Последние посты

Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 15:06
Kompetensiyaga asoslangan pedagogik amaliyot modeli taqdim etildiYUNESKO bilan hamkorlikda tashkil etilgan SmartEd loyihasi doirasida pedagogik amaliyotni takomillashtirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdiTadbir davomida O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan 4+2 tartibidagi pedagogik amaliyot modeli taqdim etildi. Unda Namangan davlat pedagogika instituti vakili sifatida Akmaljon Tulqunboyev ishtirok etdi.Model talabalarning universitetda olgan nazariy bilimlarini maktabdagi amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘lash hamda pedagogik ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga qaratilgan.Shuningdek, xalqaro ekspert Eleyn Sharplin boshchiligida universitetimiz va 12 ta pedagogika oliygohi mutaxassislari hamda ularga biriktirilgan maktab o‘qituvchilari ishtirokida mashg‘ulotlar tashkil etiladi.🤩 Namangan
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 13:47
переслано из @namdpi_ilmiy
#Respublika_konferensiya #NamDPI🙄 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim innovatsiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 9-oktyabr kuni “Boshlang‘ich ta’lim tizimida zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirish: integrativ yondashuvlar va amaliy yechimlar” mavzusida respublika konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.📑 KONFERENSIYA YO'NALISHLARI:1-sho‘ba. Boshlang‘ich ta’limda sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalar: imkoniyatlar va istiqbollar.2-sho‘ba. Boshlang‘ich ta’limning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari va pedagogik yondashuvlar.3-sho‘ba. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 13:47
переслано из @namdpi_ilmiy
#Respublika_konferensiya #NamDPI🙄 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta'lim kafedrasi tomonidan 2026-yil 25-sentyabr kuni “Maktabgacha ta’limni barqaror rivojlantirish: global tendensiyalar, milliy tajriba va strategik yechimlar” mavzusida respublika konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.📑 KONFERENSIYA YO'NALISHLARI:1⃣-yo‘nalish. "Maktabgacha ta’lim sifatini ta'minlashning zamonaviy paradigmalari." 2⃣-yo‘nalish. "Maktabgacha ta'limda raqamli transformatsiya va innovatsion pedagogik texnologiyalar"
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 13:25
переслано из @eduuz
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 13:25
переслано из @eduuz
#7_MilliyDasturMustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyatiKimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 11:41
#seminarIjtimoiy ish yo‘nalishida oliy dual ta’lim formati joriy etilmoqdaToshkent shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida ijtimoiy ish sohasida oliy dual ta’lim formatini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi mudiri S.Botirova ham ishtirok etdi.Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sohada nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan holda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan oliy dual ta’limning institutsional tuzilmasi, o‘quv dasturlaridagi akademik va amaliy komponentlar mutanosibligi, jarayonga jalb etilgan barcha tomonlarning (davlat tashkilotlari, oliygohlar va amaliyot bazalari) aniq vazifalari muhokama qilindi.Mazkur tashabbusning davomi sifatida joriy yilning
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 11:34
#sayohatTalabalar tarixiy meros bilan yaqindan tanishdilarNamangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori Ahadjon Inomjonovga biriktirilgan Tarix ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich AU-26 va BU-26 guruhlari talabalari Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.Ichki turizmni rivojlantirish, talabalarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash hamda ularda milliy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tashrif davomida muzeydagi tarixiy eksponatlar va arxeologik topilmalar bilan yaqindan tanishildi.Xususan, talabalarga qadimiy Axsikent shahri, uning Buyuk Ipak yo‘lidagi o‘rni, savdo va hunarmandchilik markazi sifatidagi ahamiyati, mudofaa inshootlari hamda “Boburnoma” asarida keltirilgan tarixiy ma’lumotlar haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, Kosonsoy shahri yaqinida joylashgan Mug‘tepa arxeologik1,550Открыть в Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 11:23
#davra_suhbati“Istibdoddan — istiqlolgacha” mavzusida davra suhbati o‘tkazildiNamangan davlat pedagogika institutida yoshlarning tarixiy ongi va dunyoqarashini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, yurtimiz tarixidagi og‘ir va murakkab davrlarda qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Istibdoddan — istiqlolgacha” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir Namangan davlat pedagogika institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M. Nabijonov, bo‘lim tyutorlari T. Ismanov va A.Inomjonovlar hamkorligida o‘tkazildi.Davra suhbatida yurtimiz tarixining qatag‘onlar davri, ushbu davrda xalqimizning boshidan kechirgan og‘ir sinovlari, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni asrash yo‘lida jabr ko‘rgan ziyolilar, davlat va jamoat arboblari,
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 11:23
#tarbiya_laboratoriyasi #kitobxonlikKitobdan tafakkurgacha — “Tarbiya laboratoriyasi”Namangan davlat pedagogika institutida talabalarning kitobxonlik madaniyati, mustaqil fikrlashi, ma’naviy-axloqiy dunyoqarashi hamda tarbiyaviy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Tarbiya laboratoriyasi” to‘garagi o‘z faoliyatini boshladi.To‘garak mashg‘ulotlarida har hafta bitta badiiy asar mutolaa qilinib, test va savol-topshiriqlar bajariladi, asar mazmuni tahlil qilinadi hamda fikr almashiladi. Faol qatnashib, yuqori natija ko‘rsatgan talabalar rag‘batlantiriladi. Ilk mashg‘ulotda 1-bosqich BTS-DU-26 guruhi talabalari faol ishtirok etdilar.To‘garak rahbari — Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi o‘qituvchisi Abduraxmonova Yulduzxon. Mashg‘ulotlar har dushanba kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.Kitob o‘qish, mustaqil fikrlash va kelajak pedagogi sifatida kamol topishni1,150Открыть в Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 11:21
