gram news
Аватар канала ن

ن

@mutadayyina

fikr. @nun_ads

ПроектыUZРазное

3,960подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • ن

    22 сент., 20:01

    Bilasizmi nima? go‘zallik ko‘zlarni rom qilishi mumkin, ammo insonni qalblarga yaqinlashtiradigan narsa uning axloqidir. chiroyli chehra vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi, lekin go‘zal xulq insonning qadrini yillar o‘tsa ham saqlab qoladi. muloyim so‘z, samimiy muomala, kattaga hurmat, kichikka mehr, kechira olish, birovning ko‘nglini og‘ritmaslik bularning barchasi insonning haqiqiy ziynatidir. insonning kiyimi, tashqi ko‘rinishi yoki go‘zalligi ko‘zga ko‘rinadi, ammo uning asl go‘zalligi odamlar bilan muomalasida namoyon bo‘ladi. ba’zan birgina muloyim so‘z qalbdagi og‘irlikni yengillashtiradi, birgina yaxshi muomala esa insonning siz haqingizdagi butun tasavvurini o‘zgartiradi. shuning uchun faqat tashqi ko‘rinishingizni emas, qalbingizni ham tarbiyalang. g‘azab kelganda o‘zingizni tutishni, ranjitishganda kechirishni, yaxshilik qilganda minnat qilmaslikni, xato qilganda uzr so‘rashni
  • ن

    22 сент., 18:08

  • ن

    21 сент., 19:03

    How can it not be meant for me, when Allah is the One who placed the desire so deeply within me?📍mutadayyina
  • ن

    20 сент., 19:00

    go‘zal xulqning belgilaridan biri shuki, inson hayo sohibi bo‘ladi, boshqalarga ozor berishdan saqlanadi, yaxshilikni ko‘p qiladi va so‘zida rostgo‘y bo‘ladi. kam gapirib, ko‘p amal qiladi, xatolari va behuda qiziqishlari oz bo‘ladi. nigohi va qulog‘ini foydasiz narsalardan asraydi. ota-ona va yaqinlariga yaxshilik qiladi, qarindoshlik rishtalarini bog‘laydi. vazmin, sabrli, muloyim va va’dasiga vafo qiladigan bo‘ladi. o‘zini haromdan va nomunosib ishlardan saqlaydi. la’natlovchi, haqorat qiluvchi, chaqimchi va g‘iybatchi bo‘lmaydi. ochko‘z, baxil va hasadgo‘y bo‘lmaydi. yuzida tabassum, muomalasida iliqlik bo‘ladi. Alloh uchun yaxshi ko‘radi, Alloh uchun yomon ko‘radi, Alloh uchun rozi bo‘ladi va Alloh uchun norozi bo‘ladi. go‘zal xulq faqat chiroyli gapirish emas, balki inson yolg‘iz qolganida ham qalbini, tilini, nigohini va amallarini tarbiyalay olishidir.
    1,880голосовоеОткрыть в Telegram
  • ن

    19 сент., 19:00

    hozir Robbim bilan, keyin esa U va U’ning yaratgani bilan.📍mutadayyina
  • ن

    18 сент., 19:03

    Hashamatli hayot deganda ko‘pincha qimmat uy, chiroyli kiyimlar, ko‘p pul va odamlarning havasini tushunamiz. aslida esa inson uchun eng katta hashamat ko‘zga ko‘rinmaydigan ne’matlarda bo‘lishi mumkin. hashmat namozni o‘z vaqtida ado etish va kuningizni Robbingiz bilan bog‘lab yashash. hashmat topayotgan rizqingiz halol ekanini bilib, ko‘nglingiz xotirjam bo‘lishi. hashmat kun oxirida boshingizni yostiqqa qo‘yganingizda hech kimga yomonlik qilmagan vijdon bilan, qalbingiz tinch holda uxlash. hashmat odamlar ko‘rmayotgan joyda ham haromdan voz kecha olish, chunki siz uchun odamlarning nazaridan ko‘ra Allohning roziligi muhimroq. hashmat kamtarlikni yo‘qotmasdan ne’matlardan foydalanish, bor narsangizni qadrlash va yo‘q narsangiz uchun qalbingizni charchatmaslik. hashmat sajdaga borganingizda dunyoning shovqinidan bir lahzaga uzilib, qalbingizda sokinlik topish. hashmat ko‘p narsaga ega
  • ن

