Последние посты

Markaz
19 окт., 15:20
🇮🇹Milanda yoshlar do‘konlarni talab, tartibsizliklar sodir qildiMilanda qimmatchilikka qarshi noroziliklar ortidan yoshlari do‘konlarni vayron qilib, mollarni o‘g‘irlagan. Politsiya tartibsizlikni bostirish uchun ko‘zdan yosh oqizadigan gaz va suv purkagichlardan foydalangan. 200 dan ortiq kishi qo‘lga olingan. Biznesga yuz minglab yevro zarar yetgan.@markaz_uzbekistan
Markaz
19 окт., 15:20
Volksvagen maoshlarini 2030-yilgacha muzlatadiKompaniya dunyo bo‘ylab 660 ming nafar xodimining maoshlarini 2030-yilgacha kuzatib bormoqda. Bu esa inflyatsiya fonida real ish haqining 10 foizga qisqarishiga olib kelishi mumkin.@markaz_uzbekistan


Markaz
19 окт., 13:46
Ronaldu dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘ladi“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026-2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda. Futbolchining umumiy daromadini 300 mln dollarga baholanmoqda. Bu uning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi daromadidan ikki baravardan ko‘proq hisoblanadi.Ronaldu “Al-Nasr”dan 250 mln dollar, boshqa manbalardan esa yana 50 mln dollar olishi kutilmoqda.@markaz_uzbekistan


Markaz
19 окт., 12:36
🇬🇧99 yoshli onaxon samolyot qanotida uchib, jahon rekordini o‘rnatdiBritaniyalik 99 yoshli Xelga Daffi samolyot qanotida uchish bo‘yicha dunyodagi eng keksa ayolga aylanib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan. Xelga Daffi Uiltshir grafligidagi Devizes shahridagi qariyalar uyida yashaydi.U 97 yoshli Betti Bromeyjning samolyot qanotida uchgani haqidagi xabarni ko‘rib, o‘zi ham bu sinovni amalga oshirishga qaror qilgan. Xelga 1 300 funt sterlingdan ortiq mukofot berilgan.@markaz_uzbekistan
Markaz
19 окт., 10:04
O‘zbekiston delegatsiyasi Paraosiyo o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashdiKecha, 18-oktyabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahridagi “Paloma Mizuxo” stadionida V yozgi Paraosiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Marosimda 45 ta mamlakatdan kelgan qariyb 4 ming nafar sportchi va rasmiy ishtirok etdi.Tadbirda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev va boshqa rasmiylar ham qatnashdi.@markaz_uzbekistan
Markaz
19 окт., 09:29
Hech kim g‘alaba uchun urush qilmayapti – RubioAQSH Davlat kotibi Marko Rubio Rossiya va Ukraina urushi haqida quyidagicha fikr bildirgan:“Ukrainada hech kim g‘alaba uchun urushmayapti. Har kuni odamlar halok bo‘lmoqda. Har kuni narsalar portlatilib, vayron qilinmoqda”, deb aytgan Rubio. @markaz_uzbekistan
Markaz
19 окт., 07:14
🇹🇷🇮🇱Istanbulda turkiyalik faollar isroillik ayolga hujum qildiIstanbuldagi savdo markazlaridan birida turkiyalik faollar Isroil fuqarosiga hujum qilib, “Bizga qarshi sionistlarni xohlamaymiz” shiorini aytib baqirgan.Aksiya ishtirokchilarining hujumiga ushbu ayol oilasining Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) bilan go‘yoki aloqalari borligi haqida da’volar sabab bo‘lgan. Hujum qilganlar ayolning oila a’zolari Isroil qo‘shinlarida xizmat qilganini da’vo qilgan, biroq bu ma’lumotning rasmiy tasdiqlari taqdim etilmagan.Voqea joyiga Turkiya politsiyasi tezkorlik bilan yetib kelib, mojaroga aralashgan va binodan xavfsiz chiqarilishini ta’minlagan.@markaz_uzbekistan
Markaz
19 окт., 07:14
🇺🇸AQSHda Tramp siyosatini ma’qullash rekord darajada pasaydiKongressga oraliq saylovlarga 2 hafta qolgan bir davrda, xorijiy nashrlar ko‘proq amerikaliklar Demokratik partiyani qo‘llab-quvvatlayotgani haqida yozmoqda.Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat rahbarini ma’qullash reytingi 33 foizni tashkil etgan. Bu oyidagiga nisbatan 4 foizga, o‘tgan oktyabr oyiga nisbatan esa 8 foiz pasaygan.@markaz_uzbekistan


