gram news
Аватар канала Esse_Ravshanova bilan

Esse_Ravshanova bilan

@namunaviy_esse

✅️Sifatli esse namunalari ✅️Essi yozish uchun kerakli bilimlar Ravshanova Gulnoza Ravshan qizi

ПроектыUZОбразование

1,710подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Esse_Ravshanova bilan

    19 сент., 14:17

    переслано из @shohruxtursunmurodov1

    Jamoat tartibini saqlashda fuqarolar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘rniJamiyat taraqqiyoti va tinchligini ta’minlashda jamoat tartibi muhim ahamiyat kasb etadi. Tartib-intizom mavjud bo‘lgan joyda xavfsizlik, osoyishtalik va o‘zaro hurmat qaror topadi. Shu sababli jamoat tartibini saqlash masalasi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Ayrimlar bu vazifada fuqarolar asosiy mas’ul deb hisoblasalar, boshqalar esa tartibni ta’minlash huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi ekanini ta’kidlaydi. Xoʻsh, bu masalada qaysi tomon fikrlari oʻrinli?Birinchi navbatda, fuqarolarning jamiyatdagi mas’uliyati katta ekanini ta’kidlash lozim. Har bir inson qonun-qoidalarga rioya qilsa, boshqalarning huquqini hurmat qilsa va ijtimoiy mas’uliyatni his etsa, tartibsizliklarning oldi olinadi. Masalan, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish, jamoat joylarida odob saqlash yoki noqonuniy
  • Esse_Ravshanova bilan

    19 сент., 11:17

    ⚡️”Xoʻsh” — publitsistik uslubga xosmi?"Xo‘sh" leksemasi ,asosan, so'zlashuv uslubida ishlatilishi mumkin, ammo, doim ham emas, albatta. Uning qaysi uslubda ekanligi kontekstga ko'ra belgilanadi!✅ 1️⃣ "Xo‘sh"ning lug‘aviy va uslubiy tavsifi:"Xo‘sh" — diqqatni jalb etish, voqealar rivojini ta'minlash, bahsni davom ettirish, o‘quvchi yoki tinglovchining e'tiborini dolzarb masalaga qaratish uchun ishlatiladigan leksik birlikdir.✅ So‘zlashuv uslubida: Suhbatni davom ettirishda ishlatiladi. Masalan: “Xo‘sh, keyin nima bo'ldi?”✅ Publitsistik uslubda: Fikrni kuchaytirish, o‘quvchiga murojaat qilish, bahsga kirishish yoki ritorik savol berish uchun ishlatiladi. Masalan: “Xo‘sh, ushbu munozarali vaziyatda tomonlardan qay biri haq?”✅ 2️⃣ Har ikki uslubda misollar:✅ So‘zlashuv uslubidagi “xo‘sh”:— Xo‘sh, bu hafta qayerga boramiz? — Xo‘sh, sen nima deb o‘ylaysan?
  • Esse_Ravshanova bilan

    19 сент., 04:24

    переслано из @ms_bepul_darslar

    FOYDALI KANALLARIMIZ 👇👇👇https://t.me/namunaviy_esse https://t.me/MS_Bepul_Darslar
  • Esse_Ravshanova bilan

    19 сент., 04:24

    переслано из @ms_bepul_darslar

    FOYDALI KANALLARIMIZ 👇👇👇https://t.me/namunaviy_esse https://t.me/MS_Bepul_Darslar
  • Esse_Ravshanova bilan

    17 сент., 07:16

    переслано из @ms_bepul_darslar

    Soʻnggi yillarda jamiyatimizda yoshlarning ham siyosiy, ham davlat boshqaruvida muhim ahamiyat kasb etayotganining guvohi boʻlyapmiz.Bu borada odamlar orasida turlicha qarashlar mavjud. Koʻplab insonlar jamiyat rivojlanishi, yuksalishi uchun yosh kadrlarga ehtiyoj katta deyishsa, boshqalar tajriba muhimligini hisobga olib, yoshi katta insonlarni maʼqul koʻrishmoqda. Xoʻsh, aslida-chi? " Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat", -- deydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.Darhaqiqat, bugun yoshlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq.Shuning uchun ham koʻpchilik insonlar davlat tashkilotlarida yoshlarning faoliyat olib borishini qoʻllab-quvvatlaydi. Buning bir qancha ustuvor jihatlari bor.Avvalo, yoshlar
  • Esse_Ravshanova bilan

