Последние посты
Live stream finished (8 hours)
22 сент., 13:15

Digital.uz
22 сент., 13:06
📌Uztelecom sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarni rivojlantirish uchun Buxoro va Qo‘qonda ma’lumotlar markazlarini ishga tushirdi🔠22-sentabr kuni Uztelecom Buxoro va Qo‘qonda ikkita yangi ma’lumotlar markazini ishga tushirdi. Obyektlarni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Kenji Xirata ochib berdi. Marosim ICT Week Uzbekistan 2026 doirasida tadbirning birinchi kunida kompaniya stendida bo‘lib o‘tdi.Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/222857 ____📌Uztelecom Launches Data Centers in Bukhara and Kokand to Drive Artificial Intelligence and Cloud Technologies🔠 On September 22, Uztelecom commissioned two new data centers in Bukhara and Kokand. The facilities were opened by Sherzod1,750Открыть в Telegram
Digital.uz
22 сент., 11:19
Startup & Venture Summit boʻlib oʻtmoqda“ICT WEEK Uzbekistan 2026”doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir startap asoschilari, investorlar, venchur fondlari, akseleratorlar, korporatsiyalar va davlat tashkilotlari vakillarini bir maydonda jamladi.Sammitda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq soʻzladi.“Biz O‘zbekistonni startaplar mamlakatiga aylantirishni maqsad qilganmiz. Buning uchun startaplar uchun qulay huquqiy muhit yaratish, ekotizim ishtirokchilarining taklif va tashabbuslarini inobatga olish, venchur hamkorlar va xorijiy kompaniyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bugun O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan startap ekotizimi va katta maqsadlar sari intilayotgan yosh startap asoschilari bor. Barcha xorijiy hamkorlar va startap ekotizimi ishtirokchilarini O‘zbekistonda ko‘rib turganimizdan mamnunmiz va ularni2,000Открыть в Telegram
Digital.uz
22 сент., 10:30
⚡️Uztelecom Amazon Leo bilan hamkorlikda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqasi imkoniyatlarini kengaytirmoqda😀Uztelecom O‘zbekiston raqamli infratuzilmasi rivojlanishining yangi bosqichini e’lon qiladi. Uztelecom va uning shu’ba korxonasi – “UZ-SAT” MCHJ QK – Amazon Leo bilan O‘zbekistonda vakolatli distribyutor sifatida faoliyat yuritish bo‘yicha shartnoma imzoladi.➡️Amazon Leo – bu Amazon kompaniyasining past orbitali sun’iy yo‘ldosh tizimi bo‘lib, u an’anaviy tarmoqlar imkoniyatlari cheklangan joylarda tez va ishonchli internet aloqasini ta’minlashga mo‘ljallangan.Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/222749 _⚡️Uztelecom expands satellite connectivity in Uzbekistan in collaboration with Amazon Leo😀Uztele1,940Открыть в Telegram
Digital.uz
22 сент., 08:40
💻#fotolavha🎙 “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2026” AKT haftaligi ochilish marosimi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov xorijiy delegatsiyasi va kompaniya yetakchilari va faхriy mehmonlar bilan birgalikda “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) majmuasida tashkil etilgan “ICT EXPO” ko‘rgazmasi bilan tanishdi.🗣“ICT Expo” ko‘rgazmasi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida milliy va xalqaro ishlanmalar va yutuqlarni namoyish etishga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi.📲 Forumni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:🔦 Youtube 💙 Facebook 😀 TelegramTelegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X2,000Открыть в Telegram
Digital.uz
22 сент., 08:15
⚡️ Osiyo taraqqiyot banki bilan raqamli transformatsiya sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi✔️Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Arayya bilan uchrashuv o‘tkazdi.🟢Uchrashuvda O‘zbekistonda raqamli transformatsiyani jadallashtirish, ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda OTB bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.⏩Tomonlar raqamli texnologiyalarni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga keng joriy etish, mamlakatning mintaqaviy raqamli markaz sifatidagi salohiyatini oshirish va ushbu jarayonda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.📖 Uchrashuv doirasida1,960Открыть в Telegram
