gram news
Аватар канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

@nodavlattalim

— Respublikadagi davlat va nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalari bo'yicha tezkor xabarlar, foydali ma'lumotlar, huquqiy sharhlar sodda tilda. Murojaat: @nodavlatbot Hamkorlik: @nodavlattalimbot Instagram: instagram.com/nodavlattalim

ПроектыUZОбразование

245,000подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    23 сент., 19:41изменён

    ⚡️Rasman: Milliy sertifikat oʻrinlari endi cheklangan — yangi cheklovlar eʼlon qilindi!2026-yilning sentabr–dekabr oylari uchun jami 496 303 ta oʻrin ajratildi: 🗓 Sentabrda — 125 753 ta oʻrin 🗓 Oktabrda — 129 535 ta oʻrin 🗓 Noyabrda — 112 335 ta oʻrin 🗓 Dekabrda — 128 680 ta oʻrin📊 Shuningdek, endi imtihonlar soni ham koʻpaytirilib, 2025-yilning shu davridagi 11 ta oʻrniga 15 ta imtihon tashkil etiladi.⚖️ Agentlikning maʼlum qilishicha, mazkur cheklovlar infratuzilmaga tushayotgan yukni kamaytirish hamda natijalarni oʻz vaqtida eʼlon qilishni taʼminlash maqsadida joriy etildi.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    23 сент., 16:53изменён

    ⚡️Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha mukofot puli beriladi🔰 Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi qayd etilgan.➡️ Bunda mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.Maʼlumot uchun, hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oyiga 1 mln 360 ming soʻmni tashkil qiladi.✅ Yaʼni, pedagog va rahbar xodimlarga "1-oktyabr — O'qituvchi va murabbiylari kuni" munosabati bilan 1 mln 20 ming soʻmgacha miqdorida mukofot puli beriladi.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    23 сент., 11:40изменён

    ❓Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?📃O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.➖ o‘z xohishiga ko‘ra;➖ o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;➖ oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);➖ talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;➖ vafot etganligi sababli.📌Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    23 сент., 11:04

    🎓ABU RAYHON BERUNIY UNIVERSITETIDA QABUL 30-SENTYABR KUNI YAKUNLANADI!👍Abu Rayhon Beruniy universitetida bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirishingiz mumkin.BAKALAVRIAT -Yurisprudensiya -Iqtisodiyot -Tarix -Psixologiya -Filologiya va tillarni o‘qitish — ingliz tili, rus tili -Energetika muhandisligi — elektr ta’minoti, muqobil energiya manbalari -Jismoniy madaniyat -Boshlang‘ich ta’lim -Sport faoliyati -Axborot tizimlari va texnologiyalari -O‘simliklar himoyasi va karantiniMAGISTRATURA -Advokatlik faoliyati -Iqtisodiyot -Pedagogika -Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish📱Onlayn hujjat topshirish: 🌐 www.arbu-edu.uz 📞 Aloqa markazi: +998 55 903 70 07 Telegram: @arbu_adminsVaqtni boy bermang — qabul 30-sentyabr kuni yakunlanadi!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    22 сент., 10:25

    ⚡️Masofaviy ta'lim shakli mavjud xususiy universitetlar ro‘yxati e'lon qilindiNodavlattalim.uz tahririyati masofaviy ta'lim shaklida tahsil berish huquqiga ega xususiy universitetlar ro‘yxatini e'lon qildi.2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun quyidagi xususiy oliy ta'lim muassasalari masofaviy ta'lim shaklida talaba qabul qilish huquqiga ega.1️⃣. Buxoro xalqaro universiteti 2️⃣. International School of Finance Technology and Science (ISFT) 3️⃣. IT-Park University 4️⃣. Ma'mun universiteti 5️⃣. Osiyo xalqaro universiteti 6️⃣. Qo‘qon universiteti 7️⃣. Sarbon universiteti 8️⃣. Tashkent International University 9️⃣. Tashkent Metropolitan University 1️⃣0️⃣. TMC INSTITUTE⚠️ Eslatma: Har bir universitetda masofaviy ta'lim yo‘nalishlari soni turlicha. Ariza topshirishdan oldin o‘zingiz tanlagan yo‘nalishda masofaviy ta'lim mavjudligini albatta tekshirib chiqing.
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    22 сент., 09:52

    ⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq!🌏 Japan Digital University o'z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim etmoqda!Zamonaviy va eng talabgir yo'nalishlardan o'zingizga mosini tanlang:🛡 Kiberxavfsizlik; 💻 Muhandis-dasturchi; 🤖 Sun'iy intellekt; 🎨 Grafik dizayn va qo'shimchasiga hech bir oliygoh taklif etmagan imkoniyatlarga ega bo'ling!🌟 Endilikda universitetga kirish uchun yapon tilidan imtihon topshirish shart emas! 🌟 UZBMB (DTM) imtihon natijalari bilan hujjat topshirishingiz mumkin.📄 Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda!➡️HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN⚡️ Universitetga qabul jarayonlari haqida ma'lumot olish uchun onlayn seminarda qatnashing!
    Иллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalariИллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalariИллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalariИллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    22 сент., 08:23изменён

