Последние посты

Nodavlat oliygohlar
24 сент., 14:12
⚡️Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha mukofot puli beriladi🔰Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi qayd etilgan.➡️ Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.Maʼlumot uchun, hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming soʻmni tashkil qiladi.✔️ Yaʼni, pedagog va rahbar xodimlarga "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha miqdorida mukofot puli beriladi.✅@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Nodavlat oliygohlar
19 сент., 17:52
⚡️Rasman: Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; • oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; • oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.✅@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Nodavlat oliygohlar
16 сент., 13:39
⚡️Rasman: Tibbiyot yoʻnalishlariga oʻtish ballari oshiriladiPrezidentning 2026-yil 10-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son farmoni qabul qilindi.Farmonga koʻra, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmasevtika sohasida bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilanadi.Ya'ni ayni vaqtdagi mavjud minimal 56,7 oʻtish bali endilikda 113,4 ball etib belgilandi. Bundan kam miqdor toʻplaganlar hatto super-kontrakt ham qila olmaydilar.‼️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:▶️bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari,
Nodavlat oliygohlar
15 сент., 11:41изменён
⚠️ Nodavlat oliygohlarga oʻqishga kirgan san'atkorlar rostan ham oʻqishyaptimi?Bugun ayrim nodavlat oliygohlar reklama kampaniyalarida taniqli blogerlar, xonandalar, aktyorlar va boshqa mashhur shaxslardan foydalanib, “Men bilan birga talaba bo‘ling”, “Men ham shu universitetda o‘qiyman” kabi mazmundagi reklamalarga urg‘u bermoqda.Bunday reklama, aslida, oliygohning o‘zi haqida kutilmagan savollarni ham yuzaga chiqarishi mumkin.Masalan, ushbu mashhur shaxsning darslarga muntazam qatnashmasligi yoki o‘qishga vaqt ajrata olmasligi – bu oliygohda darsga kelmay ham diplom olish mumkinligini anglatadi. Bu “mashhur bo‘lsangiz, darsga kelmasangiz ham o‘qishingiz mumkin” degan tasavvurni shakllantiradi.Eng muhimi, oliygoh o‘z reklamasida ta’lim jarayoni va talabaning majburiyatlariga oid talablarni qanday aks ettirayotganiga e’tibor berishi kerak.Ta’lim — shunchaki diplom olish emas.
Nodavlat oliygohlar
14 сент., 17:07
переслано из @axmadjanoov
⚡️Davlat oliygohida oʻqigan yaxshimi yoki xususiy oliygohda? (Tahliliy maqola)Bugungi kunda odamlar orasida haligacha davlat oliygohida oʻqish kelajakni (diplomni) kafolatlaydi degan tushuncha bor. Xususiy oliygohlarga ishonch yoʻq, diplomi oʻtmay qolishi mumkin degan qoʻrquv sabab davlat oliygohining qandaydir keraksiz yoʻnalishiga oʻqishga kirib qolishsa ham oʻqiyverishadi.Aslida eng katta xato mana shu!Bugungi kunda davlat oliygohimi yoki xususiymi uning farq yoʻq. ENG KATTA MASALA TA'LIM YOʻNALISHIDA. Ayni vaqtdagi talabgir yoʻnalishlar Yurisprudensiya, tibbiyot, iqtisod va Filologiya. Soʻnggi yillarda mana shu yoʻnalishlarga talab oshib ketdi. Sababi bu sohalarga talab mavjudligi hamda turli tarmoqlarda ishlash imkoniyati.Avvalgi yillardagi talabgir boʻlgan Tarix, Milliy gʻoya, Pedagogika, Psixologiya kabi yoʻnalishlar esa deyarli oʻlib boʻldi. Sababi bu yoʻnalishlar ham
Nodavlat oliygohlar
12 сент., 18:37
⚡️Xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish faqat qonuniy test sinovlari orqali amalga oshiriladi!Xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasidagi davlat va nodavlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish (perevod) faqatgina belgilangan tartibdagi maxsus test sinovlari (yoki kasbiy/ijodiy imtihonlar) asosida amalga oshiriladi.Amaldagi qonunchilikda test sinovlarisiz o‘qishni ko‘chirishning hech qanday aylanma yoki norasmiy yo‘li mavjud emas.🚫 "Imtihonsiz ko‘chirib beramiz" yoki "100% kafolat beramiz" deya soxta va’dalar bilan fuqarolarning ishonchiga kirishga urinayotgan ayrim noqonuniy vositachilar hamda shubhali konsalting firmalarining tuzog‘iga tushib qolmang!✅@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Nodavlat oliygohlar
12 сент., 14:13изменён
#Mirziyoyev #Olmazor #talabalar #taqdimotPrezident Shavkat Mirziyoyevga talabalar shaharchasidagi yangi raqamli xavfsizlik tizimi taqdim etildiPrezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishish chogʻida talabalar shaharchasida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan yangi raqamli tizim bilan tanishdi.Talabalar shaharchasida tashkil etilgan vaziyatlar markazi orqali hududdagi holatni real vaqt rejimida kuzatish, turli maʼlumotlarni yagona tizimda jamlash va tezkor tahlil qilish imkoniyati yaratildi.✅@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Nodavlat oliygohlar
8 сент., 10:43изменён
⚡Davlat oliygohlari ham xususiylashtiriladiYirik davlat oliy ta’lim muassasalari va respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich tijoratlashtirish maqsadida ular xo‘jalik jamiyatlariga aylantiriladi hamda ularning faoliyatiga xususiy investorlar, jumladan, ustav kapitalidagi aksiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarish orqali jalb etiladi.Bunda davlat ulushining 51 foizdan kam bo‘lmagan qismi saqlab qolinadi. Oliy taʼlim muassasalarida esa korporativ boshqaruv tamoyillari joriy etiladi.Mazkur reja O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ham kiritib ketilgan.✅@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Nodavlat oliygohlar
8 сент., 08:32
📹 Kontrakt.edu.uz sayti orqali shartnoma rasmiylashtirish uchun videqoʻllanma.- Qo'llanmadan foydalaning, ariza yuboring, shartnomangizni oling.✅@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Nodavlat oliygohlar
4 сент., 12:36изменён
⚡️Super-kontrakt boʻyicha tanlov qanday qilinadi?✅Oʻqishga qabul qilinganlar uchun:Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin.Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi.✅Oʻqishga kirolmaganlar uchun:Agar sizda 5 ta yoʻnalishdan birortasiga ham oʻqishga kirolmagan boʻlsangiz, unda shu 5 ta yoʻnalishdan istalganiga super-kontrakt asosida oʻqishga kirish imkoningiz
Nodavlat oliygohlar
4 сент., 12:04
🎓 1 yil vaqtingizni yo'qotmagan holda talaba bo'ling!Siz hali ham o’qishga topshirmagan bo’lsangiz, Sarbon universitetida qabul jarayonlari yakunlanmoqda.🚀 Bugun hujjat topshiring va talabalik maqomiga ega bo‘ling!🎓 30 dan ziyod ta’lim yo‘nalishlari💰 Kontrakt narxlari 11 mln so‘mdan boshlanadi📌 Batafsil ma’lumot va qabul uchun: https://forms.amocrm.ru/rzttdrl📲 +998 55 588 33 81


