Последние посты

NAVOIYSHUNOSLIK
22 сент., 05:01
переслано из @navoiyshunoslik_rasmiy
#20_томликАлишер Навоий. МУКАММАЛ АСАРЛАР ТЎПЛАМИ. Йигирма томлик, Биринчи том. БАДОЙИЪ УЛ-БИДОЯ. — Тошкент: «Фан», 1987.KANALGA ULANISH: 👇👇👇 https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy
NAVOIYSHUNOSLIK
21 сент., 08:22
#teledasturda_chiqish #Mahbubul_qulub2026-yil 19-sentabr kuni Qashqadaryo telekanalining "Mutolaa" dasturida Mir Alisher Navoiy qalamiga mansub "Mahbubu-l-qulub" asari xususida suhbatimiz e'lon qilingan edi.Telekanal ijodkorlariga minnatdorlik bildirgan holda ushbu suhbatning 1-qismini hukmingizga havola qilamiz.Kanalga ulanish: https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy
NAVOIYSHUNOSLIK
20 сент., 19:43
https://youtu.be/iLbPVvtuDWs?si=Yi562yKRK4ptkPp8YouTube#13 "Ziyolilar"ning bu galgi mehmoni O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi - Suvon MeliLoyiha rahbari - Barliboyeva Sitora Muharrir - Musajonova Gulmira Loyiha koordinatori - Jonimqulov Arslonbek Operator va montajchi - Mansurov Javlon
NAVOIYSHUNOSLIK
17 сент., 07:41
#ғазалОдамки, башар насли силкига эрур пайванд, Сувратда санга волид, маънода санга фарзанд.Юсуфки, жамол ичра маъдум эди монанди, Топмади малоҳатда ҳуснини санга монанд.Исо дамидин ўлганким, руҳ топар эрди, Билгачки, топар дининг, жон топти бўлуб хурсанд.Даврон чаманидин сен ул лаҳзаки, чиқдинг, гул Тирноғлар ила қилди рухсорини юз парканд.Шаҳларға гадо андоқким келди букун муҳтож, Тонгла бўлубон шаҳлар эҳсонига ҳожатманд.Гесу санга бўлмишдур чун силсилайи мақсуд, Мажнунунг эрур жонлар, қил силсила бирлан банд.TelegramNAVOIYSHUNOSLIKNazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang! Odiljon Avaznazarov Rahmatulloyevich, PhD, dotsent Murojaat: @Avaznazarov
NAVOIYSHUNOSLIK
16 сент., 07:37
#ЭълонO‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TURON UNIVERSITETI XALQARO INNOVATSION UNIVERSITETO‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 16-yanvardagi “2026 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrug‘i 2-ilovasiga muvofiq 2026 yil 20–21-noyabr kunlari Qarshi davlat universiteti “О‘zbek matnshunosligi va adabiy manbashunosligining dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi. Anjumanga mamlakatimiz hamda xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar va ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari ishtirok etish uchun taklif etiladi. KONFERENSIYA SHO‘BALARI: · Mumtoz adabiyot
NAVOIYSHUNOSLIK
16 сент., 04:58
#ғазалҲар гадоким, бўрёйи фақр эрур кисват анга, Салтанат зарбафтидин ҳожат эмас хилъат анга.Ким фано туфроғиға ётиб қўяр тош узра бош, Тахт уза эрмас музаҳҳаб муттако ҳожат анга.Шаҳ юруб олам очар, дарвеш оламдин қочар; Ҳам ўзунг инсоф бергилким, бу не нисбат ангаҲар не, шаҳ мақсудидур, дарвешнинг мардудидур! Кўр не ҳимматдур мунга, не навъ эрур ҳолат анга.Фақр кўйи туфроғин шаҳ мулкига бермас фақир, Мулк кўрким, тенг эмас туфроғ ила қиймат анга.Шаҳ сипаҳ чекса, фақир аҳволиға етмас футур, Бу вале чеккач нафас, барбод ўлур ҳашмат анга.TelegramNAVOIYSHUNOSLIKNazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang! Odiljon Avaznazarov Rahmatulloyevich, PhD, dotsent Murojaat: @Avaznazarov
NAVOIYSHUNOSLIK
15 сент., 12:02
переслано из @etimologiya_burchagi
MAQOLA CHORLOVIMavzu: "Davlat arbobi va boshqaruvchi sifatida Alisher Navoiy"Alisher Navoiy vaqfi (nevayivakfi.org) buyuk mutafakkirning davlat arbobligi, diplomatiya tushunchasi, adolat falsafasi va burokratiya boshqaruvi haqidagi original ilmiy tadqiqotlarni nashrga taklif etadi.🔹 Asosiy yo‘nalishlar: • Temuriylar saroyi burokratiyasida Navoiyning o‘rni • Adolat va ideal hukmdor konsepsiyasi • Bunyodkorlik, vaqf va ijtimoiy siyosat faoliyati • Sulton Husayn Boyqaro va Navoiy munosabatlari • Diplomatik va siyosiy vositachilik roli🗓 Muhim sanalar: • Tezis topshirish oxirgi muddati: 01.11.2026 (Kamida 300 so‘z) • Qabul qilingan tezislar e'loni: 06.11.2026 • To‘liq matn topshirish: 01.03.2027💡 Taqrizdan o‘tgan maqola mualliflariga qalam haqi (gonorar) to‘lanadi. Maqolalar turk tilida qabul qilinadi.


