Последние посты

Farosat bilan o’qing…
19 сент., 09:30изменён
«Nikohning foydalari va (undan ko‘zlangan) maqsadlarga oʻzaro hamjihatlik orqaligina erishiladi.Agar ayol kishi erining huzurida aziz-u mukarram boʻlmasa, bu hamjihatlikka aslo erishib boʻlmaydi.Ayol kishining qadr-qimmati unga yetishish yoʻllari qiyin boʻlgandagina er kishining nazarida yuqori boʻladi.Chunki qoʻlga kiritish qiyin boʻlgan narsa insonga aziz ko‘rinadi va uni mahkam tutishga (yoʻqotib qo‘ymaslikka) harakat qiladi.Aksincha, erishish oson boʻlgan narsaning qadri pasayadi va uni qoʻlda ushlab turish ham oson (ahamiyatsiz) boʻlib qoladi.Qachonki ayolning eri oldida qadri pasaysa, ayol o‘zidan xavotirga tushadi hamjihatlik yoʻqoladi va nikohdan koʻzlangan maqsadlarga erishib boʻlmaydi.Negaki, (nikoh shartnomasi bilan erga o‘tadigan) egalik huquqi ayolning o‘z nafsi va jinsiy yaqinlikdan bahramand bo‘lish huquqi evaziga yuzaga chiqadi.Hur ayol ustidan bunday
Farosat bilan o’qing…
14 сент., 12:01
O'zingni Muso deb emas balki Fir'avn deb bilgin!o’zini kimdandur ustun deb bilishdanda og’irroq dard bo’lmasa kerak. Chunki bu qalb dardidir, davosi juda ham og’ir!@muhimi_davomiylik
Farosat bilan o’qing…
11 сент., 13:25
Alloh senga ravo koʻrgan narsa sen orzu qilgan narsadan yaxshi ekaniga doim ishongin!@muhimi_davomiylik1,010Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
2 сент., 18:35
via negativaaqlli gap aytgan emas, ahmoqona gap aytmaydigangina - oqil.adolat qilib turadigan emas, adolatsizlik qilmaydigangina - odil.ilmdan gapiradigan emas, ilmsiz gapirmaydigangina - olim.rost gaplari ko’p bo’lgan emas, yolg’onlari yo’q odamgina - rostgo’y.Aziz Rahimov | @muhimi_davomiylik1,300Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
1 сент., 12:37
Ba’zan biz boshqalarning hayotiga qarab, o’zimizga hukm chiqaramiz. Lekin birovga najot bo’lgan maslahat, bizga yuk bo’lishi mumkin. Chunki biz bir xil imkoniyatlarga ega emasmiz, bir xil og’riqlarni boshdan kechirmaganmiz va eng muhimi bir manzilga ketayotganimiz ham yo’q, hammamizning turlicha maqsadlarimiz bor.Shuning uchun har bir maslahatni haqiqat deb emas, bir insonning tajribasi deb qabul qiling. Boshqalarni eshiting, lekin o’zingizni yo’qotib qo’ymang.Sizning yo’lingizni eng yaxshi tushunishi kerak bo’lgan inson avvalo, bu o’zingiz.@muhimi_davomiylik1,340Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
31 авг., 18:52
Odamlar nima deydi...?!Imom Shofeyiy rahimahulloh shunday deydilar: «Siz barcha odamlarni rozi qila olmaysiz. Shunday ekan, oʻzingiz bilan Alloh oʻrtasidagi aloqani (amallarni) oʻnglang va odamlarga eʼtibor bermang», dedi.“Tabaqotush shofeyiyya”dan.… Toliblarga nasihat |@muhimi_davomiylik1,490Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
26 авг., 08:53
Agar qaysidur birodaringizda sizda mavjud bo'lmagan narsani ko'rsangizu qalbingizda biroz isyon paydo bo'lsa o'zingizga eslating:"Alloh taolo unga beradiyu, meni unutarmidi"Mutloq adolat qilguvchi Al Adl Zot unga beradiyu sizni unutarmidi do'stim, xotirjam bo'ling...@muhimi_davomiylik1,700Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
