gram news
Аватар канала Nofalsafiy fikrlar (20+)

Nofalsafiy fikrlar (20+)

@nofalsafiy

Faqat fikrlashamiz! Murojaat: @Farhod_Azamov - "5 ta kam" jurnalist(ish boʻlsa yozinglar, ishsiz ham hozirda), kinomen, 82 foizli "romantik" Kino haqida - @bobilkinoteatri

ПроектыUZРазное

2,400подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    7 сент., 11:53

    переслано из @daryo_lotin

    “Yashash-shin Ishtalin!” Muhammad Yusufning sovet senzurasini dovdiratgan asariQatʼiy senzuradan oʻtib, qonxoʻr dohiyni bitta satrda qanday tasvirlash mumkin? Nega uning mashhur sheʼri yillar davomida sahnada quloqqa qiyshiq kuylanib kelindi? “Uloqni doim olib ketgan” ijodkorning shuhrat ortidagi yashirin jangi va sirlari qanday edi? Yurak xuruji sabab minbardayoq jon bergan shoir o‘limi haqida oldindan bilganmidi? Ushbu savollarga quyidagi maqolada javob topamiz.Batafsil — https://daryo.uz/mgObnQwvg👉 Obuna bo'ling — @daryo_lotin
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    21 авг., 08:11изменён

    Ignorantia juris non excusat.Inson bu dunyoga kelgan lahzadanoq har bir harakati uchun o‘zi javobgar - SartrOxirgi haftaning eng katta xabarlaridan biri - Lindsay Clancy sudi haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Eshitmagan boʻlsangiz, keling aytib beraman. Lindsay Clancy - 2023-yil yanvarida oʻzining 3 ta bolasini oʻldirishda ayblanib hibsga olingan anerikalik ayol. Unda tugʻruqdan keyingi ruhiy buzilish orqali depressiya paydo boʻlgan, uyqusizlik, kayfiyat buzilishi, qisqasi shular oqibatida, u 5 yoshli, 3 yoshli va 8 oylik bolalarini boʻynini sindirib oʻldirgan, oʻzini ham oʻldirmoqchi boʻlgan ammo ikkinchi qavatdan sakrash bunga yetarli boʻlmagan. Ushbu ish ustidan sud jarayonlari 3 yil davom etdi va bilasizmi nima, oxirida u aybsiz deb topildi. U qotil emas, kasal ekan.Keling uni kasallik tarixini oʻrganib chiqamiz - u 2020-yilda ikkinchi farzandini dunyoga keltirgach,
    1,650156631Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    23 июн., 20:33

    ​​Madrid shahrida tugʻilib, odamlar Atletiko yoki Realga emas, Xetafega muxlislik qilishini, butun umr oʻrtamiyona jamoa boʻlib turib ham, undan hech qachon voz kechmasligini koʻramiz. Buni sababi oddiy, chunki bu sen tugʻilib oʻsgan joyning jamoasi, qachonlardir faqat shu mahalla bollari oʻynagan klubda, hozir ham bolalar shu klub akademiyasiga boradi. Oʻzingnikida qisqasi.Jahon chempionatida Oʻzbekistonga muxlislik qilish ham shunaqa, birinchi marta chiqdi, chempion boʻla olmasligini bilasan, ehtimol hamma oʻyinda magʻlub boʻlar, baribir unga muxlislik qilaverasan, chunki u Vatan jamoasi, chunki bu oʻzingnikilar, ular seni nomingdan qatnashmoqda chempionatda. Har bir outga tepib yuborilgan toʻpni golday nishonlaysan. Gol ursa bormi, ayni lahzada dunyoda sendan baxtli odam yoʻq, boshqa hech qayerda olish mumkin boʻlmagan hissiyotlarni olasan. Yutqazsa xafa boʻlasan, televizoringni
    3,6801410651Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    20 апр., 05:09