Markaz
22 сент., 17:18
🇺🇸🇷🇺Tramp Putinga urushni yakunlash bo‘yicha murojaat qildiMuxbir Trampdan Putinga qanday murojaat yo‘llamoqchi ekanligini so‘radi. Donald Tramp esa unga javoban urushni yakunlash lozimligini ta’kidladi.@markaz_uzbekistan
Markaz
22 сент., 15:28
🇮🇱🇺🇸Netanyaxu Zohran Mamdaniga e’tiroz bildirdi“Bizning xalqimizni vahshiylarcha qatl etgan HAMAS mavjudotlarini qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun uyaling, janob Mamdani. Uyaling!Nyu-York yahudiylariga qarshi tartibsizliklarni qo‘zg‘atayotganingiz uchun uyaling. Men BMTga boryapman. Men qahramon askarlarimiz haqidagi haqiqatni va siz haqingizdagi haqiqatni baralla aytaman”, degan Isroil Bosh vaziri.@markaz_uzbekistan
Markaz
22 сент., 13:39
Inson va robot o‘rtasida ilk bor jang o‘tkazildiBloger Frenki Lapennaga qarshi bo‘yi 1,83 metr hamda vazni taxminan 80 kg keladigan EngineAI T800 roboti maydonga tushgan. Robot qo‘llari va oyoqlari bilan zarbalar bergan, kombinatsiyalarni bajargan hamda raqibini yiqitgan.Biroq mashinalar isyoniga hali ancha bor: T800 avtonom emas edi – uni operator VR-ko‘zoynaklar yordamida masofadan boshqarib turgan. Lapennaning o‘zi jang vaqtida robotga zarba berib, qo‘lini sindirib olganini ma’lum qilgan.Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, T800 29 ta harakat erkinligi darajasiga, bo‘g‘inlarning maksimal 450 N·m buruvchi momentiga ega va 3 m/s dan yuqori tezlikni rivojlantira oladi.@markaz_uzbekistan
Markaz
22 сент., 11:33
Endi ish joyidagi zo‘ravonlik yuzasidan onlayn murojaat qilish mumkin bo‘ladiIsh joyida tazyiq, jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitish holatlariga qarshi aniq himoya mexanizmlari joriy etiladi.🔹 Murojaatlarni onlayn yuborish uchun maxsus portal ishga tushiriladi; 🔹 Shikoyat rahbar ustidan bo‘lsa, u yuqori turuvchi idoraga avtomatik yuboriladi; 🔹 Murojaat qilgan xodimning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinadi va unga bosim o‘tkazish taqiqlanadi; 🔹 Jiddiy huquqbuzarliklar “112” orqali tegishli organlarga yuboriladi; 🔹 Davlat tashkilotlari xodimlari har yili maxsus treninglardan o‘tadi; 🔹 Xususiy sektor ham ushbu tizim va tayyor metodologiyadan ixtiyoriy foydalanishi mumkin.@markaz_uzbekistan


