gram news
Аватар канала REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

@ofis_registratori

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Registrator ofisi bo‘limining rasmiy kanali! Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo‘lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin. Murojaat uchun: @magistrsupport

ПроектыUZРазное

2,460подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    3 сент., 18:17

    #Muhim⚡️ #Rasmiy🆕XORIJIY VA NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSALARIDAN TDIUGA O‘QISHINI KO‘CHIRGAN TALABALAR DIQQATIGABilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan maxsus test sinovlari natijalari bo‘yicha o‘tish bali va undan yuqori ball (talab bajarildi) to‘plagan talabgorlar tegishliligi bo‘yicha joriy yil 7-8-9-sentyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2-o‘quv binosi, 1-etaj, Registrator ofisi)ga quyidagi hujjatlar bilan murojaat qilishlari so‘raladi.✅pasport yoki ID karta asli va nusxasi (2 ta nusxa); ✅ belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript tasdiqlangan nusxasi (to‘liq varianti) (2 ta nusxa) (agar transkript xorijiy tilda bo‘lsa, tarjima qilingan nusxasi); ✅ my.uzbmb.
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    30 авг., 11:00

    переслано из @magistrlarofficial

    #natija⚡️O‘qishni ko‘chirish bo’yicha natijalar eʼlon qilindi2026/2027-o‘quv yili uchun transfer.edu.uz platformasi orqali davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishni ko‘chirish (yoki ko‘chirib tiklash) yuzasidan ariza yuborganlar diqqatiga!Davlat oliy taʼlim tashkilotlarining biridan boshqasiga o’qishni ko’chirish bo‘yicha yuborilgan arizalar to‘liq ko‘rilib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.✅ Talabalar o‘z arizalari natijasini transfer.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin.O‘qishi ko‘chirilishi tavsiya etilgan talabalar o‘qishi ko‘chirilayotgan oliy ta’lim tashkilotlariga murojaat qilishlari lozim.@magistrlarofficial
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    14 авг., 15:42

    ⚡️Rasman: oʻqishni koʻchirish boʻyicha ruxsatnomalar e'lon qilindiXorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlarida qatnashish uchun ruxsatnomalar shakllandi.Talabgorlar my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlariga kirish orqali ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    4 авг., 19:44изменён

    ⚡️Bugun oʻqishni ko'chirishning soʻnggi kuni.Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga, xususiy oliygohlarning biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga hamda xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga.Arizalar qachon beriladi?● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi – bugun soʻnggi kun. ● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.O‘zbekistondagi bir oliy ta'lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;■ Davlat xizmatchisi
    TelegramOliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari#perevod 📌 O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: 👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga; 👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki…
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    1 авг., 15:51

  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    28 июл., 13:00

    переслано из @tsue_hemis

    ❗️HEMIS tizimining yangi versiyasi oliygohlar uchun e’lon qilindi! #hemisHEMIS tizimining 1.9.39 (27.07.2026-y.) yangi versiyasi oliy ta’lim tashkilotlari uchun taqdim etildi. Ushbu yangilanishda quyidagi yangi imkoniyat va takomillashtirishlar joriy etildi:1️⃣ ERP Sport tizimi bilan integratsiya amalga oshirildiHEMIS tizimi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda talabalarning sport razryadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarini avtomatik olish imkoniyati yaratildi.2️⃣ Grant taqsimoti reytingini kuzatish funksiyasi qo‘shildiTalabalarning grant taqsimotida ishtirok etish uchun topshirgan arizalari bo‘yicha to‘plagan ballari asosida reytingini kuzatish funksionali ishlab chiqildi.3️⃣ Kalendar reja ijrosini monitoring qilish imkoniyati yaratildiRahbariyat, dekan va Registrator ofisi rollari
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    23 июл., 21:26

    переслано из @magistrlarofficial

    Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Hurmatli Prezident!@magistrlarofficial
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    20 июл., 09:52

    переслано из @tsue_hemis

    📘 Grant turlarini tanlash bo‘yicha qo‘llanma Mazkur qo‘llanmada talabalar uchun mavjud grant turlarini tanlash mezonlari va tartibi keltirilgan. 📌 Muhim izoh: ✅ “Qo‘shimcha davlat granti” bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun oliy ta’lim tashkilotiga alohida kvota ajratilgan bo‘lishi talab etilmaydi. ✅ “Oliy ta’lim tashkiloti granti” bo‘yicha ham oldindan alohida kvota belgilangan bo‘lishi shart emas. ⚠️ Mazkur grant turlari tegishli mezonlarga javob beradigan talabalarga tizim tomonidan tanlov uchun avtomatik ravishda ko‘rsatiladi. 🔹 Talaba bir vaqtning o‘zida bir nechta grant turiga mos kelgan taqdirda, ulardan faqat bittasini tanlashi mumkin.🌐 @tsue_hemis
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    16 июл., 15:55