    Bitta kinoda koʻrdim, unda kollejga ketishdan oldin qahramon oʻzidan katta kishidan, qanday qilib odamlar meni yoqtirib qolishlariga erisha olaman, deb soʻraydi. Javob shunday edi, odamlar bilan gaplash, ulardan oʻzlari haqida, ularning qiziqishlari haqida soʻra, buni oʻzingni gapirish navbatingni kutish uchun emas, ularga chin dildan qiziqqaningdan bajar, tinglashni oʻrgan.Mana shu narsa aslida juda koʻp muammolarni yechsa kerak, chunki juda koʻpchilikda tinglash madaniyati yoʻq, ular faqat gapirishni istashadi. Ozgina "balandparvoz" tuyulishi mumkin, lekin man oʻylaymanki agarda shunchaki oʻtirib chin dildan gaplashib olinganda edi, juda koʻp urushlar boʻlmagan boʻlar edi. Bu narsa har qanday muammoni yechishi mumkin deb hisoblayman, oiladagi kichik janjaldan tortib, xalqaro ishlargacha, bor yoʻgʻi oʻtirib gaplashish va eng muhimi narigi tomonni tinglash kerak.Shaxsiy xohishlar,
    4,8303573311Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    28 февр., 05:48

    "Captain Fantastic"(2016) filmidan ota va 15 yoshli qizi oʻrtasida shunday suhbat kechadi:- Nima oʻqiyapsan? - Lolita - Men bu kitobni oʻqishni aytmagandimku? - Men jadvaldan oldinlab ketdim. - Xoʻsh, fikrlar? - Qiziq ekan. - Qiziq - bu safsata degani, buni ishlatmasliging kerak, aniqroq gapir. - Bu odamni oʻylantirib qoʻyadi. - Yanada aniqroq - Oʻqisam boʻladimi?! - Faqat hozirgacha boʻlgan oʻqiganlaringdan xulosangni aytsang. - Xoʻsh, bunda bir 12 yoshli qizni sevib qolgan qari odam tasvirlanadi. - Bu syujet, xulosa emas. - Xoʻsh, bu oʻsha odamning tilidan yozilgan, siz oʻqib uni hissiyotlarini tushunasiz va biroz unga nisbatan simpatiya uygʻonadi. Bir tomondan bu juda zoʻr, chunki oʻylab koʻrilsa aslida u pedofil, lekin uning sevgisi ham goʻzal. Ammo ana shu bizni aldaydi, chunki u aybdor odam. U qari va umuman olganda yosh qizni zoʻrlaydi. Bularni hammasi meni undan
    5,7903321532Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    18 февр., 14:41

    @nofalsafiy
    5,750551153Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    14 февр., 05:55

    Yaqinda bir tanishim, oʻz blogida kursdoshi oʻz joniga qasd qilgani haqida yozgan edi. Oʻsha paytda tezda oʻtkazib yubordim, lekin 3-4 soatdan keyin qaytib, uni rasmlariga qaradim, hammasi joyida edi suratda, kulib turgan yuzlar. Sababi nima ekanligini bilmayman, lekin uni ustidan hukm chiqarish ham menga emas deb hisoblayman.Kecha koʻpchilikdan shu haqida soʻragandim, nima odamni oʻzida bor eng qadrli narsa - hayotidan kechishga majbur qila oladi? Har xil javoblar. Meni javobim esa - nafrat. Qachonki barcha narsani oʻrni nafratga almashganda, senda boshqa tanlov qolmaydi goʻyo. Atrofga boʻlgan, odamlarga boʻlgan, qilayotgan ishing, yeydigan ovqating, oʻzingga boʻlgan nafrat. Men har doim qoʻrqadigan narsa, barcha narsani bir kuni yomon koʻrib qolishim. Hech narsa menga avvalgidek quvonch bermay qoʻyishi. Shunday lahzalarda bizni qutqaradigan kuch - muhabbat.Shu uchun bir narsani
    5,2804375111Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    8 февр., 12:49

    2026 yilda ham oʻqishga kirgani bilan maqtanishyapti ekan. Allaqachon obroʻyi qomagan deb oʻylardim, unaqa emasga oʻxshaydi.Va albatta qonun ustuvorligi (ustunligi emas) uchun yuristlarga rahmat aytishni unutmang.@nofalsafiy
    4,30046922Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    7 февр., 02:22

