Последние посты

Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
23 сент., 06:16
#motivatsiya🗣Do‘st🔹Uni tushunadigan birgina dardkash do‘sti bor edi. Maktabda kamsitishganida, barcha kabi emasligidan qiynalib o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganida, hatto institutga kirib bedor kechalari dars tayyorlab yurgan kezlarida faqat shu dardkashi bilan suhbatlashardi. Mana bugun u yetuk mutaxassisga aylanib, ishxonasidan ilk maoshini olib, birinchi bo‘lib o‘sha do‘stini yo‘qlab kelib maqtandi.Suhbati yakunida esa “Sen eng yaxshi do‘stimsan” deb, o‘z aksini ko‘rsatib turgan toshoynadan uzoqlashdi...✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
23 сент., 02:37
🗣Hayot saboqlari↪️Bankka bosqinchilar kirib, ularning kattasi ichkaridagilarga baqirdi: “Qimirlamanglar! Pul davlatniki, jon esa sizniki!”. Bankdagi odamlar tezda yerga yotishdi. ☑️Bunga “fikrni chalg‘ituvchi usul” deyiladi – odatiy fikrlardan chalg‘itish.➡️Bir ayol esa stolning ustiga yotib olgandi, to‘daboshi unga o‘shqirdi: “Xonim! Bu yerda zo‘ravonlik emas, o‘g‘rilik bo‘lyapti. Qani, yerga yoting!”. ✔️Bunga “mahorat” deyiladi – faqat o‘zingiz qoyillatib qiladigan ishni bajaring!↪️Bosqinchilar ishni bitirib, bankdan chiqib ketgach, hali yosh, tajribasiz o‘g‘ri to‘daboshidan so‘radi: “Qancha o‘g‘irlaganimizni bir sanab ko‘rmaymizmi?”. To‘daboshiga uning gapi yoqmadi: “Ahmoq! Shuncha pulni qachon sanab bo‘lamiz? Kechroq televizorda qancha o‘g‘irlaganimizni o‘zlari aytishadi“. ☑️Bunga “tajriba” deyiladi – bugungi kunda hayotiy tajriba qog‘ozdagi rasmiy malakadan ko‘ra ancha muhim.↪️O‘g‘rilar bankdan chiqib ketishlari bilan bank rahbari ishchisiga tezroq polisiya chaqirishni buyurdi. Ammo ishchi rahbariga qarab: “To‘xtang! Keling, yana 10 million olib, kecha berkitgan 70 millionimizga qo‘shib qo‘yamiz”, dedi. ☑️Bunga “oqimga qarab suzish” deyiladi – har qanday qiyinchilikni o‘z foydasiga burib olish mumkin.➡️Ishchi yana: “Qani edi, har oy shunday o‘g‘rilik bo‘lib tursa”, deb orzuga berildi. ✔️Bunga “ko‘ngilxushlik” deyiladi – ishlash kayfiyati ishdan muhim.Oradan bir kun o‘tdi. TV orqali bankdan 100 million o‘g‘irlangani xabar qilindi. O‘g‘rilar ishonmay pullarini sanab chiqishdi: pul atigi 20 million edi.↪️To‘daboshi g‘azablanib shunday dedi: “Biz hayotimizni xavf ostiga qo‘yib atigi 20 million oldik. Bank rahbari ko‘z ochib yumguncha 80 million o‘mardi-ya! Bunaqa o‘g‘ri bo‘lgandan ko‘ra, o‘qimishli o‘g‘ri bo‘lganim yaxshi edi!” ☑️Bunga “bilim boylikdir”, deyiladi.↪️Bank rahbari o‘z ishidan mamnun. Uning qilmishlarini mazkur o‘g‘rilik yopib yubordi. ☑️Bunga “vaziyatdan unumli foydalanish” deyiladi.❓ Sizningcha haqiqiy o‘g‘ri kim?✈️ Oddiy odamlar | Ibratli dunyo


