Последние посты

Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
23 сент., 12:59
#OAVda_biz⚖️ “Toshkent xalqaro moliya markazi sud amaliyotini qanday o‘zgartiradi?”“UzA”da Odil sudlov akademiyasi Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Saida Mahmudova bilan “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunning O‘zbekiston huquqiy tizimi va sud amaliyotiga ta’siri yuzasidan suhbat e’lon qilindi.Suhbatda Toshkent xalqaro moliya markazining huquqiy maqomi, Toshkent xalqaro tijorat sudining yurisdiksiyasi, iqtisodiy nizolarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos jihatlari, sud va arbitraj o‘rtasidagi munosabatlar, ta’minlash choralari, sud qarorlarini ijro etish hamda qo‘llaniladigan huquq masalalari haqida fikr yuritilgan.Shuningdek, xalqaro tijorat sudlovining rivojlanishi sharoitida sudyalar va yuridik kadrlar uchun zarur bo‘ladigan yangi bilim va ko‘nikmalar, jumladan, xalqaro tijorat huquqi, moliyaviy instrumentlar, korporativ boshqaruv, raqamli aktivlar va elektron dalillar bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratilgan.📌 Suhbatda Toshkent xalqaro moliya markazining faoliyati doirasida milliy iqtisodiy sudlov tizimi bilan bog‘liq yangi huquqiy va amaliy mexanizmlar haqida so‘z yuritiladi.Batafsil o'qish👉@odilsudlovakademiyasi👈


Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
23 сент., 11:59
Akademiyada nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Sizni “Iqtisodiy nizolarni muqobil hal etish usullari: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.Konferensiyada iqtisodiy nizolarni muqobil hal etishning zamonaviy usullari, milliy va xalqaro tajriba, shuningdek, sud amaliyotining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.Asosiy yo‘nalishlar: 🔹 Muzokaralar va mediatsiya; 🔹 Hakamlik sudlari va xalqaro tijorat arbitraji; 🔹 Kelishuv bitimlari hamda nizolarni sudgacha va suddan tashqari hal etish mexanizmlari; 🔹 Raqamli muhitda nizolarni hal etish imkoniyatlari; 🔹 Arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish; 🔹 Milliy sud amaliyotining dolzarb masalalari va xorijiy tajriba.🫥 Konferensiyada olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va soha mutaxassislari o‘z ilmiy qarashlari hamda amaliy takliflari bilan ishtirok etishlari mumkin.🗓 2026-yil 5-oktabr 🕝 14:30 — Toshkent vaqti 📍 Odil sudlov akademiyasi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasi, 6-uy.💻 Zoom orqali ishtirok etish: Ulanish — 14:15 dan Identifikator — 818 1613 8013 Kirish kodi — 376933Ishtirokchi haqidagi ma’lumotlar, ma’ruza mavzusi hamda maqola yoki tezis matnini 2026-yil 30-sentabrgacha sudacademy@exat.uz elektron pochta manziliga yuborish so‘raladi.📚 Konferensiya yakunlari bo‘yicha maqola va tezislarni to‘plam shaklida nashr etish rejalashtirilgan.📞 Murojaat uchun: +998 93 773 51 07👉@odilsudlovakademiyasi👈


Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
23 сент., 11:02
#OAVda_biz“Odil sudlov – 2030”: inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi adolatli sud tizimiO‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi eksperti A.Davronov "Sevimli" radiokanalining “Nuqta qo‘ymaymiz” eshittirishida ishtirok etdi.Efirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi “Odil sudlov — 2030”: Yangi O‘zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-160-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda ularning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan mavzuda fikr almashildi.Suhbat davomida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, xalqchil va adolatli sud tizimini shakllantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritildi.👉@odilsudlovakademiyasi👈
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
23 сент., 09:59
📢 Diqqat, e’lon!🏛 O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasida Omonov Zafarjon Raxmonaliyevich tomonidan yuridik fanlar doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi kafedra muhokamasidan o‘tkaziladi.📕 Dissertatsiya mavzusi: “Tergov sudyasining huquqiy maqomini takomillashtirish".🎓Ixtisoslik: 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi.📅 Sana: 25-sentabr, soat 16:00📍 Manzil: Odil sudlov akademiyasi 1-bino, 203-xona👉@odilsudlovakademiyasi👈
1,530Открыть в Telegram
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
23 сент., 08:59
⚖️ LEX TALK — huquq, muloqot va yangi qarashlar🇺🇿 Odil sudlov akademiyasida LEX TALK klubining navbatdagi uchrashuvi “Diplomatik va konsullik immuniteti hamda inson huquqlari: Vena konvensiyasi aslida nimani himoya qiladi?” mavzusiga bag‘ishlanadi.⏺ Uchrashuvda diplomatik va konsullik immunitetining maqsadi va chegaralari, inson huquqlarini himoya qilish hamda javobgarlik masalalari muhokama qilinadi.🎙 Mehmon — Mehrojbek Mahmudov: ➖ O‘zbekiston Respublikasi Bolalar tashkiloti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i; ➖ Yoshlar parlamenti a’zosi; ➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti.📅 Sana: 2026-yil 24-sentabr 🕑 Vaqti: 14:00 📍 Manzil: Odil sudlov akademiyasi, 3-qavat👉@odilsudlovakademiyasi👈
1,690Открыть в Telegram
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
23 сент., 07:05
#OAVda_biz“Inson va qonun” gazetasida Odil sudlov akademiyasi “Jinoyat-huquqiy fanlar” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Sarvar Mamadiyevning “Strategiya – balandparvoz rejalar emas, adolat standarti” nomli maqolasi e’lon qilindi.Maqolada “Odil sudlov — 2030” strategiyasining jinoyat-huquqiy yo‘nalishlari, xususan, “kafolatlangan adolat” tamoyili, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shaxsni asossiz ushlab turish va qamoqqa olishning oldini olish masalalari tahlil qilingan.Shuningdek, maqolada “asosli gumon” (Prima Facie) standartini joriy etish, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, sud nazoratini kuchaytirish hamda protsessual majburlov choralarini qo‘llashda qonuniylik va mutanosiblikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.👉 @odilsudlovakademiyasi 👈
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
23 сент., 05:59
⚖️ Magistratura tinglovchilari Konstitutsiyaviy sud faoliyati bilan tanishdilarOdil sudlov akademiyasining «Sud faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudida bo‘lib, sud majlisini kuzatdilar.Sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 288-moddasi ikkinchi qismi qoidalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasiga muvofiqligi masalasi ko‘rib chiqildi.Majlisda Konstitutsiyaviy sud sudyalari, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy Majlis Senati vakillari hamda Odil sudlov akademiyasi magistratura tinglovchilari ishtirok etdi.Sud majlisini bevosita kuzatish tinglovchilarga konstitutsiyaviy sudlov jarayoni, sud muhokamasining o‘ziga xos jihatlari va huquqiy normalarning Konstitutsiyaga muvofiqligini baholash amaliyoti bilan tanishish imkonini berdi.📚 Bunday amaliy mashg‘ulotlar magistratura ta’limida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.👉@odilsudlovakademiyasi👈

2,200Открыть в Telegram
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
23 сент., 05:00изменён
#OAVda_biz“Aktsentlar” dasturining navbatdagi sonida “Sudyalar mustaqilligining huquqiy va institutsional kafolatlari” mavzusi muhokama qilindi.Efirda sudyalar mustaqilligi va daxlsizligi, sud hokimiyatining institutsional mustaqilligi hamda sudyalarni tayyorlash va tanlash tizimi haqida fikr almashildi.🎙 Mavzu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Magistratura fakulteti dekani Liliya Achilova o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.👉@odilsudlovakademiyasi👈
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 16:21
🎬 “MATONAT MALIKASI” — HAYOT VA MATONAT TIMSOLI🎞 Sudyalar uchun tavsiya etiladigan hujjatli filmToshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan akademik litseyiga atoqli huquqshunos, fidoyi ustoz va jamoat arbobi Halima Muhitdinovaning nomi berilgan. Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida akademik litseyda olimaning byusti o‘rnatilib, muzeyi tashkil etilgan.Halima Muhitdinovaning ibratli hayoti va sermazmun faoliyatiga bag‘ishlangan “Matonat malikasi” nomli hujjatli filmda uning huquqshunoslik sohasidagi ko‘p yillik faoliyati, ilm-ma’rifat va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi, hayot yo‘li hamda el-yurt oldidagi xizmatlari aks ettirilgan.🎥 Mazkur film huquq sohasi vakillari, xususan, sudyalar uchun kasbga sadoqat, ilmga fidoyilik, matonat va Vatanga xizmat qilish kabi yuksak fazilatlar haqida mulohaza yuritishga undaydigan hujjatli asar sifatida tavsiya etiladi.📌
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 15:29
переслано из @sudhuquq360_akademiyaminbari
📌MA'MURIY ODIL SUDLOV: YANGI BOSQICH✔️Eng muhim gʻoya: Ma'muriy odil sudlovda asosiy e'tibor nafaqat buzilgan huquqni tiklashga, balki huquq buzilishining oldini olish va davlat organlari qarorlari ustidan samarali sud nazoratini ta'minlashga qaratilmoqda.🇺🇿Davlatimiz rahbariga ma'muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha takliflar taqdim etildi.📊Raqamlar nimani koʻrsatadi? 2017 yildan buyon ma'muriy sudlar tomonidan 150 mingga yaqin ish koʻrib chiqilgan. 70 mingdan ortiq holatda davlat organlarining noqonuniy qarorlari bekor qilingan. Shuningdek, mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 27 mingga yaqin xususiy ajrim chiqarilgan.✔️Yangi bosqichda nimalar taklif etilmoqda?
1,350Открыть в Telegram
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 14:42
SUD-HUQUQ FIDOYISI XOTIRASIGA EHTIROM KO'RSATILDIHalima Muhitdinova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab tantanali tadbir tashkil etildi.👉@odilsudlovakademiyasi👈
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 13:42
Nikohni bekor qilish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rish amaliyoti muhokama qilindi🇺🇿 Odil sudlov akademiyasi tomonidan respublikamizning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalari uchun nikohni bekor qilish bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rish amaliyotiga bag‘ishlangan navbatdagi onlayn mashg‘ulot o‘tkazildi.Mashg‘ulotni Odil sudlov akademiyasi kafedra mudiri E.Sabirov hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi D.Dadadjanova olib bordi.Mashg‘ulot davomida mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti, ularning o‘ziga xos jihatlari hamda sud amaliyotida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.Mazkur mashg‘ulot sudyalarning ushbu toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.👉@odilsudlovakademiyasi👈