Nodavlat oliygohlar
3 сент., 12:34
⚡️Rasman: Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.✅@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Nodavlat oliygohlar
2 сент., 13:26
⚡️Rasman: Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.✅@Nodavlat_oliygohlar – nodavlat oliygohlar haqida so'nggi ma'lumotlar bazasi
Nodavlat oliygohlar
1 сент., 12:43изменён
⚡️1-sentabrdan doktorantlar stipendiyasi qancha bo‘ladi?2026 yil 1-sentabrdan stipendiyalar 7 foizga oshiriladi. Yangi miqdorlar:▶️Stajyor-tadqiqotchi — 6 473 600 so‘m ◀️Tayanch doktorant (PhD) — 7 312 720 so‘m ▶️Doktorant (DSc) — 9 343 200 so‘m❗️2027 yildan esa yangi tartib PF–98-son Farmonga muvofiq, 2027-yilda ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan 1-kurs doktorantlariga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari to‘lanadi:◀️Tayanch doktorantura (PhD) — 12 431 624 so‘m ◀️Doktorantura (DSc) — 15 883 440 so‘m1,7 baravar oshirilgan stipendiya stajyor-tadqiqotchilarga tatbiq etilmaydi. Shuningdek, bu oshirish avvalgi yillarda qabul qilingan 2–3-kurs doktorantlariga emas, 2027-yilda ustuvor ixtisosliklarga yangi qabul