    17 сент., 19:02

    being exactly who i am. sensitive. shy. an observer. a busy mind. always on alert. empathetic. a listener. talker if i like you. curious. full of doubts.📍mutadayyina
  • ن

    16 сент., 19:05

    masalan dinimizda omad degan tushuncha umuman yo'q, birorta kitoblarimizda yo'q, ya'ni ildizi omad yo'q narsa. yaxshilik bor, yomonlik bor, endi shu yaxshilik ham siz uchun hayrlimi yo'qmi, uni siz bilmaysiz. yoki yomonlik siz uchun hayrlimi yoʻqmi, uni ham siz bilmaysiz. omad deb insonlar tayanib, omadim keldi deydigan narsalarni asli ildizida taqdir “qadar” degan narsa bo'ladi. biz o'sha taqdirimizda bo'lgan narsani yashab o'tamiz. lekin bizga buyurilgan narsa shuki, taqdirimizdagi narsaga intilib, harakat qilib, sababini qilishga buyurilganmiz va o'sha taqdirimizning kaliti sabablarga bog'langan.📍mutadayyina
    3,160голосовоеОткрыть в Telegram
  • ن

    15 сент., 19:00

    qahvam sovib qolmasidan kelgin-a)
  • ن

    14 сент., 19:00

    Tushunishingiz shart boʻlgan narsa shuki, nasibingiz boʻlmagan narsa, to anglab yetmaguningizgacha, sizni takror va takror mahzun qilaveradi. Ba’zan hayotimizda shunday narsalar bo‘ladiki, biz ularni juda xohlaymiz, ular uchun duo qilamiz, kutamiz, harakat qilamiz va bo‘lmayotganidan qayta-qayta mahzun bo‘lamiz. lekin balki bizning eng katta xotirjamligimiz o‘sha narsaga erishishda emas, uning biz uchun yozilmaganini qabul qilishdadir. nasibingiz bo‘lmagan narsa qancha urinmang, qancha kutmang, baribir sizniki bo‘lib qolmaydi. siz esa uni yo‘qotganingiz uchun emas, uni qo‘yib yubora olmayotganingiz uchun ko‘proq qiynalasiz. ba’zan Alloh siz so‘ragan narsani bermaydi, chunki u siz uchun yaxshi emasligini sizdan ko‘ra yaxshiroq biladi. siz faqat bugungi holatni ko‘rasiz, U esa uning oqibatini biladi. shuning uchun har bir “nega bo‘lmadi?” degan savoldan keyin “balki bunda ham men bilmagan
  • ن

    13 сент., 19:00

    yolg‘iz qolishni, odamlaridan biroz uzoqlashib, o‘zingizga va o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan narsalarga berilishni o‘rganing. vaqtingizning katta qismini boshqalar uchun emas, o‘zingiz uchun sarflang. e’tiboringizni boshqalarning hayotiga emas, o‘zingizga tegishli bo‘lgan narsalarga qarating. qo‘lingizdagi barcha kuch va energiyani odamlarni kuzatish, ularni rozi qilish yoki ular haqida qayg‘urishga emas, o‘zingizni tarbiyalash, qalbingizni asrash va hayotingizni yaxshilashga sarflang.📍mutadayyina
    3,580голосовоеОткрыть в Telegram
  • ن

    12 сент., 19:00

    naseeb)
  • ن

    11 сент., 19:03

    переслано из @mutadayyina

    Haqiqiy do‘stlik faqat kulguli suhbatlar, birga o‘tkazilgan vaqt yoki qiyin kunlarda yoningda turish bilangina o‘lchanmaydi. Ba’zan eng samimiy do‘stlik insonning xatolarini ko‘rganida sukut saqlamasligida namoyon bo‘ladi. Chunki seni yaxshi ko‘radigan inson faqat kayfiyatingni o‘ylamaydi, balki oxiratingni ham o‘ylaydi. U sening noto‘g‘ri yo‘lga kirayotganingni ko‘rsa, “xafa bo‘lib qolmasin” deb befarq turmaydi. Aksincha, qalbida senga nisbatan muhabbat bo‘lgani uchun seni ogohlantirishga harakat qiladi, bilasizmi nima? hozirgi kunda ko‘pchilik tanbehni yomon ko‘radi, nasihatni esa tanqid deb qabul qiladi. Holbuki, har doim maqtaydigan, har bir ishingni ma’qullaydigan inson emas, kerak bo‘lganda to‘xtatib qo‘ya oladigan inson qadrliroqdir. Chunki maqtov nafsga yoqadi, ammo samimiy nasihat qalbni tuzatadi. Dinimizda ham mo‘minlar bir-birlariga yaxshilikni tavsiya qilib, yomonlikdan
  • ن

