Последние посты

Nurobod tumani hokimligi
25 сент., 10:15
E’LON!Shu yilning 26-sentabr kuni soat 08:00 dan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat Sudi raisining o‘rinbosari - fuqarolik sudlov hay'ati raisi O.Xasanov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bozorov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Xaydarovlar ishtirokida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etadi.Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa sayyor qabulda murojaat qilishingiz mumkin.Agarda sayyor qabulga kelish imkoniyatingiz bo‘lmasa t.me/samhokimgamurojaat_bot orqali onlayn murojaat yo‘llashingiz mumkin.📅 Sana: 26-sentabr. 📍Manzil: Kattaqo'rg'on shahar Go'zalkent mahallasi Miyonkol ko'chasi 82-uy📞 Malumot uchun telefonlar: +998 66 229 10 00✅@nur_press


Nurobod tumani hokimligi
25 сент., 09:54
Pensiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar mazmun-mohiyati tushuntirildiNurobod tumani Madaniyat bo‘limi xodimlari ishtirokida pensiya tizimini takomillashtirish, sohadagi yangiliklar hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Unda Nurobod tumani Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i va mutaxassislari tomonidan Farmon loyihasida pensiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan muhim takliflar haqida batafsil ma’lumot berildi.Tadbir davomida pensiya ta’minoti sohasidagi huquqiy tushunchalar xodimlarga oddiy, aniq va tushunarli tilda tushuntirildi. Shuningdek, fuqarolarning pensiya sohasidagi o‘z huquq va manfaatlarini bilishi muhimligi alohida ta’kidlandi.Uchrashuv yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha va asosli javoblar berildi. Tadbir ishtirokchilariga pensiya tizimidagi yangiliklar haqida ma’lumot beruvchi flayerlar ham tarqatildi.Nurobod tumani Pensiya jamg‘armasi bo‘limi✅@nur_press




Nurobod tumani hokimligi
25 сент., 08:50
Har bir murojaat ortida inson taqdiri borFuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarga qonuniy va adolatli yechim topish — davlat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.Shu maqsadda Nurobod tumani Xalq qabulxonasida navbatdagi hokim qabuli o‘tkazildi. Tuman hokimi Maxsud Buranov boshchiligida tashkil etilgan qabulda tuman prokurori J.Abdixakimov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i M.Erkinov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda murojaat bilan kelgan fuqarolar ishtirok etdi.Qabul davomida har bir murojaatga individual yondashilib, fuqarolarning taklif va muammolari batafsil tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarning yechimi tegishli mutasaddilar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.Murojaatlarda ijtimoiy himoya, bandlik, tibbiy xizmat, kadastr va mulk huquqi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi aholi uchun muhim bo‘lgan masalalar o‘rtaga tashlandi.Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriq va vazifalar berilib, ijro muddatlari hamda mas’ullar belgilandi. Ayrim masalalar esa qabul jarayonining o‘zidayoq amaliy yechimini topdi.Shuningdek, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslari, yangi ish o‘rinlari yaratish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish va oilalar daromadini oshirishga qaratilgan takliflari ham alohida ko‘rib chiqildi.Nurobod tumanida fuqarolar bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, murojaatlarni e’tiborsiz qoldirmaslik hamda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.✅@nur_press




Nurobod tumani hokimligi
25 сент., 06:30
#mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi❗️ 15-oktabr — mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashning oxirgi kuni!📲 2026-yil uchun hisoblangan soliqlarni "Soliq" mobil ilovasi orqali tekshiring va to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!Soliqni vaqtida to‘lang — xotirjamlikni tanlang!✅@nur_press
1,760Открыть в Telegram
Nurobod tumani hokimligi
24 сент., 14:29
Qurilishda sifat, muddat va qonuniylik — asosiy mezonBugun Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov rahbarligida mas’ullar ishtirokida tumanda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari holatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilishda tumanda ayni paytda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, loyihalarning ijrosi hamda obyektlarda ishlarning belgilangan talablar asosida tashkil etilishi atroflicha tahlil qilindi.Xususan, qurilish obyektlarida ishlarning tasdiqlangan loyiha hujjatlari va amaldagi qurilish me’yorlari asosida olib borilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, ishlarning texnologik ketma-ketligi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi, shuningdek, obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Yig‘ilishda mahallalarda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar ham muhokama qilindi.Bugungi kunda Nurbuloq, Ulus, Xalqobod, Sarikul va Mash’al mahallalarida jami 5 ta loyiha bo‘yicha qurilish tashkilotlari aniqlanib, tegishli qurilish ishlari olib borilmoqda.Mazkur loyihalar doirasida hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlarni sifatli tashkil etish muhimligi qayd etildi.“Og‘ir” toifadagi mahallalarda ham ishlar davom etmoqda Shuningdek, tumandagi “og‘ir” toifadagi Tepaqul, Saroy, Mehnatkash, Navbahor, Girdiqo‘rg‘on, Oltinsoy va Ag‘ron mahallalarida jami 7 ta loyiha bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi.Yig‘ilish davomida ushbu obyektlarda ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda qurilish jarayonlari ustidan tegishli nazoratni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.Shuningdek, qurilish jarayonida qonuniylik, sifat va muddat masalalariga qat’iy rioya etish, byudjet va boshqa mablag‘lardan samarali foydalanish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarning yakuniy natijasi, avvalo, aholi manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi alohida qayd etildi.✅@nur_press




