gram news
Аватар канала New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

@newuzbekistanuniversity

The official channel of New Uzbekistan University Website: newuu.uz Instagram: instagram.com/newuzbekistanuniversity Facebook: facebook.com/newuzbekistanuniversity Contact bot: @newuucontact_bot Contact: 71 2024111

ПроектыUZОбразование

10,800подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    21 сент., 10:21

    “Yangi O‘zbekiston” universitetida magistratura talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandiBugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida magistratura bosqichi talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi.O‘tgan hafta davomida yangi qabul qilingan magistratura talabalari uchun tanishtiruv tadbirlari tashkil etildi. Unda talabalar universitetning ta’lim jarayoni, akademik talablar, mavjud imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ularga o‘quv dasturlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda universitet hayotida faol ishtirok etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Tanishtiruv haftaligi talabalarning professor-o‘qituvchilar, tegishli bo‘limlar vakillari va guruhdoshlari bilan yaqindan tanishishi, yangi akademik muhitga moslashishi uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.Barcha magistratura talabalarimizni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan
    3,2402051Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    17 сент., 15:07

    переслано из @gazetauz_ozb

    “O‘zimiznikilar” — Gazeta va “Yangi O‘zbekiston” universitetining (New Uzbekistan University) birgalikdagi loyihasi. U yashash uchun O‘zbekistonni tanlagan xorijliklarni uchratganimizda yoki ular bilan tanishganimizda bizda doim beixtiyor uyg‘onadigan qiziqishdan kelib chiqdi. Tahririyat qahramonlar bilan birga odamlar nima uchun mamlakatimizga ko‘chib kelib, shu yerda yashab qolayotgani, uni nima uchun yoqtirishi, o‘zbekistonliklardan nimalarni o‘rganishi va qanday o‘zgarishlarni kutayotganini tushunishga urinadi.Uchinchi son qahramoni — chililik-kanadalik matematik, shaxsiy YouTube kanaliga (1,97 ming obunachi) ega soatlar kolleksioneri, rok ixlosmandi Valdo Arriagada. U o‘tgan yil yozda o‘zi dars berib kelayotgan Xitoydan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan.Biz professor bilan uni hayratda qoldirgan Toshkent kontrastlari, vaqtga maftunlik va matematik nima uchun olimdan ko‘ra ijodkorga
    5,210281042Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    16 сент., 10:57

    Dr. Amjad El-Qanni: ilmiy faoliyat, ilk taassurotlar va yangi rejalarYangi o‘quv yili boshida universitetimiz jamoasiga qo‘shilgan professor-o‘qituvchilarni tanishtirib borish yaxshi an’anaga aylangan.Bugungi videoda Kimyo muhandisligi va materialshunoslik kafedrasi dotsenti Dr. Amjad El-Qanni bilan yaqindan tanishamiz.Dr. El-Qanni o‘zining akademik faoliyati va ilmiy izlanishlari, “Yangi O‘zbekiston” universiteti haqidagi dastlabki taassurotlari hamda universitetimizdagi kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashadi.🔁 English➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
    5,200видео186Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    16 сент., 03:45

    “Yangi O‘zbekiston” universitetining NUClearly jamoasi TEKNOFEST 2026 tanlovida uchinchi o‘rinni egalladiYaqinda “Yangi O‘zbekiston” universitetining NUClearly jamoasi Aegis-40 kichik modulli yadro reaktori loyihasi bilan TEKNOFEST 2026 Yadro energetikasi texnologiyalarini loyihalash tanlovi finalida ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, jamoamiz yuqori darajadagi texnik tayyorgarlik va kompleks muhandislik yechimlarini talab etuvchi Detailed Design yo‘nalishida uchinchi o‘rinni egallab,qariyb 8 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.Finalda talabalarimiz yadro fizikasi, issiqlik-gidravlik hisob-kitoblar, xavfsizlik tizimlari, raqamli modellashtirish va muhandislik loyihalashini birlashtirgan Aegis-40 loyihasini xalqaro ekspertlar hay’ati oldida muvaffaqiyatli himoya qildi.NUClearly jamoasini ushbu muhim yutuq bilan
    5,240322062Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    15 сент., 08:24