24 авг., 14:42
“Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir “Mushkulliklar doimiy emas, ular ortida doimo yengillik bor. Qiyinchilik paytida tushkunlikka tushmasdan, faqat Allohga tavakkul qilish lozim.@muhimi_davomiylik1,200Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
22 авг., 21:43
Kimki g'azabiga bo'ysunsa, odobini qo'ldan boy beribdi...@muhimi_davomiylik1,330Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
14 авг., 15:31
NazarIshlarni, munosabatlarni, muvaffaqiyatlarni, mahram mavzularni yashirish kerak, chunki har nemat egasiga hasad qilinadi. Egoni(nafsni) qondirish va maqtanish uchun nematlarni ko'z-ko'z qilish tog'ri emas. Bu oiladagi mahramlik yo'qolishiga, yaxshi ketib turgan ishlarni orqaga ketishiga, boshqa insonlarni nolishiga sabab bo'lishi mumkin. Bilib turib fitna chiqarish, ataylab maqtanish orqali kimnidir nolishiga sabab bo'lish joiz emas. Eng aqlli va o'ziga yetadigan insonlar maqtanmaydilar, shaxsiy hayotlarini maksimal yashiradilar.maqtanchoqlik sizga ham dunyoviy ham uxroviy muammolarni keltirib chiqaradi.sihatmaktabi | @muhimi_davomiylik1,930Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
11 авг., 18:56
Ming marotaba gunoh qilgan bo’lsangiz ham, Allohga qayting.@muhimi_davomiylik1,610Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
7 авг., 16:56
Xohlaganing uchun kurashmasang, yo‘qotganing uchun yig‘lama!@muhimi_davomiylik2,560Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
3 авг., 08:37
TORLIK hayoti: #eslatmaAshula 👉 kino 👉 anime 👉 o'yin-kulgu 👉 ko'zni tiymaslik 👉 xilvatdagi gunohlar 👉 harom munosabatlar. Natija: "Kim Mеning zikrimdan yuz o‘girsa, albatta, unga torchilik hayoti bo‘lur..." (Toha:124).KENGLIK hayoti:Namoz ➡️ Qur'on ➡️ qiyomul layl ➡️ tavakkul ➡️ ko'zni tiyish ➡️ sirli ibodat ➡️ Allohning zikri. Natija: "...kim hidoyatimga ergashsa, adashmas va badbaxt bo‘lmas" (Toha:123).Sabablar isloh bo'lsa, oqibatlar isloh bo'ladi.ULULALBAB | @muhimi_davomiylik2,830Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
2 авг., 06:01
#tafakkurKecha sodir bo‘lgan voqea bugungi kuningni boshqarishi shart emas.@muhimi_davomiylik2,230Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
28 июл., 08:13
“Topraktan yaratıldın, toprağa döneceksin… İki toprak arasında kibir neyin?”@muhimi_davomiylik
Farosat bilan o’qing…
26 июл., 05:58
Rizq masalasida xatoga tushib qolmang.Agar siz: «Mening rizqim nasabimga, aqlimga, uddaburonligimga yoki qobiliyatimga bog‘liq», deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, adashasiz.Rizq — inson uchun Robbisi tomonidan belgilab qo‘yilgan ulushdir.Ha, rizq sabablar bilan bog‘langan. Inson uni halol yo‘l bilan ham, harom yo‘l bilan ham topishi mumkin. Harom yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsa ham rizq hisoblanadi. Lekin bizga buyurilgani — uni halol yo‘l bilan izlash va topishdir.Johil insonlardan ba’zan shunday gaplarni eshitib qolamiz:«Falonchining rizqi keng, ishlari yurishgan, demak Allohning suyukli bandasi bo‘lsa kerak». Yoki aksincha: «Falonchining ahvoli tor, rizqi kam, demak unga nasiba berilmagan, xorlangan odam ekan».Bu fikrning yana boshqa ko‘rinishlari ham bor. «Boy bo‘lish — qaror. Sen xohlasang boy bo‘lasan, xohlamasang bo‘lmaysan», deydilar. Bu gaplarning ildizida Yaratganning2,570Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
