Последние посты

NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
22 сент., 16:02
🏐 “5 tashabbus” doirasida voleybol musobaqasi tashkil etildiNamangan davlat texnika universiteti Biznesni boshqarish fakulteti talabalari o‘rtasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “5 tashabbus” doirasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.🏆 Musobaqada fakultetning 1-kurs talabalari faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, jamoaviy hamjihatligi va sport mahoratini namoyon etdilar.Musobaqa davomida talabalar o‘rtasida do‘stona va sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, ishtirokchilarga sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun qo‘shimcha motivatsiya berildi.⚡️ Sport — sog‘lom hayot garovi! 🏐 Voleybol — jamoaviylik va hamjihatlik ramzi!
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
22 сент., 07:13
Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar va yozma mulohazalar tanlovi bo'lib o'tdiArxitektura va qurilish fakultetida talaba-yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat va ajdodlar merosiga e’tiborini yanada oshirish maqsadida “Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati” mavzusida ilmiy maqolalar hamda yozma mulohazalar tanlovi tashkil etildi.Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — XX asrning murakkab va fojeali davrlarida siyosiy qatag‘onlarga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti, faoliyati, ilmiy-ma’rifiy va ijodiy merosini o‘rganish, ularning xotirasini e’zozlash hamda yosh avlodga tarixiy haqiqatni yetkazishdan iborat.Tanlov ishtirokchilari o‘z ijodiy va ilmiy ishlarida qatag‘on qurbonlarining hayot yo‘li, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va milliy taraqqiyotga qo‘shgan hissasi, ularning ma’rifatparvarlik faoliyati
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
22 сент., 06:56
переслано из @otfiv_rasmiy
#Qonunchilik_yangiliklariPedagoglarning farzandlari kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiBatafsil videoda 👆Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
22 сент., 05:23изменён
🍚 MILLIY TAOM — AHILLIK VA HAMJIHATLIK TIMSOLI!Namangan davlat texnika universiteti Texnologiya fakulteti 1-bosqich talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda guruhdagi ahillikni yanada mustahkamlash maqsadida o‘z tashabbuslari bilan o‘zbek milliy taomi — oshni jamoatchilik asosida tayyorladilar.Jarayon davomida talabalar birgalikda mehnat qilib, o‘zaro hamkorlik, do‘stlik va hamjihatlikni namoyon etdilar.Bunday ezgu tashabbuslar talabalar o‘rtasidagi do‘stona muhitni mustahkamlash va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qiladi.❤️Bizni kuzatishda davom eting
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
22 сент., 04:47
Muxandislik axborot texnologiyalari fakultetida kechki ta’lim talabalari o‘quv jarayonlari o'rganildiFakulteti dekani orinbosarlari U.Imomqulov va G'.Tuxliyev hamda kafedra mudirlari ishtirokida kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘quv jarayonlari o'rganildi. Kechki ta’lim talabalari uchun o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, darslarning sifatli va samarali olib borilishi, talabalarning davomat ko‘rsatkichlari hamda fanlarni o‘zlashtirish holati yuzasidan tushunchalar berildi.Shuningdek, kafedralarda o‘quv jarayonini amaldagi ta’lim standartlari va o‘quv rejalari asosida tashkil etish, mashg‘ulotlarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda olib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Mas’ullarga kechki ta’lim talabalari bilan ishlashni yanada takomillashtirish, ularning o‘quv jarayonidagi ishtirokini muntazam monitoring
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
22 сент., 04:43
TTJdagi sharoit va tartib masalalari muhokama qilindiNamangan davlat texnika universiteti Muhandislik va axborot texnologiyalari fakulteti mas’ullari tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan ochiq muloqot hamda davra suhbati o‘tkazildi. Unda fakultet dekani o‘rinbosari G'ayratali Tuxliyev va fakultet tyutorlari ishtirok etib, talabalar turar joyida yaratilgan yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirish va ichki tartib-intizomni yanada mustahkamlash masalalarini atroflicha muhokama qildilar.Suhbat davomida talabalarga TTJ ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya etish, xonalarda va umumiy foydalanish joylarida elektr hamda maishiy jihozlardan foydalanishda texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga amal qilish bo‘yicha alohida tushuntirishlar berildi.Shuningdek, talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va unumli tashkil etish, o‘quv semestri yakunidagi