    “Yangi O‘zbekiston” universiteti — QS xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida!“Yangi O‘zbekiston” universiteti 24-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan QS Undergraduate & Masters Fair xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etadi.QS (Quacquarelli Symonds) — dunyo universitetlari reytinglarini tuzuvchi hamda xalqaro ta’lim sohasidagi yetakchi tashkilotlardan biridir. QS tomonidan tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazmada “Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan bir qatorda AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa, BAA, Singapur va boshqa mamlakatlarning yetakchi universitetlari ham ishtirok etadi.Ko‘rgazma davomida universitetimiz vakillari bilan uchrashib, bakalavriat va magistratura dasturlari, qabul jarayoni, ta’lim imkoniyatlari hamda talabalar hayoti haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.📅 Sana: 24-sentabr, 2026-yil 📍 Manzil: Hilton Tashkent City, Ukchi ko‘chasi, 1“Yangi O‘zbekiston”
    6,57013751Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    14 сент., 17:22

    #tayinlov Jeong Chan Park “Yangi O‘zbekiston” universitetining Tibbiyot maktabi dekan o‘rinbosari etib tayinlandiJeong Chan Park “Yangi O‘zbekiston” universitetining Tibbiyot maktabi dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.Professor Park bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida Janubiy Koreyaning yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri- Kyungpuk milliy universitetida tahsil olgan va doktorlik darajasini mazkur universitetda qo‘lga kiritgan.Professor Park xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan universitetlar va yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlarida qariyb 16 yillik akademik hamda ilmiy faoliyat tajribasiga ega. U Kaliforniya universitetining Devis va Berkli kampuslarida postdoktorlik tadqiqotlarini olib borgan, Janubiy Koreyaning Atom energetikasi ilmiy-tadqiqot institutida (KAERI) va Pohang fan va texnologiyalar universitetida (POSTECH) ilmiy xodim
    4,910571681Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    14 сент., 10:08

    #tayinlov Bexzod Egamberdiyev “Yangi O‘zbekiston” universitetining Agrotexnologiyalar maktabi dekan o‘rinbosari etib tayinlandiBexzod Egamberdiyev “Yangi O‘zbekiston” universitetining Agrotexnologiyalar maktabi dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.Bexzod Egamberdiyev moliya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini Toshkent davlat texnika universitetida, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti bo‘yicha magistrlik darajasini esa qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Germaniyaning Hohenheym universitetida qo‘lga kiritgan.Doktorlik tadqiqotlarini Germaniyaning Leybnits institutida (IAMO) olib borgan va qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha doktorlik darajasini nufuzli Martin Lyuter nomidagi Halle–Vittenberg universitetida qo‘lga kiritgan.Professor Egamberdiyevning ilmiy izlanishlari zamonaviy qishloq xo‘jaligining eng dolzarb masalalari —
    5,270281831Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    11 сент., 13:14

    G-LAMP International Workshop: Recent Research in Artificial Intelligence-Mathematics, Statistics, and ChemistryNew Uzbekistan University, in collaboration with Soongsil University, is organising the 2026 G-LAMP International Workshop for researchers, faculty members, and master’s and doctoral students working at the intersection of artificial intelligence, mathematics, statistics, and chemistry.The three-day workshop will bring together scholars from Korea, China, and Uzbekistan.The programme will feature lectures and practical sessions on the analysis of omics data using deep learning methods, statistics in non-Euclidean spaces, game-theoretic approaches to partial differential equations, machine learning for materials discovery, and the application of artificial intelligence to pure mathematics research.📌 The workshop will take place at New Uzbekistan University from October
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    11 сент., 11:51изменён

    🎓 85% ilmiy salohiyat -mintaqadagi eng kuchli akademik jamoalardan biri“Yangi O‘zbekiston” universitetida 2026/2027-o‘quv yilining ilk professor-o‘qituvchilar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Bugungi kunda universitetimizda 100 nafardan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ularning 60 nafardan ziyodi qariyb 20 mamlakatdan jalb etilgan xalqaro mutaxassislardir.Joriy o‘quv yilida jamoamiz safiga qo‘shilgan professorlar Massachusets texnologiya instituti, Kaliforniya universitetining Berkli kampusi, Pensilvaniya universiteti, Kornell universiteti va Vashington universiteti kabi dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan hamda faoliyat yuritgan.Professor-o‘qituvchilarimizning qariyb 85 foizi yuqori ilmiy salohiyatga ega. Boy xalqaro tajriba, chuqur bilim va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan intilish universitetimiz akademik jamoasini mintaqadagi eng kuchli jamoalardan
    6,98022521Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    11 сент., 06:39

