Последние посты

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
22 сент., 11:03
🇺🇿🇦🇿22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev «PASHA Financial Holding» bosh direktori Farid Mamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.🟠Muzokaralar davomida moliya sohasida, jumladan, bank va sug‘urta yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, investitsiyaviy sheriklikning mumkin bo‘lgan shakllari ko‘rib chiqildi.🟠 FinTech, raqamli moliyaviy xizmatlar va istiqbolli investitsiya loyihalariga alohida e’tibor qaratildi.🟠Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi investitsiyaviy-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. ____
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
19 сент., 15:41
🇺🇿🇸🇾19-sentabr kuni Toshkent shahrida ikki mamlakat vazirlari va ishbilarmon doiralar vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Suriya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Suriya delegatsiyasi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida faoliyat yurituvchi 30 dan ortiq yirik kompaniyalar rahbarlaridan iborat bo‘ldi.🟠Asosiy e’tibor erishilgan kelishuvlarni amaliy ro‘yobga chiqarishga qaratildi. Qo‘shma loyihalarni tizimli ilgari surish maqsadida Qo‘shma iqtisodiy va savdo qo‘mitasi, Ishbilarmonlar kengashi hamda vazir o‘rinbosarlari rahbarligidagi ishchi guruh tashkil etildi.🟠2027-yilda O‘zbekiston va Suriyada o‘zaro ko‘rgazmalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Halab shahrida O‘zbekiston Savdo uyining tashkil etilishi savdo aloqalarini rivojlantirishning qo‘shimcha mexanizmiga
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
19 сент., 15:11
Qoraqalpog‘istonning yangi loyihalari🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida hududda ishga tushirilgan yangi loyihalar haqida videorolik namoyish etildi.2026-yil yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘istonda ⚫️qiymati 1 mlrd dollar bo‘lgan 256 ta obyekt foydalanishga topshirildi. ⚫️6 752 ta ish o‘rni yaratildi.🟠Videorolikda eng muhim loyihalar: energetika va raqamli infratuzilma obyektlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mahalliy xomashyoni qayta ishlash va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek mehmonxona xizmati va ta’lim sohasidagi loyihalar aks ettirilgan. ____ Новые проекты Каракалпакстана🇺🇿 В ходе визита Президента Шавката
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
19 сент., 13:51
Tarmoq rahbarlariga Qoraqalpog‘istonda “xomashyo – tayyor mahsulot – eksport” zanjiri asosida loyihalar, ish o‘rinlari va qo‘shilgan qiymat bo‘yicha aniq rejalar belgilash topshirildi.Amudaryo, Beruniy, Taxtako‘pir, Kegeyli va To‘rtko‘lda to‘qimachilik hamda charm sanoatida kamida 150 million dollarlik loyihalar amalga oshiriladi.Nukus shahri, Nukus tumani va Qorao‘zakda elektrotexnika sanoatida 200 million dollarlik, Qorao‘zak, Bo‘zatov va Beruniyda energiya tejamkor qurilish materiallari bo‘yicha 100 million dollarlik loyihalar tashkil etiladi.Nukus shahrida avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish bo‘yicha 120 million dollarlik, Nukus shahri, Qonliko‘l, Kegeyli, Chimboy va Bo‘zatovda farmatsevtika sohasida 50 million dollarlik loyihalar yo‘lga qo‘yiladi.Italiyaning “Bonifika Ferrarizi” kompaniyasi bilan Taxtako‘pirda 50 million dollarlik loyiha boshlanmoqda. 2 ming
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
19 сент., 13:51
Qoraqalpog‘iston hududining atigi 20 foizida geologiya ishlari o‘tkazilgan. Yirik investorlar kelayotgan bir paytda xomashyo zaxiralari bo‘yicha ma’lumotlar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.Xitoylik investor Qorao‘zakdagi “Urusoy” koniga 33 million dollar sarmoya va texnologiya olib kirib, 200 gektarda 4 tonna oltin zaxirasini aniqlagan. Bu yerda 320 ta ish o‘rni yaratilgan.Bir oyda investorlar ko‘targan masalalarni hal qilib, 1 ming ish o‘rniga ega oltin qazib olish va qayta ishlash klasterini tashkil etish, kompleks geologiya-qidiruv dasturini ishlab chiqib, konlar zaxiralarini qayta baholash topshirildi.Qo‘ng‘irotdagi “Borsa kelmas” konidan har yili 1 million tonna texnik tuz qayta ishlanmasdan sotilmoqda. Bo‘zatovdagi “Kuskanatau” konida mirabilitni qayta ishlab, yiliga 45 ming tonna natriy sulfat, astraxanitdan esa magniy sulfat olish mumkin.Germaniya kompaniyasi
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
19 сент., 13:51
Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonda yer, qazilma boyliklar, quyosh va shamol energiyasi, katta yaylovlar mavjudligini qayd etdi.Ana shu imkoniyatlar asosida “resursdan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan zanjirni qamrab oladigan yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi.“Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh” yo‘nalishi Qoraqalpog‘istonning “yashil sanoat yo‘lagi” – “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi.Sun’iy intellekt va data markaz loyihalari uchun tashkil etilgan maxsus zonada 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi.Mutasaddilarga 1-oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr ta’minotini yo‘lga qo‘yish topshirildi.Uch yilda Nukus shahri, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, bulutli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
