Последние посты

Narpay.uz | Rasmiy kanal
25 сент., 15:33
Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|
Narpay.uz | Rasmiy kanal
25 сент., 14:31
⚖️ JINOYAT VA JAZO!Jinoyatga jazo muqarrar. Qonun oldida hamma teng!Narpay tumanida probatsiya nazoratida turgan shaxslar ishtirokida sayyor sud muhokamasi o‘tkazildi.Jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tuman sudi, tuman prokuraturasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tashkil etilgan jarayonda probatsiya nazoratidagi shaxslarning jazo o‘tash davridagi xulqi va qonun talablariga rioya etishi muhokama qilindi.⚖️ 13 nafar shaxs jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.Biroq belgilangan tartibni buzgan, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlagan va yana jinoyat sodir etgan ayrim shaxslar jazoni yopiq turdagi muassasalarda davom ettiradigan bo‘ldi. Bugungi kunda tumanda 600 nafardan ortiq fuqaro probatsiya nazoratida jazo muddatini o‘tamoqda.Ularni jinoyat yo‘lidan qaytarish, jamiyatga moslashtirish va qayta jinoyat sodir etishining oldini olish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.Jazo — muqarrar. Qonun — ustuvor!Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|




Narpay.uz | Rasmiy kanal
25 сент., 14:19
Preizdent Farmoniga muvofiq tadbirkorlarga 7 yilgacha bo'lib to'lash imkoniyati beriladiPrezidentimiz tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvda e'lon qilingan imtiyozlar PF-177-sonli farmon bilan amaliyotga joriy qilindi. Endi qanchalik tez to'lasangiz, shunchalik kam to'laysiz.3 variantdan birini tanlaysiz: - 100 foizni 6 oyda to'lasangiz — jami summaga 25 foiz chegirma; - 50 foizini 6 oyda to'lasangiz — qolgani 7 yil davomida foizsiz bo'lib-bo'lib; - 35 foizini 3 oyda to'lasangiz — qolgani 5 yil davomida foizsiz bo'lib-bo'lib to'lanadi.Qo'shimcha huquq: to'lovning kamida 50 foizini to'lagan xaridor obyektni rekonstruksiya qilish, yangidan qurish uchun buzish va ta'mirlash huquqini oladi. Ya'ni to'lovni tugatishni kutmasdan ish boshlashingiz mumkin.⚠️ Muhim shart: bu imtiyozlar BHMning 23 ming baravaridan yuqori bo'lgan davlat aktivlari va 8 ming baravaridan yuqori bo'lgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalari uchun qo'llanadi. Muzokaralarga ommaviy taklif yo'li bilan sotilgan aktivlarga esa tatbiq etilmaydi. Hisob-kitobni bugun qiling!👉 Mulklarni batafsil ko‘rish!👨💻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️ 👨💻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️ 👨💻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|


Narpay.uz | Rasmiy kanal
25 сент., 13:36
💼 O‘zini o‘zi band qilganlar uchun — kelajak pensiyasiga muhim qadam!🛡 O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun ijtimoiy soliq to‘lash orqali ish stajini shakllantirib borish mexanizmini takomillashtirish taklif etilmoqda.✔️ Maqsad — fuqarolarning pensiya tizimidagi ishtirokini kengaytirish va kelajakda pensiya huquqini shakllantirish uchun imkoniyat yaratish.▶️ Batafsil videorolikda tanishishingiz mumkin.Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|
Narpay.uz | Rasmiy kanal
25 сент., 12:27
переслано из @samtvr
E’LON!Shu yilning 26-sentabr kuni soat 08:00 dan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat Sudi raisining o‘rinbosari - fuqarolik sudlov hay'ati raisi O.Xasanov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bozorov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Xaydarovlar ishtirokida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etadi.Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa sayyor qabulda murojaat qilishingiz mumkin.Agarda sayyor qabulga kelish imkoniyatingiz bo‘lmasa t.me/samhokimgamurojaat_bot orqali onlayn murojaat yo‘llashingiz mumkin.📅 Sana: 26-sentabr. 📍Manzil: Kattaqo'rg'on shahar Go'zalkent mahallasi Miyonkol ko'chasi 82-uy📞 Malumot uchun telefonlar: +998 66 229 10 00Rasmiy sahifalar: ✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube


Narpay.uz | Rasmiy kanal
25 сент., 11:45
👮♀️ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligiga bag'ishlanadi.XAVFSIZLIK TARIXI: BUXORO AMIRLIGI (B. Hasanov - Tarix fanlari doktori, professor)Amir saroyiga kelgan xabar kimning qo‘lidan o‘tardi? Maxfiy ma’lumotlar kimlar orqali to‘plangan? Davlat xavfsizligi uchun mas’ul amaldorlar qanday vazifa bajargan?Buxoro amirligida davlatni boshqarish faqat qo‘shin va ma’muriy tizim bilan cheklanmagan. Axborot to‘plash, kuzatuv, xabar yetkazish, saroy va hukmdor xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilgan o‘ziga xos tizim ham mavjud bo‘lgan.🎥 «Xavfsizlik tarixi» loyihasining navbatdagi soni Buxoro amirligi davriga bag‘ishlanadi. Videoda tarixchi mutaxassis bilan birgalikda: 🔹 amirlikdagi xavfsizlik tizimi qanday tashkil etilgani; 🔹 naqib, shigovul va qorovulbegi kabi mansabdorlarning o‘rni; 🔹 xabarchilar va maxfiy ma’lumot to‘plovchilar qanday faoliyat yuritgani; 🔹 amir va saroy xavfsizligi qanday ta’minlangani; 🔹 davlat uchun muhim axborot qanday yetkazilgani haqida so‘z boradi.Bugungi maxsus xizmatlarga xos ayrim vazifalar o‘sha davr davlat boshqaruvida qanday ko‘rinishda mavjud bo‘lgan?Tarix faqat o‘tmish emas. U bugungi xavfsizlikning ildizlarini anglash imkoni hamdir.✈️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram | 📹 YouTube
Narpay.uz | Rasmiy kanal
25 сент., 11:34
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligiga bag‘ishlanadi.🎬 «Nega aynan bu yo'l»👉 https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi
Narpay.uz | Rasmiy kanal
25 сент., 11:24
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining 35 yilligiga bag‘ishlanadi.🎬 «Xavfsizlik yo‘lida»👉 https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi
Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 16:14
переслано из @narpay_tuman_kengashi
#Sessiya #Kengash_qarori🏘👥 Narpay tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra, jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalardan biri — Chaykal mahallasidagi 12-maktab hududida zamonaviy Yoshlar markazi qurish loyihasi Kengash qarori bilan tasdiqlandi.🗳 Mazkur loyiha 2 759 ta ovoz to‘pladi. 💰 Loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, moliyalashtirish Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 📌 Taklif ID raqami: 055530905008 📍 Hudud: Chaykal mahallasi 🏫 Obyekt: 12-umumta’lim maktabi hududidagi bo‘sh yer maydoni 🏢 Loyiha: Zamonaviy Yoshlar markazi qurish 🗳 Ovozlar soni: 2 759 ta 💵 Ajratilgan mablag‘: 1 648 mln so‘m 🌟 Mazkur loyiha mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunar va sport bilan shug‘ullanishi, shuningdek, ularning iqtidor


Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 15:34
Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|
Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 14:19
❇️ Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!🌎 Manzil: Samarqand viloyati, Narpay tumani, Islom Shoir MFY1️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25449823 2️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25449834 3️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25449824 4️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25449821 5️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25449826 6️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25449828⭕️ Izoh: Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!🎞 Video-qo'llanma 👈🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️⏰ Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)


1,960Открыть в Telegram
Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 14:19
E-auksion.uz orqali shaffof auksionda ishtirok eting, mulk va yer uchastkalarini sotib oling!⭕️ 46 ta davlat aktivlari (koʻrish) ⭕️ 148 ta ijaraga beriladigan davlat mulklari (koʻrish) ⭕️ 3874 ta koʻchma savdo obyektlari (koʻrish) ⭕️ 1266 ta tadbirkorlik uchun yerlar (koʻrish) ⭕️ 385 ta hududlar uchun master-reja asosidagi yerlar (koʻrish) ⭕️ 14 ta erkin iqtisodiy zonalardagi yerlar (koʻrish) ⭕️ 56 ta kichik sanoat zonalari uchun (koʻrish) ⭕️ 6 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (koʻrish) ⭕️ 10 ta "Oʻzagrokimyohimoya" AJ mulklari (koʻrish) ⭕️ 206 ta "Oʻzpaxtasanoat" AJ mol-mulklari (koʻrish)🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️🎞 video-qoʻllanma 👈⏰ Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)
Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 14:19
🔴 Hududingizda joylashgan bino va inshоoatlarni e-auksion.uz platformasi orqali xarid qilishingiz mumkin.Manzil: Samarqand viloyati, Narpay tumani, Haqiqat MFY, Balandbog'shoh ko'chasi, 128-uy🔥🔥 Boshlang'ich narxi: 1 000 000.00 so'm Yer maydoni: 0,0196 ga Bino egallagan maydon: 196 kv. metr✅ Batafsil: https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=25384875⭕️ Izoh: Muddatli to'lov imkoniyati mavjud!🎞 e-auksion.uz video🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️⏰ Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)


Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 13:28
Narpay tuman hokimi va o‘rinbosarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Narpay tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari Reja jadvaliNarpay tumani hokimi Boliyev Anvar Begimovich Qabul kuni Har haftaning seshanba kuni Soat 09:00 dan 13:00 ga qadar Tel: 77-535-57-72Tuman hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Aliyev Sherali Usmanovich Qabul kuni Har haftaning dushanba kuni Soat 09:00 dan 13:00 ga qadar Tel: 93-724-75-06Tuman hokimining Qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ziyadullayev Dostonbek Ergash o‘g‘li Qabul kuni Har haftaning juma kuni Soat 09:00 dan 13:00 ga qadar Tel: 97-405-13-17Tuman hokimining Qishloq va


Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 12:37
Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar!Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, joriy yilning sentyabr oyi respublikamiz bo‘ylab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi sifatida o‘tkazilishi belgilangan.Mazkur oylikning asosiy maqsadi — aholi va hududlarni yong‘inlar, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqarolarning xavfsizlik madaniyatini yanada oshirishdan iborat.BatafsilVeb saytBizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|


Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 11:49
переслано из @bsa_uz
Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.👍 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.👍 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va


Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 11:49изменён
🔴 SAMARQAND VILOYATIDA “XORIJDA ISH” MEHNAT YARMARKASIXorijda ishlash istagidagi hamyurtlarimizni joriy yil 23-sentabr kuni Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Xorijda ish” mehnat yarmarkasida ishtirok etishga taklif qilamiz!Yarmarkada xususiy bandlik agentliklari tomonidan xorijiy davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashish imkoniyatlari taqdim etiladi.➡️ “Common Sense” xususiy bandlik agentligi MChJ — 500 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Youth Globe” xususiy bandlik agentligi MChJ — 5 500 000 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “SKD Man Power” xususiy bandlik agentligi MChJ — 2 000 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Workline” xususiy bandlik agentligi MChJ — 3 000 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Mora Work Group” xususiy bandlik agentligi MChJ — 1 200 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Aimjob” xususiy bandlik agentligi MChJ — 1 610 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Imkon” xususiy bandlik agentligi MChJ — 3 000 ta bo‘sh ish


Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 08:18
переслано из @narpaytumantibbiyot
DORI VOSITALARINI BEPUL OLISH IMKONIYATI!Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar uchun davlat tomonidan dori vositalarini bepul taqdim etish imkoniyati mavjud. Reimbursatsiya dasturi orqali 7 turdagi surunkali kasallik bo‘yicha 28 turdagi dori vositalari bepul ajratiladi.Dastur arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, 2-tur qandli diabet, bronxial astma hamda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kabi xastaliklarni qamrab oladi.Dori vositalarini bepul olish tartibi: Bemor o‘zi biriktirilgan oilaviy shifokorga murojaat qiladi. Shifokor elektron retsept rasmiylashtiradi va bemorga SMS-kod yuboriladi.Bemor dasturga ulangan dorixonaga borib, SMS-kod yoki QR-retsept orqali dori vositasini bepul oladi. Eslatma: elektron retsept 7 kalendar kun amal qiladi. Dori vositalari belgilangan tartibda, dasturga ulangan dorixonalarda beriladi.Narpay tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi
Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 07:06
🗣 Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazidaAyni paytda Narpay tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi sektor rahbarlari, tegishli o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli o‘tkazilmoqda.Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilanmoqda.Hozirga qadar 40 dan ortiq murojaatlar qabul qilinib, ijrosi yuzasidan mas'ullarga aniq vazifalar yuklanmoqda.Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|




Narpay.uz | Rasmiy kanal
22 сент., 06:21
APK.QO'RIQCHI ilovasini ushbu havola orqali yuklab oling 👇👇👇👇👇👇👇👇👇 https://promo-bot-ucad.onrender.com/r/HNAsWzMh1VqfosMklJqFugBizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!✅|Telegram| ✅|Facebook| 🌐|Instagram| ✅|Telegram| 🌐|Veb sayt|