    🎓 “Yangi O‘zbekiston” universitetida magistratura talabalari uchun Tanishtiruv kuniHurmatli 1-bosqich magistratura talabalari!Sizlarni “Yangi O‘zbekiston” universitetida 18-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan Tanishtiruv kuniga taklif qilamiz.Tanishtiruv kuni universitetning ta’lim va ilmiy muhiti, ichki tartib-qoidalari, mavjud imkoniyatlari hamda magistratura bosqichidagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun tashkil etiladi.Tadbir davomida siz universitet jamoasi bilan tanishib, yangi o‘quv yilini boshlash uchun zarur bo‘lgan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.Barcha 1-bosqich magistratura talabalarini Tanishtiruv kunida faol ishtirok etishga chorlaymiz!📩 Muhim eslatma: Magistratura talabalari uchun o‘quv jarayoni 21-sentabrdan boshlanadi. Tanishtiruv kuni dasturi, qo‘shimcha ma’lumotlar va keyingi xabarnomalar elektron pochta orqali yuboriladi. Shu sababli elektron
    6,660421171Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    10 сент., 11:59

    🎓 “Yangi O‘zbekiston” universitetida Tanishtiruv haftaligi jadal davom etmoqda!Tanishtiruv haftaligi davomida birinchi bosqich talabalari universitetning ta’lim muhiti, ichki tartib-qoidalari, mavjud imkoniyatlari hamda talabalik hayoti bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, ular universitet jamoasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvlar, mahorat darslari va sport o‘yinlarida faol ishtirok etmoqda.Bugun yangi talabalarimiz bilan suhbatlashib, ularning universitet haqidagi ilk taassurotlari, nima uchun aynan shu ta’lim yo‘nalishini tanlagani va talabalik hayotidan nimalarni kutayotgani haqida so‘radik.Ularning samimiy fikr va taassurotlarini ushbu videoda tomosha qilishingiz mumkin!🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram |
    6,250видео411163Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    8 сент., 09:31

    6,530361853Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    7 сент., 14:23

    Yangi o‘quv yili muborak, aziz talabalar!Universitetimizga ilk bor qadam qo‘yayotgan talabalar- universitetimizning katta va ahil jamoasiga xush kelibsiz! Bugundan hayotingizning bilim, izlanish va muhim qarorlarga boy yangi bosqichi boshlanmoqda. Bu yillar davomida siz nafaqat tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, balki mustaqil fikrlashni, mas’uliyatni o‘z zimmangizga olishni va g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etishni ham o‘rganasiz.Ta’limini davom ettirayotgan talabalarimizni universitetga qaytganlari bilan qutlaymiz. Siz orttirgan tajriba, erishgan natijalar va ilgari surayotgan tashabbuslar universitetimiz rivojida alohida o‘rin tutadi. Yangi o‘quv yili siz uchun yangi maqsadlar, ilmiy izlanishlar va yanada yuksak marralar sari muhim qadam bo‘lsin.“Yangi O‘zbekiston” universiteti sizga sifatli ta’lim olish, ilmiy izlanishlar olib borish, xalqaro
    7,550видео4223114Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    7 сент., 11:28

    “Yangi O‘zbekiston” universitetida Tanishtiruv haftaligi boshlandiBugun “Yangi O‘zbekiston” universitetida 1-bosqich talabalari uchun Tanishtiruv haftaligi boshlandi.Tanishtiruv haftaligining asosiy maqsadi yangi talabalarni universitetning akademik muhiti, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalari, mavjud imkoniyatlari va talabalar hayoti bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning yangi muhitga moslashishiga ko‘maklashishdan iborat.Haftalikning ilk kunida talabalar universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda universitetning asosiy departament va bo‘limlari vakillari bilan tanishdilar.Dastur davomida talabalar universitetning asosiy tuzilmalari, mavjud imkoniyatlari va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari bilan yaqindan tanishib, turli masalalarda tegishli yordam va ko‘mak olish imkoniyatlari haqida ma’lumot oladilar.🔁 English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖⬇️ Biz ijtimoiy
    7,470371099Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    6 сент., 06:39