Nodavlat oliygohlar
28 авг., 07:14
⚡️Bugun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ariza topshirish yakunlanadi2026/2027-o‘quv yilida 80 ta oliy ta’lim muassasasidagi 31 808 ta vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov uchun ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan 28-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.Vakant o‘rinlarga ariza topshirish uchun my.uzbmb.uz saytining shaxsiy kabinetidagi “Vakant o‘rinlar uchun ariza berish” bo‘limidan foydalanish kerak.✅Qo‘shimcha tanlovda 2026/2027-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida qatnashib, kamida 56,7 ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar qatnashishi mumkin.Abituriyentlar fanlar majmuasi va ta’lim tili mos keladigan, vakant o‘rin mavjud bo‘lgan 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bunda oliy ta’lim muassasasi hamda ta’lim shakli — kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakllardan biriniBilim va malakalarni baholash agentligiBilim va malakalarni baholash agentligi
Nodavlat oliygohlar
28 авг., 06:01
📣 MUHIM E’LON!🎓 Turkiya va O‘zbekiston diplomini beruvchi ikki diplomli ta’lim dasturlariga IMTIHONSIZ QABUL!Xalqaro imtihon va sertifikatlardan belgilangan minimal natijaga ega abituriyentlar kirish imtihonisiz qabul qilinadi.Sertifikatga ega bo’lmagan abituriyentlar uchun 29-avgust so’nggi kirish test sinovlari bo’lib o’tadi.✅ Ta’lim dasturini tamomlagan bitiruvchilarga O’zbekiston hamda Turkiyaning davlat namunasidagi diplomi beriladi.Batafsil ma’lumot olish uchun murojaat qiling. 📩 @tdxuqabul 📲 +998-71-230-74-74


Nodavlat oliygohlar
26 авг., 17:39
⚡️Oʻqishni koʻchirish imtihonlaridan oʻtgan talabalar diqqatiga!Agar test sinovlarida belgilangan talabni bajargan va yetarli ball to‘plagan bo‘lsangiz, endi siz quyidagilarni bosqichma-bosqich bajaring:1⃣ Oʻqishingizni koʻchirgan oliygohga qoʻngʻiroq qiling va qachon borishingiz mumkinligini soʻrang;2⃣ Oliygoh rasmiylari aytgan sanada pasport, transkript hamda titul varagʻingiz bilan boring.3⃣ U yerda sizning fanlar farqingiz hisoblab beriladi va 1-kurs 1-semestrdan qarzdorligingiz bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agarda fanlar farqi haqida ma'lumot berishmasa, rasmiylardan fanlar-farqini hisoblab berishlarini soʻrang.4⃣ Agarda kursingiz pastlasa va shu sababli oʻqishni koʻchirishni istamasangiz bu haqida ularga ayting hamda hozirgi oʻqish joyingizda darslarga qatnashishda davom eting. (Kursi pasaysa, oʻqishini koʻchirishni istamaganlar uchun)5⃣ Shundan so‘ng oʻqishingiz
Nodavlat oliygohlar
26 авг., 14:21
⚡️ Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkinTo‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar kontraktni bir yil davomida 4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin:➡️25% — 1-kurslar 15-sentyabrgacha, yuqori kurslar 1-oktyabrgacha ➡️50% — 1-yanvargacha ➡️75% — 1-martgacha ➡️100% — 1-maygacha❗️Muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, boshqa holatlarda OTM rektori belgilaydi.🔰 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari va nodavlat oliygohlar kontrakt miqdori va muddatlarini o‘zlari belgilaydi.‼️Super-kontrakt uchun ham bo‘lib to‘lash mumkin, ammo avval 50% to‘lov amalga oshirilishi kerak.📝 Kontrakt to‘lovi bo‘yicha ariza kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi.✅@N
Nodavlat oliygohlar
25 авг., 10:12
#ApellatsiyaO‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda📝 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlaridan respublikadagi davlat va nodavlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalari qabul qilinmoqda.💼 Apellatsiya arizalari 27-avgustga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.✅ Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlashtirilmagan bo‘lishi lozim.📨 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.


Nodavlat oliygohlar
25 авг., 08:07
ISHLAYSIZMI? MASOFAVIY TA'LIM SHAKLIDA TAHSIL OLING!Ishlash yoki kundalik yumushlar sabab oliy ma’lumot olishni kechiktirmang.🎓 Sarbon Universitetida masofaviy ta’lim orqali o‘qib, kundalik hayotingizni to‘xtatmagan holda oliy ma’lumot olishingiz mumkin.📚 O‘zingizga qulay vaqtda ta’lim oling 💻 Masofadan turib o‘qing ⏰ Ish va o‘qishni birga olib boring 🎓 Oliy ma’lumotga ega bo‘lingBugun boshlagan ishingiz ertangi imkoniyatingiz bo‘lishi mumkin.👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.amocrm.ru/rzttdrlHoziroq ro‘yxatdan o‘ting va ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!📲 +998555883381

