gram news
Аватар канала Muslimbek Abdurahimov

Muslimbek Abdurahimov

@muslimbek_abdurahimov

Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️ Inson... 👉 @YozibQoldiring_bot 👉 instagram.com/muslimbek__abdurahimov

ПроектыUZБлогеры и знаменитостиПодтверждён Telegram

25,800подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Muslimbek Abdurahimov

    24 сент., 07:26

    Saida Mirziyoyeva: “Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot”Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladi.“Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.Shuningdek, u o‘z nutqida Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    23 сент., 08:49

    YouTube'dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul ishlash vaqti kelyaptiRivojlangan davlatlardagidek xalqaro to‘lov tizimlaridan erkin foydalanish va YouTube orqali O‘zbekistonning o‘zida turib daromad topish ko‘pchilik yoshlarimizning orzusi edi.Kuni kecha Nyu-Yorkda Saida Mirziyoyeva Google vitse-prezidenti bilan uchrashib, aynan YouTube monetizatsiyasini O‘zbekistonda ishga tushirishni muhokama qilibdi. Ta’kidlanishicha, qonunchiligimiz bunga to‘liq tayyor, raqamli to‘lovlar bo‘yicha qolgan to‘siqlar ham olinmoqda. Xalqaro to‘lov tizimlari to‘laqonli kirib kelsa, nafaqat blogerlar, balki butun IT sohamiz hamda tadbirkorlarimiz uchun katta yengillik bo‘ladi.Endi Google bilan birga qilinadigan vazifalarni tezroq oxiriga yetkazish va kutilgan natijani berish qoldi. Menimcha, bu har bir kontentmeykerga o‘z ustida ishlashi va sifatli kontent yaratishlari uchun bu yana bir zo‘r motivatsiya!👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    23 сент., 07:37

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Eco Cotton” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
    4,280видео4211Открыть в Telegram
  • Muslimbek Abdurahimov

    22 сент., 10:57

    O‘zbekiston va BMT munosabatlari yangi bosqichdaNyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli global tadbir doirasida Saida Mirziyoyeva tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar xavfsizlik va hamkorlikning asosiy jabhalarini ko‘rib chiqishdi.Saida Mirziyoyeva BMT rahbariyatining o‘rnini yuqori baholab, shunday dedi: «Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman». Bunday oliy darajadagi muloqotlar yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    12 сент., 06:01

    Toshkentda Markaziy Osiyodagi eng yirik muzeylardan biri qurilmoqdaPrezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda qurilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi bilan tanishdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘z sahifasida ma’lum qildi.Muzey konsepsiyasini dunyoga mashhur yapon me’mori, Pritsker mukofoti sohibi Tadao Ando ishlab chiqqan. Uning loyihalari Yaponiya, Yevropa va AQSHda jahon me’morchiligining yorqin namunalari sifatida e’tirof etilgan.Yangi Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biri bo‘ladi. Unda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va ta’lim maydonlari joylashadi.Saida Mirziyoyeva ta’kidlashicha, jahon miqyosidagi me’morlar ishtirokida yaratilayotgan bunday ob’yektlar kelajakda O‘zbekiston tarixi va madaniy merosining ajralmas qismiga aylanadi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
    11,600107322Открыть в Telegram
  • Muslimbek Abdurahimov

    11 сент., 11:53изменён

    👩‍🍼 O'zbekistonda 6 oy ichida 50 yoshdan oshgan 8 nafar ayol farzandli bo’lganMilliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 373 ming 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan.Tug‘ilishlar onalarning yosh guruhlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:➖25 yoshgacha — 147 ming 355 nafar; ➖25-39 yoshdagilar — 219 ming 588 nafar; ➖40 yosh va undan kattalar — 6 ming 446 nafar ➖Shundan, 50 yosh va undan kattalar — 8 nafar.Shuningdek, ushbu davrda 40-59 yoshli 29 ming 403 nafar, 60-69 yoshli 249 nafar hamda 70 yosh va undan katta 29 nafar erkak ota bo'lgan.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    22,10067191064Открыть в Telegram
  • Muslimbek Abdurahimov