    “Yangi O‘zbekiston” universitetida IDROCK akseleratsiya dasturi davom etmoqda!IDROCK akseleratsiya dasturi ishtirokchilarining loyihalariga bag‘ishlangan ruknimizni davom ettiramiz.Ushbu rukn orqali dastur ishtirokchilari o‘z startaplarining asosiy g‘oyasi, taklif etayotgan yechimi, maqsadi va rivojlanish istiqbollari haqida qisqa va lo‘nda hikoya qiladi. Har bir ishtirokchiga o‘z loyihasini taqdim etish uchun 30 soniya beriladi.Bugungi videoda navbatdagi ishtirokchi o‘z startapi qanday muammoni hal qilishga qaratilgani, ushbu muammo uchun qanday innovatsion yechim taklif etayotgani hamda loyiha kelajakda qanday natijalarga erishishni maqsad qilgani haqida so‘zlab beradi.Eslatib o‘tamiz, IDROCK akseleratsiya dasturi “Yangi O‘zbekiston” universiteti, “SQB-Ventures”, “TuronBank” va “Hayot Bank” hamkorligida tashkil etilgan. Dasturga saralangan ishtirokchilar 12 hafta davomida
    6,060видео22631Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    5 сент., 13:12

    “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Rektorlar maktabi”ga saralashning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi“Yangi O‘zbekiston” universitetida tashkil etilgan “Rektorlar maktabi” dasturiga nomzodlarni saralash jarayonining uchinchi bosqichi o‘tkazildi.Psixologik baholash jarayonida nomzodlarning rahbarlik faoliyati uchun muhim bo‘lgan individual-psixologik xususiyatlari, xususan, boshqaruvdagi ishonchlilik, bilim va o‘zgarishlarga ochiqlik hamda stressga chidamlilik darajasi o‘rganildi.Baholash nomzodlarning mas’uliyatlilik va o‘zini boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish, shuningdek, yuqori bosim sharoitida emotsional barqarorlikni saqlash kabi kompetensiyalarini aniqlashga qaratildi.Eslatib o‘tamiz, “Rektorlar maktabi” dasturi oliy ta’lim muassasalari uchun zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini egallagan, strategik fikrlash va liderlik
    6,3601484Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    4 сент., 13:42изменён

    “Yangi O‘zbekiston” universitetida tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) dasturlariga qabul“Yangi O‘zbekiston” universiteti tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) dasturlariga qabul jarayoni boshlanishini ma’lum qiladi.Ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar o‘zlari rejalashtirayotgan ilmiy tadqiqot loyihasini taqdim etishlari va himoya qilishlari lozim. Tadqiqot loyihasini tayyorlash, taqdim etish va baholash mezonlari tegishli uslubiy ko‘rsatmalar asosida belgilanadi.Qabul kvotalari, ustuvor ilmiy ixtisosliklar ro‘yxati, PhD va DSc darajalari uchun tadqiqot loyihasi taqdimoti namunalari hamda ularga qo‘yiladigan talablar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.Yuqori ilmiy natijalarga erishgan tayanch doktorantlarga xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida uch oygacha ilmiy
    5,8102374Открыть в Telegram
  • New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети

    3 сент., 12:52

    🎓 “Yangi O‘zbekiston” universitetida tanishtiruv haftaligiHurmatli 1-bosqich talabalari!Sizlarni “Yangi O‘zbekiston” universitetida 7–11-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Tanishtiruv haftaligiga taklif qilamiz.Tanishtiruv haftaligi — universitetning ta’lim muhiti, ichki tartib-qoidalari, imkoniyatlari va talabalik hayoti bilan yaqindan tanishish, shuningdek, yangi o‘quv yiliga moslashish uchun tashkil etiladigan muhim tadbirlardan biridir.Haftalik davomida siz universitet jamoasi va talabalar hayoti bilan yaqindan tanishib, yangi o‘quv yilini boshlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.Barcha 1-bosqich talabalarini Tanishtiruv haftaligida faol ishtirok etishga chorlaymiz! Universitet hayotidagi ilk qadamingizni birgalikda boshlaymiz.📩 Muhim eslatma: Tanishtiruv haftaligi dasturi, qo‘shimcha ma’lumotlar va keyingi xabarnomalar talabalarga elektron pochta orqali
    5,940561610Открыть в Telegram