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
22 сент., 10:59
🗣Dada, zo‘r ish qildik aaa!.. (Hayotiy voqea)♦️Bir kuni mashinamda 6 yoshli o‘g‘lim bilan ketayotib, yo‘lda ko‘p qavatli uy ostidagi paynetga pul to‘lash uchun tushdim. Qaytib kelsam, o‘g‘lim yig‘lab o‘tiribdi. Nima gap desam, “Dada anavini qarang!” dedi. Qarasam, yo‘l chetida kiyimlari eski bir kampir taxta ustiga narsa qo‘yib sotib o‘tiribdi. “Narsalarning sonini qarang, 2-3 ta nos paketi, 2 pachka donali sigaret. Boshqa hech narsa yo‘q”.🤔 “Xo‘sh nima qilibdi?” desam, 6 yashar o‘g‘lim: “O‘g‘li yo‘qmi uning? Nega bu ahvolda, qorni ochdir, dada, iltimos, mana shu pullarni hammasini shu xotinga beraylik”, – deb mashinam baridagi bir siqim pulimni ko‘rsatdi.Nihoyatda ta’sirlanib, bolamning aytganini qilib, pullarning hammasini o‘sha ayolga olib borib berdim. Ayol hang-mang bo‘lib


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
22 сент., 10:05
2,630Открыть в Telegram
Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
22 сент., 06:21
🗣Bir maktabda “Dunyoning yetti mo‘jizasi” mavzusida dars tashkil etildi.‼️O‘quvchilarga nimani mo‘jiza deb hisoblashsa, eng muhim yettitasini yozish vazifasi topshirildi. Hamma daftarlarini topshirdi, faqat bir qizcha hali ham yozishni tugatmagan edi.➡️O‘qituvchi: “Senga ko‘maklashvoraymi, qizim?” deb so‘radi undan. ↪️Qizcha: “Dunyoda mo‘jizalar shunaqangi ko‘pligidan qaysi birini tanlashni bilmay ko‘p o‘ylandim”, deb javob berdi. ➡️Shunda ustozi: “Qani, tanlaganlaringni o‘qib berchi”, dedi unga. Qizcha birmuncha vaqt ikkilanib turdi-da, so‘ng o'qishga kirishdi:Men uchun “dunyoning yetti mo‘jizasi”: 1) Ko‘rish; 2) Eshitish; 3) Harakatlanish; 4) Аnglash; 5) His qilish; 6) Kulish; 7)Yaxshi ko‘rish”.Bu javobni eshitib


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
22 сент., 06:02

Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
22 сент., 03:32
🗣Qazo va qadarga ishonasizmi?Tibbiyot fakultetida ta’lim olayotgan talabani darsga borayotganida mashina urib yubordi. Uni darxol shifoxonaga olib borib jarroxlik stoliga yotqizishdi. Tabiblar uni tekshirib bitta buyragini darxol olib tashlash kerakligini aytishdi. Chunki undan shiddat bilan qon ketayotgan edi. Uning oilasiga xabar berib bir xulosaga kelishlarini aytishdi... Amaliyot muvaffaqiyatli yakun topdi. Bir necha kundan keyin unda amaliyot o‘tkazgan tabib uning oldiga kirib tabassum bilan dedi:➡️Qachonlardir qazo va qadar xaqida eshitganmisan? ↪️Ha eshitganman. Ammo men buyragimdan ajraldim doktor! ➡️Men xam o‘z ko‘zim bilan ko‘rgunimcha senday o‘ylagan edim. Sening buyragingni olib tashlash chog‘ida bo‘yragingdagi g‘alati to‘qimalarni ko‘rdik.


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
22 сент., 02:08

Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
21 сент., 10:58
🗣Rizq haqida (ibratli hikoya)🔹Bir faqir kishi bor edi. U onasini, ayolini va zurriyotini boqar edi. U bir boyning qo‘lida xizmatkor bo‘lib ishlar, ishiga xolis va ishini komil suratda ado qilardi. Kunlarning birida u ishga kelmadi. Shunda xo‘jayini o‘ziga o‘zi: “U ishga kelmay qo‘ymasligi uchun uning maoshini bir dinorga ziyoda qilishim kerak. Aminmanki, u maoshini ko‘tarilishini ta’ma qilib, ishga kelmadi. Chunki meni unga muhtoj ekanimni biladi-da“ dedi.🔹Ikkinchi kun bo‘lgach xo‘jayin unga maoshini berayotib, bir dinor ziyoda qildi. Xizmatkor hech narsa demadi va xo‘jayindan sababini ham so‘ramadi. Bir qancha muddatdan keyin xizmatkor yana kelmadi. Xo‘jayin juda qattiq g‘azablanib: “O‘sha ziyoda qilgan bir dinorni kamaytiraman“ dedi. Kamaytirdi ham, xizmatkor hech narsa demadi va


