Последние посты

1000KITOB
22 сент., 13:17
Shaharni piyoda kezib ko‘rganmisiz?Bugun Xalqaro avtomobilsiz kun. Shu sana munosabati bilan 1000kitob loyihasi doirasida nashrga tayyorlanayotgan bir asarni eslatib o‘tmoqchimiz.Jeff Spekning “Piyodabop shahar” (“Walkable City”) kitobi shaharsozlik mavzusidagi eng mashhur asarlardan biri. U 2012-yili bosmadan chiqqach, o‘n yil ichida shaharsozlik bo‘yicha eng ko‘p sotilgan kitobga aylangan, 7 tilga tarjima qilingan va Green Prize for Sustainable Literature mukofotiga sazovor bo‘lgan.Kitobning qayta nashrida esa unga 100 sahifadan ortiq yangi material va 8 ta yangi bob qo‘shilgan. Ularda muallif uy-joy tengligi, pandemiya, Uber kabi xizmatlar, haydovchisiz avtomobillar va shahar daraxtzorlari kabi mavzularga to‘xtalgan.Spek piyodaboplikni shahar hayotining ko‘plab jihatlari bilan bog‘lab tushuntiradi. Piyoda yurish qulay bo‘lgan hududlar yoshlar va ijodkor insonlarni ko‘proq


1000KITOB
21 сент., 11:17
‼️ Ming yil avvalgi shaxmatdan bugungi o‘yingachaSamarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston va Hindiston uchrashuvi turnirning eng kutilgan oʻyinlaridan biri sanaladi.Bu ikki tomon ming yil muqaddam ham uchrashgan, desak nima deysiz? Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy “Hindiston”ni yozar ekan, hind shaxmatini alohida tasvirlaydi: “Bu xil oʻyin bizlarga tanish boʻlmaganidan shu toʻgʻrida bilganimni bayon qilaman”.Eng qizigʻi – donalarning yurishi bizdagidan teskari. Beruniy yozishicha, u yerda rux “bizdagi fil harakati singari” qiyalama uchinchi xonaga yuradi, fil esa “ruxning maʼlum harakati singari toʻgʻriga” boradi.Hind taxtasidagi fil haqida boshqa izoh bor: u piyodadek bir xona oldinga, soʻng toʻrt burchakdan biriga bir xona yuradi – “bu xonalar filning xartumi va toʻrt oyogʻi uchlari tushadigan oʻrinlardir”, deyishadi.Ming yil


1000KITOB
19 сент., 13:53
#maxzanEduard Kreygning “Falsafa: O‘ta qisqa tanishtiruv” kitobi atrofidagi mulohazadan bir parcha:Fridrix Nitsshe faylasufni “hech kim himoyalana olmaydigan dahshatli portlovchi modda”ga qiyoslaganida, ehtimol, fikrning ana shu bezovta qiluvchi xususiyatini ham nazarda tutgandir. Chin fikr odamni tinch qo‘ymaydi. Buning ortidan esa og‘ir intellektual mehnat boshlanadi.Nega falsafa kerak? U safsatami? Yuz yil avval aytilgan fikr bugun ham dolzarb bo‘lsa, bundan faxrlanish kerakmi yoki xavotirlanish?“Ayla basirat ko‘zi birla nazar” | BatafsilTelegram | Facebook | Instagram | YouTube


1000KITOB
18 сент., 06:57

1000KITOB
17 сент., 13:50
переслано из @mutolaaxona
😊 5 kun o‘zingiz xohlagan kitobni eng kamida 5 daqiqadan o‘qing — iPhone 17 Pro Max yutib oling!• “Mutolaa” loyihasi doirasida “Omadli mutolaa” tanlovga start beramiz. Unga ko‘ra, siz o‘zingiz xohlagan kitobni ilovamiz orqali 5 kun ketma-ket kamida 5 daqiqa o‘qing va siz tanlov ishtirokchisiga aylanasiz.🔥 Mana shu shartni bajargan kitobxonlar orasidan 1 kishiga 25-sentyabr kuni iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz!✅ Sharti: 25-sentyabrgacha 5 kun davomida kamida 5 daqiqadan xohlagan kitobingizni o‘qishingiz kerak, bo’ldi. 25-sentyabr kuni jonli efir qilib, random orqali iPhone 17 Pro Max egasini aniqlaymiz.Mutolaa ilovasini yuklab oling


1000KITOB
17 сент., 10:42

1000KITOB
16 сент., 13:45
Ma’nolar mustaqilligi...


1000KITOB
16 сент., 11:21
переслано из @alisher_sadullaev

1000KITOB
16 сент., 11:21
переслано из @alisher_sadullaev

1000KITOB
16 сент., 11:21
переслано из @alisher_sadullaev

1000KITOB
14 сент., 11:31
Eng zo‘r format allaqachon yaratilgan!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


1000KITOB
10 сент., 13:24
#havolaBiz xabarga ishonamizmi yoki uni yuborgan odamga?Ayniqsa, oilaviy yoki qarindoshlar guruhida yaqin inson yuborgan xabarni shubha ostiga olish qiyin. Nega shunday? Bu odatimiz ortida qanday psixologiya bor?Batafsil: https://youtu.be/HzJ6FKDVhqI?si=8eI-_dwaGqHSrut6Albatta videoni qarindoshlar guruhiga ham yuborib qo‘ying!Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1000KITOB
9 сент., 05:35