    переслано из @tsue_hemis

    ❗️HEMIS tizimida davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! #hemisDavlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz platformasi orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.📝 Ariza topshirish tartibi:1️⃣ Talabalar my.hemis.uz tizimiga kirib, “Mening grantim” bo‘limidagi “Grant arizalari” menyusini tanlashlari lozim;2️⃣ Bo‘limga o‘tgach, “Ariza yaratish” tugmasini bosish va o‘ziga mos keladigan grant shaklini tanlash talab etiladi;3️⃣ Tanlov amalga oshirilgandan so‘ng, “Saqlash” tugmasini bosish orqali ariza tizimda tasdiqlanadi.📆 Arizalar 15-iyuldan 20-iyulga qadar qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan kechikmaslik muhim.ℹ️ Muhim eslatma: Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. Shu sababli, ma'lumotlarni yuborishdan oldin ularni diqqat bilan tekshirib chiqishingiz
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    14 июл., 21:00

    переслано из @magistrlarofficial

    ⚡️Rasman: o'qishni ko'chirish jarayonlari boshlandiO‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.👉 Davlat OTMning biridan boshqasiga — transfer.edu.uz👉 Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga — my.uzbmb.uz❓ Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin? Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun: ➖ turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba; ➖ ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi. Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi? ➖ Xorijda o‘qiyotgan talaba; ➖ Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    7 июл., 07:00

    переслано из @tsue_hemis

    ❗️HEMIS tizimida tyutorlar uchun alohida menyu va yangi hisobot tizimi joriy etildi! #hemisTizimning navbatdagi yangi versiyasida tyutorlar faoliyati, nodavlat OTTlar uchun diplom reyestri va xorijiy talabalar anketasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq qator muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi.➖ “Tyutor faoliyati” menyusi: HEMIS tizimida tyutorga tegishli barcha funksionallar uchun alohida yangi menyu ochildi va barcha tegishli bo‘limlar unga o‘tkazildi;➖ Prorektorlar nazorati: Prorektorlar tomonidan tyutorlarga hisobot topshirish talabnomasini yuborish va ularning hisobotlarini qabul qilish funksionali ishga tushdi (Tyutor faoliyati/tyutor hisobotlari);➖ Tezkor hisobot topshirish: Tyutorlar tomonidan prorektor talabnomasi asosida faoliyat hisobotlarini tizim orqali topshirish imkoniyati yaratildi (Tyutor faoliyati/faoliyat hisobotlari);➖ Bitirish buyrug‘ini shakllantirish:
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    6 июл., 17:04

    переслано из @magistrlarofficial

    ⚡️ Uzrli sabablar soni oshirildiEndi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki ta’limda tahsil oluvchilar uchun quyidagi holatlar ham rasman uzrli sabab sifatida belgilandi:✅ Turmush qurish ✅ Farzand ko‘rish ✅ Sud yoki tergov organlari tomonidan chaqiruvMazkur o‘zgartishlar Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga kiritilgan o‘zgartishlar asosida amalga oshirildi.📌 Endi ushbu holatlar ta’lim jarayonida uzrli sabab sifatida inobatga olinadi.@magistrlarofficial @magistratura_qabul2025
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    23 июн., 11:36изменён

    ❗️TDIUda Davlat auditi oliy maktabi yo‘nalishi ochildi #abituriyentToshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibida tashkil etilgan Davlat auditi oliy maktabiga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjat topshirishga ulgurib qoling.✅ Bakalavriat ta’lim bosqichida 4 yillik to‘liq oliy ta’lim uchun 200 ta o‘rin ajratilgan.Yangi yo‘nalishda o‘qishni istagan abituriyentlar 25-iyunga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Tizimda ro‘yxatdan o‘tayotganda matematika va chet tili fanlar majmuasi tanlanadi.Ushbu yo‘nalishga topshirish uchun abituriyentlardan quyidagi sertifikatlar mavjud bo‘lishi talab etiladi:▪️Matematika fanidan: kamida B daraja va undan yuqori; ▪️Chet tilidan: kamida B2 daraja va undan yuqori.Mazkur milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar mutaxassislik fanlaridan test sinovidan ozod etiladi va maksimal
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    16 июн., 14:12

    переслано из @magistrlarofficial

    #raqamliXizmatlarDiplom dublikatini my.gov.uz bilan olish yanada qulay!📱 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolar uchun qulay elektron xizmatlardan masofadan turib foydalanish imkonini berdi.🎓 Diplom yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan yoki familiya, ism va otasining ismi o‘zgargan fuqarolar endilikda diplom dublikatini olish uchun masofadan turib murojaat qilishlari mumkin.💰Xizmatdan YIDXP orqali foydalanilganda 10% chegirma tufayli BHMning 0,9 barobari miqdorida (306 ming so‘m) to‘lov olinadi. ✅ Dublikat hujjat asl diplom bilan teng yuridik kuchga ega. 👨‍💻 Buning uchun my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish kifoya.Yuqoridagi video orqali diplom dublikatini olish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma bilan tanishishingiz mumkin.@magistrlarofficial @magistratura_qabul2025
    2,020видео2Открыть в Telegram
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    10 июн., 11:32

