Последние посты

Mudofaa — LIVE
22 сент., 11:44
⚡️⚡️⚡️Toshkent harbiy okrugda joylashgan harbiy qismda xizmat o'tayotgan muddatli harbiy xizmatchilar orasidan oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilinganlari ta'lim olish jarayonlariga kirishdi.Okrug hamda qism qo'mondonligi tomonidan askarlarning sifatli oliy ta'lim olishlari va o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy shart-sharoit, axborot texnologiyalari hamda o'qish uchun zaruriy jihozlar bilan ta'minlandi.Oliy ta’limga qadam qo‘ygan muddatli harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlari ularning bilim olishi, mustaqil fikrlashi va kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishi uchun muhim imkoniyatdir.👉@mudofaalive




Mudofaa — LIVE
22 сент., 10:00
переслано из @mudofaavazirligi
#Tayinlov⭐️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, adliya polkovnigi Muratov Jaxongir Dilshatovich O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com


Mudofaa — LIVE
22 сент., 10:00
переслано из @mudofaavazirligi
#Tayinlov⭐️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com


Mudofaa — LIVE
22 сент., 06:50
⚡️⚡️⚡️Serjantlar tayyorlash oliy maktabida yosh kursantlar ishtirokida “Rahbar va kursantlar” formatida ochiq muloqot tashkil etildi.Tadbir davomida Oliy maktab boshlig‘i kursantlar bilan ochiq suhbat o‘tkazib, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish hamda harbiy xizmatni samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.Muloqotda kursantlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.👉@mudofaalive




Mudofaa — LIVE
21 сент., 18:09
переслано из @mudofaavazirligi
⭐️Axborot 24 | Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy jangovar tayyorgarlik musobaqasida munosib ishtirok etib, gʻalabalar bilan yurtimizga qaytdi.🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Mudofaa — LIVE
21 сент., 18:09
переслано из @mudofaavazirligi
⭐️Ахборот 24 | Военнослужащие Министерства обороны достойно выступили на Международных соревнованиях по научно-боевой подготовке, прошедших в Республике Корея, и вернулись на родину с победой.🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Mudofaa — LIVE
21 сент., 10:49
⚡️⚡️⚡️Sharqiy harbiy okrugning Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismlardan birida Qurolli Kuchlar tizimida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining harbiy qism bosqichi bo‘lib o‘tdi.Mazkur bosqich kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida alohida tartibda tashkil etildi.Bellashuv shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z bilimlarini 50 ta test savoli orqali sinovdan o‘tkazdi. Topshiriqlarni bajarish uchun 50 daqiqa vaqt ajratilib, har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholandi.Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv davomida harbiy xizmatchilar mutolaa orqali egallagan bilimlarini namoyish etdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha harbiy qism bosqichi g‘oliblari deb topildi.👉@mudofaalive




Mudofaa — LIVE
21 сент., 10:48
⚡️⚡️O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy aviatsiya institutida harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, kursantlar hamda muddatli harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniy tadbir o‘tkazildi.Dam olish kuni rejasiga muvofiq, Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida ishtirokchilar uchun “Sirli sandiq” spektakli namoyish etildi.👉@mudofaalive
Mudofaa — LIVE
20 сент., 11:04
переслано из @mudofaavazirligi
⭐️ Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy jangovar tayyorgarlik musobaqasida munosib ishtirok etib, gʻalabalar bilan yurtimizga qaytdi.🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Mudofaa — LIVE
20 сент., 11:04
переслано из @mudofaavazirligi
⭐️Mudofaa vazirligi harbiylarining navbatdagi xalqaro gʻalabasiMudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy jangovar tayyorgarlik musobaqasida munosib ishtirok etib, gʻalabalar bilan yurtimizga qaytdi.Batafsil... | Подробно... | Read more...🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com




Mudofaa — LIVE
19 сент., 12:17
⚡️⚡️⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida davom etayotgan “Harbiy kasbiy tayyorgarlik” o‘quv kursi tinglovchilari uchun arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil etildi.Kitob yarmarkasida badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda kasbiy yo‘nalishdagi turli adabiyotlar taqdim etildi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Mazkur yarmarka tinglovchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa orqali bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.👉@mudofaalive




Mudofaa — LIVE
19 сент., 12:17
⚡️⚡️⚡️Otryad a'zolari bilan o‘quv-uslubiy seminarSharof Rashidov tumanida umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari ishtirokida o‘quv-uslubiy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirda otryad a’zolari, ularning ota-onalari va otryad rahbarlari ishtirok etdi.Seminar davomida Jizzax garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan o‘quv nuqtalari tashkil etilib, ishtirokchilar ko‘rgazmali o‘quv qurollari bilan tanishtirildi. Yoshlarga harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, intizom va mas’uliyatning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.Shuningdek, “Vatan tayanchi” otryadlari faoliyatini jadallashtirish, ularning nufuzini oshirish, oliy ta’lim muassasalari hamda muddatli harbiy xizmatga oid ma’lumotlar




