Последние посты

Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 13:17
переслано из @shmirziyoyev
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о перспективах развития электроэнергетики и совершенствовании механизмов управления проектами в топливно-энергетической отрасли.#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #istiqbollarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X




Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 12:28
#Ohangaron_tumani #mehnat_yarmarkasi✅2026-yil 22-sentyabr kuni Ohangaron tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan "Tut" MFY hududidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.✅Yarmarkada 32 nafar fuqaro ishtirok etib, ularga hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari hamda kasb-hunar egallash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar yuzasidan zarur ma’lumotlar berildi.✅Tadbir davomida ish izlovchi fuqarolarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilib, 6 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. Shuningdek, 6 nafar fuqaroga kasb-hunar o‘rganish uchun vaucherlar berildi. O‘tkazilgan yarmarka natijasida jami 12 nafar fuqaroning




Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 12:03изменён
#Ohangaron_tumani #jarayon✅Ohangaron tumanida kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy reyestrdagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning barqaror daromad manbalariga ega bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.✅Bunda har bir oilaning mavjud imkoniyatlari, mehnat salohiyati va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni daromad keltiradigan faoliyat turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, oilalarni tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlariga jalb qilish orqali doimiy bandlikni ta’minlash muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.✅Jumladan, tumandagi «Gulobod» mahallasida yashovchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi M. Utepova xonadoni uchun ham amaliy chora ko‘rildi. Oilaning daromad manbasini oshirish maqsadida, chorvachilik faoliyatini


Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 10:54
#Ohangaron_tumani #jarayonOhangaron tumanida kambag‘allikni qisqartirish: har bir oila bilan manzilli ish olib borilmoqda✅Aholi turmush farovonligini yuksaltirish, oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish va kambag‘allikni qisqartirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Bu yo‘nalishda Ohangaron tumanidagi mavjud holatni chuqur o‘rganish, har bir oilaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda amaliy yechimlarni belgilash maqsadida, maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.✅Shtab tomonidan tumandagi ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar holati tahlil qilinib, ularning bandligini ta’minlash, daromadini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur imkoniyatlar yaratish bo‘yicha ishlar muvofiqlashtirib borilmoqda.✅Bugungi kunda tumanda ijtimoiy




Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 10:14
#Ohangaron_tumani #jarayon✅Ohangaron tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, mahallalardagi ichki yo‘llarning holatini yaxshilash maqsadida, amaliy ishlar olib borilmoqda.✅Xususan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan manzilli dastur asosida «Qoraxitoy» mahallasining Gulzor va «Tut» mahallasining Oqtepa ko‘chalaridagi ta’mirtalab ichki yo‘llarda dastlabki ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.✅Ayni paytda yo‘llarni asfaltlashga tayyorlash jarayonida mavjud notekisliklarni bartaraf etish, yo‘l asosini mustahkamlash va keyingi bosqichda asfalt qoplamasi yotqizish uchun zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.🌍🌍🌍




Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 10:02
переслано из @rasmiy_axborot_official
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 09:03
#Ohangaron_tumani #Susam_MFY #xalq_kutubxonasi«Susam» mahallasida aholi uchun yana bir ma’rifiy maskan tashkil etildi✅Ohangaron tumanida mahallalarning nafaqat ma’muriy boshqaruv, balki aholi bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va kitobxonlik muhitini shakllantirishga xizmat qiladigan zamonaviy maskanlarga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.✅Yaqinda «Susam» mahallasi uchun yangi ma’muriy binoning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilgan edi. Endilikda mazkur binoda aholi uchun yana bir muhim qulaylik — xalq kutubxonasi tashkil etildi.✅Kutubxonaning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda mahalla aholisi, mas’ul tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar, yoshlar hamda kitobxonlikka qiziquvchi fuqarolar ishtirok etdi.




Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 08:56изменён
#Ohangaron_tumani #qishloq_xo‘jaligi #dolzarbQishloq xo‘jaligida mavsumiy ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi✅Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Hurshid Qoraboyev va Ohangaron tumani hokimi o‘rinbosari Akmal Boyqobilov ishtirokida tuman qishloq xo‘jaligi majmui tarkibiga kiruvchi tashkilot va korxona rahbarlari bilan ishchi suhbat o‘tkazildi.✅Muloqotda qishloq xo‘jaligida oldinda turgan mavsumiy vazifalar, xususan, 2027-yil hosili uchun g‘alla ekish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Yer maydonlarini ekishga tayyorlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, urug‘likdan samarali foydalanish hamda mavsumni belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.✅Shuningdek,




Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 07:21
#Ohangaron_tumani #IT #forumOhangaron tumaniga IT yo‘nalishida investitsiya jalb qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazilmoqda✅Toshkent shahrida axborot texnologiyalari sohasidagi muhim xalqaro tadbirlardan biri — ICTWEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT sohasidagi yangi texnologiyalar, investitsiyaviy imkoniyatlar va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.✅Unda Ohangaron tumani hokimining sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi Hasan Mutalov ham ishtirok etmoqda.✅Forum doirasida tumanimiz vakillari tomonidan Ohangaronga IT yo‘nalishida investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni hududga olib kirish hamda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.




Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 07:04изменён
#Ohangaron_tumani #investitsiya«CASA-ARCH-DESIGN» zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi.🌍🌍🌍🌍🌍🌍👉@ohangarontumanihokimligiBizning rasmiy sahifalarimiz👇🌐Web-site ✈Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube 🕊Twitter 🕊Threads
Ohangaron tumani hokimligi
22 сент., 07:02изменён
#Ohangaron_tumani #yo‘l_bo‘yi #investitsiya✅Avtomobil yo‘llari bo‘yida zamonaviy xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini kengaytirish, yo‘lovchilar uchun qulay sharoitlar yaratish va hududning investitsion salohiyatidan samarali foydalanish bugungi kundagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi A-373 «Toshkent—O‘sh» avtomobil yo‘li bo‘yida ham yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.✅Mazkur yo‘nalishda navbatdagi investitsion loyihalardan biri «CASA-ARCH-DESIGN» MCHJ tomonidan amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.✅Umumiy qiymati 5,6 milliard so‘mni tashkil etuvchi loyiha doirasida yo‘lovchilar va avtotransport vositalari egalariga bir joyning o‘zida bir qator xizmatlarni ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy majmua tashkil etildi. Unda




Ohangaron tumani hokimligi
12 сент., 05:57изменён
#Ohangaron_tumani #targ‘ibotOhangaron tumanida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelgusida ushbu yo‘nalishda ta’lim olish istagida bo‘lgan o‘quvchilarga zarur ma’lumotlarni yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Ohangaron tumani hokimligi, DXX Chegara qo‘shinlari Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan harbiy qism qo‘mondonligi hamkorligida tumandagi 36 ta umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.Unda o‘quvchilarga harbiy xizmatning mazmun-mohiyati, Vatan sarhadlarini himoya qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifaning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yurtga sadoqat, fidoyilik, intizom va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.Tadbir davomida DXX Chegara qo‘shinlari tasarrufidagi “Yosh chegarachilar” harbiy akademik liseyi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, liseyda o‘qish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayoni, o‘quvchilarga beriladigan imkoniyatlar, qabul tartibi va kelgusida harbiy sohada o‘z faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan yoshlar uchun mazkur ta’lim muassasasining ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.Muloqot jarayonida 9-sinf o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, “Yosh chegarachilar” harbiy akademik liseyiga kirish, ta’lim olish va keyingi bosqichlarda o‘qish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha javoblar oldilar.🌍🌍🌍🌍🌍🌍👉@ohangarontumanihokimligiBizning rasmiy sahifalarimiz👇🌐Web-site ✈Telegram 🌐Instagram ✅Facebook 📹YouTube 🕊Twitter 🕊Threads



Ohangaron tumani hokimligi
11 сент., 11:59
переслано из @tvkad
#live Ohangaron tumani aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganilmoqdaAyni damda Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i oʻrinbosari Sh.Yuldashev tomonidan Ohangaron tumani, "G'alla quduq" MFYda sayyor qabul o‘tkazilmoqda.Qabul davomida ko‘rilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazishga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berilmoqda.Shuningdek, qabulga yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda Qonun ijrosi bo‘yicha viloyat aholisining uy-joylariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etilayotgani yuzasidan tushunchalar berilmoqda.#sayyor_qabul Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad Facebook Instagram