    11 сент., 05:05

    ❗️Barcha darsliklar 2031-yilgacha to’liq takomillashgan alifboga o’tkaziladi, bunga qo’shimcha xarajat ketmaydiMaktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Azizbek Turdiyevning ma’lum qilishicha, qonun 2027-yildan kuchga kirsa, 1-sinf darsliklari yangi alifboda chop etiladi.Amaldagi tartibga ko’ra, 1-sinf darsliklari shundoq ham har yili qayta chop etiladi. 2-4-sinflar uchun darsliklar har 3 yilda yangilanishi kerak. 5-11-sinflar uchun esa har 5 yilda darsliklar yangilanadi.Shunday qilib, 2031-yilgacha darsliklar o’z navbati kelganda toʻliq yangi alifboda nashr etiladi. Buning uchun qoʻshimcha mablagʻ talab etilmaydi.Boshqacha qilib aytganda, takomillashgan alifbo kuchga kirgan taqdirda ham, barcha darsliklar muddatidan avval bittada qayta chop etilmaydi. Barchasi qonunchilikda belgilangan navbati kelgandagina almashadi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    45,100видео21141210Открыть в Telegram
  • Muslimbek Abdurahimov

    10 сент., 12:01

    O‘zbekiston merganlari Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqada yana bir bor g‘olib chiqdiKvangju shahrida o‘tkazilgan “III Xalqaro merganlar musobaqasi”da 8 ta davlatdan 28 ta jamoa ishtirok etdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi jamoasi 678.4 ball bilan faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Vyetnam, uchinchi o‘rin esa Turkiyaga nasib qildi.O‘zbekiston jamoasi 2025-yilda ham birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    8 сент., 16:32

    O‘zbek oshini dunyoga tanitgan rekordga 9 yil bo‘ldi2017-yil 8-sentabr kuni Toshkentda o‘zbek oshining tarixidagi unutilmas voqealardan biri yuz bergan edi. “O‘zbegim” festivali doirasida 7 tonna 360 kilogramm palov tayyorlanib, Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.Ulkan qozonda tayyorlangan osh uchun qariyb 2 tonna guruch, 2,7 tonna sabzi va 1,5 tonna mol go‘shti ishlatilgan. Uni tayyorlashda 50 dan ortiq oshpaz qatnashgan.Komil Allamjonov o‘zining Telegram sahifasida mazkur voqeani eslab post qoldirdi.“Jamoamiz bilan ushbu tadbirni tashkil qilganimizga roppa-rosa 9-yil bo‘libdi. Oradan shuncha vaqt o‘tsa ham, hayajon hamon o‘sha-o‘sha”, – deb yozadi Allamjonov.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    473видео11Открыть в Telegram
  • Muslimbek Abdurahimov

    7 сент., 13:15

    Tadbirkorlik subyektlariga huquqbuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati berildiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–175-son Farmoniga muvofiq, biznes sohasida mutlaqo yangi tartib-taomil amaliyotga joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, birinchi marotaba yo‘l qo‘yilgan ayrim turdagi qoidabuzarliklar uchun bevosita moliyaviy jarimalar qo‘llanilmaydi.Ushbu amaliyotning mazmun-mohiyati va qulayliklari xususida “Dodo Pizza” rahbari Dinara Islomova oddiy chek misolida tushuntirib berdi.“Mazkur qonunchilik hujjatining qabul qilinishi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim bosqich bo‘ldi. Ish jarayonida kamchiliklar yuzaga kelishi tabiiy holat bo‘lib, ularni o‘z vaqtida tuzatish imkoniyatining berilishi alohida ahamiyatga ega. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish har bir tadbirkorning ustuvor mas’uliyati bo‘lib qoladi,” – dedi u.👉 @Mu
    546видео1Открыть в Telegram
  • Muslimbek Abdurahimov

    6 сент., 14:56

    O‘zbekistonda madaniyat sohasidagi islohotlar xalqaro bosqichga ko‘tarilmoqdaO‘zbekistonda san’at va ijodni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga chiqdi. Poytaxtimizda Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo‘lgan “CCA Tashkent” Zamonaviy san’at markazining ochilishi buning yaqqol isbotidir. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning bevosita tashabbusi va O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining sa’y-harakatlari bilan amalga oshgan ushbu loyiha o‘zbekistonlik iste’dod egalarining xorijiy sahnalarda e’tirof topishiga zamin yaratadi.Saida Mirziyoyeva loyihaning strategik ahamiyatiga to‘xtalib, shunday ta’kidladi: “Bugungi yutug‘imiz madaniyatni milliy taraqqiyotning muhim omili sifatida belgilab bergan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko‘zlagan siyosati natijasidir.”Milliy madaniyatni ijtimoiy ne’mat sifatida qadrlash yo‘lidagi
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    5 сент., 22:34

    AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildiBu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    4 сент., 17:15изменён

    Tavsiya❗️Toshkentdan 1 soatlik yo'l... ⛰Chotqol📞 +998707000233 📞 +998955120060 📞 +998955120040
  • Muslimbek Abdurahimov

    4 сент., 08:52

    переслано из @press_secretary_uz

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurib, ushbu noyob madaniyat muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомится с условиями, созданными в этой уникальной культурной институции.Facebook|Instagram|X
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    3 сент., 15:20