    ❗️HEMIS tizimidagi navbatdagi muhim yangilanishlar va qulayliklar #hemisHEMIS platformasida mas’ullar uchun qator yangi funksiyalar ishga tushirildi.1️⃣ Talabalarni familiya va ismi bo‘yicha birgalikda qidirishTizimning talabalar bazasi va talabalar ro‘yxati funksiyalari takomillashtirilib, qidiruv imkoniyatlari kengaytirildi:🔹 Qidiruv maydoniga probel (bo‘shliq) bilan ajratgan holda avval familiya, keyin esa ism kiritiladi. 🔹 Familiya va ismning boshidan bir qismini kiritish ham qidiruv natijasi chiqishi uchun yetarli. 🔹 So‘zning katta yoki kichik harflarda yozilishining umuman ahamiyati yo‘q.2️⃣ Diplomlarda talaba ism-sharifini ingliz tilida shakllantirish muammosi hal etildiXalqaro ICAO hujjatlari talablariga mos ravishda kirill va lotin alifbosidagi belgilarni ingliz tili alifbosiga transliteratsiya qilish funksiyasi ishlab chiqildi.Endilikda quyidagi o‘girishlarni
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    10 июн., 06:28

    переслано из @tsue_hemis

    ❗️Endi ilmiy daraja va unvonlarni HEMIS orqali avtomatik olish mumkin! #hemisHEMIS tizimi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. Endilikda xodimlarning ilmiy daraja va unvonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizim orqali avtomatik olish imkoniyati yaratildi.Ilmiy daraja va unvon ma’lumotlarini olish ikki xil usulda amalga oshiriladi:1️⃣ Xodim anketasidagi pasport ma’lumotlarini olish tugmasi (“Lupa”) bosilganda pasport ma’lumotlari bilan birgalikda ilmiy ma’lumotlar ham olib kelinadi;2️⃣ Ilmiy ma’lumotlar qatoridagi “Lupa” tugmasini bosish orqali ham faqatgina tanlangan shaxsga tegishli ilmiy daraja va unvon ma’lumotlari olib kelinadi.ℹ️ OAKning ilmiy ma’lumotlar bazasida so‘rov yuborilgan shaxsning ilmiy ma’lumotlari topilsa, tizim tomonidan avtomatik olib kelinadi. Agar topilmasa, u holda anketada ma’lumotlarni qo‘lda kiritish imkoniyati
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    5 июн., 03:06

    переслано из @tsue_hemis

    ❗️Qabul ochildi #abituriyentBugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos.✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.🌐 @tsue_hemis
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    4 июн., 07:56

    ❗️Akademik litseylarning iqtidorli va ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi belgilandiAdliya vazirligi oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.Mazkur o‘zgartirishga ko‘ra, akademik litseylarning quyidagi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi:➖ xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalar g‘oliblari (1, 2 va 3-o‘rin sohiblari);➖ oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda imtiyoz beradigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi va (yoki) umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan kamida 2 ta sertifikatga ega bo‘lganlar;➖ aholining
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    2 июн., 07:46

    переслано из @tsue_hemis

    ❗️HEMIS tizimida muhim o‘zgarishlar va qat’iy cheklovlar! #hemisHEMIS tizimining navbatdagi yangi versiyasida (1.9.12) ta’lim jarayonlari nazoratini kuchaytirish, kamchiliklarni tuzatish hamda mas’ullar va talabalarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan funksiyalar ishga tushirildi.Tizimdagi asosiy o‘zgarishlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi:1️⃣ Qat’iy nazorat va cheklovlar: Talabalarni kursdan kursga o‘tkazish buyrug‘ida ularning joriy o‘quv yilidagi shartnoma bo‘yicha qarzdorligini tekshirish sharti qo‘shildi. Shuningdek, qayta o‘qish muddati tugagandan so‘ng fanni qayta o‘zlashtirish uchun ariza yuborish jarayoni butunlay bloklandi;2️⃣ Statistika va reytinglar: Tizimga “Bitiruvchi” statusidagi talabalar statistikasini ko‘rish bo‘limi qo‘shildi. Endilikda talabalarning ijtimoiy faollik reytingi natijalari bilan Rahbariyat, Registrator ofis va Dekan rollari
  • REGISTRATOR OFIS Bo‘limining rasmiy kanali

    28 мая, 08:01изменён

    ❗️Ustuvor ilmiy yoʻnalishlarda tahsil oluvchi doktorantlarga 1,7 baravar oshirilgan stipendiya toʻlanadiPrezident Shavkat Mirziyoyev ilmiy kadrlarni tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini tubdan isloh qiluvchi PF–98-sonli tarixiy Farmonni imzoladi. 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab sohada mutlaqo yangi va inqilobiy tartiblar joriy etiladi.Doktorantlar uchun yangi imtiyozlar va oʻzgarishlar:➖ Ustuvor ilmiy yoʻnalishlarga (SI, kiberxavfsizlik, yashil energiya, biotexnologiya va boshqalar) qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida pul toʻlanadi; ➖ Davlat budjeti hisobidan doktoranturaga qabul kvotasining kamida 60 foizi aynan eng muhim ilmiy sohalarga ajratiladi; ➖ Ustuvor yoʻnalishdagi doktorantlarga asbob-uskuna va zarur tovarlar xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qoʻshimcha mablagʻ oliygoh yoki ilmiy tashkilotga