NAVOIYSHUNOSLIK
15 сент., 04:13
переслано из @tasavvufiy_kitoblar
#kitob 📜Nomi: Tasavvuf lug’ati 👥Muallifi: Odiljon Avaznazarov 📖Beti: 458 📚Muqovasi: qattiq 🗓Nashr etilgan yili: 2025 🎭Murojaat uchun: @uzlat99 💰Narxi: 120.000 so'm 🚕 O’zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud👇Bizning kanalga obuna bo’ling @Tasavvufiy_kitoblar



NAVOIYSHUNOSLIK
15 сент., 02:19
#shohbaytGulshani davrong‘a moyil bo‘lma, ziyrak qush esang Kim, tikan tori qilur har toza gulbargi tari.Alisher Navoiyhttps://t.me/navoiyshunoslik_rasmiyTelegramNAVOIYSHUNOSLIKNazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang! Odiljon Avaznazarov Rahmatulloyevich, PhD, dotsent Murojaat: @Avaznazarov
NAVOIYSHUNOSLIK
14 сент., 10:50
#shohbaytBas ani inson atagʻil beriyo Kim, ishidur sabr ila shukr-u hayo.Alisher NavoiyNasriy bayon: Sabr, shukr va hayo qilguvchilarnigina inson deb atashing mumkin!https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiyTelegramNAVOIYSHUNOSLIKNazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang! Odiljon Avaznazarov Rahmatulloyevich, PhD, dotsent Murojaat: @Avaznazarov
NAVOIYSHUNOSLIK
14 сент., 07:08
переслано из @navoiyshunoslik_rasmiy
#Ğazal_tahlili_dars #Umumiy“G‘aroyibu-s-sig‘ar”, 2-g‘azal:Zihi husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo, Bu savdolar bila kavnayn bozorida yuz g‘avg‘o.Seni topmoq base mushkildurur, topmaslig‘ osonkim, Erur paydolig‘ing pinhon, vale pinhonlig‘ing paydo.Chaman otashgahiga otashin guldin chu o‘t solding, Samandardek ul o‘tdin kulga botti bulbuli shaydo.Ne ishka bo‘ldi beorom ko‘zgu aksidek Majnun, Yuzi ko‘zgusida aksi(ng)ni gar ko‘rguzmadi Laylo.Quyoshqa gah qizarmoq, gahi sarg‘armoq erur andin Ki, sun’ung bog‘ida bor ul sifat yuz ming guli ra’no.TelegramNAVOIYSHUNOSLIK#Ğazal_tahlili_dars 1. Zihi husnung zuhuridin tushub har kimga bir savdo, Bu savdolar bila kavnayn bozorida yuz g‘avg‘o. Lug‘at: 1) zihi – ofarin, qoyil, ajoyib; 2) zuhur – ko‘rinmoq, namoyon bo‘lmoq; 3) savdo – hoy-u havas, devonalik; 4) kavnayn –…
NAVOIYSHUNOSLIK
13 сент., 02:51
#shohbaytДўстлар, гар дўст қатлим истар ўлса, ўлтурунг, Сиз агар раҳм этсангиз, душманларимға топшурунг. Алишер Навоийhttps://t.me/navoiyshunoslik_rasmiyTelegramNAVOIYSHUNOSLIKNazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang! Odiljon Avaznazarov Rahmatulloyevich, PhD, dotsent Murojaat: @Avaznazarov
NAVOIYSHUNOSLIK
13 сент., 01:55
#TadqiqotУлуғ ўзбек шоири (Мақолалар тўплами). Ойбек таҳрири остида. – Тошкент: "Фан", 1948. – 225 б.https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy
NAVOIYSHUNOSLIK
12 сент., 05:06
переслано из @sayfiddinsayfulloh
НАВОИЙ ИЖОДИДА НАФС ТАРБИЯСИ 3-ҚИСМ. https://youtube.com/watch?v=PCojp5qkHjs&si=cpcwIUG7anD_jVKhYouTubeНАВОИЙ ИЖОДИДА НАФС ТАРБИЯСИ 3-ҚИСМ.Enjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.1,150Открыть в Telegram