    Saida Mirziyoyevaning Qatarga tashrifi — yuqori darajadagi uchrashuv va O‘zbekiston merosiSaida Mirziyoyeva Dohada Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan uchrashdi. Muloqot davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi tashabbus va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.Tashrif doirasida Qatar Islom san’ati muzeyida “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasi ham ochildi. Unda mamlakatimizning turli tarixiy davrlariga oid noyob eksponatlar, milliy hunarmandchilik va to‘qimachilik namunalari namoyish etilmoqda.Shuningdek, “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasida Toshkent, Samarqand va Buxorodan ilhomlangan qatarlik hunarmandlarning zargarlik buyumlari, xattotlik asarlari, gilam va fotosuratlari taqdim etildi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    3 сент., 11:32

    Poytaxtdan chekka hududlargacha: murakkab bolalar operatsiyalari joylarda ham o‘tkazilmoqdaO‘zbekistonda joriy qilingan yangi tizim tufayli Bolalar milliy tibbiyot markaziga yillik rejadan tashqari yana qo‘shimcha 10 000 nafar bolaning operatsiyasi uchun davlat tomonidan maxsus mablag‘ ajratildi.Joriy yilda markazda 7 000 ga yaqin eng murakkab yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shulardan 1000 dan ortig‘i oldin umuman O‘zbekistonda qilinmagan noyob amaliyotlardir. Eng quvonarlisi, markaz shifokorlari faqat poytaxtda o‘tirmasdan, chekka tumanlarga guruh bo‘lib borib, joylarning o‘zida ham qiyin jarrohlik muolajalarini o‘tkazmoqda.Kelajak avlod uchun qilingan har bir sarmoya o‘z mevasini beradi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    1 сент., 06:58

    Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladiPrezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.Saida Mirziyoyeva o‘z tabrigida Vatanni sevish — uning havosi, tuprog‘i va suvini asrab-avaylash, inson qadrini yuksak tutish hamda kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni his etish ekanini ta’kidladi.“Bugun O‘zbekiston jadal o‘zgarib, jahon maydonida o‘z o‘rni va ovoziga ega ekanini ishonch bilan ko‘rsatmoqda”, — dedi Saida Mirziyoyeva.Shuningdek, Administratsiya Rahbari yangilanish sur’atini yo‘qotmasdan, erishilgan natijalar bilan cheklanib qolmay, kelajak sari dadil harakat qilishni tiladi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    1 сент., 05:35

    Oksford talabalari o‘zbek tilini o‘rganish uchun O‘zbekistonga keldi“Oksford o‘zbekshunoslik dasturi” doirasida Oksford universiteti talabalari va tadqiqotchilari uchun O‘zbekistonda yozgi maktab boshlandi. Dastur ishtirokchilari bir oy davomida o‘zbek tilini bevosita jonli muloqot muhitida o‘rganib, mamlakat tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishadi.Mazkur dastur 2025-yil oktabr oyida Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva tashabbusi bilan Oksfordda yo‘lga qo‘yilgan edi. Loyiha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Oksford universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.Saida Mirziyoyeva dastur izchil yo‘lga tushib, o‘zining amaliy natijalarini berayotganidan mamnunligini bildirdi.“Oksford talabalari o‘zbek tilini bevosita kundalik jonli muloqot muhitida o‘rganish hamda madaniyatimiz, tariximiz va shaharlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida bir oyga
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    31 авг., 15:58

    Oʻzbekiston BMT bilan hamkorlikni kengaytiradiBishkek shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Muloqotda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.👉 @Muslimbek_Abdurahimov
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
  • Muslimbek Abdurahimov

    29 авг., 13:56

    Sietl va Vashingtondan keyin Oregon shtati hamda Sitak shahri ham 2026 yil 1 sentyabrni rasman “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildiAQSHning Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026 yil 1 sentyabrni «O‘zbekiston Mustaqilligi kuni» deb rasman e’lon qildi. Bu haqda Komil Allamjonov xabar berdi.O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan imzolangan proklamatsiyada mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, xalqaro maydondagi faollik va Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka alohida urg‘u berilgan.Hujjatda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida savdo, investisiyalar, texnologiyalar, ta’lim, toza energetika va turizm yo‘nalishlaridagi aloqalar tobora kengayib borayotgani ham e’tirof etilgan.Oregon AQSHning yirik texnologik markazlaridan biri bo‘lib, shtatda 4,3 mln aholi istiqomat qiladi, iqtisodiyoti esa 340 mlrd dollardan oshadi.
    Иллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek AbdurahimovИллюстрация к посту канала Muslimbek Abdurahimov
    644311Открыть в Telegram