Последние посты

Nargiza Xolbayeva
22 сент., 03:14
переслано из @liderlar1
#кун_ҳикматиКурашишдан қўрқсангиз, тажриба ололмайсиз. Хато қилишдан қўрқсангиз, ривожлана ололмайсиз. Бошлашдан қўрқсангиз, бошлай олмайсиз. Тажрибасизман деб ўйласангиз, тажрибангиз ошиб қолмайди. Хаёлингизда яшасангиз, ҳаётда ҳеч нима қила олмайсиз.Доимо аниқ мақсадлар билан, реал ҳаётда яшанг!
Nargiza Xolbayeva
20 сент., 08:13
переслано из @uzedu
‼️‼️‼️ #Йил_ўқитувчиси✅ “Yil o‘qituvchisi” tanlovining SIRDARYO VILOYATI g‘oliblari🌍🌍🌍🌍🌍🌍Bizni kuzating ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Nargiza Xolbayeva
19 сент., 12:51
MUAMMOLAR OCHIQ MUHOKAMA QILINDI📌 Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining bugungi Hay’at yig‘ilishida ta’lim tizimidagi qator muhim yo‘nalishlar tahliliy-tanqidiy ruhda muhokama qilindi.Xususan, inklyuziv ta’limni tashkil etish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun zarur sharoitlarni yaratish, o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish va sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash, shuningdek, maktablarda sog‘lom ovqatlanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.💳 Muhokamalarda mavjud holatni shunchaki qayd etish emas, balki muammoning sabablarini aniqlash, mas’uliyatni kuchaytirish va amaliy natijaga erishish zarurligi ustuvor vazifa sifatida ko‘rsatildi.Ta’lim sifati — faqat dars jarayoni emas. Bu bolaning
Nargiza Xolbayeva
19 сент., 12:41
TA’LIMDA NATIJA — HISOBOTDAN KO‘RA MUHIMROQSirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.🫥Yig‘ilishda ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar tahliliy va tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari, yangi baholash tizimi, pedagoglar attestatsiyasi va kasbiy sertifikatlash jarayonlari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, inklyuziv ta’lim, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda maktablardagi sog‘lom ovqatlanish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.🔎 Asosiy mezon — raqam, natija va mas’uliyat.Bugun ta’limda shunchaki “ish olib borilmoqda” degan hisobot yetarli emas. Har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natija, mavjud muammo va uni bartaraf etish bo‘yicha amaliy yechim bo‘lishi kerak.
Nargiza Xolbayeva
18 сент., 16:39
переслано из @liderlar1
#кун_ҳикматиКутма! Энг яхши вақт келмайди — сен бошлаган пайт энг яхши вақтга айланади.Осон ҳаёт қидирма, кучли бўлишни ўрган — шунда ҳар қандай ҳаёт сенга енгил бўлади.Ҳеч ким сен учун келмайди. Ҳеч ким сенинг ўрнингга қилмайди. Ёки бошлайсан — ёки афсусланасан.
Nargiza Xolbayeva
18 сент., 05:19
переслано из @sirdaryosadosi

Nargiza Xolbayeva
18 сент., 04:59
OLIMPIADA — BILIM VA IQTIDOR MAYDONI!📚 Guliston tumani 3-sonli umumta’lim maktabida O‘zbek tili fanidan Asosiy olimpiadaning maktab bosqichida ishtirok etayotgan 9–10–11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.🧑🏫 Boshqarma boshlig‘i N.Xolbayeva olimpiada jarayonini kuzatib, yoshlar bilan samimiy suhbatlashdi.➡️ Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari bilan ta’lim, tarbiya va kelajakdagi maqsadlar haqida iliq va samimiy muloqot o‘tkazildi.Bilimli yoshlar — ta’limimizning eng katta kuchi!
Nargiza Xolbayeva
18 сент., 04:48
#Shaxsiy_qabulMurojaat — e’tiborda, muammo — yechimda!✅Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i N.Xolbayevaning shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.Qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Murojaatlar ijrosi nazoratga olinib, muammolarni qonuniy va amaliy hal etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.📍 Har bir murojaat — e’tibor va amaliy yechim uchun muhim.
