Последние посты

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
22 сент., 13:25
переслано из @eduuz
#XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
22 сент., 13:25
переслано из @eduuz
#7_MilliyDasturMustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyatiKimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
22 сент., 09:20
переслано из @ngmkofficial

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
22 сент., 08:02
переслано из @yoshlareduuz
😚😋😛😝🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – har birimizning burchimizdir” shiori asosida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari hamda ularning ota-onalari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.✅ Barchangizdan befarq bo‘lmagan holda, ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.➡️ So‘rovnomada ishtirok etish⬅️
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
22 сент., 05:02
#Eʼlon🎓 NDKTU talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi tanlovlarga marhamat!Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy bilim va fuqarolik mas’uliyatini oshirish maqsadida oktabr oyi davomida quyidagi tanlov va musobaqalar o‘tkaziladi:📝 “Eng yaxshi maqola”; ✍️ “Eng yaxshi she’r”; 🎨 “Eng yaxshi rasm”; 🎬 “Eng yaxshi videorolik”; 📚 “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bilimlar bellashuvi;Tanlovlarda faol ishtirok etish uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang. Korrupsiyaning oldini olish, halollik, adolat, shaffoflik, qonun ustuvorligi va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabi mavzularni chuqur o‘rganing. 💡 O‘z g‘oyangizni namoyon eting!📢 NDKTU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiBizni
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
22 сент., 04:31
#JarayonNDKTUda 23 nafar tyutor faoliyat olib bormoqdaNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori asosida tyutorlikka ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida berilgan e’lonlarga ko‘ra, komissiyaga murojaat qilgan nomzodlar bilan suhbat jarayonlari tashkil etilib, Agromuhandislik va kommunikatsion texnologiyalar fakultetiga Xurshid Eshquvatov, Energetika va avtomatika fakultetiga esa Temur Nurmamatov hamda Ro‘zimurod Ibragimov tyutorlik lavozimiga ishga qabul qilindi.Bugungi kunda barcha tyutorlar tomonidan talabalarning ijara xonadonlari va TTJlardagi yashash shart-sharoitlarini muntazam o‘rganish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi vazifalar tizimli amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, NDKTUda “Eng yaxshi tyutor” tanlovi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
21 сент., 11:53изменён
#Ilmiy_tadqiqot_faoliyatiNDKTU olimlari Orolning qurigan tubida cho‘l yaylovlarini barpo etish innovatsion loyihasi ustida ish olib bormoqdaAgromuhandislik va kommunikatsion texnologiyalar fakulteti “Agronomiya” kafedrasi olimlari tomonidan Innovatsion rivojlanish agentligi granti asosida “Orol bo‘yida qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli chorvabop va dorivor cho‘l o‘simliklar turlarini tanlab yetishtirish va qayta ishlash” mavzusida amaliy loyiha bajarilmoqda.2025-2028-yillarga mo‘ljallangan loyihaning innovatsion jihati shundaki, loyiha davomida cho‘l o‘simliklarini faqatgina o‘rganib qolmay, balki ularni lokal hududlarda introduksiya usulida ko‘paytirish texnologiyalari ishlab chiqiladi.Asosiy maqsad Orolning qurigan tubida yangi cho‘l yaylovlari barpo etish va va bu orqali hududning ekologik muvozanatini qayta tiklash sanaladi. Bugungi kunda ushbu dolzarb mavzu bo‘yicha bir
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
21 сент., 10:28
переслано из @navoiy_teleradiokanali
«Assalom, Yangi kun» |Navoiy davlat Konchilik va texnologiyalar universiteti pedagoglari bilan suhbat@Navoiy_teleradiokanali Youtube | Telegram | Instagram | Facebook
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
21 сент., 07:52
переслано из @sportlashamiz
2️⃣🅾️2️⃣6️⃣-yilgi mavsumiga start berilmoqda.Oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida bo'lib o'tadigan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishga, bugundan 21-sentabr kunidan start berildi.Barcha talaba-yoshlarimizni ushbu sport musobaqlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.Barcha eng so'ngi ma'lumotlarni bizning @sportlashamiz kanalida kuzatib boring.🇺🇿 Sportlashamiz - “Tezroq, balandroq-birgalikda”1,820Открыть в Telegram
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
20 сент., 01:08
переслано из @eduuz
#rasmiy_xabarKontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
19 сент., 14:43
https://uza.uz/uz/posts/ilm-fan-yangi-ozbekiston-taraqqiyotining-strategik-kuchiga-aylanmoqda_910941UZA.uzИлм-фан Янги Ўзбекистон тараққиётининг стратегик кучига айланмоқдаҲар бир халқнинг юксалиши, аввало, олдига қўйган мақсадлари ва уларни рўёбга чиқариш йўлида илмий, интеллектуал ҳамда маънавий салоҳиятини қай даражада сафарбар2,310Открыть в Telegram
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
19 сент., 06:52
переслано из @eduuz
#maqola #vazirYoshlik shaharchasi: oliy taʼlim transformatsiyasining amaliy modeliOliy taʼlimdagi oʻzgarishlarni faqat yangi binolar, zamonaviy laboratoriyalar yoki talabalar soni ortishi bilan baholab boʻlmaydi. Yaʼni bugun universitet bilim berish bilan cheklanmaydi. Talabani mustaqil fikrlaydigan, tadqiqot qiladigan, yangi gʻoya yaratadigan, uni amaliyotga tatbiq etadigan va mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan mutaxassis sifatida shakllantirish uchun yaxlit muhit yaratish zarur.“Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vаziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning “Yoshlik shaharchasi: oliy taʼlim transformatsiyasining amaliy modeli” sarlavhali maqolasi chop etildi.👉 Maqolani o‘qish.PDF shaklida yuklab olish 👈Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
18 сент., 10:59
