gram news
Аватар канала TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

@ohf_tdyu

🏛 TDYU Ommaviy huquq fakultetining rasmiy telegram kanali 📩 Murojaatlar va takliflar uchun: 👉 @ohf_dekan_bot ☎️| +998 71 233-66-36 (1150)

ПроектыUZОбразование

3,210подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    22 сент., 15:10

    #dual_talim🏛 Ommaviy huquq fakultetida dual ta’lim: Nazariya va amaliyotning mustahkam integratsiyasi!PF-232-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda yuridik ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida universitetda dual ta’lim tizimi izchil va samarali yo‘lga qo‘yilmoqda.📌 Amaliyot jarayoni qanday tashkil etilgan? 🎓 3-kurs talabalari: Haftaning seshanba va chorshanba kunlari ajratilgan bo‘lib, talabalar amaliy darslar va amaliyot jarayonlarida ishtirok etishmoqda.🎓 2 va 4-kurs talabalari: Amaliyot mashg‘ulotlarini haftaning payshanba va juma kunlari belgilangan tashkilotlarda o‘tamoqdalar.🏢 Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashi uchun: ⚖️ Sud organlari (Oliy sud, viloyat va tuman sudlari); 🛡 Huquqni muhofaza qiluvchi organlar (Prokuratura, Ichki ishlar, Adliya organlari); 🏢 80 ga yaqin hamkor davlat va nodavlat tashkilotlari, advokatlik
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    22 сент., 12:58

    #elon📣 TDYU “Ekovolontyor talabalar” klubiga qabul boshlandi!Mazkur klubga a’zo bo‘lishni istaganlar 23-sentabrga qadar @otamirzaev6683 Telegram manziliga ariza yuborishi kerak.Arizada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim: • F.I.Sh.; • telefon raqami; • fakultet; • bosqich; • mavjud loyihalar haqida qisqacha ma’lumot.“Ekovolontyor talabalar” klubi a’zolari turli ekologik tadbirlarda faol ishtirok etish, ekologik aksiyalar va amaliy loyihalar orqali tabiat muhofazasiga hissa qo‘shish, ekologik qonunchilikni amaliyotda qo‘llash jarayonlarida qatnashib, huquqiy bilimni mustahkamlash, volontyorlik faoliyatini tasdiqlovchi guvohnoma va sertifikatlarni qo‘lga kiritish, xalqaro universitetlarga hujjat topshirishda muhim bo‘lgan tajriba va portfolioni boyitish imkoniyatiga ega bo‘ladi.💡 Klub haqida batafsil ma’lumotni @tdyu_eko_valantyorlar guruhidan olish mumkin.👉 Telegram 👈 | 👉
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    22 сент., 10:24изменён

    #taqdirlash #rubrika #mening_ustozim #hafta_talabasi #semestrning_engYaxshisi📣 Ommaviy huquq fakulteti 2025/2026-o‘quv yili bahorgi semestrining eng yaxshilari taqdirlandi.2025-2026-o'quv yili bahorgi semestri davomida o'tkazilgan "Mening ustozim" va "Hafta talabasi" rubrikalari g'oliblari orasidan ovoz berish yo'li bilan "Eng yaxshi ustoz" hamda "Eng yaxshi talaba" nominatsiyasi g'oliblari aniqlangan edi.Ovoz berish natijalariga ko'ra g'oliblar bilan tanishing 👉 "Eng yaxshi ustoz" nominatsiyasi: Qurbanov Jahongir Abdumutalliyevich - Davlat va huquq nazariyasi shu'basi katta o'qituvchisi"Eng yaxshi talaba" nominatsiyasi: Mirzarahimova Madina Muxtorjonovna - Ommaviy huquq fakulteti 1-kurs talabasi🎁 G'oliblar Ommaviy huquq fakultet dekani Durbek Maxkamov tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi!👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    22 сент., 07:44