Digital.uz
22 сент., 07:08
🚀 “O‘zbekiston — startaplar yurti”: 50 dan ortiq founder ICT WEEK sahnasidaICT WEEK Uzbekistan 2026 ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 50 dan ortiq o‘zbekistonlik startapchini sahnaga taklif qilib, xalqaro investorlarga murojaat qildi.🇺🇿 Vazir O‘zbekistonni “startaplar yurti”ga aylantirish maqsadini ta’kidlab, investorlarni mamlakatning yosh texnologik kompaniyalari rivojlanishining ilk bosqichidanoq ushbu yo‘lning bir qismi bo‘lishga chaqirdi.💬 “Bu startaplarning unicorn’ga aylanish ehtimoli juda yuqori. Ularga ilk bosqichda investitsiya kiritsangiz, kelajakdagi unicorn’larning investorlaridan biriga aylanishingiz mumkin”, — dedi Sherzod Shermatov.🚀 Marosimda yangi Startup Base platformasiga rasman start2,040Открыть в Telegram
Digital.uz
22 сент., 06:00
🗣 “Startaplar mamlakati” shiori ostida o‘tayotgan ICT Week Uzbekistan 2026 haftaligining ochilish marosimi boshlandi↪️ Ochilish marosimida dastlab videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning “Startaplar mamlakati” sifatidagi yangi qiyofasi, mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar aks ettirildi.⚡️ Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.“Mamlakatimizning eng muhim boyligi — bu inson kapitalidir. Shu sababli so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.Bugungi kunda AT va sun’iy intellekt3,080Открыть в TelegramLive stream started
22 сент., 04:57

Digital.uz
22 сент., 04:31
▶️“ICT WEEK UZBEKISTAN 2026” OCHILISH MAROSIMINI KUZATIB BORING!Bugun, 22-sentabr kuni soat 09:30 dan boshlab “ICT Week Uzbekistan 2026” haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.🔻 Raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi muhim voqealar, xalqaro hamkorlik va yangi imkoniyatlarga boy haftalikning ochilish marosimini rasmiy ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali jonli kuzatib boring!🔦Youtube 💙 Facebook❓Haftalik dasturidan nimalar o‘rin olgan?➖Xalqaro forumlar, B2B uchrashuvlar va strategik davra suhbatlari; ➖Sun’iy intellekt, raqamli hukumat, fintex va yangi loyihalar taqdimoti; ➖ICT7,340Открыть в Telegram
Digital.uz
12 сент., 08:00
🥇 Oʻzbekistonlik 15 nafar ayol “Women in Tech CCA Awards” 2026 finaliga chiqdi🤩 13-oktabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari uchun “Women in Tech CCA Awards” mintaqaviy mukofotlash marosimi boʻlib o‘tadi. Joriy yilda Oʻzbekistondan toʻqqizta nominatsiyada 15 nafar finalchi ishtirok etmoqda.➡️Mukofot texnologiyalar sohasidagi ayol yetakchilar va innovatorlarning yutuqlarini e’tirof etadi. Oʻzbekistonlik finalchilar sun’iy intellekt va Web3, tadbirkorlik, ilmiy tadqiqot, muhandislik, ta’lim hamda texnologik hamjamiyatlarni rivojlantirish yo‘nalishlarida faoliyat yuritmoqda.Best Ally Award Anora Amirova — Data Annotations bo‘limi rahbari, UZINFOCOM Zarina Lukhmanova — School 21 bosh direktori Natalya Ni — Agile CommunityAspiring Teen Award Kamilla Beknazarova — Women in Tech Uzbekistan yoshlar elchisi Dilafruzkhon Juraboeva — Co-founder, MehrGoMost Impactful Initiative Award Zarnigor Mirsaidova — Startup Garage WomenWoman in Web3 Award Soliha Xusnidinova — Web3 dasturchisiMost Disruptive Award Anastasia Markova — AI LAB asoschilardan biri va bosh direktoriStart-Up Award Maftuna Karimova — Femmy (BLOOMY LLC) bosh direktori Mokhinur Inomova — Yor Yor asoschisi biri va bosh direktoriTECH DIPLOMACY Award Rakhimakhon Nugmanova — Yandex Uzbekistan, Government Relations loyihalari rahbariGlobal Leadership Award Nodira Tillayeva — Tadqiqot assistenti, Nagoya Universiteti Ummatoy Yuldasheva — Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisiLifetime Achievement Award Safina Teshabayeva — Ijrochi direktor o'rinbosari, O'zbekiston Robototexnika va muhandislik assotsiatsiyasi Aygul Tumaeva — Nukus davlat texnika universiteti assistentiMintaqaviy bosqich gʻoliblari 3-dekabr kuni Parijda oʻtkaziladigan Women in Tech Global Awards’da Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasini ifoda etish huquqini qoʻlga kiritadi.
