasi va maqom tarovatiga boy ushbu musiqiy kechaga barchangizni taklif etamiz!📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
MAQOM MARKAZI
21 сент., 12:04
⚡️ Maqom muzeyi fondi yana bir noyob eksponat bilan boyidiO‘zbekiston xalq hofizi, akademik Yunus Rajabiyga tegishli bo‘lgan dutor cholg‘usi hamda qish kunlarida kiygan choponi Tarixiy ekspozitsiya bo‘limi tomonidan tashkil etilayotgan Maqom muzeyi fondiga hadya etildi.Shuningdek, O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy o‘zining sahna libosini ham muzey fondiga tuhfa qildi.Mazkur noyob ashyolar o‘zbek maqom san’ati tarixining bebaho namunalaridan bo‘lib, kelajak avlod uchun buyuk san’atkorlarimizning ijodiy merosi va hayot yo‘lini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.Maqom — milliy xotira, ma’naviy meros va avlodlarni bog‘lovchi bebaho san’atdir.📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
MAQOM MARKAZI
21 сент., 11:00
⚡️ “Atlas bayrami” VII xalqaro festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdiMarg‘ilon shahridagi Burhoniddin Marg‘inoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida joylashgan amfiteatrda “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivalining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tadbirning konsert dasturini Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali maqom artistlari — “Shuhrat” medali sohibi Azizbek Abduazimov hamda “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Ulug‘bek Elmurodzoda o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan boshlab berdilar.San’atkorlarning betakror ijrosi festivalning yakuniy tadbiriga o‘zgacha fayz bag‘ishlab, yig‘ilgan mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.“Atlas bayrami” — milliy hunarmandchilik, an’anaviy san’at va madaniy merosni xalqaro miqyosda targ‘ib etuvchi muhim madaniy tadbirlardan biri sifatida yana
MAQOM MARKAZI
21 сент., 10:10
⚡️ O‘zbek milliy san’ati Estoniyada namoyish etildiO‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Estoniya poytaxti Tallin shahrida xalqaro milliy hunarmandchilik va folklor ko‘rgazmasi hamda madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekistondan tashrif buyurgan O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘limining xonanda va sozandalari ham faol ishtirok etdi.Ijodkorlar tomonidan o‘zbek maqom san’ati, xalq kuy-qo‘shiqlari va milliy musiqa merosimiz xorijiy mehmonlar hamda tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
MAQOM MARKAZI
21 сент., 10:01
⚡️ O‘zbek milliy san’ati Estoniyada namoyish etildiO‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Boltiqbo‘yi davlatlariga amalga oshirilayotgan tashrif doirasida Estoniya Respublikasi poytaxti Tallin shahrining “Ratusha rayoni”da xalqaro milliy hunarmandchilik va folklor ko‘rgazmasi hamda madaniy tadbirlarbo'lib o'tdi.Mazkur xalqaro tadbirda turli xalqlarning milliy qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, hunarmandchilik namunalari va folklor san’ati keng namoyish etildi.Tadbirda O‘zbekistondan tashrif buyurgan O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘limining xonanda va sozandalari ham faol ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy milliy musiqa merosi, maqom san’ati hamda xalq kuy-qo‘shiqlarini xorijiy mehmonlar va tadbir ishtirokchilariga taqdim etdi.Ijodiy jamoaning chiqishlari orqali o‘zbek xalqining
MAQOM MARKAZI
21 сент., 09:30
⚡️ Bobur shahrida “Yangi O‘zbekiston taronalari” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdiBobur shahrida aholi uchun “Yangi O‘zbekiston taronalari” nomli konsert dasturi tashkil etildi.Madaniy tadbirda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarimiz tarannum etildi.Konsert dasturida Andijon maqom markazi xonandalari va sozandalari ishtirok etib, mumtoz va milliy kuy-qo‘shiqlarni ijro etdilar.Ijodkorlarning chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, Bobur shahridagi madaniy kechaga o‘ziga xos fayz va shukuh bag‘ishladi.📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