    ⚡️Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindiBiologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 26–30-sentyabr va 2–4-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:— 26- va 28-sentyabr kunlari biologiya fanidan; — 27–28-sentyabr kunlari kimyo fanidan; — 29–30-sentyabr kunlari fizika fanidan; — 2–4-oktyabr kunlari matematika fanidan.Har bir talabgor ushbu ma’lumotlarni o‘z ruxsatnomasidan ham ko‘rishi mumkin.Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta)
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    21 сент., 16:15изменён

    #Rasmiy_munosabat❗️Milliy sertifikat imtihonlariga muayyan hudud boʻyicha oʻtirish oʻrinlari soniga ro'yxatga olinadiSo‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda sertifikatlash tizimidagi imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda belgilangan limitlar yuzasidan turli fikr va mulohazalar bildirilmoqda. Mazkur masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:Ma’lumki, sertifikat imtihonlariga tashkiliy jihatdan sifatli, benuqson tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazishda adolat, shaffoflik va talabgorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish, natijalarni belgilangan muddatlarda e’lon qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining-2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan «Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.Aynan mazkur o‘zgartirishlarga muvofiq, test sinovlarini o‘tkazish joyi, muayyan
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    21 сент., 15:12изменён

    🤖 360$ LIK SUPER GEMINI AI PAKET — ATIGI 35.000 SO'MGA!🤖Oylik $20 to'lab yurishni unuting! 18 OYLIK to'liq obunani ulkan chegirma bilan qo'lga kiriting! 🎁Obunaga nimalar kiradi? 🟡🤖 Gemini Pro — matn yozish, tarjima qilish, dasturlash, tahlil va kundalik ishlar uchun kuchli AI yordamchi.⚡️ Antigravity — kod yozish, kodni tahlil qilish va murakkab dasturlash vazifalari uchun. ⚙️ Flow — AI yordamida video yaratish. 🎬 Har oy 1000 ta kredit beriladi. 😀 Nano Banana — rasmlar yaratish va ularni AI yordamida tahrirlash.
    Иллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalariИллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    21 сент., 11:10изменён

    Kerakli mas’ullar biz bilan bog‘lanishmoqda. Tez orada holat nazoratga olinsa kerak. Kuzatamiz.OTMga masalani hal etishi uchun biroz vaqt beramiz. Agar hal etilmasa, murojaatlarni e’lon qilish davom ettiriladi.📩 Murojaatlaringizni @nodavlatbot manziliga yuboring.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    21 сент., 09:37изменён

    O‘qishga kirish bor-u, ketish yo‘q!Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bu holat bugun yoki kecha paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Oliygohda avvaldan talabalarning o‘qishini ko‘chirib ketishiga nisbatan fobiya mavjud.Masalan, 2025-yilda ham tarmoqlarda aynan shunday murojaatlar ko‘p marta e’lon qilingach, rektor lavozimidan ozod etilgan edi. Biroq rektor ketgani bilan “talabani ketkazmaslik” sxemasi o‘zgarmagan ko‘rinadi.Xo‘p, nega bir necha yildan beri fuqarolarning huquqlari tinimsiz buzib kelinsa-yu, hech bir mas’ul idora chora ko‘rmayapti, deyishingiz mumkin.Buning sababini norasmiy manbalar ma’lum bir familiya sababli, deya izohlashadi. Yana bilmadik...🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    21 сент., 09:21изменён

    Talabalarni majburiy ushlab qolish bo‘yicha master-klass!Shunchaki talabaning hujjatlarini bermang. U vaqtida hujjatlarini olib bora olmagach, davlat universiteti ham qabul qilmaydi. So‘ng yana qaytib keladi.“Otangga bor, onangga bor...” 😐🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
    Иллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalariИллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    21 сент., 08:54

    #murojaatTERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI TALABALARIDAN NAVBATDAGI MUROJAAT! (4-QISM)“Yuqoridagi holat bo'yicha Termizda viloyat hokimiyati qoshidagi Xalq qabulxonasiga murojaat qildik. U yerda bizga: «Xususiy universitet faoliyatiga aralasha olmaymiz, sababi ular tadbirkor, biz tadbirkor faoliyatiga aralashmaymiz», — deb javob berishdi.Talab qilaverganimizdan so‘ng bir odam kelib, o‘zini TISU vakili deb tanishtirdi. Talaba testdan o‘tish balini olgan bo‘lsa, «Bu lotereya», ekanini aytdi.Hozirda bu oliygohdan ertaroq qochib qutilish uchun TDUda 1-kursning 2-semestrida o‘qishni davom ettirishga majbur bo‘lyapmiz.Bu talaba boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p farzandli oila farzandi. Akasi Chirchiq davlat universiteti talabasi. Otasi rahmatli olamdan o‘tgan. Qarib, pensioner buvisi va bir million oylik oladigan onasi bilan yashaydi.Bu holat perevodga yetarli ballarni olib,
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    21 сент., 08:35изменён