1,800Открыть в Telegram
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 12:42изменён
Ma’muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar taqdim etildiPrezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.🔹 Ma’muriy sudlar faoliyati 2017-yil 1-iyuldan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘tgan davrda qariyb 150 mingta ish ko‘rib chiqildi. 70 mingdan ortiq holatda davlat organlarining noqonuniy qarorlari bekor qilindi, mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 27 mingga yaqin xususiy ajrim chiqarildi.🔹 Taqdimotda sohani rivojlantirishning keyingi bosqichida ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy talablar asosida 15 ga yaqin yangi huquqiy institutni joriy etish takliflari ko‘rib chiqildi.🔹 Xususan, sudga murojaat qilishning to‘rt turdagi da’vo shaklini joriy
1,990Открыть в Telegram
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 11:58
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по перспективам дальнейшего совершенствования административного правосудия.#Mirziyoyev #taqdimot #sud #mamuriyPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


1,160Открыть в Telegram
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 11:01
#OAVda_bizSudyalar mustaqilligining huquqiy va institutsional kafolatlari muhokama qilindiO‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi xodimi H.Akmalov "Grand" radiosining "Aktual mavzu" dasturida “Sudyalar mustaqilligining huquqiy va institutsional kafolatlari” mavzusida ekspert sifatida ishtirok etdi.Efir davomida sudyalar mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar, sohadagi yangiliklar hamda amaldagi qonunchilikda belgilangan huquqiy kafolatlar yuzasidan fikr almashildi.👉@odilsudlovakademiyasi👈
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 07:03
#OAVda_biz“Kuch — adolatda” gazetasida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zafarjon Omonovning “Asosli gumon” (prima facie): tergov sudyasi uchun xalqaro standart” nomli maqolasi e’lon qilindi.Maqolada Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi “Odil sudlov — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonida belgilangan vazifalar, xususan, “asosli gumon” (prima facie) xalqaro standartining milliy qonunchilikda e’tirof etilishi, uni tergov sudyasi faoliyatida qo‘llashning huquqiy asoslari va xalqaro tajriba tahlil qilingan.Shuningdek, shaxsni ushlab turish, qamoqqa olishda asosli gumonni baholash, sud nazorati va inson huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yoritilgan.👉 @odilsudlovakademiyasi 👈
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 05:00
“Odil sudlov — 2030” strategiyasi doirasida Akademiya faoliyati tahlil qilindiSCIENCEPROBLEMS.UZ ilmiy jurnalida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi o‘qituvchisi J.Qudratillayevning “Odil sudlov — 2030” strategiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari nomli ilmiy maqolasi e’lon qilindi.Maqolada Akademiya faoliyatining huquqiy va institutsional jihatlari, pipeline modeli, kasbiy kompetensiyalar profili, Forsayt markazi va Endaument fondi kabi yangi yo‘nalishlar tahlil qilingan.Maqolani o'qish👉@odilsudlovakademiyasi👈
3,120Открыть в Telegram
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
22 сент., 04:02

Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
21 сент., 16:02
Sudyalar uchun navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi o‘tkazildiBugun Odil sudlov akademiyasining Iqtisodiy-huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan Sudyalar oliy kengashi hamda Oliy sud vakillari ishtirokida sudyalar uchun murakkab toifadagi ishlar bo‘yicha navbatdagi onlayn qisqa muddatli malaka oshirish mashg‘uloti o‘tkazildi.«Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolarni ko‘rish» mavzusida tashkil etilgan mashg‘ulotda hal qiluv qarorlari bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqishning huquqiy asoslari, sud amaliyotidagi dolzarb masalalar, protsessual xususiyatlar hamda qonunchilik normalarini to‘g‘ri qo‘llash masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, ishtirokchilar amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoli holatlar yuzasidan fikr almashib, soha mutaxassislari bilan bevosita muloqot qildilar.Mazkur mashg‘ulot sudyalarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash,


2,580Открыть в Telegram
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal
21 сент., 15:23
Sudyalarning psixologik barqarorligi — odil sudlovning muhim omiliSirdaryo viloyati sudyalari uchun sudyalarning psixologik barqarorligini mustahkamlash, stressli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda kasbiy faoliyatda ruhiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.Mashg‘ulot davomida sudyalarning kasbiy faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan stressli vaziyatlarni samarali boshqarish, psixologik barqarorlikni saqlash va murakkab holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.👉@odilsudlovakademiyasi👈


2,500Открыть в Telegram