MAQOM MARKAZI
21 сент., 09:02изменён
#Maqomni_birga_kuylaymiz #Intervyu"Mqaomni birga kuylaymiz" loyihasining navbatdagi mehmoni O'zbekiston xalq artisti - Ilyos Arabov📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
MAQOM MARKAZI
21 сент., 08:50
#Maqomni_birga_kuylaymiz🌟 "Maqomni birga kuylaymiz" loyihasining tasvirga olish jarayoni📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
MAQOM MARKAZI
21 сент., 08:40
#Maqomni_birga_kuylaymiz🌟 "Maqomni birga kuylaymiz" loyihasining tasvirga olish jarayoni📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
MAQOM MARKAZI
21 сент., 08:33
#Maqomni_birga_kuylaymiz🌟 "Maqomni birga kuylaymiz" loyihasining tasvirga olish jarayoni📱 Telegram l 📱 Instagram l 📱 Facebook l 📱 Youtube l
MAQOM MARKAZI
21 сент., 08:19
#Maqomni_birga_kuylaymiz⚡️ “Maqomni birga kuylaymiz” — maqom san’atini keng targ‘ib etuvchi loyihaMaqom san’ati ustalari ishtirokida milliy musiqiy merosimizni keng targ‘ib etish, yosh avlodni maqom san’atiga yanada qiziqtirish hamda mumtoz kuy va qo‘shiqlarni ommalashtirishga qaratilgan “Maqomni birga kuylaymiz” loyihasi suratga olindi.Loyihaning navbatdagi sonida O‘zbekiston xalq artisti, mohir xonanda Ilyos Arabov mehmon sifatida ishtirok etdi. Dastur davomida maqom san’atining o‘ziga xos jihatlari, ijrochilik an’analari va ustozlar merosi haqida so‘z yuritilib, dilga yaqin maqom namunalari ijro etildi.“Maqomni birga kuylaymiz” — milliy maqom san’atini zamonaviy media imkoniyatlari orqali keng auditoriyaga yetkazish, ustozlar ijodini targ‘ib etish va maqomga mehr uyg‘otishga xizmat qiluvchi loyiha.Maqomni birga kuylaymiz — milliy merosimizni
MAQOM MARKAZI
18 сент., 10:22
#Onlayn_qabul⚡️ O‘zbek milliy maqom san’ati markazi rahbariyatining onlayn qabuli bo‘lib o‘tadiAholi va soha vakillari bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, murojaatlarni bevosita eshitish hamda taklif va tashabbuslarni muhokama qilish maqsadida 23-sentyabr soat 14:00 da O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Bosh direktori o'rinbosari Qobiljon Yuldashevning onlayn qabuli bo'lib o'tadi.Onlayn qabul davomida maqom san’ati rivoji, ijodiy faoliyat, madaniy loyihalar, tashkiliy masalalar hamda fuqarolarni qiziqtirgan boshqa savollar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.📅 Sana: 23-sentyabr 🕘 Vaqti: 14:00 💻 Format: OnlaynTelegram l Instagram l Facebook l Youtube
MAQOM MARKAZI
17 сент., 11:18
⚡️“Yangi O‘zbekiston taronalari” — nazm va navo kechasiO‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi bayram shukuhi yurtimizda davom etayotgan bir paytda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan bayramona konsert dasturlari tashkil etilmoqda.Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida “Yangi O‘zbekiston taronalari” nomli nazm va navo kechasi bo‘lib o‘tdi.Maqom durdonalari, milliy kuy-qo‘shiqlar bilan boshlangan konsert dasturi milliy estrada va yallalar bilan davom etdi. Ansambl va xonandalarning chiqishlari tomoshabinlar tomonidan olqish va qarsaklar bilan kutib olindi.Telegram l Instagram l Facebook l Youtube l
MAQOM MARKAZI
17 сент., 11:17
⚡️“Maqom ohanglari — moziy sadosi” — istiqlolning 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram konsertiGuliston shahrida joylashgan “Besh tashabbus” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ochiq osmon ostida bayram konsert dasturi tashkil etildi.Tadbirda O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi ansambli tomonidan “Maqom ohanglari — moziy sadosi. 35 yil — istiqlol nazm navosi” deb nomlangan konsert dasturi namoyish etildi.Bayram tadbiri davomida milliy maqom san’atining betakror namunalari, mumtoz kuy-qo‘shiqlar hamda xalqimizning boy ma’naviy va madaniy merosini o‘zida mujassam etgan musiqiy asarlar ijro etildi. Ansambl ijrochilarining mahoratli chiqishlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.Konsert dasturida Vatanimizning 35 yillik mustaqillik davrida erishgan ulkan yutuqlari, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik,