Mudofaa — LIVE
19 сент., 12:10
Qarshi shahrida uch avlod uchrashdiAvlodlar o'rtasida ko'prik vazifasini o'tayotgan mazkur tadbirning navbatdagisi Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug faxriylar ishlari bo'yicha kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati kengashi hamkorligida O'zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya bilim yurtida o'tkazildi.Maskanda ta'lim berayotgan ustozlar va kursantlarga okrug faxriylari tomonidan murakkab vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish, maqsadni aniq belgilagan holda harakat boshlash kabi maslahatlar berildi. Bugungi armiyada yaratilgan shart sharoitlar bir vaqtlar ular uchun orzu bo'lganligi, bu kabi imkoniyatlardan unumli foydalanishga barcha birdek burchli ekanligi alohida ta'kidlandi.👉@mudofaalive




Mudofaa — LIVE
19 сент., 06:36
⚡️⚡️⚡️Navoiy shahridagi Prezident maktabida yoshlar, faxriylar hamda harbiy xizmatchilar uchrashuviTadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlarga hurmat, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish kabi ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlashga qaratildi.Unda hayotiy tajribasi va ibratli yo‘li bilan yoshlar uchun namuna bo‘lib kelayotgan faxriylar, bilimga intilayotgan yoshlar hamda Navoiy garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy orkestr va faxriy qorovul jamoalari o'z chiqishlarini namoyish etdi.👉@mudofaalive




Mudofaa — LIVE
19 сент., 06:36
⚡️⚡️⚡️Markaziy harbiy okrug muzeyida "Ochiq eshiklar kuni”Serjantlar tayyorlash oliy maktabida o‘quvchi-yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.Yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, jasorat hamda harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni harbiy hayot bilan yaqindan tanishtirish maqsadida o‘tkazilgan tadbir doirasida yoshlar uchun Markaziy harbiy okrug muzeyiga sayohat uyushtirildi.Shuningdek, mazmunli davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida yoshlar harbiy texnikalar va qurol-aslahalarni yaqindan tanishishdi.👉@mudofaalive




Mudofaa — LIVE
12 сент., 06:13
переслано из @mudofaavazirligi
💙💙💙🔴🔴🔴 #World #Military #Kurash #Challenge #Tashkent🔉"I Jahon harbiy chellenji" ning yengil vazn toifasidagi bahslar qizg'in davom etmoqda.⭐️O‘zbekistonda ilk bor harbiylar o‘rtasida o‘tkazilayotgan kurash bo'yicha "I Jahon harbiy chellenji"ni to‘g‘ridan to‘g‘ri YouTube orqali tomosha qilishingiz mumkin.📺https://youtube.com/live/yBEDR8RtYhU?feature=share➡️Yangiliklarni kuzatib boring:🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com




Mudofaa — LIVE
11 сент., 11:38
⚡️⚡️⚡️Sharqiy harbiy okrugning “Farg‘ona” dala o‘quv maydonida batalyon taktik guruhi shaxsiy tarkibi ishtirokida harbiy xizmatchilarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.Unda Farg‘ona davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda psixologik markaz mutaxassis-psixologlari ishtirok etib, harbiy xizmatchilar bilan “Stressni yengish hamda harbiy oilalardagi sog‘lom muhitni mustahkamlash” mavzusida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.Seminar-trening davomida harbiy xizmatchilarga stressli vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlash, psixologik bosimlarga bardosh berish, salbiy ruhiy holatlarning oldini olish hamda murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, amaliy tavsiya va tushuntirishlar oldi.👉@mudofaalive




Mudofaa — LIVE
11 сент., 09:40
⚡️⚡️⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti va Toshkent kimyo xalqaro universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.Tadbir avvalida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutida o‘qitiladigan mutaxassislar hamda o‘quv-moddiy baza haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tildi. O‘z navbatida Toshkent kimyo xalqaro universiteti mutaxassislari tomonidan ham mazkur oliy ta’lim muassasasining reytingi va ilmiy tatqiqot natijalari tanishtirildi.Shundan so‘ng kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan amaliy ishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi va memorandum imzolandi. Bu esa ta’lim sifatini yanada yaxshilash, ikki tomonlama tajriba almashish hamda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga zamin yaratadi.👉@mudofaalive



