Последние посты

Mezana ayollar akademiyasi
7 сент., 16:22

Mezana ayollar akademiyasi
7 сент., 07:45
Yaxshi yangilikni aytish (ko'rsatish) vaqti keldi. 🥹Ushbu post 50 ta ❤️ yig'sa eng yaxshi yangilikni ko'rsatamiz!
Mezana ayollar akademiyasi
4 сент., 16:39
Diqqat — Diqqat! 📣Mezana Ayollar Akademiyasi 2026-2030- o'quv yili uchun qabul yopilishiga roppa rosa 3 kun vaqt qoldi! Iltimos, ta'lim olishni rejalashtirayotganlar vaqtni boy bermang.💌Murojaat uchun — @mezana_murojaat
Mezana ayollar akademiyasi
4 сент., 16:37
Talablarga binoan, gapni yomon yangilikdan boshlaymiz. 🥹Yomon yangilik ham chiroyliroq ko'rinishi uchun dizaynni nafis qilishga harakat qildik. 🥹
Mezana ayollar akademiyasi
4 сент., 04:50
Assalamu alaykum, hurmatli kuzatuvchimiz! 🌷Sizga bir yaxshi va bir yomon habarimiz bor. Qay biridan boshlaylik?🤗 — yomon 🥰 — yaxshi
Mezana ayollar akademiyasi
1 сент., 15:25
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo'lsin!Aziz yurtdoshlar!Bugun biz uchun qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kuni. 🤍Shu ulug‘ ayyomda barchangizga tinchlik-xotirjamlik, oilaviy farovonlik va qalb hotirjamligini tilaymiz.Yurtimizning har bir farzandi ilm, tarbiya va ezgu qadriyatlar bilan kamol topsin. O‘zbekistonimiz taraqqiy etib, xalqimizning kelajagi yanada nurli bo‘lsin. 🌱🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch, kelajagimiz porloq bo‘lsin!Hurmat bilan, Mezana Ayollar Akademiyasi! 🌷@mezana_ayollar
Mezana ayollar akademiyasi
31 авг., 10:54
Niyat bor, lekin natija yo‘qmi? Talabalik va ilm yo‘lidagi 8 ta eng muhim saboq ✨Ko‘pincha natijaga tezroq erishishni xohlaymiz, lekin yo‘ldagi qiyinchiliklarga duch kelganda shashtimizdan qaytamiz. Aslida esa ilm olish — bu shunchaki ma'lumot yodlash emas, balki to‘g‘ri mentalitet va odatlarni shakllantirishdir.Ushbu karuselda sahobalarning ilmga bo‘lgan munosabati va ularning hayotidan har birimiz uchun kerakli bo‘lgan 8 ta oltin qoida jamlangan.Siz uchun ushbu qoidalarning qaysi biri eng dolzarb bo‘lib turibdi? Fikringizni izohlarda qoldiring va ilm yo‘lidagi do‘stlaringizga ham ulashing! 📌@mezana_ayollar
Mezana ayollar akademiyasi
27 авг., 08:20
❓"Mezana Ayollar Akademiyasiga qabul qachon ochiladi?"Ushbu savol so'nggi vaqtlarda juda ko'p marotaba so'ralmoqda. Shuning uchun bu savolga umumiy oydinlik kiritishga qaror qildik.Mezana Ayollar Akademiyasi 2026-2030 yilgi ta'limga qabul 2026- yil Avgust oyida rasman ochiladi. 📆Hozirda akademiyada talabalar so'nggi semesterni yakunlashmoqda. Imtihonlar yakunlangach akademiya ma'muriyati kelasi yil uchun 1- kurs talabalrini qabul qilishni boshlashadi.👱🏻♀️ Mezana Ayollar Akademiyasiga talabalar 14- yoshdan boshlab qabul qilinadi.📚 Ta'lim turi – faqat offline. 📌 Manzil – Istanbul, Turkiya.💌 Ta'lim haqida yana qo'shimcha savollaringizni @mezanamurojaat ga yuborishingiz mumkin.Mezana Ayollar Akademiyasi – muslimalar ilm burchagi. ✨@mezana_ayollar
Mezana ayollar akademiyasi
26 авг., 15:45изменён
Assalamu alaykum, qadrli kuzatuvchilar! 🌷❗️Mezana Ayollar Akademiyasi Idorasiga kelib qabuldan o'tmoqchi bo'lgan ayol-qizlarimiz diqqatiga!Akademiyamiz ofis vaqti Dushanbadan Jumagacha, soat 09:00 dan 13:00 gacha o'z faoliyatini olib boradi. 📆Shu vaqt orasida idoraga kelib o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob topishingiz va 2026-2027 yil ta'lim uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.📍 Bizning manzil:Fevzi Çakmak, İstanbul Cd. No:23, Esenler/İstanbulGeolokatsiyaSavol va murojaat uchun — @mezan_murojaat@mezana_ayollarFURKAN GAYRİMENKUL · Esenler, İstanbulFind local businesses, view maps and get driving directions in Google Maps.
Mezana ayollar akademiyasi
25 авг., 17:36изменён

