Последние посты

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
22 сент., 13:12изменён
YANGI KASB — YANGI IMKONIYAT!🚫Maktabgacha ta’lim sohasida yangi yo‘nalishda faoliyat yuritish yoki mavjud bilimlaringizni mustahkamlashni istaysizmi?🤍 Institutda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul davom etmoqda:➡️Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi; ➡️Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi; ➡️Maktabgacha ta’lim tashkiloti logopedi.📚 576 soatlik ta’lim 💻 3 oy onlayn + 1 oy oflaynQO‘SHIMCHA IMKONIYAT — NOPEDAGOGIK YO‘NALISH BITIRUVCHILARI UCHUN• Oliy ta’lim muassasalarining nopedagogik yo‘nalishlarini bitirgan mutaxassislar uchun 864 soat, ya’ni 5 oy onlayn + 1 oy oflayn shaklda.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
22 сент., 08:15
BUGUN FARZANDINGIZNI SHUNCHAKI TINGLANGBugun farzandingiz bilan suhbatlashayotganda telefoningizni bir chetga qo‘ying.⏱ Atigi 10 daqiqa.Bu vaqt ichida unga faqat quloq tuting.Gapini bo‘lmang. Darhol maslahat bermang. “Buning nimasi qiyin?” demang. “Men sening yoshingda…” deb o‘z tajribangiz bilan solishtirmang. Darhol xulosa chiqarmang.Buning o‘rniga:💬 “Keyin nima bo‘ldi?” 💬 “Bu paytda o‘zingni qanday his qilding?” 💬 “Senga eng qiyin bo‘lgan narsa nima edi?” 💬 “Men seni to‘g‘ri tushundimmi?”Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti pinned a video
22 сент., 06:11

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
22 сент., 03:56
DIREKTOR UCHUN: HAFTALIK 5 NAZORAT NUQTASI🤍 Rahbarning vazifasi barcha ishni o‘zi nazorat qilish emas. Muhimi — qaysi jarayonni qachon va nima uchun tekshirishni bilish.Hafta davomida o‘zingizga shu 5 savolni bering:1️⃣ Jarayon qanday ketmoqda? Rejalashtirilgan ta’lim-tarbiya ishlari amalda qanday bajarilmoqda?2️⃣ Qaysi vazifa bajarilmay qoldi? Kechikayotgan yoki takroran ortga surilayotgan vazifalar bormi?3️⃣ Qaysi muammo takrorlanmoqda? Bir xil muammo qayta-qayta yuzaga kelayotgan bo‘lsa, faqat oqibatni emas, uning sababini izlang. Takrorlanayotgan muammo ko‘pincha tizimdagi uzilishdan darak beradi.4️⃣ Xodimga nima kerak? Vazifa bajarilmayotganida faqat natijani emas, xodimga zarur sharoit, resurs yoki
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
21 сент., 13:35
📷 Jarayondan foto lavhalar!📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📱Youtube
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
21 сент., 13:31
YAGONA VATAN, YAGONA XALQ🤍 Institutda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab, Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan “Mustaqillik — milliy g‘urur, erkin fikr va buyuk kelajak manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.📢 Tadbirni institutning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Shuhrat Otaqulov ochib berdi. Tadbir davomida Vatanga muhabbat, xalqimizning birdamligi va milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiq hamda raqslar ijro etildi.✅ Shuningdek, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Dilorom Xadjayeva tomonidan Mustaqillikning mazmun-mohiyati, xalqimizning birdamligi va yangi taraqqiyot bosqichidagi ezgu maqsadlar haqida ma’ruza qilindi.Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 446-sonli DMTT qoshidagi “Dilnavo” ashula
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
21 сент., 12:49
Ustoz — inson hayotidagi eng ezgu iz qoldiradigan, bilim va tarbiya yo‘lini yoritadigan buyuk inson. Ustozning birgina nasihati, bergan bilimi yoki qo‘llab-quvvatlashi inson taqdirida katta o‘rin tutishi mumkin.Bugun men “Ustoz, sizga rahmat!” tanloviga start beraman!Barchangizni, xususan, maktabgacha ta’lim tizimining fidoyi xodimlari, Institutimiz professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va ilm yo‘lida izlanayotgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu tanlovda faol ishtirok etishga chorlayman.Agar siz ham hayotingizda alohida o‘rin tutgan ustozingizga “Sizga rahmat!” demoqchi bo‘lsangiz, bu ayni muddao.Ustozingizga bag‘ishlangan samimiy videongizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting.Balki siz aytgan bir og‘iz “rahmat” millionlab ko‘rishlar orqali ustozingizga ham yetib borar. Ustozning mehnati, mehr va fidoyiligini birgalikda e’tirof etaylik!📱T
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
21 сент., 09:17
“USTOZ, SIZGA RAHMAT!” tanlovini e’lon qilamiz!Tanlovda ishtirok etish uchun ustozingizga bag‘ishlangan 1–3 daqiqalik samimiy video tayyorlang va Telegram orqali @Ustoz_sizga_rahmat nikiga yuboring.📲 Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan videolar Institutning Telegram kanalida e’lon qilib boriladi.🏆 G‘oliblar quyidagi 5 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlanadi:🥇 Eng samimiy tashakkur 🥇 Eng ta’sirli hikoya 🥇 Eng kreativ video 🥇 Ustozga eng yaxshi maktub 🥇 Tomoshabinlar e’tirofi G‘oliblar hakamlar hay’ati bahosi hamda tomoshabinlarning like va reaksiyalari asosida aniqlanadi.📱Videoni Instagram sahifangizga