    17 сент., 05:18

    переслано из @ms_bepul_darslar

    FOYDALI KANALLARIMIZ 👇👇👇https://t.me/namunaviy_esse https://t.me/MS_Bepul_Darslar
  • Esse_Ravshanova bilan

    16 сент., 07:02

    переслано из @ms_bepul_darslar

    #EssenamunaBugungi kunda ko'pchilik kitoblarning pdf variantlarini o'qishni afzal ko'rsa, boshqalar baribir qog'oz kitoblarga hech nima yetmasligini ta'kidlaydilarBugungi kunda texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib, kitob o‘qish odatlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shunga ko'ra, ayrimlar zamonaviy tarzdagi kitoblarni ma'qul ko'rsa, boshqalar an'anaviy shakldagilarini ustun tanlov sifatida koʻrishadi. Xoʻsh, aslini olganda qaysi usuldan foydalanish kitobxonlar uchun yengillik yaratadi?PDF formatdagi kitoblarni yoqlovchilar ham oʻzlarining asoslariga ega. Birinchidan, elektron kitoblarning asosiy afzalligi — qulaylik va tezkorligidir. Birgina telefonga yuzlab kitoblarni yuklab olish mumkin. Bu esa kitoblarni istalgan joyda va istalgan vaqtda o‘qish imkonini beradi. Ikkinchidan, bu turdagi kitoblarni sotib olish yoki kutubxonadan izlash shart emas, ularni
  • Esse_Ravshanova bilan

    16 сент., 07:02

    переслано из @ms_bepul_darslar

    Hech kimga sir emaski, bugungi kunda xotin -qizlarimiz nafaqat oilada,balki jamiyatimizda ham davlat ahamiyatiga molik vazifalarda faoliyat olib bormoqdalar.Bu holat turli xil qarashlarga sabab boʻlmoqda.Ayrim toifa vakillari ayollarning asosiy burchi uy yumushlari-yu,farzand tarbiyalash deb baholashsa,boshqa tomon kishilar esa xotin -qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish tarafdorlaridir Bir tomondan olib qaraganda, ayollarning asosiy vazifasi oilada deydiganlarning ham bu qarorga kelishlariga yetarlicha asoslari mavjud.Avvalo, ayollarimiz uy yumushlari,farzand tarbiyasi bilan shugʻullanishi ularning oilasi,turmush oʻrtogʻi va farzandlari oldidagi onalik,ayollik burchi sanaladi.Qadim zamonlarda hattoMatrialxat davrlarida ham uy ishlari ayollar zimmasida boʻlgan.Shuningdek,ayollarimiz farzandlariga yetarlicha e'tirob bermaslik holatlari koʻpincha davlat ishida ishlaydigan ayollarning
  • Esse_Ravshanova bilan

    16 сент., 07:01

    переслано из @ms_bepul_darslar

    FOYDALI KANALLARIMIZ 👇👇👇https://t.me/namunaviy_esse https://t.me/MS_Bepul_Darslar
  • Esse_Ravshanova bilan

    15 сент., 03:29

    переслано из @ms_bepul_darslar

    FOYDALI KANALLARIMIZ 👇👇👇https://t.me/namunaviy_esse https://t.me/MS_Bepul_Darslar
  • Esse_Ravshanova bilan

    15 сент., 03:24

    Bugungi kunda jamiyatimizda pulni bankka omonatga qoʻyish masalasi koʻplab munozaralarga sabab boʻlmoqda. Bu borada odamlar orasida turlicha turlicha qarashlar mavjud. Baʼzi fuqarolar bu yoʻlni eng ishonchli va xavfsiz deb bilishsa, boshqalar buning xato ekanligini maʼqullashadi. Aslida-chi? Darhaqiqat, hozirgi texnika asrida pulni uyda saqlash yoki turli bank kartalarida saqlashdan xavfsiragan odamlar bankka omonat topshirish yoʻlini tanlashyapti. Bunga yetarlicha asosli fikrlar mavjud. Avvalo, bank omonatlari insonlarga moliyaviy intizom beradi. Bu esa pulni behuda sarflash, kerak - nokerak narsalarni xarid qilishdan saqlaydi.Shuningdek, bank mablagʻlarni saqlabgina qolmay, unga maʼlum miqdorda foiz toʻlab, foyda ham keltiradi. "Toma-toma koʻl boʻlur" deganlaridek, yillar oʻtib bu foizlar koʻpayib, omonat egasining koriga yaraydi. Qolaversa, omonat qoʻyish orqali nafaqat shaxsiy
    1,190111Открыть в Telegram
  • Esse_Ravshanova bilan