    Hayotning maʼnosi nima? Agar 50 yilcha oldin qilingan xulosaga ishonsak, hayoting maʼnosi bu - 42. Nega ekanligini oʻzim ham toʻliq tushunmasam ham, super kompyuter shunday degan, ishonamanda albatta. Yoki siz boshqa narsaga ishonasizmi? Mana shu ishonchgina men va qoʻshnim Ulugʻbek aka oʻrtasidagi farqni belgilab beradi, bizning bugun hayotimiz aslida nimaga ishonishimizga bogʻliq narsa.XXI asrda barchasi oʻzgarib ketdi, endi odam oʻzi xohlagan narsasiga ishona oladi, oʻzi xohlagan dinga eʼtiqod qiladi yoki umuman hech qaysi biriga ishonmaydi, oʻzi istagan ish bilan shugʻullanadi, bu yoqmasa 2 oydan keyin oʻzgartiradi, buyam yoqmasa yana boshqasiga oʻta oladi, restoranga kirib ovqat tanlashga 1 soat vaqtini sarflaydi, Toshkent osh yoki Samarqand osh, buni ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak axir. Deyarli barcha konstitutsiyalarda eng muhim qonun deb "soʻz huquqi" aytiladi, lekin men
    3,5501676Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    4 янв., 10:34

    переслано из @neomind1

    Юқори муваффақиятга эришган катталар камдан-кам ҳолларда болаликдаги вундеркиндлар бўлган экан. Яъни фақат маълум бир соҳада жуда кучли бўлишмаганЯқинда эълон қилинган тадқиқотга кўра, масалан, халқаро шахмат усталари, Олимпия олтин медали соҳиблари ва Нобел мукофоти лауреатлари камдан-кам ҳолларда болаликда вундеркинд бўлган. Шунингдек, болаликдаги фақат бир соҳа бўйича интенсив машқлар ва эрта муваффақиятлар улғайгандан кейин глобал даражадаги энг юқори ютуқларга олиб келмас эканТадқиқот 19 та илмий ишни таҳлил қилган бўлиб, унда 35 мингга яқин юқори даражадаги муваффақиятли одамлар (Олимпия чемпионлари, Нобел лауреатлари, дунёнинг энг яхши 10 шахматчиси, машҳур классик мусиқа бастакорлари ва бошқа соҳалардаги лидерлар) ҳаёт тарихи ўрганилган.Жаҳон даражасидаги муваффақиятга эришганлар болаликда кўп турли фаолият билан шуғулланишган, аста-секин ўзига энг мос келган соҳани топган
    New ScientistHigh-achieving adults rarely began as child prodigies | New ScientistIt's easy to assume that the most talented adults among us were once gifted children, but it turns out that talent during childhood is no guide to later success
    3,5401154Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    4 дек. 2025 г., 16:13

    переслано из @bobil_kutubxonasi

    Buyuk tarix deb ko'ksiga urganlarni tushunmay boryapman. To'g'rirog'i, chidolmayapman aslida. Albatta buguni rasvo, kelajagi qorong'u bo'lgach odam o'tmishni madh etaveradi, lekin baribir...Masalan, Amir Temur davrini olaylik. U paytda tug'ilsam, katta ehtimol bilan o'n olti yoshimdayoq Temurning egosi va bola-chaqasi boy yashasin, xotinlari dur javohirga belanib yursin, deb urushga ketardim. Xudo saqlab tirik qaytadigan bo'lsam, Samarqanddagi qaysidir masjidda hashar nomi bilan tekin ishlardim. Hayotim Temurni qiziqtirmasdi. Masalan, tarix darsida qaysidir xonning saltanatiga dushman hujum qilganini o'qigandik. Xon shunchalar xudbin ekanki, qarorgoh tinch bo'lsa bo'ldi, derkan. Uzr, lekin bu hamma monarhlarning umumiy odati emasmi? Nega o'roqda yo'q moshoqda yo'q Shohruh uchun shahar quriladiyu men o'lib ketaveraman?Eng yomoni, xalq O'zini Temurning avlodi deb o'ylashi. Bobong
    4,0192694Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    18 нояб. 2025 г., 18:24