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
21 сент., 10:15

Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
21 сент., 06:07
🗣Yo‘qchilik➡️Ukam qurbonlik qildi. Qurbonlik tugagach ketmoqchi bo‘lsam: – Opa, shoshmang, o‘zim olib borib qo‘yaman. Yo‘l-yo‘lakay bir sinfdoshimni dadasiga qurbonlik go‘shtidan olib borib beraman. ↪️Xo‘p, mayli-ku. Ajratgan ulushingni sinfdoshingdan berib yubora qolmabsanda. ➡️O‘sha sinfdoshim hozir bu yerda emasda, bir necha yillar bo‘lgan, rusga ishlashga ketib, o‘sha yerda qolib ketdi. Cholu-kampir bir-biriga suyanib yashardi. Yaqinda onaxon ham o‘tib qoldi. Sinfdoshimni dadasi yolg‘iz qoldi.♦️Gʻaribgina hovliga kirib keldik. Amaki ayvondagi supada o‘ylanib o‘tirgan ekan. Bizni ko‘rib, ukamni ko‘rib o‘g‘li esiga tushdi chog‘i, ham quvondi, ham ko‘zlari yoshga to‘ldi. ➡️Amaki, kamchil


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
21 сент., 06:02
3,480Открыть в Telegram
Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
21 сент., 04:27
🟥To‘zg‘igan gunoh🔴Bir kishi donishmand huzuriga borib: – Men g‘iybat va chaqimchilik qilib qo‘ydim. Qilmishimdan pushaymonman, tavba qilmoqchiman. Tavbam qabul bo‘lishi uchun nima qilsam bo‘ladi? – dedi. 🟢Donishmand: – Ertaga par yostiq olib kel, – dedi.Ertasi kuni qo‘lidagi par yostiqni kesib, patlarni to‘kishni buyurdi. Patlar uchib, har tarafgi yoyilib ketdi.🔴Donishmand: – Endi hammasini yig‘ib kel, – dedi. 🟢Odam hayron bo‘ldi: – Buning sira iloji yo‘q, – dedi. 🔴Donishmand: – Odamlarning orqasidan gapirganing ham shunday tarqalib ketdi. Shu bois sen g‘iybat qilgan odamlarga yaxshilik qil. Ilgari xatolarini gapirgan bo‘lsang, endi yaxshiliklaridan so‘z och. Oldin xafa qilgan


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
21 сент., 02:12

Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
19 сент., 10:44
🗣Yarimta non♦️Bolalik xotiralariga nazar tashlasam, yon qo‘shnimiz Sanobar xola yodimga tushadi. Samimiy, shirinso‘z, mehribon, xullas insonda bo‘lishi lozim bo‘lgan barcha ijobiy xislatlar u kishida mujassam edi. Xatto ukalarim bilan hovlisidagi daraxt shoxlariga chiqib bemalol o‘ynab, xoxlagancha mevalarni terardik. Buning ustiga ro‘zg‘orga biror narsa kerak bo‘lsa “erinmasdan” so‘rab olib kelardik.☝️5-sinfda o‘qib yurgan vaqtlarimda non va oziq-ovqat mahsulotlari va umuman olganda hamma narsada yetishmovchilik bo‘ldi. Bu birgina bizning oilada emas butun qishloq aholisida shu holat edi. Kimdir makkajo‘xori topib, kimdir arpa, bug‘doy topib tegirmondan o‘tkazib non qilardi. Shu vaqtlarni o‘ylasam otamga qanchalik qiyin bo‘lganini his etaman, onam bilan ertadan kechgacha dalada


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
19 сент., 04:08
🗣Poraxo‘r jarroh♦️Bir shifoxonaga og‘ir ahvoldagi o‘smir bolani olib kelishdi. Uni bir kishi bexosdan mashinasida urib yuborgan edi. Navbatchi shifokor bolaning ahvoli juda og‘irligini va tezda operatsiya qilish kerakligini aytdi. ➡️O‘sha kishi darhol bosh jarrohga uchrashib dedi: – Iltimos, bolani hayotini saqlab qoling, doktor! ↪️Doktor esa bamaylixotir javob berdi: – Ukam, urib yubormasdan oldin o‘ylash kerak edi buni, endi... ➡️Iltimos, doktor,tezroq operatsiyani boshlash kerak ekan... ↪️Shifokor: – Xo‘sh, endi mushuk tekinga oftobga chiqmasligini ikkimiz ham juda yaxshi bilamiz... ➡️Nimalar deyapsiz, doktor. Axir bir inson hayoti xavf ostida! Qancha


