gram news
Аватар канала Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

@namanganyoshlari_yi

🇺🇿 Namangan yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Admin: @Rasuljon0405 ©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi

ПроектыUZРазное

2,110подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

    22 сент., 05:15

    переслано из @yoshlarittifoqi_uz

    #XalqaroKoʻrgazma #YoshlarIttifoqi #IdpIELTS🎓 Qadrli yoshlar, xorijda ta’lim olishni istaysizmi?⏰ 3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS & STUDY ABROAD hamkorligida yirik xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.💬 Ko‘rgazmada Avstraliya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi 20 ta nufuzli universitet vakillari bilan: ☑️ bevosita muloqot qilishingiz; ☑️ ta’lim yo‘nalishlari va qabul talablari bilan tanishishingiz; ☑️ universitetlarni solishtirib, o‘zingizga mosini tanlashingiz; ☑️ shu yerning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujjat topshirishingiz mumkin.🎁
  • Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

    18 сент., 13:58

    🚸 “Yo‘lovchi” — xavfsizlikka aylangan odat!✨ Birgina to‘g‘ri harakat — inson hayotini asrab qolishi mumkin. 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini targ‘ib qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Yo‘lovchi” loyihasi qisqa fursatda o‘quvchi-yoshlar orasida keng ommalashdi.⭐️ Bugun loyiha doirasida targ‘ib qilingan o‘ng yoki chap qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, yo‘lni kesib o‘tish niyatini bildirish harakati ko‘plab o‘quvchilar uchun oddiy targ‘ibot emas, balki kundalik xavfsizlik odatiga aylanmoqda.⭐️ Eng quvonarlisi, yoshlar bu tashabbusni nafaqat o‘zlari qo‘llamoqda, balki tengdoshlari orasida ham targ‘ib qilmoqda. ✍️ Maqsadimiz — yo‘l harakati
    2901111Открыть в Telegram
  • Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

    18 сент., 10:21

    переслано из @yoshlarittifoqi_uz

    #YoshlarIttifoqi #Yoʻlovchi🙋‍♂️ Yo‘l — manzilga eltadigan yo‘l bo‘lishi kerak, fojiaga emas.👥 “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida piyodalar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish va jamiyatda yangi yo‘l madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari davom etmoqda. Oddiy ko‘ringan bir harakat piyodalar o‘tish joyidan sergak, tartibli va qo‘lni ko‘tarib o‘tish haydovchining e’tiborini jalb qilishga xizmat qiladi. Bu odatni avvalo o‘zimizdan, oilamiz va farzandlarimizdan boshlaylik. Biz boshladik, siz davom ettiring!🤝 “Yo‘lovchi” — bu sizning ham loyihangiz!Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook
  • Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

    17 сент., 14:36

    🙋‍♂️Tadbirdan fotolavhalarBizning sahifalarimiz: 📱Telegram | 📱Instagram| 📱Facebook
    6272221Открыть в Telegram
  • Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

    17 сент., 14:35

    BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ! OGОHLIK — DAVR TALABI💠 Namangan viloyatida yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda qalbida Vatanga sadoqat, mardlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida “Vatanparvarlik karvoni” festivali tashkil etildi. 🇺🇿 Tadbir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi, Namangan viloyati hokimligi, Narkotik moddalarga qarshi kurashish Respublika ishchi guruhi hamda Namangan garnizonida joylashgan kuch va tuzilmalar hamkorligida o‘tkazildi.🔸 Festival davomida yoshlar uchun kuch tuzilmalarining ko‘rgazmali chiqishlari, harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Harbiy orkestrning jo‘shqin musiqiy dasturi esa tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
    545322Открыть в Telegram
  • Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

    17 сент., 14:16

    “Jasorat maktabi” — mardlik, intizom va Vatanga sadoqat maktabi!✅ Namangan viloyatida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning jismoniy va ma’naviy salohiyatini oshirishga qaratilgan 10 kunlik “Jasorat maktabi” harbiy-o‘quv yig‘inining joriy yilgi mavsumi tantanali ravishda yakunlandi. ✨ 10 kun davomida ishtirokchilar harbiy tayyorgarlik, saf mashqlari, jismoniy chiniqish hamda birlamchi harbiy bilim va ko‘nikmalarni egallash bilan birga, jamoada ishlash, yetakchilik, mas’uliyat va murakkab vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish kabi muhim hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirdilar.Bu maskanda yoshlar uchun har bir kun — yangi sinov, har bir mashg‘ulot — yangi tajriba, har bir topshiriq esa iroda va matonatni tarbiyalovchi maktab bo‘ldi. Tantanali yakun tadbirida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
    410111Открыть в Telegram
  • Namangan yoshlari | Yoshlar ittifoqi

    16 сент., 12:53

    “YO‘LOVCHI” — XAVFSIZLIK MADANIYATI YOSHLAR NIGOHIDA🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi hamda Namangan davlat universiteti hamkorligida yoshlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi va yo‘lovchi madaniyatini oshirishga qaratilgan “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.✅ Tadbir davomida yoshlarga yo‘lda harakatlanish, jamoat transportidan foydalanish va yo‘lovchi sifatida amal qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik qoidalari bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Birgina to‘g‘ri harakat — inson hayotini asrab qolishi mumkin.Bizning sahifalarimiz: 📱Telegram | 📱Instagram| 📱Facebook