Последние посты

MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
22 сент., 12:40
🗣 Xalq banki markaziy apparatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.🗣 Seminarda "Maʼrifat" targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, tarix fanlari doktori F.Ernazarov hamda "Maʼrifat" targʻibotchilari jamiyati aʼzosi, Oʻzbekiston Milliy universiteti professori, falsafa fanlari doktori J.Yusupovlar soʻzga chiqib, Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslar, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida xodimlar bilan atroflicha fikr almashdilar.🗣 Seminar yakunida ishtirokchilarga Prezidentimiz nutqida belgilangan
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
22 сент., 12:19
#yangi_son“RAQAMLI DUNYONING RAQAMLI BOLALARI” ...Bolalar raqamli makonni tabiiy hayotning bir qismi deb o‘ylaydi. Oqibatda zararli kontent, anonim muloqot, firibgarlik, yo‘ldan ozdiruvchi axborot girdobiga tushib qoladi.«Ma’naviy hayot» jurnalining 2026 yildagi 3-sonida shu kabi mulohazalar va qiziqrli voqeliklarga boy maqolalarni o'qishingiz mumkin.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
22 сент., 11:02
🇺🇿 Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan g‘oya va vazifalarning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.Seminarning asosiy maqsadi — davlat rahbari nutqida belgilangan ustuvor vazifalarni xodimlarga yetkazish, mamlakat taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari va amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilish, shuningdek, kelgusi vazifalarni belgilashdan iborat bo‘ldi.Seminarda «MA’RIFAT» targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari Fayzullo Ernazarov va Eshmurod Raximov mavzu yuzasidan ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.Ma’ruzalarda mustaqillik yillarida erishilgan natijalar va uning tarixiy ahamiyati, inson qadrini ulug‘lash va huquq hamda manfaatlarini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish, jamiyat va davlat taraqqiyotini yangi bosqichga olib
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
22 сент., 07:25
🇺🇿🇹🇷 “Ma’rifat elchilari” loyihasi a’zosining maqolasi turk nashrida chop etildiTurkiyalik taniqli olim va davlat arbobi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyatining faxriy a’zosi, “Ma’rifat elchilari” loyihasi ishtirokchisi Kemal Yavuz Atamanning O‘zbekiston va mamlakatimiz rahbari haqida so‘z yuritilgan maqolasi Turkiya nashrida e’lon qilindi.Maqolada O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda davlatimiz rahbarining mamlakat rivoji yo‘lidagi tashabbuslari haqida fikrlar bayon etilgan. Kemal Yavuz Ataman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan “Ma’rifat elchilari” loyihasi doirasida O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini Turkiyada keng targ‘ib etib kelmoqda. Maqolani batafsil ushbu havolada o'qishingiz mumkin.✅Bizni kuzatishda
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
22 сент., 06:20
🇺🇿 Farg’ona viloyati Dang‘ara, Yozyovon va Bog'dod tumanlarida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.🔷Seminarda tuman hududidagi ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari uslubchilari, maktab maslahatchilari, mahalla faollari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.🔷Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati, yurtimizning kelgusi taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi ustuvor vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritildi.🔷Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
22 сент., 05:42изменён
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari faoliyati raqamlashtiriladi“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan jamiyat a’zolari faoliyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida tizimlashtirish va ma’rifiy-targ‘ibot ishlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi axborot tizimi joriy etilmoqda.Mazkur tizim orqali ma’rifatparvarlarning yagona respublika reyestrini shakllantirish, ular haqidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazada jamlash, shuningdek, har bir targ‘ibotchining faoliyati, erishgan yutuqlari, amalga oshirayotgan loyihalari, ishtirok etayotgan tadbirlari va vazifalarini tizimli ravishda raqamlashtirish imkoniyati yaratiladi.Shuningdek, axborot tizimida hududlar va yo‘nalishlar kesimida amalga oshirilayotgan ma’rifiy tadbirlarni monitoring qilish, ularning qamrovi va samaradorligini tahlil etish, targ‘ibot ishlarining natijadorligini baholash
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
22 сент., 05:24
#UstozUstoz — butun umrini baxsh etuvchi zot.O‘qituvchining bir so‘zi bilan bolaning hayoti o‘zgarib ketishi mumkin.Ustozning katta kichigi bo‘lmaydi.Ustozini hurmat qilmaganga xuddi shunday munosabat qaytadi.“Ustoz” loyihasining bu galgi ishtirokchisi – “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari Rustam Qoriyev.⤵️Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Veb-sayt
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
21 сент., 14:57
♟G‘ALABAAAAAAAAAAA!!!!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov durang o‘z partiyalarida o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘ydi va g‘alabani ilib ketdi! Nodirbek — qahramon!!!
