Последние посты
Marketing bo'limi pinned a photo
22 сент., 17:52

Marketing bo'limi
22 сент., 17:51
Ertaga 19:30’da muhim kun 🤩Otabek Sharapov kreativ rais va 12 yillik marketing bilimlarini bo’lishib “G’oyalar qop-qop, lekin kreativini top” mavzusida online dars beradilarex-Texnomart marketing director, Marketing bo’limi kanali asoschisi, 605 Kreativ Agentligi hammuassisi, Duv Duv Gap - kreativlik maktabi asoschisi, Marketing Assotsiatsiyasi qoshidagi Milliy Marketing Qo’mitasi raisi o’z tajribalarini online webinarda bo’lishadilar📌 Format online shu kanalda bo’ladi, kalendaringizga ertaga 19:30’da budilnik qo’yib qo’yingBarchangizni online webinarda kutamiz 😉



Marketing bo'limi
22 сент., 10:58изменён
Marketing Club tadbir o'tkazyapti. Spikerlar strategik tanlangan ;)25-sentyabr, Webster universitetida, navbatdagi Marketing Club tadbiri boʻladi. Spikerlar kuchli. Ayniqsa, sttategiyada. Kirish bepul.Tanishing: Farrux Hasanov (Front brending agentligi asoschisi) — marketing tadqiqotlarini to'g'ri o'tkazish haqida.Mohitabonu Kenjayeva (KUCH marketing hamasoschisi) — brend atributlari va brendni qanday rivojlantirish haqida.Sevara Asamova (brend strateg) — raqobatchilardan ajralib turish uchun brend qanday "gapirishi" kerakligi haqida.Manzil: Webster universiteti Vaqt: 25-sentyabr, 14:30. Ro'yxatdan o'tish havolasiMarketing o'zbek tilida — @marketingbolimi


Marketing bo'limi
20 сент., 07:45
Viloyatlarda startap harakati boshlanyaptiAndijonda Techstars va Hackonnect birgalikda Ideathon o'tkazyapti. Format juda qiziq va muhim. Yoshlar 3 kun ichida noldan startap yaratib, unga investitsiya jalb qilishga urinadi.Qanday ishlaydi: 1-kun: Ishtirokchilarga startap nima, qanday qurilishini o'rgatishadi. Jamoalarga bo'linib, g'oya o'ylab topishadi. 2-kun: Research, test va yaxshilash kuni. Ko'chaga chiqib, real odamlar bilan g'oyani test qilishadi, soʻrovnomalar oʻtkazishadi va shunga qarab o'zgartirishadi.Bu eng muhim bosqich. Chunki ko'p startap aynan shu bosqichni o'tkazib yuborib, keyin fail boʻladi.3-kun: prezentatsiya tayyorlash va taqdimot. Hay'at a’zolari g'olibni tanlaydi, g'olib jamoa 30 mln so'm yutadi.Andijon va boshqa viloyatlardan o'quvchi-talabalar bir joyga yig'ilib, tadbirkorlikni amalda o'rganyapti. Bu yaxshi.Lekin bu yerda bir muhim fikr bor.




Marketing bo'limi
17 сент., 11:36
Jolbors dasturi e’lon qilindiMintaqamizdagi eng kuchli xalqaro kreativ festivallardan biri - Jolbors bu yilgi to‘liq dasturini chiqardi.Birinchidan, Jolbors bu yili ham Toshkentda o‘tkaziladi. 3-4 oktyabr kunlari. Ikkinchidan, spikerlar ro‘yxatiga qarab, wow shu odamlardan leksiya eshitishim mumkinmi-deysiz. Droga5, W+K Amsterdam, VML Taiwan, BBDO Pakistan, Elephant Design kreativ rahbarlari. Brend tomonidan esa, Mastercard va Coca-Cola marketing yetakchilari tajribalari bilan ulashadi.Mavzular ham bugungi eng og‘riqli nuqtaga tegib turibdi. Deyarli yarim dastur bitta savol atrofida: S.I. davrida kreativlik nima bo‘ladi?Ikkinchi muhim katta mavzu: "local voices, global impact". Biznikidaka kichik bozorlar o‘z ishini global sahnaga qanday olib chiqsin - degan savollarga balki javoblar berilar, bilmadim. Lekin foydali bo‘lishiga ishonaman. Bu blokda O‘zbekistondan Farruh Sharif
Marketing bo'limi
16 сент., 18:05изменён
Buyuk Britaniyada asos solingan, Mother nomli kreativ agentlik bor. Tarjimasi - ona (mobodo, kim bilmasa).Shu agentlik bosh ofisiga kiraverishda, xodimlar onalarining suratlari osilgan. Saytida ham, jamoa degan joyida, jamoaning oʻzi emas, onalarining rasmlari qoʻyilgan. Ajoyib a.Agentlik missiyasi esa: farzandlarimiz (ishlarimizdan va bizdan) faxrlansinlar.Mashhur ishlaridan biri, Claude uchun ishlangan “bizda reklama yoʻq” ma’nosidagi reklama. Rolik orasida hamsuhbat reklamani “tiqishtirib” ketadi-ku. Shu. Mijozlari orasida esa KFC, IKEA, Uber, Uniqlo, Anthropic kabilar bor.Shunchaki, qiziqarli ma’lumot. Ayniqsa, devordagi portretlar.Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi


Marketing bo'limi
14 сент., 12:16
Centrum Air uchoqlarida reklama joylashtirish imkoni paydo bo'ldiCentrum Air endi samolyot livreyasini (tashqi qismini) reklama uchun sotyapti. Ya'ni deyarli butun samolyotni brendingiz rangiga bo'yash mumkin. Spot yozishicha, bitta shunaqa brendlangan uchoq narxi yiliga ~$1 mln turadi.Lekin livreya bu reklama mahsulotlarining bir qismi xolos. Aslida Centrum to'liq media-kit chiqargan, ochiq narxlar bilan. Diqqat qiling, bu bozorda kamdan-kam uchraydi. Umuman, uchoqning tashqi qismiga reklama joylashtirish tarixda birinchi bor taklif etilyati.Centrum Air'dagi ba'zi reklama joylarining narxlari:— Bort audio-reklama: $100 / 15 soniya — Ochiladigan stolchada: $15/donasi — Bagaj javonida: $200/dona — Marshrut kvitansiyasida: $50 000 (3 oy) — Ijtimoiy tarmoq integratsiyasi: $2 000+ — Bolalar to'plamlariga brend integratsiyasi, sempling, audio va boshqa imkoniyatlar bor.Kompaniya




Marketing bo'limi
14 сент., 07:26
McDondald's 9 yildan beri O'zbekistonga kelyapti...Yaqinda lentani bitta yangilik bosib ketdi. McDonald’s nihoyat O‘zbekistonga kirarkan, birinchi restoran Toshkentda ochilarkan. Har xil nashrlar, blogerlar yozdi, izohlarda EVOS-u, boshqa milliy brendlar bilan taqqoslay boshlashdi. Kim kim yutadi, kim yaxshi, kim yomon - deb.Asosiy savol ochiq: rostdan ham McDonald’s kirib kelyaptimi?Masalan, korporatsiyaning press-relizi yo‘q. Operatorning nomi yo‘q. Ish e’lonlari, qurilishlar, franshizachi... hech biri yo‘q. Faqat "mish-mish" postlar bor.Brend haqida bunaqa xabar birinchi marta emas. To‘rtinchi marta tarqalyapti.2017-yilda o‘sha vaqtdagi tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev: "Eshitishimcha, McDonald’s O‘zbekiston bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va franshiza orqali kirib kelish imkoniyatlarini o‘rganmoqda." - deb aytgandi.Uch oydan McDonald’s bu xabarni qisman rad etgan -




Marketing bo'limi
11 сент., 14:37изменён
1 kun qoldi 🔥– Kreativ g’oyalar o’zi qanday topiladi? – G’oyalar ko’p lekin kreativini qanday bilamiz?Ertaga leksiyada barcha savollaringizga javob olosiz. Leksiyada “G’oyalar qop-qop, lekin kreativini top” suhbatlashamiz🕟 Vaqti: 12-sentyabr soat 16:00’da 📍Manzil: https://yandex.uz/maps/-/CThV6APO 🤙 Qatanashish bepul, joyingizni band qilsh uchun menejerga bog’laning: @duvduvgap_managerBarchangizni kutib qolamiz 😉
Marketing bo'limi
11 сент., 14:36
переслано из @duvduvedu

Marketing bo'limi
9 сент., 18:22
Taqdimot tez tugadi. Ekranda bugun taqdim etilgan barcha qurilmalar.


Marketing bo'limi
9 сент., 18:18
iPhone Duo narxi $1999’dan boshlanar ekan. 16-oktabr kuni buyurtmalar ochilib, telefonning oʻzi sotuvga 23-oktabr kunidan boshlab chiqarkan.Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi


Marketing bo'limi
9 сент., 18:16
iPhonechalar)


Marketing bo'limi
9 сент., 18:01
Kutib oling - iPhone DuoApple anchadan beri kutilayotgan, oʻzining birinchi iPhone buklamafonini taqdim edi.Oltin olma, duo ol ;)Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi




Marketing bo'limi
9 сент., 17:11
Yangi iPhone 18. Marhamat. Yangi ranglar va Apple aytishi bo'yicha "juuuda ko'p katta o'zgarishlar" bilan chiqibdi.




Marketing bo'limi
9 сент., 17:04изменён
Buklamafon ko'ramizmi? Apple taqdimoti boshlandiApple bugun iPhone 18 va o'zining birinchi buklamafonini taqdim etishi mumkin. Ko'ramiz. Undan tashqari yangi Watch va AirPods 5 ham kutilyapti.YouTube'da online tomosha qilish mumkin.Ha, yana. Bu taqdimotni birinchi bor yangi CEO - Jon Ternus olib boradi.Marketing oʻzbek tilida — @marketingbolimi
Marketing bo'limi
5 сент., 07:41
G’oyalar qop-qop, lekin kreativini top Duv duv edudan navbatdagi leksiyamiz mehmoni – Otabek Sharapov, kreativ rais va 12 yillik marketing tajribaga ega ex-Texnomart marketing director, Marketing bo’limi kanali asoschisi, 605 Kreativ Agentligi hammuassisi, Duv Duv Gap - kreativlik maktabi