    Oʻtgan yilgi Inbazar voqeasi esinglardami? Oʻshanda oʻz xodimiga qoʻl koʻtargan boshliq barcha tomonidan birday qoralagan, nafaqat u, bu ishni oqlashga harakat qilganlarni ham obroʻyi birdan tushgan, brend uchun qora kunlar boshlanib, unga boykotlar yomgʻiri yogʻdirilgan edi. Nega buni esladim, chunki bugun ham shunday voqea yuz berdi.Murabbiy - bu jamoaning eng muhim mexanizmi, uning motori, uning toʻgʻri ishlashi jamoaning faoliyatini belgilab beradi. Ha, Ismoilov yaxshi murabbiydir balki, ha u jamoani shu pogʻonagacha olib kelgani rost, bunda hammadan koʻp uning mehnati bor. Lekin soʻnggi ish bu notoʻgʻri, oldingilari ishlari bilan buni oqlab boʻlmaydi. Eng bosiq boʻlishi kerak boʻlgan odamni oʻzi qizishib ketyapti. Uning matbuot anjumanida chiqib aybni yigitlarga toʻnkab, qilgan ishini toʻgʻri deb turishi ham vaziyatni faqat va faqat yomonlashtiradi. Eng yaxshi murabbiy - barcha
    4,20013533Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    14 нояб. 2025 г., 15:19

    Kichkinaligimda dadam doim, oʻgʻil bolasan yigʻlama, deb aytardilar. Lekin hech qachon bu gaplarini qimaganman, chunki men, yigʻlash bu odamga "inson" ekanligini eslatib turadigan eng yaxshi narsa deb hisoblardim. Oʻylab qarasam, hech qachon ogʻriqdan yigʻlamagan ekanim, har doim qandaydir voqeadan keyin koʻzim yoshlanib ketardi. Bu qaygʻuli yoki quvonchli boʻlishi shart emas, nimadirni vujudim bilan his qilsam, tanam ham, yuragimga ham bunga yigʻi bilan reaksiya qiladi: 8 sinfda oʻzim qilmagan ishni boʻynimga qoʻyishgani uchun ustozim koʻziga 10 soniya qarab turib yigʻlab yuborganim, har safar Endi Shoushendan chiqib yomgʻirga xuddi iltijo qilayotgandek qaragandagi koʻzimdan chiqadigan yoshlar, olimpiadada birinchi oʻrinni olishim bilan hammadan qochib chetga chiqib yigʻlab yuborganim, har safar Remarkni oxirida oʻldirishini bilsamda, lekin oxirigacha oʻqib baribir yigʻlab yuborishim.
    4,2202611552Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    9 нояб. 2025 г., 16:06

    @nofalsafiy
    3,760видео31Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    1 нояб. 2025 г., 13:09

    Muhabbat haqida minglab qoʻshiqlar bor, lekin bunisi oʻzgacha, ehtimol muhabbatning madhiyasi shudir.@nofalsafiy
    3,890файл933Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    25 окт. 2025 г., 16:51

    Eng ogʻiri - oʻzingning kimligingni anglolmay qolish ekan. Men kimman? Kim uchundir farzand, kim uchundir umr yoʻldosh, kim uchundir nevara, kimnidir doʻsti va kimnidir dushmani. Lekin oʻzim uchun kimman? Bir kuni qarasa qandaydir "jurnalist", ertasiga "kinochi", kecha yurist edim, ertaga kim boʻlaman? Mana shu savol kechalari uxlashga bermayapti.Men yaqingacha oʻzimni mustaqil fikriga ega, oʻzini tushungan, istaklari uchun yashayotgan odam deb bilar, oʻzimcha bundan gʻururlanib ham qoʻyardim. Lekin bugun oʻzimga bergan savollarimga javob topa olmagach, bundan maksimal qochadigan odamga aylanib ulgurdim. Men nimani istayman, nimaga yashayapman, kimman, kim boʻlmoqchiman? Ortiq bulardan qochishga madorim qolmadi.Nega bularni bu yerga yozyapman, nega allaqachon umidimni uzgan kanalimga nimadir tashlayapman, odamlar menga achinishini xohlayapmanmi? Axir oʻzim emasmi har doim gapirishga
    4,6602099431Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    11 сент. 2025 г., 14:08