    15 сент., 03:24

    Bugungi kunda blogerlik yoshlar orasida eng tez ommalashayotgan kasblardan biriga aylanmoqda. Bu borada odamlar orasida turlicha qarashlar mavjud. Ayrimlar buni erkinlik va ijodiy o‘sish uchun imkoniyat deb baholashsa, boshqalar shunchaki tanilish va mas‘uliyatsizlik deb fikr bildirishmoqda. Aslida-chi? Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanib borayotgan davrda turli xil zamonaviy kasblar paydo bo'lmoqda. Xususan, blogerlik ham shunday kasblar qatorida. Shuning uchun ham insonlar ushbu kasbni tanlashyapti. Buning ham o‘ziga yarasha sabablari bor. Avvalo, blogerlik kasbi odamlarga erkin ishlash imkoniyatini beradi. Chunki bloger kunning istalgan qismida ishlaydi, ish kunlarini o‘zi belgilaydi, ish vaqti chegaralanmagan bo‘ladi. Qolaversa, ushbu kasb egalari o'zlarining tinimsiz mehnatlari natijasida ijodiy qobiliyatlarini o‘stirib borishadi. Jamiyatdagi muammolar ularni befarq qoldirmaydi,
  • Esse_Ravshanova bilan

    14 сент., 13:45

    переслано из @ms_bepul_darslar

    FOYDALI KANALLARIMIZ 👇👇👇https://t.me/namunaviy_esse https://t.me/MS_Bepul_Darslar
  • Esse_Ravshanova bilan

    14 сент., 07:02

    📝Esseda xatboshilar orasidagi mantiqiy izchillikni qanday saqlaymiz?1) A3 da fikrni A2 ga zid yo‘nalishda davom ettirib yubormaslik kerak.Agar A2 da biror masalaning salbiy jihatlari yoritilgan bo‘lsa, A3 da shu fikrni birdaniga inkor qilib, uning ijobiy jihatlarini sanab ketish mantiqiy uzilish hosil qiladi. Masalan, yuqoridagi esseda: A2: jamoat transportidan foydalanishning ayrim salbiy jihatlari aytilgan. A3: esa muallif yana jamoat transportining ijobiy jihatlarini sanay boshlagan. Natijada o‘quvchida: “Xo‘sh, muallif aslida jamoat transportini qo‘llab-quvvatlayaptimi yoki unga qarshimi?” degan savol tug‘iladi. Demak, A3 da shaxsiy pozitsiya aniq va izchil bo‘lishi kerak.2) A3 ni yozishdan oldin o‘zimizga bitta savol beramiz: “Men A2 da aytilgan fikrlardan qaysi birini qo‘llab-quvvatlayman?” Shu savolga javob berib olmasdan A3 ni yozishni boshlamaslik kerak. Masalan: A2: jamo
  • Esse_Ravshanova bilan

    14 сент., 07:01

    переслано из @oriftolib

    Qoʻshtirnoq ishlatilmaydigan 4 holatQoʻshtirnoqdan keraksiz oʻrinlarda foydalanmaslik zarur. Masalan, mana bu holatlarda u mutlaqo ortiqcha:1️⃣ Baholar. Baho nomlari qoʻshtirnoqqa olinmaydi: besh, ikki, aʼlo, qoniqarli.2️⃣ Bayram nomlari. Tarixiy sanalar va bayramlar doim qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Navroʻz bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Yangi yil.3️⃣ Laqablar, tarixiy unvonlar, sifatlashlar. Mashhurlar tarixiy shaxslarning ismiga qoʻshib aytiladigan sifatlashlar yoki laqablar qoʻshtirnoqsiz yoziladi: Richard Sheryurak, Dveyn Qoya Jonson.4️⃣ Turdosh otga aylangan brendlar. Aslida tovar belgisi boʻlgan, ammo tilimizga oddiy atamadek singib ketgan nomlar qoʻshtirnoqsiz, kichik harfda yoziladi: kseroks, jip.Siz koʻproq qaysi birida ikkilanib turardingiz?🔥 – bayramlar nomida ✍️ – baholar nomida 😎 – barchasini bilardim@oriftolib | Sahifalarimiz
  • Esse_Ravshanova bilan

