Последние посты

Nilufar Matkarimova | Rasmiy
22 сент., 04:40
#yangi_kunQayg'uradigan insoning bo'lsa, kasal bo'lish ham yoqimli aslida...Shogirdlarning borligiga shukur, juda ham hursand bo'ldim💐
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
21 сент., 17:09изменён
#Kechki_mulohazaShunday davrlar bo‘larkan...Kechasi dam olishni emas, hayotingni, qarorlaringni, tanlagan yo‘lingni o‘ylab qolasan.Men to‘g‘ri yo‘ldamanmi? Nimani o‘zgartirishim kerak? Aslida nimani xohlayman? Balki ulg‘ayish yoshning ortishi emasdir.Ulg‘ayish — bir kun kelib o‘zingni qaytadan tanishing ekan.
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
21 сент., 15:47
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по выводу общенационального проекта «Яшил макон» на новый уровень, созданию благоприятной экологической среды в махаллях.#Mirziyoyev #taqdimot #ekologiya #YashilmakonPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
21 сент., 07:56
🟢EKO DEBAT” — yoshlar fikri maydonda!🗣 21-sentabr, “EKO DEBAT” loyihasining hududiy bahs-munozaralari davom etmoqda!💬Bugun yoshlar yana bir maydonda — ekologiya, fikr va yechimlar atrofida birlashadi!✔️Bugungi bosqich quyidagi hududlarda bo'lib o'tadi: ⏺Andijon viloyati: Paxtaobod tumani, Xo‘jaobod tumani; ⏺Farg‘ona viloyati: Marg‘ilon shahri, Quva tumani; ⏺Xorazm viloyati: Bog‘ot tumani, Yangibozor tumani; ⏺Toshkent viloyati: Oqqo‘rg‘on tumani; ⏺Toshkent shahri: Shayxontohur tumanlarida bo'lib o'tadi🌐 Ekologik kelajak — bugungi fikrlardan boshlanadi.
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
21 сент., 06:39
2026-yil 21-sentyabr holatiga ko‘ra, 2027-yil I chorak uchun jami 1022 ta ariza kelib tushgan.⭕️ Ko‘rib chiqilayotgan arizalar — 516 ta ❌ Rad etilgan arizalar — 256 ta ✅ Qabul qilingan arizalar — 250 ta.Hujjatlar 2026-yil 15-oktyabr soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.Arizalarni daraja.ilmiy.uz yoki my.gov.uz orqali topshirish mumkin.Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
20 сент., 17:01
#Kechki_mulohazaHar bir insonning o‘z hikoyasi bor. Biz esa ko‘pincha uning faqat bir sahifasini o‘qib, butun kitobiga baho beramiz.Aslida hech kim birovning ichidan nimalar o‘tganini, nimani yo‘qotganini, nimalarni yengib kelganini to‘liq bilmaydi.Shuning uchun odamlarni hukm qilishga shoshilmang.Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
20 сент., 05:01изменён
🟢 Butunjahon tozalik kuni — “Chiqindisiz maskan” aksiyasi🗓19-sentabr — Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan volontyorlar ishtirokida “Chiqindisiz maskan” mavzusida chiqindi yig‘ish aksiyasi tashkil etildi.🌱Aksiya davomida atrof-muhitni asrash, hududlarni obodonlashtirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.🍀Ushbu ezgu tashabbusda O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi yoshlari ham volontyorlar bilan birgalikda faol ishtirok etib, hududlarni chiqindilardan tozalash va tabiatga e’tibor qaratish ishlariga o‘z hissasini qo‘shdi.🌱 Toza muhit — sog‘lom hayot va barqaror kelajak garovi!Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
19 сент., 17:02
🗓19-sentabr — Butunjahon tozalik kuni munosabati bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan volontyorlar ishtirokida “Chiqindisiz maskan” mavzusida chiqindi yig‘ish aksiyasi tashkil etildi.🌱Aksiya davomida atrof-muhitni asrash, hududlarni obodonlashtirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.🌱 Toza muhit — sog‘lom hayot va barqaror kelajak garovi!Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
19 сент., 15:42изменён
#kechki_mulohazaIshonishga odam kerak bo'lsa oynaga qara. ______________________________________ If you need someone to trust, look in the mirror.Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
19 сент., 05:04
#AforizmDoim iste’dodlarni izlang va rivojlantiring. Kuchli boshqaruvchilar kuchli izdoshlarni yetishtiradi.Stanford kundaligidan...Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 17:04
#kechki_mulohazaOlimga ijod uchun ko‘p narsa kerak emas — tinch joy, sukunat va xotirjam qalb kifoya.Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 11:45изменён
🟢 TOZALIK — HAR BIRIMIZDAN BOSHLANADI!🗓Bugun, 18-sentabr — Butunjahon tozalik kuni.✔️Toza va obod atrof-muhit — barchamiz uchun umumiy mas’uliyat. Ko'chalar, mahallalar, bog‘lar va jamoat joylarining ozodaligi har birimizning kundalik e’tiborimiz va amaliy harakatimizga bog‘liq.🗣 O‘zbekiston Ekologik Partiyasi barchani ushbu kunda atrof-muhitga e’tiborli bo‘lishga, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlashga, yashil hududlarni asrashga va tozalik tashabbuslarida faol ishtirok etishga chorlaydi.🌱Bugun qilingan kichik ezgu ish — ertangi kun uchun katta qadam.Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 11:08