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA“Shogird kamoli — ustoz mehnatining eng ulug‘ mukofoti”“Bugungi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Namangan davlat pedagogika instituti Axborot-resurs markazi direktori Omoniddin Nasriddinovning “Shogird kamoli — ustoz mehnatining eng ulug‘ mukofoti” nomli maqolasi e’lon qilindi.1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan maqolada ustozlik kasbining sharafi va mas’uliyati, fidoyi pedagoglarning yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni hamda shogird yutug‘i ustoz mehnatining eng yuksak e’tirofi ekani yoritilgan.🤩 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari: 📱Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺YouTube
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 11:13
#suhbatTalabalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazildiNamangan davlat pedagogika instituti tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, ta’lim jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda halollik muhitini mustahkamlash borasidagi izchil ishlar davom etmoqda.Shu doirada institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Tojimatov tomonidan talabalar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyoti va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri, uning huquqiy oqibatlari hamda bunday holatlarning oldini olish masalalari haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, talabalarga ta’lim jarayonida akademik halollik tamoyillariga rioya etish, turli noqonuniy taklif va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan1,300Открыть в Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 11:05
переслано из @eduuz
#SavolJavobPedagog xodimlar farzandlariga 30 foizlik kontrakt chegirmasi qanday qo‘llanadi❓Chegirma kimlarga beriladi❓Mazkur imtiyoz Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyul bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 3849-raqami qo‘shma qarorda belgilangan Pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxatidagi xodimlarning farzandlariga tatbiq etiladi.Ma’muriy-boshqaruv, texnik va xo‘jalik xodimlari mazkur pedagogik lavozimlar ro‘yxatiga kirmaydi.Chegirmadan qanday foydalaniladi❓1️⃣ Talaba kontrakt.edu.uz axborot tizimi orqali to‘lov-kontrakt shartnomasini olish bo‘yicha ariza yuboradi. 2️⃣ Tizim orqali talabaning pedagog farzandi ekanligi elektron tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi. 3️⃣ Tasdiqlanganidan so‘ng 30 foizlik chegirma qo‘llaniladi.Ariza 2 ish kun ichida ko‘rib chiqiladi va chegirma bir o‘quv yili davomida bir marotaba qo‘llaniladi.Endi eng muhim savol: qancha
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 10:57
переслано из @smart_quill
🆕 🟦🟦🟦🟦🟦🙄 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i bilan 2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi tomonidan 2026-yil 28—29-oktabr kunlari “Raqamli-pedagogik transformatsiya va zamonaviy taʼlimning tadqiqot modellari ” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilmoqda.➡️Konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar va
Namangan davlat pedagogika instituti
22 сент., 02:15
переслано из @eduuz
#Qonunchilik_yangiliklariPedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiHukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 501-son qarori bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi.👉 Matnli o‘qish: https://gov.uz/edu/news/view/222430Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
5 сент., 10:40
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram2,150Открыть в Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
5 сент., 08:56
#Tanlov #NamDPI Tyutorlik lavozimi uchun tanlov o‘tkazildi Namangan davlat pedagogika institutida tyutorlik lavozimida faoliyat yuritish istagini bildirgan nomzodlar uchun tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlov jarayonida nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari, talabalar bilan ishlash salohiyati,3,110Открыть в Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
5 сент., 08:46
#Qabul2026 #Super_kontrakt #NamDPI Namangan davlat pedagogika institutida tabaqalashtirilgan to‘lov (super kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi Namangan davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super kontrakt) asosida o‘qish istagini bildirgan2,580Открыть в Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
5 сент., 06:07
🟢🌟🌟🌟🟢 Namangan davlat pedagogika institutidan davlat yoki nodavlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirgan talabalar transkript bilan bog‘liq masalalar yuzasidan @hikmatilloyevich Telegram manzili orqali murojaat qilishlari mumkin. 🤩 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy4,280Открыть в Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
5 сент., 04:08
Prezidentimiz Toshkentdagi Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram2,700Открыть в Telegram
Namangan davlat pedagogika instituti
4 сент., 17:09
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti kengashining 1-sonli yig‘ilishi Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani T.Abdullayev raisligida fakultet Kengashining 1-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda 2026–2027-o‘quv yiliga oid muhim masalalar muhokama qilinib,3,380Открыть в Telegram