    14 сент., 03:11

    📌 Test yakunlandi8-test haqida ma'lumotlar📋Test nomi: G‘azal testi 📝Test kodi: 8 🔢Savollar soni: 5 ta 👤Test yaratuvchisi: Ravshanova Gulnoza Testda qatnashganlar soni: 181. Berdijabborova Marjona 5 ball 2. Narzullayeva Gulsanam 5 ball 3. Salohiddinova Shabbona 5 ball 4. Gullola mahmudjonova 4 ball 5. Boymirzayeva Yulduz 4 ball 6. Nigina Toʼxtayeva 3 ball 7. Mardiyeva Mahliyo 3 ball 8. Mamasidiqova Charos 3 ball 9. Sadullayeva Sabrina 2 ball
    507файл11Открыть в Telegram
  • Esse_Ravshanova bilan

    13 сент., 13:08

    переслано из @oson_ona_tili_ravshanova

    ☄️#Yoddatuting☄️🟢1) A unlisi O ga moyil aytilsa ham, A yoziladi: varaq, asqatmoq, tamom, hasharot, talafot, zamon, palov, naqarot, xavf, gavda, navbat, vafo kabi so‘zlarda;🟢2) A unlisi ayrim so‘zlarda cho‘ziq talaffuz qilinadi va ikkita A yoziladi: mutolaa, mudofaa, manfaat, taalluqli, taajjub, taassurot, murojaat kabi so‘zlarda;🟢3) Rus tili orqali o‘zlashgan ayrim so‘zlarda O unlisi O‘ ga moyil aytilsa ham, O yoziladi: tort, opera, bolt, tok (elektr), tonna, kubok, bochka, nota kabi so‘zlarda;🟢4) Ayrim o‘zlashma so‘zlarda O unlisi I kabi talaffuz qilinsa ham, O yoziladi: traktor, direktor, ekspeditor, kartoshka kabi so‘zlarda;🟢5) Ayrim so‘zlarda O unlisi A kabi talaffuz qilinsa ham, O yoziladi: tomon, taqozo, tovon, farovon, sazovor, talon-toroj, kamolot, axborot, inshoot, motor, monitoring, dekoratsiya, okulist, notarius, fontan, omon kabi so‘zlarda.🟢6) O‘zlashma
  • Esse_Ravshanova bilan

    13 сент., 03:43

    переслано из @ms_bepul_darslar

    ✅️Test ishlanishga tayyor 🗒Test nomi: G‘azal testi 🔢Testlar soni: 5 ta ‼️Test kodi: 8 👤Test yaratuvchisi: Ravshanova GulnozaTest javoblaringizni quyidagi botga jo'nating:👉 @Test_ona_ttili_bot 👉 @Test_ona_ttili_bot 👉 @Test_ona_ttili_bot📌 Testda qatnashish uchun @Test_ona_ttili_bot ga kirib 8 sonini botga yuboring.♻️Test ishlanishga tayyor!!!FOYDALI KANALLARIMIZ 👇👇👇https://t.me/namunaviy_esse https://t.me/MS_Bepul_Darslar
  • Esse_Ravshanova bilan

    12 сент., 15:07

    📌 Test yakunlandi2-test haqida ma'lumotlar📋Test nomi: G‘azal testi 📝Test kodi: 2 🔢Savollar soni: 5 ta 👤Test yaratuvchisi: Ravshanova Gulnoza Testda qatnashganlar soni: 231. Berdijabborova Marjona 5 ball 2. Olimova Sayyora 5 ball 3. Narzullayeva Gulsanam 5 ball 4. Narzullayeva Gulsanam 5 ball 5. Sobir Saksanov 4 ball 6. Abduraxmonova Gulchexra 3 ball 7. Toshtemirova Oʼgʼiloy 3 ball 8. Jumayova Kamola 3 ball 9. Xaydarova Mashhura 3 ball 10. Muhammadali Farmonov 3 ball
  • Esse_Ravshanova bilan

    12 сент., 10:24

    переслано из @ms_bepul_darslar

    ✅️Test ishlanishga tayyor 🗒Test nomi: G‘azal testi 🔢Testlar soni: 5 ta ‼️Test kodi: 2 👤Test yaratuvchisi: Ravshanova GulnozaTest javoblaringizni quyidagi botga jo'nating:👉 @Test_ona_ttili_bot 👉 @Test_ona_ttili_bot 👉 @Test_ona_ttili_bot📌 Testda qatnashish uchun @Test_ona_ttili_bot ga kirib 2 sonini botga yuboring.♻️Test ishlanishga tayyor!!! FOYDALI KANALLARIMIZ 👇👇👇https://t.me/namunaviy_esse https://t.me/MS_Bepul_Darslar