Последние посты

“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
15 сент., 06:55изменён
Bugun soat 10:25 da Buxoro neftni qayta ishlash zavodining rezervuarlar parki estakadasida yong‘in qayd etildi.Tegishli xizmatlar va favqulodda vaziyatlar idoralarining tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlari tufayli yong‘in soat 11:00 da muvaffaqiyatli bartaraf etildi.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va og’ir jarohatlanganlar yo‘q.Ushbu rezervuarlar zavod hududidan tashqarida joylashgan bo'lib, ishlab chiqarish quvvatlariga ta'sir etmasligi ma'lum qilinadi.Hozirda hodisa oqibatlarini to‘liq bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.@neftgaz_press_sekretar
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
14 сент., 06:21
#Ichki_vakansiyaSho‘rtan gaz kimyo majmuasi xodimlari uchun ichki tanlov“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ Omborlarni boshqarish xizmatidagi bo‘sh kozlovoy kran mashinisti lavozimiga korxona ishchi-xodimlari orasidan nomzodlar saralanadi.Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:• Kozlovoy kran mashinisti mutaxassisligi bo‘yicha tegishli guvohnomaga ega bo‘lish; • Mazkur texnikani boshqarish bo‘yicha kamida bir yillik amaliy tajribaga ega bo‘lish; • Balandlikda mehnat qilish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va yaroqli deb topilgan bo‘lish; • Balandlikda, kuchli shovqin va ko‘rish imkoniyati cheklangan sharoitlarda xavfsiz hamda unumli faoliyat yurita olish; • Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi me’yorlariga so‘zsiz amal qilish.Lavozim bo‘yicha asosiy vazifalar:• Kozlovoy kranning tuzilishi, ishlash tamoyili va asosiy mexanizmlarini puxta bilish, shuningdek, texnikadan belgilangan
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
12 сент., 13:56изменён
“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirini Jamiyatning rasmiy sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin. Bu yerda👇facebook
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
12 сент., 07:16
#Salomatlik"UNG_Medline Klinika"ga kelgan har bir bemor avval tibbiy tekshiruvlardan o'tadi va unga davo muolajalari amalga oshiriladi.Siz ham davolanishni ortga surmang!Manzil: Muborak tumani Zanjirsaroy shox ko'chasi 1-Uy. Mo'ljal: Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi (GPU) ning ro'parasi.Murojaat uchun: +998752200414 +998996730303👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
10 сент., 13:14
Uchsoy ishchilar shaharchasida “Uch avlod” stellasi ochilib, xodimlar uchun bunyod etilgan zamonaviy majmua foydalanishga topshirildi. Yangi majmua olis hududda mehnat qilayotgan xodimlar uchun munosib sharoit yaratish, ularning mehnatini qadrlash va avlodlar davomiyligini ta’minlash yo‘lidagi ezgu tashabbuslarning amaliy ifodasidir.👋Bizni kuzating🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
6 сент., 06:21
Aziz hamkasblar!Sizlarni — "Neft va gaz sanoati xodimlari kuni" bilan samimiy muborakbod etaman!Ushbu soha mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, energetik barqarorligi va xalqimiz farovonligini ta’minlashda ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan muhim tarmoqdir. Sohaning bugungi salohiyati va ertangi taraqqiyoti zamirida, avvalo, o‘z kasbiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan Siz kabi fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnati mujassam. Konlarda, ishlab chiqarish maydonlarida, zavod va korxonalarda, uzoq hududlarda kechayu kunduz mehnat qilayotgan har biringizning hissangiz alohida e’tirofga loyiq.Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ jamoasi oldida sohaning samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni keng joriy etish, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash hamda yurtimizning energetik salohiyatini yuksaltirishdek ulkan vazifalar turibdi. Ishonchim komilki, birdamlik,
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
5 сент., 16:05
Vakant lavozimga tanlov«O‘zbekneftegaz» AJ Ichki audit xizmati bosh mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.👉 Batafsil ___________Отбор на вакантные должностиАО «Узбекнефтегаз» объявляет открытый конкурс на замещение вакантной должности главного специалиста Службы внутреннего аудита.👉 Подробно👋Bizni kuzating🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