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
21 сент., 06:28
RAQAMLI PEDAGOGIKA MUSIQA TA’LIMIGA YANGI IMKONIYATLAR OCHMOQDA🤍 Institutda “Raqamli pedagogika va musiqa ta’limi” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.📝 “Maktabgacha va musiqiy ta’lim” kafedrasi katta o‘qituvchisi Aziza Bo‘riyeva tomonidan olib borilgan mashg‘ulot “Musiqa praksiologiyasi va innovatsiyalar” o‘quv moduli asosida tashkil etildi.🎵 Ochiq darsda raqamli yondashuvlarning musiqa mashg‘ulotlarini qiziqarli, interaktiv va amaliy tashkil etishdagi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, musiqiy faoliyat orqali bolalarning ijodkorligi, eshitish qobiliyati, mayda va yirik motorikasi hamda emotsional rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi. ➡️ Amaliy qismda tinglovchilar bolalar rivojlanishi va salomatligi uchun
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
21 сент., 03:20
#foydali_tavsiyalarBir narsani o‘qib, 10 daqiqadan keyin unutib qo‘yasizmi?⚡️ Ko‘pchiligimiz ma’lumotni eslab qolish uchun uni qayta-qayta o‘qiymiz. Ammo ma’lumotni yodda saqlashda faqat qayta o‘qishning o‘zi yetarli emas.Buning o‘rniga 3 bosqichni sinab ko‘ring: 1️⃣ O‘qing Mavzuni diqqat bilan o‘qing yoki tinglang. 2️⃣ Yoping Kitob, daftar yoki telefonni chetga qo‘ying. 3️⃣Eslab ko‘ring O‘qiganlaringizni o‘zingizga savol berib, xotiradan aytib bering.Masalan, yangi mavzuni o‘rgandingizmi?📌 Kitobni yoping va o‘zingizdan so‘rang: “Men hozirgina nimani o‘rgandim?”Eslay olmagan joyingizni qayta ko‘ring. Keyin yana kitobni yoping va o‘zingizga tushuntirib bering.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
20 сент., 12:52
Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga imtiyozli kredit➡️ Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda hududda maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Ayni paytda Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizni tashkil etadi.Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’a tumanlarida esa qamrov ko‘rsatkichlarini oshirish vazifasi belgilandi.✅ Shu maqsadda Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.Qolgan hududlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab 7 foizdan 15 foizgacha etib belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
20 сент., 12:36
переслано из @ezozagafurjanovna
Ustoz qadri va kamoloti davlatimiz rahbarining doimiy e’tiboridaUstozlarimizning qadr-qimmati, farovonligi va kasbiy kamoloti hurmatli Prezidentimiz hamda davlatimiz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbarining o‘qituvchilar yutug‘idan samimiy quvonishlari, ularning mehnatini yuksak qadrlashlari pedagoglarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning hayotiy ifodasidir.Ikki yil avval Nigora Allambergenova chekka hududda ishlab, 2 ming dollar maosh olayotganini aytganida, hurmatli Prezidentimiz uning daromadi 4 ming dollarga yetishini istagan edilar. Muloqotda ustoz “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi sifatida 616 mln so'm mukofot olayotganini faxr bilan ma’lum qildi. Bu yutuq ustoz mehnatiga e’tibor va munosib rag‘batning amaliy ifodasidir.Farzandlarimizga bilim va tarbiya berib, ularning kelajagi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan har bir ustozimiz ana shunday hurmat va e’tirofga
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
19 сент., 23:46
переслано из @toshkent_shahar_mmtb
NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGIUchtepa tumanidagi 450-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tinglovchilari uchun amaliyot jarayoni tashkil etilmoqda.🔹 Amaliyot davomida tinglovchilar maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim-tarbiya jarayoni, boshqaruv faoliyati va ilg‘or ish tajribasi bilan yaqindan tanishib, nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda.🌍🌍🌍🌍🌍🌍🟢Bizni kuzating:📱 TELEGRAM | 📱 FACEBOOK
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
18 сент., 15:35
📷 Jarayondan foto lavhalar!📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📱Youtube
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
5 сент., 13:15
#Ilmiy_kengash #PhD_himoyasi 🤍 Institut huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida tadqiqotchi Xalmonov Umid Ochilovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoya qilindi. 🔛 Tadqiqot 13.00.07 — Ta’limda1,060Открыть в Telegram
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
5 сент., 11:28
#Ilmiy_kengash #PhD_himoyasi 🤍 Institut huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish avvalida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomi tasdiqlangan tadqiqotchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. 🔜 Shundan so‘ng tadqiqotchi