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
18 сент., 10:47
🗣Oilaviy baxtning siri♦️Turmush qurganimdan beri onam birinchi marta uyimga kelayotgandi. Biroz avval ro‘zg‘or anjomlarini joylashtirish uchungina kelgandi. Ammo bu safar onam biznikiga mehmonga kelayotgandi. Uyni yaxshilab tozalab, tansiq taomlar tayyorladim. Tushlikka bir soat qolganida eshik qo‘ng‘irog‘i chalindi va onam keldi. “Uy hadyasi” deb qo‘limga xalta tutqazdi. Xaltani ochib ko‘rsam, ochilgan va ishlatilgan tozalash vositasi. ➡️Onamdan: – Sizning yotoqxonangizdagi oyna oldida turgan tozalash vositasimi bu? – deya so‘radim. Uyda tozalash vositalari ko‘p edi, ammo buni ham ishlataman. Rahmat. ↪️Buni albatta foydalanishing uchun olib keldim, – dedi onam. Ammo uy tozalashda emas... ➡️Voy, unda nima uchun ishlataman


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
18 сент., 07:51изменён
🗣Ular insonmi yo farishta...➡️Xolid ibn Valid roziyallohu anhuga bir kishi kelib: Falonchi sizni so‘kdi, – dedi. ↪️Xolid unga: – Bu uning sahifasi. Uni xohlagani bilan to‘ldiraversin, – dedilar.➡️Vahb ibn Munabbih rahmatullohi alayhga bir kishi kelib: Falonchi sizni so‘kdi, – dedi. ↪️Vahb unga: – Shayton sendan boshqa elchi topa olmadimi?! – dedilar.➡️Hasan rahimahullohga bir kishi: Falonchi sizni so‘kdi, – dedi. ↪️Hasan unga: – U otgan o‘q menga tegmagan edi. Sen uni olib kelib yuragimga sanchding, – dedilar.➡️Imom Shofi’iy rahmatullohi alayhga bir kishi kelib: Falonchi siz haqingizda yomon gaplarni gapirdi, – dedi.


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
16 сент., 11:49
↪️Qaynona endigina asal oyidan qaytgan keliniga dedi: Baraka toping, qizim! O‘g‘limni namoz o‘qishni boshlashiga sababchi bo‘ldingiz! Men 30 yilda qilolmagan ishni, 30 kunda amalga oshirdingiz! – dedi. ➡️Kelin: Onajon, tosh va xazina qissasini bilasizmi?🔹Bir zamonlar kattakon xarsang tosh bo‘lib, u yo‘lni o‘rtasida turar, yo‘lovchilarning yo‘lini to‘sar ekan. Bir kishi uni bolta bilan urib maydalashga harakat qilibdi. 99 marta zarba berib charchab qolibdi. Kuchi yetmabdi! So‘ng u yerga bir kishi kelib qolgan ekan, undan: – Ey birodar, toshni maydalashib yuboring! – debdi. ‼️Yo‘lovchi rozi bo‘lib toshni qattiq urgan ekan, bir martadayoq bo‘linib ketibdi. Qarashsa, xarsang ostida hamyon to‘la oltin bor ekan. Bu ikki kishi uni talashib qolishibdi.


Oddiy odamlar | Ibratli dunyo
16 сент., 08:04
🗣Quduqdagi “maxluq”🔹Qishloq ahlining umumiy quduqlari bor edi. Undan hamma chelak bilan suv chiqarib, ehtiyoji uchun ishlatardi. Vaqt o‘tib quduqqa chelak tashlasalar, arqonning o‘zi qaytib, chelak chiqmaydigan bo‘lib qoldi. Buning sababini bilmagan aholi, quduqni jinlar makon tutib olgan, degan gumonga borishdi. O‘zaro maslahatlashib, kimnidir unda nimalar bo‘layotganini bilib chiqishi uchun tushirmoqchi bo‘lishdi. Lekin hamma o‘z jonidan qo‘rqar, chelakdek qaytib chiqmaslikdan hadiksirar edi. Shunday bo‘lsa ham, oralaridan bir yigit chiqdi. Lekin u shart qo‘ydi.☝️Quduqqa tushishi uchun arqonni boshqalar bilan birga uning akasi ham ushlab turishini istashini aytdi. Hamma hayron, shuncha kishi turganda, u akasini keltirishi haqiqatda ham ajib edi. Odamlar uni akasini topib kelishdi.