Mezana ayollar akademiyasi
24 авг., 15:39
✨ "Mezana" ayollar akademiyasi ustozlari bilan tanishishda davom etamiz!Navbatdagi ustozimiz — arab tili ona tili boʻlmagan talabalarga 10 yildan ortiq vaqt davomida ushbu goʻzal tilni oʻrgatib kelayotgan tajribali mutaxassis va fanlar doktori (PhD)! 🎓U kishining oʻzgacha dars berish metodikasi va koʻp yillik xalqaro tajribasi koʻplab shogirdlarning arab tilini oson va chuqur egallashiga sababchi boʻlgan.🤔Xoʻsh, bu ilm sohibasi kimligini topa olasizmi? Keyingi postimizda ustozimizning barcha boy tajribasi, erishgan yutuqlari va ilmiy faoliyati haqida batafsil ma'lumot beramiz.Postni qanchalik kutayotganingizni reaksiyalar orqali bildirishingiz mumkin. 💗
Mezana ayollar akademiyasi
22 авг., 10:03

Mezana ayollar akademiyasi
21 авг., 13:56
❗️Turkiyada yashovchi va idoraga kelib ro'yxatdan o'tishni istagan opa-singillarimiz, iltimos, bizga aloqaga chiqing.Iltimos, @mezana_murojaat bilan bog'laning. 📨
Mezana ayollar akademiyasi
21 авг., 08:34
переслано из @azonvaqfi
Azon Vaqfi’da yangi kelishuv: talabalar uchun imtiyozli bakalavr dasturiAzon Vaqfi, Toplum Vaqfi bilan hamkorlikda olib borayotgan ta’lim faoliyati doirasida Fotih Sulton Mehmet Vaqf Universtiteti bilan bakalavr bosqichi bo’yicha yangi shartnoma imzolashga erishdi.Ushbu shartnoma Turkiyaga boshqa davlatlardan oliy ta’lim olish niyatida kelgan talabalarga Fotih Sulton Mehmet Vaqf Universtitetining turli fakultetlariga 65%-75% gacha bo’lgan grandlar asosida o’qishga kirish imkonini beradi.Bu tashabbus avvalo Turkiyada xususiy ta’lim muassasalarida o’z sohalari bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning akademik ta’lim olishlariga imkon yaratish hamda xalqaro rasmiy maqomga ega diplom egasi bo’lishlarini ko’zda tutadi.Shu bilan birga Azon Vaqfi har qanday soha bo’yicha oliy ta’lim olish istagida bo’lgan nomzodlarning moliyaviy yuklarini yengillatish hamda oliy ta’lim dargohlari bilanMezana ayollar akademiyasi pinned a photo
21 авг., 06:22

Mezana ayollar akademiyasi
21 авг., 06:19
Assalamu alaykum, hurmatli kuzatuvchilarimiz! 💗Shuni ma'lum qilamiz-ki, 2026-2027 ta'lim 1- bosqich uchun ajratilgan joylarning yarmi, ya'ni birinchi guruh to'ldi. ✅Hozirda ikkinchi guruhga qabul davom etmoqda. Guruh to'lishi bilanoq qabul yopiq deb e'lon qilinadi.Mezana Ayollar Akademiyasida ta'lim olishni rejalashtirib yurgan tolibalar, iltimos qabulga yozilishga shoshiling.📩 Batafsil ma'lumot uchun — @mezana_murojaatHurmat bilan, @mezana_ayollar
Mezana ayollar akademiyasi
18 авг., 08:05

Mezana ayollar akademiyasi
18 авг., 07:56

Mezana ayollar akademiyasi
18 авг., 07:31
Assalamu alaykum, qadrli kuzatuvchimiz! 🤍Faoliyatimizni yanada yaxshilashimiz uchun biroz yordamingiz kerak.Quyida ba'zi savollar yuboramiz. Ushbu savollar auditoriyamizni yanada yaxshiroq tushunishimiz uchun yordam beradi. Shu savollarga o'zingiz uchun mos keladigan javobni tanlashingizni so'rab qolamiz. 💜Faoliyatimizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga ulkan tashakkur bildiramiz! 💗
Mezana ayollar akademiyasi
17 авг., 17:03
📚 1-kurs — ilm yo‘lining ilk qadamlariHar bir ilm yo‘lining o‘z poydevori bor. Mezana Ayollar Akademiyasi 1-kursida esa bu poydevor Qur’on, aqida, fiqh va arab tilini puxta o‘rganish orqali quriladi.📖 Qur’oni Karim — Qur’on bilan bog‘lanish va uni to‘g‘ri tilovat qilish uchun. 📗 Mabda’ul qiroat — qiroat asoslarini o‘rganish uchun. 📘 Taysirus-sarf — arab tilining so‘z tuzilishi va sarf qoidalarini o‘rganish uchun. 📕 Aqidai Tahoviyya — yangi sharhi — to‘g‘ri aqida asoslarini anglash uchun. 📙 Miftahul Arabiyya — arab tilini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish uchun. 📔 Fiqhul Muyassar — fiqh masalalarini sodda va tushunarli tarzda o‘rganish uchun.Bu kitoblarning har biri talabaning ilm yo‘lidagi muhim bir bo‘g‘inidir. Birgalikda esa 1-kurs uchun zarur bo‘lgan ilmiy va diniy poydevorni shakllantiradi.🌿 Ilm yo‘li