19 сент., 13:51
So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘istonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qorao‘zakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshib, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar ko‘p.Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi.2030-yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi.Qoraqalpog‘iston “yashil” energiya
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
19 сент., 13:51
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
18 сент., 16:24
🇺🇿🇸🇾18-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Suriya Arab Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Muhammad Nidal ash-Shaar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.🟠Uchrashuvning muhim yakuni Qo‘shma iqtisodiy va savdo qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi Memorandumning imzolanishi bo‘ldi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasini ishlab chiqish belgilandi.🟠Bundan tashqari, O‘zbekiston–Suriya ishbilarmonlar kengashini rasman ishga tushirish tashabbusi ilgari surildi. Yangi tashabbuslarning amaliy muhokamasi ikki mamlakat tadbirkorlari ishtirokidagi biznes-forum doirasida davom ettiriladi. ____
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
18 сент., 15:04
переслано из @shmirziyoyev
Davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistonda yakunlangan loyihalarni ishga tushirdi, yangi quvvatlarning qurilishiga start berdi. — Глава нашего государства запустил завершенные проекты и дал старт строительству новых мощностей в Каракалпакстане.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
18 сент., 15:04
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi doirasida yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish marosimida ishtirok etdi. — В рамках поездки в Республику Каракалпакстан Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии запуска и начала строительства новых объектов.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #loyihalarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
18 сент., 14:46изменён
🇺🇿🇨🇳18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri maslahatchisi Azizbek Isoyev Xitoyning “China Southern Power Grid Industrial Development Group” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.🟠Tomonlar O‘zbekistonda elektromobillar uchun zamonaviy quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish, xususan, Toshkent–Xorazm yo‘nalishi bo‘ylab tegishli infratuzilmani yaratish masalalarini muhokama qildilar.🟠Shuningdek, quvvatlash uskunalarini mahalliylashtirish, servis infratuzilmasini rivojlantirish va istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.🟠Uchrashuv yakunida tomonlar aniq loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha amaliy
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
18 сент., 12:42
🇺🇿 2026-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Germaniya va Avstriya kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.🟠 Uchrashuvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, shaharsozlik va mashinasozlik sohalarida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.🟠 Xorijiy kompaniyalar vakillari O‘zbekistonda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etib, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.🟠 Delegatsiya a’zolariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
18 сент., 11:39
🇺🇿🇫🇷15–17-sentabr kunlari Renn shahrida O‘zbekiston kimyo sanoatining yetakchi korxonalari SPACE 2026 xalqaro ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi doirasida o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar.🟠Ko‘rgazma doirasida Yevropa importchilari va distribyutorlari bilan O‘zbekiston mineral o‘g‘itlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga yetkazib berishni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.🟠Amaliy natija sifatida “O‘zkimyоimpeks” AJ va Eudaira kompaniyasi o‘rtasida 2026-yil oxirigacha Fransiyaga 10 ming tonna mineral o‘g‘it yetkazib berishni nazarda tutuvchi kelishuv imzolandi.🟠Istiqbolda O‘zbekiston mineral o‘g‘itlari eksportini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga bosqichma-bosqich 500 mln dollarga yetkazish
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
18 сент., 10:56
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanida tashkil etilgan issiqxona majmuasi bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с тепличным комплексом, организованном в Кегейлийском районе.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #issiqxonaPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ссылки