3 сент., 03:56
⚡️ 10 000 obunachiInstagram sahifamizda 10 minglik marraga yetdik!Bizga ishonganingiz, kuzatayotganingiz va doimiy qo‘llab-quvvatlovingiz uchun tashakkur!Instagramdagi faollar uchun sahifamiz havolasi bu yerda👇📹 Instagram@neftgaz_press_sekretar
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
2 сент., 12:45
#maktabga_tuhfaNavbatdagi ma’rifat tuhfasiYangi O‘zbekistonda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va maktab kutubxonalari fondini boyitish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilayotgan muloqotlarda ham bilim, inson kapitali va zamonaviy tafakkur masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov tashabbusi bilan o‘zi tahsil olgan Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasiga navbatdagi 100 dan ortiq yangi badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar hamda o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.Ezgu maqsad yo‘lida mazkur xayrli ish o‘quvchilarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni milliy va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirishga xizmat qiladi.Ma’lumot
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
27 авг., 08:49изменён
Boʻsh ish oʻrinlari uchun eʼlon“Uz-Kor Gas Chemical” QK Administratsiya boʻlimida quyidagi boʻsh ish oʻrinlari mavjud:Vaxtyor (qorovul) — 2 ta ish oʻrni Santexnik — 1 ta ish oʻrni (xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida) Elektrik — 1 ta ish oʻrni Texnik-inspektor — 1 ta ish oʻrni (mehnat shartnomasi asosida)Hujjatlarni qabul qilish muddati: 3-sentyabr, soat 16:00 ga qadar📩 Rezyume va tegishli hujjatlarni yuborish uchun: vacant.admin@uz-kor.comEslatma: Faqat belgilangan talablarga javob beradigan nomzodlarning hujjatlari koʻrib chiqiladi. Hujjatlar yuqorida koʻrsatilgan elektron manzil orqali qabul qilinadi.📞 Nomzodlar rezyumelarida aloqa uchun telefon raqamlarini koʻrsatishlari soʻraladi.🔗 Toʻliq maʼlumot: http://www.uz-kor.com/index.php/ru/vakansii
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
26 авг., 08:17
#Islohot_va_natijaBoshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov yil boshida Muborak gazni qayta ishlash zavodida bo‘lib, ishchi-xodimlar bilan samimiy muloqot olib borganda ular tomonidan sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha bir qancha masalalar ko‘tarilgan edi. Muammolar orasida xodimlarning ishga qatnaydigan avtobuslari eskirib ketgani ularga qiyinchilik tug‘dirayotgani aytilgan edi.Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi arafasida zavodga 17 ta yangi zamonaviy avtobus keltirilib, ishchi-xodimlar xizmatiga topshirildi.Bu xodimlarning muammosi e’tiborsiz qolmasligi va berilgan topshiriq amaliy natija bilan yakunlanishining yana bir namunasidir.👋Bizni kuzating🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube |
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
24 авг., 05:22
O‘ZBEKISTON–OZARBAYJON: Tarixiy tashrif va yangi bosqichXabaringiz bor, 23-24 avgust kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi hamrohligida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatimizga davlat tashrifi bilan keldi.Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator muhim tadbirlar o‘tkazildi.23-avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.Ikki davlat rahbarlari tor doiradagi uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston–Ozarbayjon hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni boshlab berish marosimida ishtirok etdilar.Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev ikki mamlakatning oliy
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
23 авг., 13:30
#TabrikMamanova Xolbika OmonovnaMuborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi markaziy tahlilxonasi boshlig‘iDavlatimiz rahbarining Farmoni bilan “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘ldi.“O‘zbekneftgaz” jamoasi nomidan Xolbika Mamanovani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va yurtimiz energetika taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissangiz bardavom bo‘lishini tilaymiz!👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
23 авг., 13:13