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
22 сент., 03:09
переслано из @eduuz
#rasmiy_xabarKontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
21 сент., 10:03изменён
🔐 Kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy uchrashuvNamangan davlat texnika universiteti Muhandislik va axborot texnologiyalari fakulteti talabalari Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga tashrif buyurib, APK viruslari va kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosari G‘ayratali Tuxliyev hamda universitet profilaktika inspektori Sirojiddin Sherg‘oziyev ishtirok etib, talabalarga kiberxavfsizlikka rioya qilish, zararli dasturlardan himoyalanish va internetdan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.Mazkur uchrashuv talabalarining kiberxavfsizlik sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, mavjud tahdidlar haqida xabardorligini oshirish hamda axborot xavfsizligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.❤️Bizni kuzatishda davom eting
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
21 сент., 09:43
“YOSH KITOBXONLAR KUNI” — MUTOLAA VA ILM ULASHILGAN KUN!Texnologiya fakultetida “Yosh kitobxonlar kuni” doirasida yoshlar kordinatori tashabbusi bilan mazmunli va samimiy uchrashuv tashkil etildi.Unda talabalar hafta davomida o‘qigan kitoblari, ularda olgan taassurotlari, qiziqarli fikr va xulosalari bilan bir-birlari bilan o‘rtoqlashdilar. Har bir kitob — yangi bilim, yangi fikr va yangi dunyoqarash sari ochilgan eshik ekanligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.Bunday mutolaa suhbatlari talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, fikr almashish va bir-birini yangi asarlarni o‘qishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.Kitob o‘qigan insonning dunyoqarashi keng, tafakkuri teran bo‘ladi!❤️Bizni kuzatishda davom eting
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
19 сент., 11:10
🏨 TALABALAR AMALIYOT JARAYONIDANamangan davlat texnika universiteti Iqtisodiyot fakultetining “Turizm va mehmondo‘stlik” ta’lim yo‘nalishi 50-TurM-b-25 guruh talabalari bugungi kunda “Oydin Plaza” mehmonxonasida amaliyot o‘tamoqdalar.📚 Amaliyot davomida talabalar turizm va mehmondo‘stlik sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, mehmonxona faoliyati, xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda zamonaviy mehmondo‘stlik standartlari bilan yaqindan tanishmoqdalar.🎓 Mazkur amaliyot talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy tajribasini oshirish va kelgusidagi faoliyatiga zarur kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.#NamDTU #IqtisodiyotFakulteti #TurizmVaMehmondostlik
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
19 сент., 03:08
переслано из @namdtuuz
✍️ Erkin Vohidov 📋 "Baxt nima?"🎙 Nodira o'qiganHamma yerda Baxtlaring sochiq...Ming bo‘lakka bo‘lib dunyoni Tug‘ilgandan baxtni izlaymiz. Qo‘llaridan tutib ro‘yoni Atrofda baxt, ba’zan bilmaymiz!Baxtlar bilan bezatilgan taxt, Xudoyimga yetsa bas zoring Kimdir seni sog‘insa, shu Baxt, Baxt aslida dunyoda boring!Kimlarnidir Sevib, Sog‘inib, Intizor-la uni kutganing. Baxt aslida tomog‘ing bilan
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
18 сент., 16:35
#NamDTU #Transport_fakulteti“YO‘SHLAR O’RTASIDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH”.Namangan davlat texnika universiteti Transport fakultetida NamDTU profilaktika inspektori S.Sherg’oziyev tomonidan kechki ta’lim talabalariga yoshlar orasida sodir bo’layotgan jinoyatlar shuningdek mayda bezorilik, o’g’irlik va narkotik moddalarni iste’moli xolatlari ko’payib borayotganligi,bilib bilmay jinoyatlarga aralashib qolayotganligi achinarli hol ekanligi va buni oldini olish bo’yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida suxbat olib borildi. Tadbir yakunida talabalar bilan savol-javob o‘tkazilib, tavsiyalar berildi.❤️Bizni kuzatishda davom eting
NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
18 сент., 16:35
#NamDTU #Transport_fakultetiNamangan davlat texnika universitetining Transport fakultetida 1-bosqich kechki Yo'l harakatini tashkil etish va Logistika yo'nalishi talaba-yoshlariga o‘quv jarayonlari va universitet hayotiga moslashish davriga bag‘ishlangan tushuntirish uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Transport fakulteti dekan o'rinbosarlari A.Akbarov va Sh.Mamajonovlar ishtirok etib, yangi qabul qilingan talabalarga oliy ta’lim tizimidagi o‘quv jarayonining tashkil etilishi, kredit-modul tizimi tartib-qoidalari, dars mashg‘ulotlari va ichki tartib-intizom qoidalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.❤️Bizni kuzatishda davom eting