    #elon📣 HUQUQIY BILIMLAR VA MUTOLAA SARI !🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazi foyyesida 2026-yil 22–23–24-sentabr kunlari kitobsevarlar va huquq sohasi mutaxassislari uchun maxsus kitob ko‘rgazmasi va savdosi tashkil etiladi.❗️ Siz uchun: 🔹 huquqiy bilimlarni boyituvchi yangi adabiyotlar; 🔹 o‘quv va ilmiy faoliyat uchun zarur manbalar; 🔹 zamonaviy huquqiy nashrlar bilan tanishish; 🔹 o‘zingiz uchun kerakli kitoblarni xarid qilish imkoniyati.🗓 Sana: 22–23–24 sentabr, 2026 yil 📍 Manzil: Toshkent davlat yuridik universiteti, Axborot-resurs markazi foyyesi📞 Murojaat uchun: 💬 @Adolatnashr_Marketing ☎️ +998 71 280 55 47 📱 +998 55 510 47 86
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    21 сент., 13:12

    переслано из @tdyu_yoshlarvasport

    "Besh tashabbus olimpiadasi" respublika musobaqasining 2026-yilgi mavsumiga start berilmoqda.Oliy ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida bo'lib o'tadigan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishga bugundan, 21-sentabr kunidan start berildi.Bu yilgi mavsumda bir talaba endi 2 ta (1 ta yakka va 1 ta jamoaviy) yo‘nalishdagi sport turida ishtirok etish imkoniyatiga ega.Barcha talaba-yoshlarimizni ushbu sport musobaqlarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    21 сент., 05:04

    #elon📣 "Zukko yurist" klubi o'z safiga volontyor talabalarni chorlaydi. ㅤ Zukko Yurist klubi faol talabalarni jamoaga qo'shilishga va klub rivojiga o'z hissasini qo'shishga taklif etadi. Klub hayotining muhim qismi ilmiy, huquqiy va badiiy asarlarni o‘qish va muhokama qilishdan iborat. ㅤ Biz mas’uliyatli, maqsadga intiluvchan va tashabbuskor talabalarni kutib qolamiz, ular o‘z vaqtini va energiyasini hamkorlikka bag‘ishlashga tayyor bo‘lishlari kerak. ㅤ • Ariza topshirish uchun murojaat: ushbu havola orqali. • Qabul muddati: 27-sentyabr. • Savollar bo‘lsa: @o_z_odbek👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    21 сент., 04:30

    #dual_talim #uchrashuv📣 Dual ta'lim: amaliyot va nazariya uyg'unligi!Tadbir doirasida Ommaviy huquq fakultetining 2-, 3- va 4-kurs talabalari poytaxt hamda tuman prokuraturalarining mas’ul xodimlari ishtirokida tegishli hududiy organlarga biriktirildi.Taqsimot jarayonida: Talabalarni amaliyot ob’ektlariga joylashtirish; Hududiy prokuratura organlarida faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish; Amaliy mashg‘ulotlarni belgilangan tartibda boshlashga oid tashkiliy masalalar kelishib olindi.Amaliyot davomida bo‘lajak huquqshunoslar: Prokuratura organlari faoliyati va ish yuritish tartibi bilan tanishish; Qonun hujjatlarini amaliyotda qo‘llash hamda huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish; Kasbiy vazifalarni bevosita bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.Ushbu dual ta’lim tizimi talabalarning nazariy bilimlarini real ish muhitida mustahkamlash, ularda amaliy ko‘nikmalarni
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    21 сент., 04:05

    “Kelajak soati” darsining 3-mavzusi taqdimotiMavzu: Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyatDars ssenariysi1-kontent: “Yaponlarga bir ogʻiz gap kifoya” – professor mulohazalari 2-kontent: Vaqt va talabalar 3-kontent: “Afandining gapi toʻgʻri...”mi? 4-kontent: Bir asrlik binoning yangi umri – Zamonaviy san’at markazidamiz!👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    18 сент., 14:04