#TabrikTeshayev Erkin EsanovichBuxoro neftni qayta ishlash zavodi asosiy ishlab chiqarish bo‘linmasi texnologi, qurilma kuzatuvchisiDavlatimiz rahbarining Farmoni bilan “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘ldi.“O‘zbekneftgaz” jamoasi nomidan Erkin Teshayevni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va yurtimiz energetika taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissangiz bardavom bo‘lishini tilaymiz!👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
23 авг., 09:11
#TabrikMavlonov Xamidulla BoyxonovichSho'rtan gaz kimyo majmuasi Etilen ishlab chiqarish bo'linmasining nasos mashinistiDavlatimiz rahbarining Farmoni bilan “Shuhrat” medaliga sazovor bo‘ldi.“O‘zbekneftgaz” jamoasi nomidan Xamidulla Mavlonovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va yurtimiz energetika taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissangiz bardavom bo‘lishini tilaymiz!👉Bizni kuzatingweb-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
22 авг., 14:09изменён
#e'tirofBir guruh hamkasblarimiz "Shuhrat medali" bilan taqdirlandiAn’anaga ko‘ra, davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirladi.Quvonarlisi, yuksak davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlar orasida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan fidoyi xodimlar ham bor.Jumladan,“Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ etilen ishlab chiqarish bo'linmasi nasos mashinisti Mavlonov Hamidulla Boyxonovich;Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi markaziy tahlilxonasi boshlig‘i Mamanova Xolbika Amanovna;“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ asosiy ishlab chiqarish bo'linmasi texnologik qurilma kuzatuvchisi Teshayev Erkin Esanovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandilar.Ushbu yuksak mukofot
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
19 авг., 08:21
⚡️⚡️Oʻzbekneftgazning qariyb 34 ming nafarlik jamoasi uchun zoʻr yangilik!!!Xabaringiz bor, bu yil davlatimiz Mustaqilligining 35 yillik toʻyini katta koʻtarinkilik bilan nishonlaydi.Boshqaruv raisining tashabbusi bilan "Oʻzbekneftgaz" AJ va uning barcha tizim tashkilotlari xodimlari Mustaqillik shodiyonasi va sentyabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadigan “Neft va gaz sanoati xodimlarining kasb bayrami” munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravarida ragʻbatlantirish koʻzda tutildi.Bu Boshqaruv raisining olis choʻllarda tunni tongga ulab, tinimsiz mehnat qilayotgan va gaz koʻpaytirishga xissa qoʻshayotgan minglab xodimlar mehnatiga berilgan eʼtibor va samimiy ehtirom ifodasidir.Oʻzbekneftgazda har bir xodim qadrli, har bir mehnat eʼtiborga loyiq.Kirib kelayotgan bayram
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
19 авг., 07:29изменён
Hamma shu yerdami?Birozdan keyin 💣 yangilik bo‘ladi.Bizni kanalni arxivga solib qo‘ygan tanishlarizga yuborib qo‘ying, kanalga kirib turishsin@neftgaz_press_sekretar
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
18 авг., 09:31
Xabaringiz bor, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida avariyaviy quduqni yopish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. Jarayonda "O‘zbekneftgaz" va Xitoyning tajribali mutaxassislari hamkorlikda ish olib bormoqda.Voqea joyidan tayyorlangan reportajda mazkur ishlarga jalb etilgan xitoylik mutaxassislar, shuningdek, “Kofrun” qishlog‘i aholisining fikrlari o‘rin oldi.👋Bizni kuzating🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
“O‘zbekneftgaz” Matbuot kotibi
15 авг., 11:34изменён
#boysun_koni #m25⚡️ Bugundan boshlab “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyani jilovlash ishlariga start berildiBugun, 15-avgust kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi avariyaviy quduqni yopish bo‘yicha amaliy ishlar rasman boshlandi.Shu munosabat bilan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov, Boysun tuman hokimi Bahodir Shukurov va boshqa mahalliy darajadagi mutasaddilar konga kelib “Kofrun” qishlog‘i faollari hamda mazkur loyihada ish boshlayotgan Xitoyning CNPC korporatsiyasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazidilar.Unda loyihaning ahamiyati, avariyaviy quduqlarni yopishda oylar kesimida bajariladigan muhim chora-tadbirlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Mahalliy aholi bilan samimy suhbat tashkil etildi.@neftgaz_press_sekretar