Digital.uz
12 сент., 06:13
📌O‘zbekistonning AT va autsorsing salohiyati Fransiya texnologik kompaniyalariga taqdim etildi🇫🇷O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha departamenti rahbari Bobur Xodjayev hamda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro kosmik sammiti doirasida IT Park hamda fransuz texnologik kompaniyalari, hamkor tashkilotlar va akseleratorlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.🎤Uchrashuvda Fransiya va Yevropaning texnologik hamda biznes hamjamiyatlari vakillari, jumladan, “Eutelsat”, “Dassault Systèmes”, “Expertise France”, “Numeum”, “Skynopy”, “Hyperplan”, “BlueKobalt Infrastructure”, “Heartland Capital”, “Wilco”, “IFP Training”, “Naulum Solutions”, “Linagora”, “Wallix” kompaniyalari, shuningdek, boshqa vakillar ishtirok etdilar. Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/218366 ___📌Uzbekistan's IT and Outsourcing Potential Presented to French Technology Companies🇫🇷 Led by Bobur Khodjayev, Head of the Department for Financial Technologies, Digitalization, and Artificial Intelligence under the Presidential Administration of the Republic of Uzbekistan, and Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov, a roundtable discussion was held at the International Space Summit in Paris, France, with the participation of IT Park, French technology companies, partner organizations, and accelerators.🎤The meeting brought together representatives of the French and European technology and business communities, including Eutelsat, Dassault Systèmes, Expertise France, Numeum, Skynopy, Hyperplan, BlueKobalt Infrastructure, Heartland Capital, Wilco, IFP Training, Naulum Solutions, Linagora, Wallix, and other representatives.In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/218366Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X1,150Открыть в Telegram
Digital.uz
11 сент., 15:24
🇺🇿 Yangi xizmat🟡 Oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktab safidan chiqarish endi onlayn!👨💻 Ilgari bu jarayon uchun taʼlim muassasasi hamda tegishli idoralarga borish, turli hujjat va maʼlumotnomalarni yigʻish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmat my.gov.uz portaliga integratsiya qilinib, toʻliq onlayn shaklga oʻtkazildi.👉 Xizmat bo'yicha eng muhim ma'lumotlar:❓Kimlar ariza topshirishi mumkin? 18 yoshga toʻlmagan oʻquvchining ota-onasi yoki vasiysi.Qaysi taʼlim muassasalariga taalluqli? Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (maktab, litsey, kollej va texnikumlar).Talab qilinadigan hujjatlar: Yoʻq! Hech qanday qoʻshimcha hujjat talab etilmaydi. Barcha kerakli maʼlumotlar idoralararo elektron tizim orqali avtomatik olinadi.❗️Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.⏱️ Koʻrib chiqish tartibi va muddatlari: 1. Ariza bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi; 2. Qabul qilingan qaror kelib tushganidan soʻng, taʼlim tashkiloti 1 ish kuni ichida oʻquvchini elektron tizim (baza)dagi oʻquvchilar safidan chiqaradi.Ariza topshirish uchun: 🗄 my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kiring va “O‘quvchini xorijiy davlatga ketishi munosabati bilan ta’lim tashkiloti o‘quvchilari safidan chiqarish” xizmatini tanlang; 🗄 Farzandingizni (oʻquvchini) belgilab, elektron soʻrovnomani toʻldiring; 🗄 Arizani tasdiqlang va yuboring; 🗄 Natijani shaxsiy kabinetingiz orqali kuzatib boring.🗣Ushbu foydali ma'lumotni chet elga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ketayotgan va farzandi maktab/kollejda oʻqiydigan tanishlaringizga ulashib qoʻying!Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X1,950Открыть в Telegram