Markaz
22 сент., 10:33
🇷🇴Ruminiyada pandemiya davriga oid jasadlar solingan qoplar topildiSlatina shahridagi Streheres qabristonida COVID-19 pandemiyasi davriga tegishli, chirimagan jasadlar solingan yashirin qoplar topilgan. Qabristonda ta’mirlash va qabr qazish ishlari olib borilayotganda ishchilar inson suyaklarini aniqlagan va bu haqda politsiyaga xabar bergan. Shundan so‘ng huquqni muhofaza qiluvchi organlar qazish ishlarini davom ettirgan.@markaz_uzbekistan
Markaz
22 сент., 08:32
🇹🇷Turkiyadagi maktab yaqinida otishma sodir bo‘ldiManisa viloyatida Inchi Uzmez nomidagi kasb-hunar litseyi binosi yaqinida noma’lum shaxs qurolli hujum uyushtirgan. Hujum oqibatida 4 nafar o‘quvchi tan jarohati olgan. Shuningdek, 1 kishi halok bo‘lgani tahmin qilinmoqda. Jinoyatchi ta’lim muassasasi binosi oldida atrofdagilarga tartibsiz ravishda o‘q uzgan.Shuningdek, litsey atrofiga o‘quvchilarning xavotirlangan ota-onalari yig‘ila boshlagan bo‘lib, huquq-tartibot idorasi xodimlari tartibni ta’minlash va vaziyatni tinchlantirish yuzasidan ish olib bormoqda. Hodisa sabablari va hujum qilgan shaxsning shaxsi aniqlashtirilmoqda.@markaz_uzbekistan
Markaz
22 сент., 06:30
Qo‘qonda 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilish holati aniqlandiQaymoqli guzar MFYda joylashgan ovqatlanish maskanida iste’molchi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani ma’lum bo‘lgan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 6 mlrd so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.Holat bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.@markaz_uzbekistan
Markaz
22 сент., 06:30
🇷🇺🇺🇦Ukrainaning qator hududlari ballistik raketalar hamda dronlar zarbasiga uchradiKecha tunda Kiyev va Odessaning atrofi, Dnepropetrovsk, Krivoy Rog va Kremenchug shaharlaridagi nishonlar keng ko‘lamli qo‘shma zarbalar markazida bo‘lgan.Shuningdek, Vinnitsa, Sumi va Xarkov viloyatlariga ham qanotli, gipertovushli va ballistik raketalar hamda Geran turidagi dronlar yordamida zarbalar berilgan.@markaz_uzbekistan
Markaz
21 сент., 17:40
🇰🇬Qirg‘izistonda bitta qo‘chqor 1 mln dollarga sotildiJoriy yilning 19-sentyabr kuni Qirg‘izistondagi festivalda Arashan zotiga mansub qo‘chqor 1 mln dollarga sotilgan. Tadbirda 5 ta mamlakatdan borgan fermerlar ishtirok etgan. Qirg‘izistonda ushbu zotdagi qo‘ylarni rivojlantirishga bag‘ishlangan festivalda favqulodda bitim amalga oshirilgan.Ushbu qimmatbaho nasldor qo‘chqor mashhur Frankel nomli qo‘chqorning pushtidan. 2023-yilda Frankel Qozog‘istonga 150 ming dollarga sotilgan.@markaz_uzbekistan
Markaz
21 сент., 17:40
Milliy sertifikat imtihonlari limiti bo‘yicha tushuntirish berildiJoriy yil 17-sentyabrdan 18-sentyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonda milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati ochilgan, biroq imtihonga kiruvchi talabgorlar bo‘yicha limit juda tez to‘lib qolgani muhokamalarga sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi munosabat bildirdi.Shuningdek, “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Shundan kelib chiqqan holda 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun, ya’ni sentyabr oyida 125 ming 753 ta, oktyabr oyida 129 ming 535 ta, noyabr oyida 112 ming 335 ta va dekabr oyida 128 ming 680 ta, jami 496 ming 303 ta o‘tirish o‘rni belgilangan.@markaz_uzbekistan


Markaz
21 сент., 17:07
O‘zbekistonga 13 kg dan ziyod narkotik modda olib kirganlar ushlandiJoriy yilning 5-sentyabr kuni Tailanddan uchib kelgan fuqaroning bagajida 3 ta vino shishasi hamda og‘irligi 7 kg 580 gr bo‘lgan qadoqlangan ziravorlar va tarkibida tetragidrokannabinol mavjud bo‘lgan, “gashish moyi” aniqlangan.Shuningdek, mazkur moddalarni 180 dollar evaziga O‘zbekiston hududiga olib kirib, Samarqand shahriga yetkazib berishi kerak bo‘lgan. Ushbu moddalarni qabul qilib olgan shaxsda ham shunga o‘xshash moddalar borligi aniqlangan va umumiy giyohvand moddalar og‘irligi 13 kg 80 gr ni tashkil qilgan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.@markaz_uzbekistan



Markaz
21 сент., 17:07
Ramzan Qodirov saylovda 99,85 foiz ovoz oldiRamzan Qodirov Checheniston rahbari saylovida rekord darajadagi 99,85 foiz ovoz olgan. Qodirov Checheniston rahbari lavozimini 2007-yildan beri egallab kelmoqda. 2016-yildagi saylovlarda u 94,8 foiz, 2021-yilda esa 99,7 foiz ovoz to‘plagan.2025-yilning may oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv oldidan u o‘z iste’fosi masalasini muhokama qilmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.@markaz_uzbekistan