    #tashabbus📣 Ommaviy huquq fakulteti 1-kurs talabalari uchun G‘afur G‘ulomning hayoti va boy ijodiy merosiga bag'ishlangan maxsus ma’naviy-ma’rifiy soat tashkil etildi.Tadbir Ommaviy huquq fakulteti 2-bosqich talabasi Turdaliyeva Shirin Mansur qizi tomonidan yuqori saviyada o‘tkazildi.Taqdimot davomida yozuvchining hayot yo‘li va ijodi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.Targ‘ibot mashg‘ulotlaridan so‘ng, orttirilgan bilimlarni sinovdan o‘tkazish hamda talabalarning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida interaktiv "Kahoot" o‘yini o‘tkazildi.Qizg‘in va murosa-sozsiz kechgan bahslar yakunida quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar: 🥇 1-o‘rin: Jiyanova Dilnoza 🥈 2-o‘rin: Mamadaliyeva Aziza 🥉 3-o‘rin: Navruzov Anvar 🥉3-oʻrin: Sultonov Sanjar💐 G‘oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz va kelgusi o‘qish hamda ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!👉 Telegram 👈
    1,2003321Открыть в Telegram
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    18 сент., 11:05

    #sõrovnoma📣 Transport harakatini o‘rganish maqsadida qisqa so‘rovnoma davom etmoqda.📲 Botga kirib: • universitetingizni tanlang; • qayerdan yo‘lga chiqishingizni belgilang; • foydalanadigan transportingizni tanlang; • yo‘lga chiqish vaqtingizni ko‘rsating; • so‘rovnomani yuboring.⏱️ To‘ldirish atigi bir necha daqiqa vaqt oladi.✅ Har bir talaba so‘rovnomani bir marta to‘ldiradi. Zarur bo‘lsa, keyinchalik javoblarini yangilashi mumkin.Sizning javoblaringiz Toshkent shahrida talabalar uchun transport harakatini yaxshiroq tahlil qilishga yordam beradi.👇 So‘rovnomada qatnashish uchun botga kiring: @student_coddbot
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    18 сент., 07:20

    #elon📣 Fakultet-talabalar qo‘mitasi a’zoligiga nomzodlar qabul qilinmoqda.Agar siz talabalar manfaatlarini ifodalash, ularning ovozini yetkazish va universitet rivojiga o‘z hissangizni qo‘shishni istasangiz — fakultet-talabalar qo‘mitasi a’zoligiga nomzodingizni ko‘rsating!Sizni nimalar kutmoqda? ✔️Tengdoshlaringiz manfaatlarini vakillik qilish; ✔️Talabalarning ta’lim jarayoni bilan bog‘liq muammolarini aniqlash va ularni hal etishda ishtirok etish; ✔️Talabalar huquq va manfaatlarini himoya qilishga hissa qo‘shish; ✔️Fakultet va universitet rivoji uchun taklif va tashabbuslarni ilgari surish.🖥Nomzodingizni 27-sentyabr, soat 12:00 ga qadar ko‘rsating✉️Ro‘yxatdan o‘tgach va nomzodlar uchun tashkil etilgan Telegram guruhiga qo‘shiling!🛡Asosiy talab — universitet hayoti va talabalar huquq hamda erkinliklariga befarq bo‘lmaslik.🔗Saylov jarayoni haqida…
    1,170211Открыть в Telegram
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    17 сент., 14:17