#Xalqaro_seminarQizilqum-Nurota hududidagi kon-metallurgiya landshaftlari — dunyo olimlari nigohidaNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida London universiteti kolleji (UCL) Arxeologiya instituti bilan hamkorlikda ikki kunlik xalqaro seminar-trening o‘tkazilmoqda. Bugun dastlabki seminar mashg‘ulotida UCL Arxeologiya instituti professori Dr Miljana Radivojevich Markaziy Osiyoda bronza davri metall ishlab chiqarishi mavzusida ma’ruza qildi.Unda Qizilqum-Nurota hududidagi kon-metallurgiya landshaftlari, ayniqsa bronza davriga oid ma’dan va shlak tarkibini tahlil qilish usullari, metall ishlab chiqarishning qadimgi texnologiyalari hamda uning uzoq muddatli ijtimoiy-ekologik oqibatlari yoritib berildi.Ushbu seminar NDKTU va UCL o‘rtasidagi ilmiy-ta’lim hamkorligining boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, ikkala ta'lim dargohi tomonidan 2026-2028 yillarga mo‘ljallangan
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
18 сент., 08:09
#Bayram_tadbiriTalabalikning oltin sahifalari — yorqin taassurot va unutilmas onlar shukuhiNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 1-kurs talabalari uchun “Talabalik — yoshlikning oltin sahifalari” nomli bayram kechasi tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining NDKTU boshlang‘ich tashkiloti Energetika-avtomatika fakulteti Yoshlar yetakchisi Ozodbek Roziqov hamda faol koordinatorlar tashabbusi bilan dekan oʻrinbosari Asliddin Norqulov va tyutorlar koʻmagida oʻtkazildi.Iqtidorli talabalar — Gulyuz O‘ktamova, Aslbek Ilhomov va Rahmatbek Abdurahimov hamda “Shodiyona” raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va raqslar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, olqishlarga sazovor bo‘ldi.Tadbir davomida talabalikning inson hayotidagi o‘rni, bu davrning yangi bilim va tajribalar, do‘stlik, izlanish hamda o‘z ustida ishlash uchun
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
18 сент., 06:38
#Eʼlon1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan “Rektor kubogi” musobaqalariga marhamat!1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan 2026-yil 22-23-24-sentabr kunlari soat 16.00 dan boshlab Navoiy davlat konchilik va texnologiyalari universiteti sport majmuasida professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar o‘rtasida sportning futbol, voleybol hamda shaxmat turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi.Musobaqada ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar 2026-yil 21-sentabr kuniga qadar “Konchi” sport klubi murabbiylariga murojaat qilishlari so‘raladi.Erkaklar o‘rtasida futbol, ayollar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etiladi. Shaxmat bahslarida esa barcha professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar ishtirok etishi mumkin. G‘oliblar universitet 5-Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasiva “Konchi” sport klubi tomonidan
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
18 сент., 06:06
#Davra_suhbati“Istibdoddan — Istiqlolgacha”: Qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyati — yoshlar nigohidaNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti katta anjumanlar zalida Kimyo-metallurgiya fakulteti talabalari ishtirokida “Istibdoddan — istiqlolgacha” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Unda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi olimlari tomonidan qatag‘on siyosatining xalqimiz hayotida qoldirgan og‘ir izlari, o‘sha davrda yurtdoshlarimiz duch kelgan murakkab va ayanchli taqdirlar, xususan Qizilqum hududida yashab, qatag‘on siyosati qurboniga aylangan ajdodlarimiz haqida batafsil ma’lumot berildi.Muloqotda talabalarning ham fikr-mulohazalari tinglandi. Ushbu davra suhbati yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va tarixga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.📢 NDKTU Axborot xizmati
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
18 сент., 04:24изменён
#Kechki_taʼlim_NDKTUKechki ta’lim shakli talabalari bilan profilaktik suhbatlar olib borilmoqdaKorrupsiyaning oldini olish va adolatli muhitni ta’minlashda jamiyat, xususan yosh avlod ongida ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish katta ahamiyatga ega.Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor J. Nazarov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B. Umarov, rektor maslahatchisi A. Jalilov hamda fakultet dekanlari ishtirokida kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan ham korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.Suhbatlar davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
18 сент., 03:40
#Milliy_gʼurur_timsoliYangi kun Vatan madhiyasi sadolari ostida qarshilandi…Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida har juma kuni erta tongdan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Bugun, 18-sentabr kuni ham universitet jamoasi yangi kunni Vatan madhiyasi sadolari ostida qarshi oldi.Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida baralla yangragan madhiya sadolari barchaning qalbida yurtga muhabbat, milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirdi. Davlat madhiyasining har bir satri va ohangida xalqimizning boy tarixi, ezgu orzu-intilishlari hamda bunyodkorlik ruhi aks etadi.Madhiya — qalblarda Vatan tuyg‘usini uyg‘otuvchi muqaddas timsol. Uning ulug‘vor sadolari ostida yangragan har bir so‘z yurtdoshlarimizni ona Vatanga sadoqat, tinchlik va farovonlikni qadrlashga chorlaydi.📢 NDKTU Axborot xizmatiBizni kuzati
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
7 сент., 13:35
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
7 сент., 11:44
#Kelajak_soati_NDKTU Barcha fakultetlarda “Kelajak soati” mashg‘ulot darslari bo‘lib o‘tdi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” darslari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlanib, barcha fakultetlarda1,370Открыть в Telegram