    10 сент., 19:00

    In Islam, Allah will never make you pray for something that was never meant for you, maybe that’s why the duaa itself is already a sign, because if He placed it in your heart to ask, it means He is already planning to give it to you, just in perfect timing.📍mutadayyina
  • ن

    9 сент., 19:04

    Alloh seni charchab, kurashib, sinib, yana o‘rningdan turganingda ko‘rib turadi. Gunoh yoki xatoga yo‘l qo‘yganingda qalbing ezilib, ichingdan pushaymon bo‘lib, yana Unga qaytganingni, Undan umid qilganingni ham Alloh ko‘rib va bilib turadi. U Zot nihoyatda Rahmlidir. Balki sen o‘zingni Allohdan uzoqlashib ketgandek his qilarsan, lekin har safar xatodan keyin yana Unga qaytishing, Undan mag‘firat so‘rashing va qalbingda Unga bo‘lgan muhabbatni saqlashing juda qadrli. Alloh sening mukammal bo‘lishingni emas, Unga chin dildan yuzlanishingni biladi. Eng go‘zali esa qalbingdagi shu samimiyatdir: sen haqiqatan ham Allohni xohlaysan, Uni sevasan va har qancha yiqilma, yana Unga qaytishni istaysan.📍mutadayyina
    4,710голосовоеОткрыть в Telegram
  • ن

    8 сент., 19:00

    “Agar siz ilmdan boshqa narsada zavqlanayotgan boʻlsangiz ruhan kasallangansiz”©Hasanxon Yaxyo Abdulmajid
  • ن

    7 сент., 19:00

    hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega ba’zi insonlar bilan ilk uchrashuvning o‘zidayoq o‘zingizni qulay va xotirjam his qilasiz? go‘yo uni avvaldan tanigandek, qalbingiz unga begona emasdek tuyuladi. balki buning sababi ruhlarning bir-biriga mos kelishidadir. Rasululloh ▫ “ruhlar birlashgan lashkarlardir. ulardan bir-birini taniganlari yaqinlashadi, tanimaganlari esa uzoqlashadi”, deganlar. inson ko‘pincha o‘ziga o‘xshagan qalblarga moyil bo‘ladi. fikri, niyati, qadriyati va dunyoqarashi yaqin bo‘lgan insonlar bir-birini ortiqcha izohsiz ham tushunib qolishlari mumkin. shuning uchun ba’zi insonlar hayotimizga kirganida qalbimizda g‘alati bir xotirjamlik paydo bo‘ladi, ba’zilari bilan esa qancha urinmaylik, ichimizda yaqinlik hosil bo‘lmaydi. bu har doim ham kimdir yaxshi yoki yomon degani emas. shunchaki qalblar turlicha va har bir inson o‘ziga mos bo‘lganlarga
    5,180голосовоеОткрыть в Telegram
  • ن

    6 сент., 19:00

    me, you and the sunset?
  • ن

    6 сент., 14:04

    -qalbingiz biroz ziynatlansin) oʻchiriladigan..
  • ن

    5 сент., 19:01

    Alloh berishdan charchamasa, nega siz so‘rashdan charchaysiz? ba’zan inson bir narsani juda uzoq kutib, qayta-qayta duo qiladi. vaqt o‘tgan sari esa qalbida “balki bo‘lmas” degan shubha paydo bo‘lib, so‘rashdan ham charchay boshlaydi. go‘yo javob kechikayotgani duolarimiz behuda ketayotganidan dalolatdek tuyuladi. aslida esa har bir narsaning o‘z vaqti bor. biz esa natijani tezroq ko‘rishni xohlaymiz, shuning uchun sabrimiz sinovdan o‘tadi. lekin qalbingizdagi istakdan voz kechishga shoshilmang. kecha so‘ragan bo‘lsangiz, bugun yana so‘rang. yuz marta aytgan bo‘lsangiz ham, yana ayting. chunki duo faqat biror narsaga erishish uchun emas, qalbni yengillatish, umidni saqlash va ichingizdagilarni bemalol ayta olish uchun ham kerak. balki siz hozir javobni kutayotgandirsiz, holbuki siz ko‘rmayotgan tomonda ko‘p narsalar o‘z joyiga tushayotgandir. shuning uchun “nega hali bo‘lmadi?” deb