    #talabafest35📣 TDYUning 2, 3 va 4-bosqich talabalari diqqatiga!🗃 Toshkent davlat yuridik universitetining 35 yillik yubileyi munosabati bilan Siz kutgan “QUEST STEP BY STEP” sarguzashtli-intellektual va huquqiy tanlovining mahsus seriyasi! 🧩⚖️🎯Tanlov davomida universitetimiz 35 yillik tarixi, faoliyati va erishgan yutuqlari bilan yaqindan tanishish, shuningdek, universitet haqidagi bilimlaringizni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!🕐Ro‘yxatdan o‘tish: 2026-yil 18-sentabr, soat 18:00 ga qadar 📁 Saralash bosqichi: 19-sentabr, soat 9:00da📌Muhim: Jamoadagi barcha ishtirokchilar bir fakultetdan bo‘lishi shart! 🏳️Tanlov shartlari bilan batafsil tanishing:👉 Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting 📲 Ro‘yxatdan o‘tgach, @questsaralash1 Telegram guruhiga qo‘shiling.👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    17 сент., 13:50

    #talabafest35📣 "TDYU - 35: San'atda aks etgan tarix" 🎨Toshkent davlat yuridik universitetining 35 yillik yubileyi munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovida ishtirok eting! 🖌✨Musobaqa haqida:🏢 5 ta fakultet o‘zining iqtidorli rassom-talabalaridan jamoa tuzadi. 🖼 Har bir jamoa birgalikda katta hajmda rasm chizadi. 💡 Mavzu: TDYU faoliyati, adolat va talabalik ruhi (Universitet binosini emas, uning ma'nosi va g‘oyasini aks ettiring!).📅 Sana: 22-sentabr, 2026-yil 📍 Joy: TDYU 3-bino hovlisiO‘z fakultetingiz sharafini san'at bilan himoya qiling! Barcha ijodkor va muxlislarni kutib qolamiz! 🔥🏛Eslatib o'tamiz tanlovda g'olib bo'lgan fakultet jamoasi darajali diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!📣Sizda takliflar yoki savollar bo‘lsa, biz bilan bog‘laning. Kordinator: @farziyo_a
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    16 сент., 14:01

    #dual_talim📣 Toshkent davlat yuridik universitetida 2026/2027-o'quv yili uchun dual ta'lim jarayoni boshlandi.Ushbu jarayonni amalga oshirish maqsadida O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) bilan hamkorlikda talabalar amaliyot o‘tash uchun tegishli tashkilot va muassasalarga taqsimlandi.Xususan, Ommaviy huquq fakultetining 2,3,4-kurs talabalari O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi, Toshkent shahar hokimligi, shuningdek, vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy, shahar va tuman bo‘limlariga, shuningdek, 60 ga yaqin boshqa tashkilotlarda amaliyot o‘tash uchun yo‘naltirildi.Har bir guruhga mas’ul professor-o‘qituvchi biriktirilgan bo‘lib, ular talabalarning amaliyot jarayonini muvofiqlashtirish, topshiriqlarni bajarishda uslubiy yordam ko‘rsatish va erishilgan natijalarni baholab borishga mas’uldirlar. O‘z navbatida, amaliyot o‘talayotgan tashkilot tomonidan
    1,290541Открыть в Telegram
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    16 сент., 13:39

    переслано из @law_ssc2

    📢 Assalomu alaykum, hurmatli talabalar!✅ 2026/2026-o‘quv yili bahorgi semestr fanlaridan, shuningdek, avvalgi o‘quv yillardagi bahorgi semestr fanlaridan akademik qarzdorlik qayd etilib, ushbu modullardan tashkil etilgan yozgi semestr (intensiv kurslar) yakuniy nazorat imtihon natijalaridan norozi bo‘lib apellyatsiya shikoyatlarini bergan talabalarning tegishli modullardan apellyatsiya natijalari bugun, 16.09.2026-yil soat 19:00 da e’lon qilinadi. ✅ Talabalar apellyatsiya natijalarini std.tsul.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.📢 Здравствуйте, уважаемые студенты!✅ Результаты апелляций студентов, которые подали апелляционные жалобы, будучи недовольными итоговыми результатами экзаменов летнего семестра (интенсивных курсов), сформированного из модулей, по которым была зафиксирована академическая задолженность по предметам весеннего семестра
    TelegramTDYU Registrator ofisiBarcha turdagi xizmatlar yuzasidan murojaatni amalga oshirish uchun std.tsul.uz platformasiga login va parolingizni kiriting va "Interaktiv xizmatlar" menyusi orqali murojaatingizni yo'llang: https://std.tsul.uz/interactive_s Aloqa: +998712336636 (1027)
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    16 сент., 10:17