Nurobod tumani hokimligi
24 сент., 14:04
Nurobod tuman IIB xodimlarining jismoniy tayyorgarligi sinovdan o‘tkazildiBugun Nurobod tumani IIB xodimlari hamda tuman IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati shaxsiy tarkibining joriy o‘quv yili yakuni bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik sinovlari qabul qilindi.Sinovlar davomida xodimlarning belgilangan jismoniy tayyorgarlik me’yorlarini bajarish darajasi baholandi. Shuningdek, xodimlarning tana vazni ko‘rsatkichlari belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.Mazkur sinovlar ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat vazifalarini samarali va professional darajada bajarishi uchun zarur bo‘lgan jismoniy tayyorgarlikni muntazam oshirib borish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish hamda xizmat intizomini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.Sinov jarayonlarida belgilangan tartib va me’yoriy talablarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.✅@nur_press


1,710Открыть в Telegram
Nurobod tumani hokimligi
23 сент., 14:08
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildiBugun Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov mas’ullar ishtirokida hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan tanishib, ularni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini aniqlash va qonuniy hal etish bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.O‘rganishlar davomida tadbirkorlarning faoliyatini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar, infratuzilma va boshqa zaruriy masalalar ko‘rib chiqildi.Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni qonuniy va amaliy jihatdan hal etish, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash — hudud iqtisodiy rivojining muhim omili.✅@nur_press




Nurobod tumani hokimligi
23 сент., 14:00
Prezident Shavkat Mirziyoyev Baliqchi tumanidagi “Chinobod real biznes” korxonasining baliq yetishtirish loyihasi bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с проектом по выращиванию рыбы предприятия «Chinobod real biznes» в Балыкчинском районе.#Mirziyoyev #tashrif #Andijon #baliqchilikPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 16:09
Chorvador mahallasida ko‘tarinki kayfiyat ulashgan madaniy konsertNurobod tumanining Chorvador mahallasida tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari ishtirokida aholi uchun ko‘tarinki ruhdagi madaniy konsert dasturi tashkil etildi.Tadbirda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, dilga yaqin kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘ldilar.🎤 Konsert davomida ijro etilgan mazmunli va xushnavo qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashib, mahalla ahli uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi.✨ Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir aholining mazmunli hordiq chiqarishi, bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazishi hamda madaniy hayotdagi faolligini oshirishga xizmat qildi.✅@nur_press




Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 14:19
E’LON!Shu yilning 24-sentabr kuni soat 08:00 dan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.Sayyor qabulda Samarqand viloyat sudi raisi - D.Radjabov va sud raisining o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha sud tizimiga tegishli mas’ullari ishtirok etadi.Agar sizda fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlariga doir murojaatlar, sizni qiynayotgan muammolar, taklif yoki mulohazalar boʻlsa, ushbu sayyor qabulda ishtirok etib, oʻz savollaringizga javob olishingiz mumkin.📅 Sana: 24-sentabr. 📍Manzil: Samarqand shahar, Dahbed ko‘chasi 32-uy. 📞 Malumot uchun telefonlar: +998 66 229-10-00.✅@nur_press


Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 13:18
🔴 SAMARQAND VILOYATIDA “XORIJDA ISH” MEHNAT YARMARKASIXorijda ishlash istagidagi hamyurtlarimizni joriy yil 23-sentabr kuni Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadigan “Xorijda ish” mehnat yarmarkasida ishtirok etishga taklif qilamiz!Yarmarkada xususiy bandlik agentliklari tomonidan xorijiy davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari va ishga joylashish imkoniyatlari taqdim etiladi.➡️ “Common Sense” xususiy bandlik agentligi MChJ — 500 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Youth Globe” xususiy bandlik agentligi MChJ — 5 500 000 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “SKD Man Power” xususiy bandlik agentligi MChJ — 2 000 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Workline” xususiy bandlik agentligi MChJ — 3 000 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Mora Work Group” xususiy bandlik agentligi MChJ — 1 200 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Aimjob” xususiy bandlik agentligi MChJ — 1 610 ta bo‘sh ish o‘rni; ➡️ “Imkon” xususiy bandlik


Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 12:45
🌱 Yer — bebaho ne’mat, undan samarali foydalanish — muhim vazifaBugun Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov ishtirokida tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.Yig‘ilishda, avvalo, suvli va lalmikor yer maydonlaridan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish hamda yerlarning hosildorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, tumanda zamonaviy bog‘dorchilikni rivojlantirish, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, iqlim va hudud sharoitiga mos qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish hamda yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Fermerlar bilan muloqot davomida mavjud muammolar tinglanib, ularni hal etish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishish yuzasidan


1,480Открыть в Telegram
Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 11:45
Yangi O‘zbekiston: yangi marralar, ustuvor vazifalar va ulkan maqsadlarBugun Nurobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiridagi ma’ruzasida belgilab berilgan 7 ta ustuvor yo‘nalishning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.Unda Nurobod tumani hokimi o‘rinbosari A.Ziyatov, Samarqand davlat chet tillar instituti professori R.Komilov, Xalqaro Turon Fanlar Akademiyasi viloyat mintaqaviy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Ibragimov, Samarqand davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi H.Muhammadiyevlar ishtirok etib, belgilangan ustuvor yo‘nalishlarning mazmuni, ularning jamiyat va mamlakat taraqqiyotidagi ahamiyati yuzasidan ma’ruzalar qildilar.Targ‘ibot tadbirlarida tuman hokimligi, korxona va tashkilotlar mas’ullari,




Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 11:27
🇷🇸 SERBIYADA RASMIY ISH O‘RINLARI!«EXPO 2027» xalqaro loyihasi doirasida ishlash imkoniyatiSerbiyada o‘tkaziladigan «EXPO 2027» xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi qurilish obyektlari hamda ishlab chiqarish sohalarida ishlash uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari taklif etilmoqda.💼 Mehnat sharoitlari va afzalliklari:💰Ish haqi: bajariladigan ish turi, mutaxassislik va nomzod malakasiga qarab 700-1500 yevro 🏠 🍽Turar joy va oziq-ovqat: ish beruvchi tomonidan bepul ta’minlanadi; 🪪 Ishga joylashish: rasmiy mehnat shartnomasi va tegishli mehnat vizasi asosida.✅ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:▪️Yoshi: 18–45 yosh; ▪️Til bilishi: rus yoki ingliz tilini boshlang‘ich yoki muloqot darajasida bilish; ▪️Sog‘lig‘i: mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun sog‘lom bo‘lish;Ma'lumot uchun: Oliy ma’lumotli va tegishli sohada ish tajribasiga ega Qurilish va elektr muhandislari uchun
Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 09:45
📢 #EʼLONHurmatli fuqarolar!Nurobod tumani hokimi hamda sohalar bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli kunlari jadvali bilan tanishing.Qabul davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.✅ gov.uz/nurobod🧡@nur_press
1,500Открыть в Telegram
Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 07:13
Xalqobodda oilalar holati, qurilish-bunyodkorlik va yer resurslaridan samarali foydalanish o‘rganildiBugun Nurobod tumanining Xalqobod mahallasida tuman hokimi M.Buranov va tuman prokurori J.Abdixakimov mas’ullar ishtirokida hududdagi bir qator muhim yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks o‘rganishlar olib bordi.O‘rganish davomida ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan oilalarning holati, ularning yashash sharoiti, bandligi, daromad manbalari va mavjud muammolari xonadonbay ko‘rib chiqildi. Oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining borishi ko‘zdan kechirilib, obyektlarda ishlarning sifati va belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.Bundan tashqari, qishloq




Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 02:07
— BIZNESNI RO'YXATGA OLISH NIMA UCHUN KERAK?— INFOGRAFIKA ORQALI MA'LUMOT OLISHINGIZ MUMKIN!✅@nur_press




Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 01:56
переслано из @sshmirziyoyeva
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное




Nurobod tumani hokimligi
22 сент., 01:01
🇺🇿 Assalomu alaykum, Nurobod!🌅 Yangi kun — yangi imkoniyatlar demakdir.Bugun ham Nurobodimizda bunyodkorlik, obodonlashtirish, tadbirkorlik va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ishlar davom etadi.✨ Kuningiz xayrli va barakali o‘tsin!Nurobod — yangilanishlar va bunyodkorliklar maskani!✅@nur_press


Nurobod tumani hokimligi
21 сент., 15:00
♟G‘ALABA MUBORAK!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida durang o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani ilib ketdi!✅@nur_press