25 июл., 19:02
"Ey Muhammad : " Robbim ilmimni ziyoda qilgin", degin" (Toha surasi, 114-oyat)Alloh taolo mazkur oyati karimada bandalariga duo qilganda nimani ziyoda qilishni so'rashni o'rgatmoqda. Zotan, Robbil olamin bandalariga eng ko'p kerak bo'ladigan va ular uchun eng qadrli ne'mat nima ekanligini yaxshi biluvchidur. Agar bandalarning o'ziga tashlab qo'ysa ularning aksariyati birinchi o'rinda mol-dunyo, boylik so'ragan bo'lar edi. Bu esa nihoyatda tor doiradagi duodir.Ilm so'rashning zamirida nafaqat mol-dunyo, balki barcha dunyoviy ne'matlarning ziyoda bo'lishini va Alloh taoloning huzuridagi buyuk maqomlarni so'rash ham bordir. Zotan, haqiqiy ilm egalari hech qachon bu dunyoning boyliklariga muhtoj bo'lmaydilar, balki mol-dunyo egalarining barchalari ahli ilmlarga muhtoj bo'ladilar.Chunki haqiqiy boylik mol-dunyoning ko'pligida emas, balki nafsning to'qligidadir. Nafsning to'qligi esa1,650Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
20 июл., 08:58
Qalbdagi har bir tuyg’u Allohning izni bilan keladi. Uni gunohga emas, hikmatga aylantirish esa insonning tanlovidir.Tuyg’ular to’lqin, qalb esa dengizdir. Oqil inson to’lqinga emas, dengizning tubidagi sokinlikka tayanadi.@muhimi_davomiylik1,890Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
14 июл., 09:42
Eng katta baxt bu hozir sizda mavjud bo'lgan narsalardir.Bu narsalar sizga kerak bo'lganligi uchun aynan sizga berilgan. Siz baxt deb o'ylagan narsalaringiz sizga baxtsizlik keltirishi mumkun. Bilingki shu sabab ular sizga berilmagan...To'g'ri formulani unutmang. Alloh taolo sizga, sizga aynan kerakli bo'lgan narsalarni bergan.Ya'ni : Bo'lgani, bo'lishi keraklar ichida eng go'zalidur. Shu sabab ham u sodir bo'ldi. Isyon qilmang. Rozi bo'ling, najot topasiz...@muhimi_davomiylik2,510Открыть в Telegram
Farosat bilan o’qing…
9 июл., 13:38изменён
#duoAllohim… Menga dini, xulqi va qalbi bilan Seni rozi qiladigan solih juft nasib etgin. Uni men uchun dunyo va oxirat saodatiga sabab qil. Oramizni muhabbat, rahmat va barokat bilan boglagin!Qalbimni haromdan asra, sabr va tavakkul bilan ziynatlagin. Nasibamni Ozing eng gozal vaqtda, eng gozal tarzda ato etgin. Allohim, meni dunyoda ham, oxiratda ham baxtimga sabab boladigan, Sen sevgan va Sen sevdirgan inson bilan rizqing ila jam qilgin!🌸 Ya Robbim Qur'on bilan xulqlangan, Qur'onni yodlash bilan chegaralangan emas Undan xulqlangan, O'zingdan hayo qilguvchi, O'zingdan qo'rqguvchi, taqvodor birini nasib et!Qur'oniy xulqli, Rabboniy xulqli, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamdan o'rnak olgan, sunnatlariga amal qilgan, Yusuf alayhissalom kabi hushsur'at, Ali rodiyallohu anhu kabi rashkli, Usmon ibn Affon kabi faqat Sendan, faqatgina Sendan juda2,380Открыть в Telegram