    #talabalar_turar_joyi📣 Universitetning Soliq oliy maktabi bilan hamkorligi natijasida 250 dan ortiq TDYU talabalari qo'shimcha talabalar turar joyi bilan ta'minlandi.🛏 Talabalar yotoqxonaga joylashtirilishi jarayonida ularga yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxonaning mavjud imkoniyatlari hamda yashash uchun belgilangan tartiblar haqida batafsil ma’lumot berildi.📋 Shuningdek, talabalar yotoqxonaning ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirilib, ularga mazkur qoidalarga rioya qilish, umumiy foydalanish joylaridan oqilona foydalanish va yotoqxonada o‘zaro hurmat muhitini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.🤝 Mazkur tadbir talabalarning yangi o‘quv yilini qulay va uyushgan tarzda boshlashlari, shuningdek, ular uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    16 сент., 08:40

    #uchrashuv #yangi_oquv_yili📣 Dekan va 1-kurs talabalari oʻrtasida ochiq muloqotlar davom etmoqda.1-kurs talabalari bilan taʼlim va intizom masalalarida uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.Toshkent davlat yuridik universitetida yangi oʻquv yili munosabati bilan Ommaviy huquq fakulteti dekani barcha 1-kurs talabalari bilan bosqichma-bosqich uchrashuvlar oʻtkazdi.Samimiy va muloqot ruhida oʻtgan ushbu uchrashuvlarda dekan talabalarni samimiy qutlab, ularga kelgusi oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbatlar davomida universitetdagi dars va oʻqitish jarayonlari, talabalarning yurish-turish va kiyinish madaniyati hamda Odob-axloq kodeksi talablariga rioya etish kabi muhim masalalarga alohida toʻxtalib oʻtildi.💡 Uchrashuvlar yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.Barcha 1-kurs talabalariga yangi oʻquv yilida zafarlar tilaymiz!👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    15 сент., 12:47

    #sorovnomaTDYUdagi sportchi talabalar diqqatiga!TDYUda tahsil olayotgan sportchi talabalarning sport yo‘nalishida erishgan natijalari, yutuqlari va sport faoliyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.Sizni mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz!Вниманию студентов-спортсменов ТГЮУ!В целях изучения спортивных достижений, результатов и спортивной деятельности студентов-спортсменов ТГЮУ проводится опрос.Приглашаем вас принять активное участие в данном опросе!👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    15 сент., 10:29

    #diqqat📣 Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Xodjayev Baxshillo Kamolovichning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha MUROJAATI👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈
  • TDYU_Ommaviy_huquq_fakulteti

    14 сент., 16:01

    #stajirovka📣 Ijtimoiy himoya milliy agentligida stajirovka o‘tash imkoniyati!O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat hamda magistratura talabalari o‘rtasida stajirovka dasturiga tanlov e’lon qilindi.Kimlar ishtirok etishi mumkin? Yurisprudensiya, Ijtimoiy ish, Sotsiologiya va Psixologiya yo‘nalishlari bakalavriat bosqichining so‘nggi ikki kursi talabalari; Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar.Stajirovka sizga nima beradi? Nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish; Kasbiy ko‘nikma va kompetensiyalarni rivojlantirish; Ijtimoiy himoya sohasida kadrlar zaxirasiga kirish va kelgusi faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish.Ariza topshirish muddati: 2026-yil 15-sentabrga qadar Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://internship.ihma.uz👉 Telegram 👈 | 👉 Instagram 👈