1000KITOB
8 сент., 14:35
#havola📌 Loyihamiz eksperti, filologiya fanlari doktori (DSc) Beruniy Alimov:▫️Ochig‘i, hozirgi kunda mahallaning, qarindoshlarning, qo‘shnilarning telegram guruhlari va hokazo guruhlarda "yashayapmiz". U yerdagi axborotlarning 80-90 foizigacha yolg‘on bo‘lishi mumkin.Batafsil: https://youtu.be/HzJ6FKDVhqI?si=8eI-_dwaGqHSrut6Loyiha: 1000kitob Kitob: “Misinformatsiya psixologiyasi” Mualliflar: Jon Rozenbek, Sander van der Linden Tarjima huquqi: Cambridge University Press Nashriyot: “Yog‘du” Tarjimon: Hoshimjon Hotamov Muharrir: Nodir Atayev Ilmiy muharrir: Otabek AbdullayevTelegram | Facebook | Instagram | YouTubeYouTubeYolg‘on haqida rost gaplar. Misinformatsiya psixologiyasi. Havola 3Havola rukning bu galgi sonida jurnalist, tarjimon va filologiya fanlari doktori Beruniy Alimov mehmon bo‘ldilar. Mehmonimiz loyiha doirasida nashrdan chiqqan "Misinformatsiya psixologiyasi" kitobi yuzasidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdilar.
1000KITOB
7 сент., 13:59
#maxzanKitoblarda ba’zan bugunning voqealariga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydigan tarix, dalil va bog‘liqliklar uchraydi.Bizda yangi rukn – “Maxzan”.Ilk sonda Adib Xolidning “Turkistonda jadidchilik” kitobidan O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar tarixiga oid qiziq dalillar bilan tanishing.Telegram | Facebook | Instagram | YouTubeTelegraphQardoshlik munosabatlari tarixidan bir shingil23-avgust kuni Toshkentda Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari "Abadiy do'stlik haqida" shartnoma imzolashdi. Muzokaralari yakunida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning adabiy merosiga bagʻishlangan qoʻshma badiiy film suratga olinishi qayd etildi. San'at…
1000KITOB
7 сент., 11:31
#marra1000KITOB mutolaa marrasi g‘oliblari aniqlandi“Mutolaa” platformasida tashkil etilgan tanlovda faol ishtirok etib, Kristen A. Fimsterning “Vaksinalar” kitobi yuzasidan yakuniy testda eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!🥇 1–3-o‘rin sohiblari Sino AI Band aqlli bilaguzugi bilan taqdirlanadi.Shuningdek, 1–10-o‘rinlarni egallagan barcha ishtirokchilar “Mutolaa Premium” xizmatining 1 yillik obunasini qo‘lga kiritdi.Barcha ishtirokchilarga marra davomida faol qatnashgani uchun minnatdorlik bildiramiz.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


1000KITOB
4 сент., 05:00
#havolaYolg‘onlar haqida rost gaplar.▫️Axborot ko‘paygan sari yolg‘onni haqiqatdan ajratish nega qiyinlashmoqda? ▫️Inson nima uchun noto‘g‘ri ma’lumotga ishonadi va hatto haqiqatni bilgach ham undan voz kechmasligi mumkin?Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD, filologiya fanlari doktori Beruniy Alimov loyihamiz doirasida nashrga tayyorlangan “Misinformatsiya psixologiyasi” asari yuzasidan nimalar deydi?Tez kunda e'tiboringizga havola etamiz.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
1000KITOB
1 сент., 03:01
#tabrik🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak!Mustaqillik – o‘z kelajagimizni bilim, tafakkur va ma’rifat bilan bunyod etish imkoniyati. Bu yo‘lda kitob insonni fikrlashga, anglashga va dunyoni kengroq ko‘rishga undaydigan eng yaqin hamrohdir.Aziz yurtdoshlar! Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, ilm va kitobga oshno avlodlarimiz safi yanada keng bo‘lsin.Bayram qutlug‘!Hurmat bilan, “1000kitob” jamoasiTelegram | Facebook | Instagram | YouTube


1000KITOB
28 авг., 11:04
#charxShahar qiyofasini faqat binolar emas, insonlarning yashash tarzi va kundalik tanlovlari ham belgilaydi.“Charx”ning ilk muhokamasida 1000KITOB loyihasi doirasida nashr etilgan “Loyihasiz tartib” kitobi orqali shahar, bozor va inson o‘rtasidagi murakkab munosabatlar tahlil qilindi. Zero, fikr bahsda charxlanadi.To‘liq muhokama 👉 https://youtu.be/U5pUuHfq54Y
1000KITOB
27 авг., 11:20
#EkspertlarKengashi1000KITOB loyihasi Ekspertlar kengashi a’zosi Zaynobiddin Abdurashidov bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Suhbat davomida yaqin kunlarda nashrdan chiqadigan kitoblar, ularni bugungi ijtimoiy va intellektual muammolar kontekstida sharhlash, asarlarni tanlash mezonlarini takomillashtirish hamda loyihaning keyingi bosqichi uchun kitoblarni sohalar bo‘yicha tizimli shakllantirish masalalari muhokama qilindi.Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