✔️ KARL POPPER DEBATI — DALILLAR VA TANQIDIY FIKR MAYDONI🗣 Karl Popper debatining asosiy maqsadi — yoshlarni shunchaki bahslashishga emas, balki mustaqil va tanqidiy fikrlashga, axborotni tekshirishga, o‘z fikrini dalillar bilan himoya qilishga, qarama-qarshi qarashlarni hurmat qilishga va jamoada ishlashga o‘rgatishdir.Popperning fikricha: ⏺hech bir qarash mutlaq va xatosiz deb qabul qilinmasligi kerak; ⏺har qanday g‘oya tanqidiy tekshiruvdan o‘tishi lozim; bilim xatolarni aniqlash va tuzatish orqali rivojlanadi; ⏺qarama-qarshi fikrni tinglash ochiq jamiyatning muhim shartidir.💬Karl Popper debati — ikki jamoa muayyan rezolyutsiya yuzasidan dalil, fakt va mantiq asosida bahs olib
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 10:17изменён
🟢ELEKTORATIMIZDA YOSHLAR SONI KO‘PAYMOQDAO‘zbekiston Ekologik partiyasi safida faol, tashabbuskor va ekologik mas’uliyatni chuqur his qiladigan yoshlar soni tobora ortib bormoqda.Partiya a’zoligiga qabul qilingan yoshlar jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yurtimizning barqaror kelajagini barpo etishga munosib hissa qo‘shishni maqsad qilgan.Yoshlarning partiyamiz g‘oya va maqsadlariga bo‘lgan ishonchi — yangi tashabbuslar, ilg‘or qarashlar hamda ijobiy o‘zgarishlar uchun mustahkam zamin yaratadi.Yoshlar — ekologik kelajak bunyodkorlari!Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 09:49
🌿 PLOGGING AKSIYASIGA MARHAMAT!Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan sog‘lom turmush tarzi va ekologik mas’uliyatni birlashtirgan plogging aksiyasi tashkil etiladi.Aksiya davomida ishtirokchilar hududni chiqindilardan tozalashga o‘z hissalarini qo‘shadilar.📅 Sana: 19-sentabr ⏰ Soat: 10:00 📍 Manzil: O‘zbekiston Ekologik partiyasiTabiatga befarq bo‘lmagan barcha faol yoshlarni aksiyamizga chorlaymiz!Birgalikda harakat qilamiz — atrof-muhitni asraymiz! 💚♻️Murojaat uchun:Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram | 📱Instagram |📱Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 09:44
переслано из @shmirziyoyev
Davlatimiz rahbari Kegeyli tumanidagi sanoatlashgan intensiv bog‘ni borib ko‘rdi. — Глава нашего государства осмотрел интенсивный сад промышленного типа в Кегейлийском районе.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 09:44
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bogʻini koʻzdan kechirdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с интенсивным садом промышленного типа предприятия «ADM Agro» в Кегейлийском районе Республики Каракалпакстан.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #bogdorchilikPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 09:02изменён
Siyosiy kasblar katalogi1. Siyosatshunos o‘qituvchi 2. Siyosatshunos-tarixchi 3. Siyosiy psixolog 4. Siyosiy sotsiolog 5. Siyosatshunos tadqiqotchi 6. Siyosiy tahlilchi 7. Siyosiy sharhlovchi 8. Siyosiy ekspert 9. Siyosiy strateg 10. Siyosiy marketolog 11. Siyosiy menejer 12. Siyosiy texnolog 13. Siyosatshunos-imijmeyker 14. Siyosiy konsultant 15. Diplomat 16. Davlat xizmatchisi 17. Siyosiy spichrayter 18. Nodavlat notijorat tashkilotlar xodimi
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 07:57изменён
#debatEkologik muammolarni ko‘rishning o‘zi yetarli emas. Ularni tahlil qilish, asosli fikr bildirish va samarali yechimlarni taklif etish kerak.“Eko-debat” loyihasi — yoshlarning ekologik bilimini oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish hamda atrof-muhit muammolariga yangicha yondashuvlarni shakllantirishga qaratilgan intellektual bahs maydonidir.Telegram | Instagram | Facebook
Nilufar Matkarimova | Rasmiy
18 сент., 07:31изменён
#olimlar_uchunYosh olimlar uchun 1,5 million yevrogacha grant — barcha fanlar uchun!Yevropa tadqiqot kengashi ERC Starting Grant 2027 tanloviga arizalar qabul qilmoqda. Eng muhim jihati — fuqarolik bo‘yicha cheklov yo‘q.O‘zbekistonlik olimlar ham qatnashishi mumkin. Tadqiqot Yevropa Ittifoqi yoki Horizon Europe’ga assotsiatsiyalashgan davlatdagi universitet yoki ilmiy markazda amalga oshiriladi.Asosiy grant — 1,5 million yevrogacha, 5 yilga. Bundan ham qiziqrog‘i: hozir Yevropadan tashqarida ishlayotgan olim loyiha uchun Yevropaga ko‘chsa, yangi laboratoriya yoki ilmiy jamoa yaratish kabi xarajatlar uchun qo‘shimcha 2 million yevrogacha mablag‘ so‘rashi mumkin.Kimlar uchun? PhD darajasini olganiga 0–10 yil bo‘lgan, mustaqil ilmiy yo‘nalish yaratishga tayyor tadqiqotchilar uchun. Tabiiy, texnik, tibbiyot, ijtimoiy va gumanitar fanlar — barcha ilmiy yo‘nalishlar qatnashishi