    ⚡️Perevod imtihonidan o‘tgan talabalarni qanday sun’iy ushlab qolish mumkin?Hammasi oddiy: tegishli hujjatlarini so‘rab kelgan talabani “otangga bor, onangga bor” deya sarson qilinadi.Hujjatlarni o‘qishini ko‘chirgan OTMga yetkazish muddati o‘tgach esa, talaba ilojsiz o‘sha “sevimli” xususiy universitetida o‘qiyveradi.Holat yuzasidan murojaatlaringizni @nodavlatbot manziliga yuborishingiz mumkin.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
    Иллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalariИллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    21 сент., 08:23

    #murojaatXususiy Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘qishini boshqa OTMlarga ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalarni baholarini qo‘yib bermay, sun’iy ravishda ushlab qolayotgani aytilmoqda. (3-QISM)Bizga kelgan video materiallarga nazar tashlasak, bu bir nechta emas, balki o‘nlab talabalarning keskin noroziliklarini ko‘rish mumkin.Tegishli idora va vazirliklardan talabalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishlarini so‘rab qolamiz.Holat yuzasidan murojaatlaringizni @nodavlatbot manziliga yuborishingiz mumkin.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    21 сент., 08:00изменён

    #murojaatTermiz iqtisod va servis universitetida murojaatchilar rahbarlardan javob olish uchun mashina ortidan yugurishga majbur bo‘lmoqda, deyishmoqda. (2-QISM)Tahririyatimizga kelib tushgan murojaatda aytilishicha, universitet rahbarlari murojaatchilarga mashinada o‘tirgan holatda javob berib, so‘ngra hududni tark etgan.Albatta, “ketayotgan rahbarning yo‘lini murojaatchilar to‘sib qo‘ygan bo‘lishi mumkin”, degan fikr bildirilishi tabiiy.Ammo boshqa tomondan, shuncha fuqaro o‘z muammosiga javob izlab kelgan ekan, nega mas’ul shaxs to‘xtab, ularning murojaatini tinglash va masalani hal qilishga harakat qilish o‘rniga ketib qoldi? — degan savol ham o‘rinli.Holat yuzasidan murojaatlaringizni @nodavlatbot manziliga yuborishingiz mumkin.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    20 сент., 20:06изменён

    #murojaat❗️TALABALAR NIMADAN NOROZI? (1-QISM)Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tahsil olayotgan bir nechta talabalardan murojaatlar kelib tushmoqda.Murojaatda aytilishicha, talabalar o‘qishini Termiz davlat universitetiga ko‘chirishgan. Shuningdek, ular belgilangan qayta topshirish imtihonlaridan ham o‘tishgan.Biroq talabalarning ta’kidlashicha, ular bir haftadan buyon qayta topshirish natijalarini baholatish uchun universitetga qatnab kelishmoqda. Ammo ayrim o‘qituvchilar tomonidan ularning baholari hali ham qo‘yib berilmayotgani aytilmoqda.Murojaatchilardan birining yaqinlari esa quyidagicha yozgan: «Universitetda domlalar juda ko‘plab talabalarning bahosini qo‘yib bermayapti. Yaxshi o‘qigan o‘quvchini bir sessiyada beshta fandan ham yiqitish mumkinmi?! Qizim yaxshi o‘qimasa ham mayli edi. Iltimos, shu muammoni hal qilishda yordam bering!»Murojaat ko'pligi
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    19 сент., 17:47изменён

    #rasman⚡️Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15-oktyabrgacha uzaytirildi2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.Bu muddat:➖ bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar; ➖ oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar; ➖ oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.15-oktyabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    19 сент., 16:23изменён

    ⚡️Masofaviy ta’lim shakli yomonmi yoki yaxshi?Masofaviy ta’lim shakli davlat standartlari bo‘yicha tashkil etilsa, kunduzgi ta’lim shaklidan sifat jihatidan katta farq qilmasligi mumkin. Bunda talabaning shaxsiy o‘zlashtirish qobiliyatiga ham bog‘liq.Biroq bir universitet qabul qilayotgan talabalarining katta qismini masofaviy ta’lim shakliga qabul qilsa, bu qonunchilik talablari buzilishi hisoblanadi. Va qachondir shu sababli litsenziyasi bekor qilinishini istisno etib bo‘lmaydi.Maqsadi soqqa qilish bo‘lmagan universitetlar davlat standarti bo‘yicha kunduzgi talabalarning 50 foizi miqdorida boshqa ta’lim shakllariga talaba qabul qiladi.🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
  • Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

    19 сент., 12:14изменён

    ⚡️Ayrim bir xususiy universitetlar talabasi ketib qolmasligi uchun har qanday ishni qiladi.Shuning uchun to'g'ri universitet tanlang!🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
    Иллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalariИллюстрация к посту канала Nodavlat oliy ta'lim muassasalari