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
21 сент., 12:19
“Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati tomonidan jamiyat a’zolari faoliyati raqamlashtiriladiYangi axborot tizimi orqali ma’rifatparvarlarning yagona respublika reyestrini shakllantirish, ularning faoliyati, yutuqlari, amalga oshirayotgan loyihalari va vazifalarini tizimli ravishda raqamlashtirish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, tizim orqali o‘tkazilayotgan ma’rifiy tadbirlar samaradorligini baholash hamda aholining bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasini monitoring qilish nazarda tutilgan.Mazkur tizim ma’rifatparvarlar faoliyatini raqamlashtirish, ular haqidagi ma’lumotlarni yagona tizimda jamlash va ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
21 сент., 09:43изменён
🇺🇿🇹🇷BIR ILDIZ, BIR MA’RIFAT: O‘ZBEKISTON — TURKIYA DO‘STLIK KO‘PRIGIJoriy yilning 4–10 oktabr kunlari Turkiyaning Xatay, Anqara va Istanbul shaharlarida O‘zbekiston va Turkiya olimlari hamda ziyolilari forumi bo‘lib o‘tadi. Forum Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamda Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilmoqda. Forumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki qardosh xalqni mushtarak tarix, til, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar asosida yanada yaqinlashtirish, ilmiy-ma’rifiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirish, olimlar va ziyolilar o‘rtasida tajriba almashinuvini kengaytirishdan iborat.Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini Turkiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan birgalikda keng nishonlashga
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
21 сент., 06:36
#ustozO‘qituvchiga yomon munosabat sabab bu kasbga muhabbat, qiziqish ham pasayadi.Bilimga munosabat yaxshi bo‘lmasa, jamiyat rivojlanmaydi. "Ustoz" loyihasida akademik Shavkat Ayupov o‘z fikrlarini bildirdi.Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
21 сент., 05:31
Mustaqilligimizning 35 yillik to'yi kunchiqar mamlakatda nishonlandiYaponiya✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
21 сент., 04:43
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
20 сент., 11:55
Almagul Bayriyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kengesi deputati, siyosiy fanlar doktori, professor, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi📌 O‘zbekiston ko'plab millat va elat vakillari bir oiladek ahil, tinch-totuv umrguzaronlik qilayotgan bag‘rikeng diyor.Bu samimiy do‘stlik va hamjihatlik muhitini ushbu fikrlar asosida bolalarga saboq berayotgan fidoyi o‘qituvchi siymosida yaqqol ko‘rish mumkin.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
19 сент., 08:15
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati xodimlari uchun Zomin tumaniga sayohat uyushtirildi“Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyati Kasaba uyushmasi tomonidan uyushtirilga sayohat davomida jamoa vakillari Zominning betakror tabiati, so‘lim tog‘ manzaralari va musaffo havosidan bahramand bo‘lish bilan birga, hududning diqqatga sazovor maskanlariga tashrif buyurdilar.Shuningdek, sayohat davomida jamoa a’zolari o‘rtasida samimiy suhbatlar, do‘stona muloqotlar va turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi. Birgalikda o‘tkazilgan mazkur vaqt jamoaviy hamjihatlikni yanada mustahkamlash, xodimlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qildi.Bunday madaniy-ma’rifiy va sayohat tadbirlari xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning mehnatga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish hamda jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.✅Biz
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
19 сент., 04:44изменён
#Matbuotda_biz"Yangi O'zbekiston" gazetasining navbatdagi sonida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Baxtiyor Husanovning "Ma'rifat karvoni– vatanparvarlik tafakkurimizda yuksaladi" nomli maqolasi chop etildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ma’rifat karvoni”ni oddiy targ‘ibot tadbirlari silsilasi deb qarab bo‘lmaydi. Bu fikrni joylarga olib borish, uni muhokama qilish, odamlarning savollariga javob izlash, eng muhimi, islohotlar mazmunmohiyatini hayotiy misollar bilan anglatishga qaratilgan ma’rifiy harakatdir.Bugun odamlarga balandparvoz gap emas, ishonchli dalil kerak. Quruq shior emas, hayotiy misol kerak. Bir tomonlama ma’ruza emas, ochiq muloqot qiziq. Shuning uchun biz bu safarni, avvalo, o‘zimizdan boshladik.Avvalo, ta’kidlash lozimki, targ‘ibotchi shunchaki notiq
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
18 сент., 12:32
“Kitob diplomatiyasi” – O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlikning yangi muloqot maydoni – Prezidentimiz tashabbusi bilan chop etilgan ushbu kitob-albom mamlakatimizda turizm, iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim kabi qator muhim sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning keng ko‘lamini ko‘rsatib beradi. Bugun yangi bir tushuncha paydo bo‘lgan: kitob diplomatiyasi. Biror davlatga borib, turli tashkilotlar vakillari bilan uchrashsak, ularga kitob sovg‘a qilamiz. Zero, kitob do‘stlikning boshlanish belgisi. “Mustaqillik zafarnomasi”ni Yaponiya Parlamentida ham qoldiryapmiz. Vaqt o‘tishi, vakillar almashishi mumkin, asar esa ishonchli manba sifatida saqlanib qoladi. Kitob insonlarni birlashtiradi. Ishonamanki, bu asar ham O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.- dedi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
MA'RIFAT TARG‘IBOTCHILAR JAMIYATI
18 сент., 12:04
🇺🇿 Sirdaryo viloyati tumanlarida “Ma’rifat karvoni” loyihalari o'tkazilmoqdaGuliston tumanidagi Madaniyat markazida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” tadbiri tashkil etildi.Ma’rifat va ma’naviyatni jamiyat hayotining muhim mezoniga aylantirish, inson qadrini ulug‘lash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan mazkur uchrashuv mazmunan boy va samimiy ruhda o‘tdi.Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik va jamiyat taraqqiyotida ma’rifatning beqiyos o‘rni haqida fikr almashildi.✅Bizni kuzatishda davom eting! Telegram|Instagram|Facebook|veb-sayt|YouTub