NAVOIYSHUNOSLIK
12 сент., 01:06
#shohbaytHar ko‘ngildin shoh sari bir roh erur, Bexabardir, ulki dilgumroh erur.Fariduddin Attorhttps://t.me/navoiyshunoslik_rasmiyTelegramNAVOIYSHUNOSLIKNazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang! Odiljon Avaznazarov Rahmatulloyevich, PhD, dotsent Murojaat: @Avaznazarov
NAVOIYSHUNOSLIK
11 сент., 19:04изменён
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy
NAVOIYSHUNOSLIK
11 сент., 12:38
ALISHER NAVOIY MEROSINI RAQAMLASHTIRISHGA QARATILGAN LOYIHA TANLOV G‘OLIBI BO‘LDIFilologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Odiljon Avaznazarov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “Akademik harakatchanlik” dasturi tanlovi (2026-2)da “Alisher Navoiy dostonlari ramzlarining izohli lug‘atini tayyorlash va ularning mobil ilovasini yaratish” nomli loyihasi bilan ishtirok etib, g‘olib deb topildi.Ilmiy-tadqiqot ishining dolzarbligi shundan iboratki, Alisher Navoiy dostonlari turkiy adabiyot va Sharq badiiy tafakkurining eng yuksak namunalaridan bo‘lib, ularda mujassam bo‘lgan ramzlar, timsollar va tasavvufiy-majoziy obrazlar shoirning falsafiy, axloqiy hamda irfoniy qarashlarini ifodalovchi muhim poetik vositalar hisoblanadi. Biroq mazkur ramzlarning katta qismi murakkab


NAVOIYSHUNOSLIK
11 сент., 02:25изменён
Куз — Навоий девони. Бедор Ўқи. Ҳўнгра — қийнаса дардлар. Қатор-қатор кузги дарахтлар Даҳо ёзган фожеа байтлар.Дил тақдирдан қайтишга мойил — Хазон бўлдим! — (қўллагин, наби!) Кезинаман боғда Навоий Тополмаган ёлғиз сўз каби....Усмон Азимhttps://t.me/navoiyshunoslik_rasmiyTelegramNAVOIYSHUNOSLIKNazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari a'losi Navoiy! Kanaldan ma'lumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang! Odiljon Avaznazarov Rahmatulloyevich, PhD, dotsent Murojaat: @Avaznazarov
NAVOIYSHUNOSLIK
10 сент., 15:11
#Tadqiqot #223Қораев Ш. Навоийшунослик: Алишер Навоийнинг устозлари. – Қарши, “Насаф” нашриёти, 2026. – 144 б.https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy
NAVOIYSHUNOSLIK
10 сент., 13:44
переслано из @ozbek_tili_adabiyoti_folklori
💖 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutiga yangi rahbar tayinlandi.💖 Filologiya fanlari doktori, professor Asadov Maqsud Husenovich O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori etib tayinlandi. Maqsud Asadov tayinlovga qadar institut direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.🅰 Yangi rahbar zimmasiga institutning ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ustuvor ilmiy yo‘nalish va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy natijalarning amaliy ahamiyatini kuchaytirish, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.


