Последние посты

Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 16:26
#AFARIZM🔖 Меҳнат хавфсизлиги ҳақида ўйлантирувчи сўзларҲар куни минглаб одамлар ишга чиқади — ва ҳар куни улардан баъзилари уйига қайтмайди. Сабаби кўпинча оддий: бир лаҳзалик эътиборсизлик, "менга ҳеч нарса бўлмайди" деган ишонч, ёки қоидани "кейинроқ" бажариш ниятидир.Қуйида — шу ҳақда ўйлантирувчи ҳикматли гаплар:1️⃣ Ҳимоя воситасини "кейин кияман" деб қўйган қўл — эртага бинтга ўралган бўлиши мумкин.2️⃣ Хавфни кўриб жим қолган — фожиага ҳамкасб бўлади.3️⃣ Сиз тайёрланган асбоб эмас, тайёр эмас асбобдан хавфлисиз — назоратни ўзингиздан бошланг.4️⃣ Оила эшикда кутади, қабристон эса шошилинчликни кутади — танлов сизники.5️⃣ Йўриқнома — жазо қоғози эмас, ўлимдан олдин ёзилган огоҳлантириш.6️⃣ Бир марта "ҳечқиси йўқ" деган — иккинчи марта "нега менга" деб сўрайди.TelegramMehnat muhofazasi va xavfsizligi⚠️ Har bir mutaxassis bilishi kerak bo‘lgan mehnat muhofazasi va xavfsizlik kanali! 📌 Yangi qarorlar 📌 Amaliy tavsiyalar 📌 Hujjat namunalari 📌 Texnika xavfsizligi materiallari 📌 Seminar va o‘quv materiallari
Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 16:05
#FAOLIYAT🎯 Давлат сиёсатининг биринчи ва энг устувор йўналиши нима?ЎРҚ-410-сон қонуннинг 5-моддаси меҳнатни муҳофаза қилиш соҳасидаги давлат сиёсатининг барча йўналишларини санаб ўтади, лекин рўйхат бошида турган нарса ҳаммасидан муҳимроқ: ходимнинг ҳаёти ва соғлиғи устуворлигини таъминлаш.Бошқа йўналишлар шу мақсадга хизмат қилади:▪️ давлат дастурларини ишлаб чиқиш ва амалга ошириш;▪️ хавфсиз техника ва технологияларни рағбатлантириш;▪️ илмий ва хорижий тажрибадан фойдаланиш;▪️ жабрланган ходимларни ижтимоий ҳимоя қилиш;▪️ халқаро ҳамкорликни ривожлантириш.Демак, ҳар қандай ишлаб чиқариш қарори — режа, муддат ёки харажатдан қатъи назар — аввало шу бир тамойилга бўйсуниши керак: инсон ҳаёти биринчи ўринда.


Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 15:37
переслано из @scisuz
ISHLAB CHIQARISHDAGI BAXTSIZ HODISA: KIMGA XABAR BERILADI VA KIM TEKSHIRADI?Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 505-son qarori bilan mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar haqida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olishning yangi tartibi belgilandi.Batafsil: https: gov.uz/oz/cirns🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️ YouTube |🌐Veb-sayt


Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 15:34
переслано из @mehnatvazirligi
🔤🔤🔤🔤🔤🔵 Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentyabrdagi 505-son qarori bilan mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, tekshirish va hisobga olish hamda uning oqibatida yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash sohasida yangi tartiblar belgilandi.➡️ Mazkur qaror bilan quyidagi ikki ta muhim hujjat tasdiqlandi: “Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom; “Xodimning mehnatda mayib bo‘lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qoidalari”.➡️ Yang


Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 10:18
#FAOLIYAT 🌱Жиззах вилояти Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бошқармаси ҳамда Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Жиззах вилоят Кенгаши масъул ходимлари томонидан 2026 йилги пахта йиғим-терими мавсумида болалар меҳнати ва мажбурий меҳнатнинг олдини олиш юзасидан ҳамкорликдаги мониторинг тадбирлари ўтказилди.Ихтиёрийлик ва ҳуқуқий ҳимоя: ⚖️ Теримчиларнинг йиғим-терим жараёнида ўз хоҳиши билан иштирок этаётгани, улар билан меҳнат муносабатлари тўғри расмийлаштирилгани ҳамда кунлик иш ҳақларининг ўз вақтида тўланиши атрофлича ўрганилди.Профилактик тушунтиришлар: 📢 Фермер хўжаликлари раҳбарлари ва масъулларга болалар меҳнати ва мажбурий меҳнатга йўл қўймаслик, қонунчиликда бу бўйича белгиланган жавобгарлик чоралари ҳақида батафсил маълумот ва тушунтиришлар берилди.Ўрганишлар давомида ҳеч қандай мажбурий меҳнат ёки вояга етмаганлар меҳнатидан фойдаланиш ҳолатлари




Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 09:27
переслано из @uzkufk
🌍 Бишкекда меҳнат хавфсизлиги бўйича халқаро учрашув бўлиб ўтди7 давлат вакиллари ходимларнинг ҳаёти, саломатлиги ва меҳнат ҳуқуқларини ҳимоя қилишда касаба уюшмаларининг ролини муҳокама қилди.💬 Асосий мавзулар: 🔹 Хавфсиз меҳнат шароитлари ва касбий хавфлар 🔹 Рақамлаштириш ва сунъий интеллект даврида янги хавфлар 🔹 Халқаро меҳнат конвенциялари🇺🇿 Ўзбекистон вакиллари миллий тажрибани тақдим этишди.🌳 "Ысык-Ота" санаторийсида экологик акция — Ўзбекистон вакиллари қайин дарахтлари экишди, бу дўстлик рамзига айланди. Батафсил📱web-site| 📱facebook | 📱telegram| 📱YouTube |📱Instagram



Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 07:07
#FAOLIYAT | 🧹 ISH JOYIDAGI TARTIB 🧹 Tartibsiz ish joyi — qoqilish, sirpanish va jarohatlanish xavfini oshiradi. Ish joyini toza va tartibli saqlang. 💬 Shior: «Toza ish joyi — xavfsiz ish joyi!» Kanalimizga ulaning va so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring: 👉 Mehnat muhofazasi va havfsizligi


Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 06:33

Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 05:51изменён
#SEMINARUrgench shahrida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildiUrgench shahrida Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi tarmog‘iga a’zo boshlangich tashkilotlarning kasaba uyushma raislari, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislari hamda vakillari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. 🏢🤝Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlar hamda 2025-yil 21-iyuldagi 454-son qarorining mazmun-mohiyati, unda belgilangan talablar va ularni amaliyotda samarali qo‘llash tartibi yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. 📚📝Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi. 💡✅👉 Mehnat muhofazasi va havfsizligi


Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 05:22
#FAOLIYAT💧 MEHNAT SHAROITLARI — XODIMLAR SALOMATLIGI VA XAVFSIZLIGINING MUHIM OMILI! 👷♂️🦺 📍 Qorovulbozor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-sonli qarori talablari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. 🔎 O‘rganish davomida muassasada xodimlar uchun munosib va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnat faoliyati davomida zarur sanitariya-maishiy sharoitlar bilan ta’minlanganligiga alohida e’tibor qaratildi. 👕 Kiyinish xonalari — xodimlarning ish kiyimlarini almashtirishi va saqlashi uchun zarur sharoitlar yaratilganligi; 🚿 Yuvinish xonalari — ish jarayonidan so‘ng xodimlarning shaxsiy gigienasiga rioya qilishi uchun zarur imkoniyatlar mavjudligi; 🧼 Qo‘l yuvish joylari — sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish uchun tegishli sharoitlar yaratilganligi; 🚻 Hojatx




Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 04:22



Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
22 сент., 04:12
“Taxiatash IES” AJda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va mehnat sharoitlari o‘rganildi“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi mas’ullari tomonidan “Taxiatash IES” AJda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda ishchi-xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlarini o‘rganish maqsadida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazilmoqda.Jamoatchilik nazorati davomida korxonaning bug‘-gaz qurilmasi sexi hamda kimyo sexida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, ish joylarining holati, mehnat muhofazasi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi, shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan zarur shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.O‘rganish jarayonida sexlarda mavjud texnologik uskunalar va ish joylarining mavsumiy sharoitlarda barqaror ishlashiga tayyorgarligi, sanitariya-maishiy sharoitlar, xodimlarning maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari bilan




Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
21 сент., 18:00
#SEMINAR 🚂Ўзбекистон темир йўлчилари ва транспорт қурувчилари касаба уюшмаси Республика кенгаши меҳнат муҳофазаси бўлими ва ишчи гуруҳи томонидан Бухоро минтақавий темир йўл узели корхона ва ташкилотларида меҳнат муҳофазаси ҳолати бўйича мониторинг амалга оширилди. 📊Мониторинг якунида корхоналарнинг бош муҳандислари, касаба уюшма қўмиталари раислари, меҳнат муҳофазаси муҳандислари ва бош вакиллари иштирокида семинар-тренинг ташкил этилди. 🤝 Тадбирда қуйидаги масалалар атрофлича ёритилди: 🔹 Оқибати енгил бахтсиз ҳодиса содир бўлганда амалга ошириладиган ҳаракатлар тартиби; 🔹 Ташкилотларда уч босқичли маъмурий-жамоатчилик назоратини самарали ташкил этиш; 🔹 Иш ўринларини меҳнат шароитлари бўйича аттестациядан ўтказиш босқичлари; 🔹 Ўтказилган мониторинг натижалари ва аниқланган ҳолатлар таҳлили. 🎁 Семинарда фаол иштирок этган ходимлар Бухоро минтақавий темир йўл узели Ҳудудий




Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
21 сент., 17:51
#SEMINAR 📢“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJda “Xavfsiz mehnat asoslari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. 🏢Tadbirda tizimdagi 50 nafar rahbar va mehnat muhofazasi bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etishdi. 👥 Seminarda: 🔹 Sohaga oid amalga oshirilgan ishlar tahlili va baxtsiz hodisalarning oldini olish choralari; 🔹 Mehnat munosabatlariga oid qonunchilikdagi yangiliklar hamda Vazirlar Mahkamasining 819-sonli qarori mazmun-mohiyati; 🔹 Vakillari faoliyatini samarali tashkil etish; 🔹 Tizim xodimlarining sohaga oid malakasini oshirish masalalari. 📈Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘zaro tajriba almashishdi. 🤝Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling: 🚀Mehnat muhofazasi va havfsizligi




Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
21 сент., 13:42
#FAOLIYAT📌 OKMKda kasaba uyushmalari faoliyati o‘rganildi “Olmaliq KMK” AJ Chodak kon boshqarmasi va Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi kasaba uyushmalari qo‘mitalarining 8 oylik faoliyati tahlil qilindi. O‘rganish davomida mehnat muhofazasi, ijtimoiy muhofaza, yoshlar va xotin-qizlar siyosati hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlar qamrab olindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilab berildi.Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling: 🚀Mehnat muhofazasi va havfsizligi




Mehnat muhofazasi va xavfsizligi
21 сент., 13:15
#FAOLIYATJamoatchilik nazoratiSamarqand viloyatida kasaba uyushmalari tomonidan “Sam ros stroy” MChJ hamda “Navruz” turar joy majmuasida mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoatchilik nazorati olib borildi. ⚙️ Asosiy e’tibor: • Ish joylarida xavfsizlik me’yorlariga rioya etilishi; • Xodimlarni o‘qitish va yo‘riqnomalarni yuritish; • Texnika va elektr uskunalarining xavfsizligi; • Bevalosh tibbiy ko‘rik hamda maxsus himoya vositalari bilan ta’minlanishi. Tadbirkorlar va xodimlarga xavfsiz ish sharoitlarini yaratish va qonunchilik talablari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling: 🚀Mehnat muhofazasi va havfsizligi