    переслано из @bobilkinoteatri

    #kinotavsiyaBugun koʻrish uchun eng yaxshi film - "Fahrenheit 9/11". Bu kunda tarixdagi eng katta teraklardan biri sodir boʻlgan, 3000 dan ortiq odam halok boʻlgan. Film aynan ushbu mavzuda, yanayam aniqroq aytganda, Prezident Bush va uning hokimiyatining ushbu voqea bilan "aloqalari"ni tahlil qiladi, aslida bu uyushtirilgan deb aytishlarini asl sababini va rostdan ham shunday yoki yoʻqligini soʻzlab beradi. Filmni yaxshi ekanligini yana bir isboti, u Kann festivalida Palm d'or(eng yaxshi film) yutgan kam sonli hujjatli filmlardan biri hisoblanadi.@bobilkinoteatri
    4,720854Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    8 сент. 2025 г., 17:25

    Yaqinda kitoblarni titkilab turib, dunyo faylasuflari degan kitobni topib oldim. Unda Demokratning quyidagi fikriga koʻzim tushdi: "Menga shohona, hashamatli hayot kerak emas, qashshoqlikda ham yashashni istamayman, menga oʻzimning oʻrtacha hayotim maʼqul".Oʻylab koʻrsa rostdan ham oʻrtacha hayot tarzi yaxshiroq. Hech qachon abadiy baxtli boʻlishing iloji yoʻq, chunki unda buning taʼmi yoʻqolishi boshlaydi, umrbod azobda ham yashab boʻlmaydi. Lekin doimo oʻrtacha hayotda yashasa boʻladi, yeganim oldimda, yemaganim ortimda, degan naql bilan.@nofalsafiy
    4,3002785Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    19 авг. 2025 г., 05:41

    Masalan, internet, zamonaviy telefon, qurilmalar, umuman raqamli dunyoning rivojlanishi bizga anchagina qimmatga tushdi. Toʻgʻri, bu odamzodga juda katta erkinlik yaratgan boʻlishi mumkin, lekin minuslari ham yetarlicha. Tadqiqotlar haqida unchalik bilmayman, shunchaki oʻzimni koʻrganlarimdan aytmoqchiman.Eslaysilarmi, avvallari bizning xotiramiz qanaqa edi, 10-15 yil avval qancha odamni raqamini yoddan bilardik, umuman hujjatlar, sanalar. Endichi, endi hammasi onlaynda bor, ularni eslab qolish nima kerak, yaxshisi miyani koʻproq vayn bilan toʻldirishi kerak. Xuddi shunday, oldinlari biror joyga borishni uyoqda tursin, katta sayohatlarga ham xotira bilan ketilgan. 2010 yil boshlarida boshqa mahallalarn, boshqa tumanlardan piyoda mol olib kelardik, hech qanaqa xaritalarsiz. Hozir uyimni orqasidagi korzinkaga ham lokatsiyasiz borolmayman.Oxirgi marta qachon sheʼr yodlaganim esimda ham
    5,360231072Открыть в Telegram
  • Nofalsafiy fikrlar (20+)

    13 авг. 2025 г., 05:38

    переслано из @therealniyozov

    ​Nega erkaklar o‘nglarga, ayollar esa so‘llarga ovoz beradi?Demokratik mamlakatlarda qiziqarli bir tendensiya kuzatiladi: yosh ayollar odatda so‘l siyosatga moyil bo‘lsa, yosh erkaklar o‘ng siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu nima sababdan yuz beradi?Buning bir nechta izohi bor:1. Tenglik paradoksi. Psixologiyadagi ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkak va ayol o‘rtasida tenglik oshgan sari ularning xulq-atvori va qarashlaridagi farqlar ham ortadi. Bu kasb tanlashda, shaxsiy xususiyatlarda, jinsiy munosabatlarda va boshqa ko‘plab sohalarda namoyon bo‘ladi. Albatta, bu siyosiy qarashlarga ham taalluqlidir. Ko‘proq patriarxal jamiyatlarda erkaklar ayollarga o‘z qarashlarini singdiradi. Jamiyat tenglashganda esa ayollar o‘zlariga haqiqatan ham yaqin bo‘lgan pozitsiyalarni erkin tanlay boshlaydi. AQShdagi so‘rovlar ayollarning migratsiya, abort, militarizm va yadro quroli kabi
    4,1201144Открыть в Telegram