gram news
Аватар канала Оhangaron shahar hokimligi

Оhangaron shahar hokimligi

@ohangaronshahar

Ohangaron shahar hokimligi axborot xizmati Hokimlikka murojaat uchun bot: @ohangaronshbot Veb-sayt:https://gov.uz/oz/ohangaronshahar Facebook: https://www.facebook.com/share/1CGHPJ8rdZ/ Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCKuZbzYW0w5bsayPHUNo9ZA

ПроектыUZПолитика

6,220подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 17:36

    📢📢📢📢📢📢 Hurmatli fuqarolar!Ertaga, 23-sentabr kuni soat 14:00 da Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov hamda Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Kadirxanova Malika Akbarovna tomonidan fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.Qabul davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanadi hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.Murojaat va takliflaringiz bilan shaxsiy qabulda ishtirok etishingiz mumkin.🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmatiTelegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook
  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 14:05

    Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan yoshlar masalalari muhokama qilindiShahar hokimi Sadriddin Shoqosimov hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.Yig‘ilishda yoshlar bilan ishlashning samaradorligini oshirish, ularning muammo va ehtiyojlarini xonadonbay o‘rganish, bandligini ta’minlash hamda ayniqsa, og‘ir toifadagi yoshlar bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, yoshlarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Bu boradagi ishlarni samarali tashkil etishda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarining birgalikdagi faoliyati muhim ekani ta’kidlandi. Har bir yoshning muammosini alohida o‘rganish, unga mos yechim
  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 13:35

    Ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov ta’lim tizimidagi rahbar va xodimlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.Unda maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi xodimlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari hamda ta’lim tizimining mas’ul rahbarlari ishtirok etdi.Yig‘ilishda ta’lim muassasalarini 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash, muassasalardagi ichki muhitni yaxshilash, o‘quvchilarning darslarga qatnashishini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada kuchaytirish hamda o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, ta’lim tizimida korrupsion holatlarning oldini olish, bu borada rahbar va xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.Muhokama qilingan
  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 12:59

    Ta’lim bo‘limining faoliyati va sharoitlari o‘rganildi🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limida bo‘lib, bo‘limning joriy faoliyati hamda mavjud shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.O‘rganish davomida bo‘lim binosining texnik va umumiy holati, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ish joylarining holati hamda moddiy-texnik bazasi bilan tanishildi.Shuningdek, bo‘lim faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlar uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga e’tibor qaratildi.Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmatiTelegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook
  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 12:31

    6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammo o‘rganildi🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning yerto‘la qismidagi kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammoni joyiga chiqqan holda o‘rgandi.O‘rganish davomida mavjud holat va muammoning kelib chiqish sabablari ko‘zdan kechirilib, uni bartaraf etish hamda kanalizatsiya tizimini tegishli holatga keltirish masalalari muhokama qilindi.Aniqlangan muammoni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmatiTelegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook
  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 12:03

    Yoshlar texnoparkida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda🇺🇿 Shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov No‘g‘oyqo‘rg‘on mahallasi hududida joylashgan Yoshlar texnoparkida bo‘lib, ayni paytda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.O‘rganish davomida texnopark fasadlarini tartibga keltirish, hududni tozalash va obodonlashtirish, shuningdek, yashil maydonlarni muntazam sug‘orish imkonini yaratish maqsadida sug‘orish tizimini tortish masalalariga e’tibor qaratildi.Mazkur yo‘nalishlarda ishlarni jadallashtirish va hududni zamonaviy, ozoda hamda ko‘rkam holga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.🇺🇿Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmatiTelegram|Instagram|Youtube|Vebsayt‌‌|Facebook
  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 10:17

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 09:52

    #Shaxsiy_qabulBugun shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Usmanova tomonidan shahar Xalq qabulxonasida sayyor qabul o‘tkazildi.Qabul davomida fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati, bandlik va ijtimoiy yordam masalalariga oid murojaatlari tinglandi.Murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar esa tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.Fuqarolar murojaatlarining ijrosini ta’minlash va ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 09:15

    “USTOZGA EHTIROM”SHE’RLAR TANLOVIYoshlar ishlari agentligi O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 10–30 yoshdagi yoshlarni “Ustozga ehtirom” she’rlar tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.TANLOV SHARTLARI: — Ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan she’rni ifodali ijro etish; — Ijroni 1 daqiqagacha bo‘lgan video shaklida taqdim etish; — Ishtirokchining o‘z qalamiga mansub she’rlariga ustuvorlik beriladi.QABUL MUDDATI: 30-sentabrgachaTanlovning eng yaxshi ijodiy namunalari mualliflari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.10–30 YOSH | 1 DAQIQA | 1 SHE’R | 1 KATTA IMKONIYATTelegram: @ohangaronshbot Murojaat uchun: 77-264-50-96
  • Оhangaron shahar hokimligi

    22 сент., 08:46

    Taomnomalar davlat tilida rasmiylashtirilishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqdaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 78-son qarori hamda amaldagi qonunchilik talablari asosida Ohangaron shahrida umumiy ovqatlanish shoxobchalarida taomnomalar va axborot yozuvlarining davlat tilida rasmiylashtirilishi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.O‘rganishlar davomida umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi taomnomalar, oziq-ovqat va ichimliklar nomlari, narxlar hamda boshqa axborot yozuvlarining o‘zbek tilida, adabiy til me’yorlariga muvofiq va amaldagi qonunchilik talablariga mos ravishda rasmiylashtirilganligi ko‘rib chiqilmoqda.Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga davlat tilidan foydalanish, tashqi va ichki axborot yozuvlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilmoqda.📢 Hurmatli umumiy ovqatlanish shoxobchalari