gram news
Аватар канала Oliy sud | Rasmiy kanal

Oliy sud | Rasmiy kanal

@oliysuduz

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy kanali _________ Официальный канал Верховного суда Республики Узбекистан

ПроектыUZПраво

17,880подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 17:54

    ❗️Sud qarorini bajarmagan mansabdor jarima to'lab ham qutilmaydiEndilikda mansabdor shaxs ma'muriy sudning qarorini ijro qilmasa, sud avval jarima qo'llaydi, keyinchalik esa qonuniy chora ko'rish uchun prokurorga xabar beradi. Maqsad – sud qarori qog'ozda qolib ketmasdan, fuqaroning huquqi amalda tiklanishini ta'minlash hisoblanadi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 17:52

    ❗️Davlat idorasi o'zi bilganicha ta'sir chorasini qo'llay olmaydiDavlat idorasining fuqaro yoki tadbirkorga nisbatan qo'llagan chorasi ko'zlangan qonuniy maqsadga mos va mutanosib bo'lishi kerak. Endilikda ma'muriy sudlarga davlat idorasi bir nechta qarordan birini tanlash vakolatidan qonuniy va asosli foydalanganini tekshirish vakolati berilmoqda. Bunda sud qo'llangan ta'sir chorasi zarur chegaradan chiqib ketmaganligiga baho beradi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 17:49

    ❗️Endilikda hokimlar noqonuniy chiqargan normativ hujjati uchun sudda javob beradiHokimiyat qabul qilgan noqonuniy normativ-huquqiy hujjat o'sha hududdagi ko'plab fuqarolarning huquqlarini buzishi mumkin. Hozir bunday hujjat ustidan ma'muriy sudga shikoyat qilish imkoniyati mavjud emas. Endilikda fuqarolarga bunday hujjatlar ustidan bevosita sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 17:44

    ❗️Davlat organi huquqingizni buzgan, ammo sudga murojaat qilish muddati o'tib ketganmi? Endi buning yechimi bor...Qonunbuzilishni tan oldirish uchun sudga muddatsiz murojaat qilish taklif etilmoqda. Davlat organi tomonidan qo'pol qonunbuzilish sodir etilganini tan olishni so'rab, sudga muddatsiz murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Bu imkoniyat odamlarni yillar davomida qiynab kelayotgan “da'vo qilish muddati” muammosining hal qilinishiga xizmat qiladi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 17:39

    ❗️Huquq buzilishini kutmasdan ham sud himoyasidan foydalanish mumkin bo'ladiFuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini buzilishidan oldin himoya qilish imkoniyatini yaratish taklif etilmoqda. Buning uchun ma'muriy sudga huquqni himoyasini ta'minlashning proaktiv shakli joriy etiladi. Asosiy maqsad – huquq buzilganidan keyin uni tiklash emas, balki qonunbuzilishning oldini olish uchun sharoit yaratish hisoblanadi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 17:32

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida ma'muriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bag'ishlab o'tkazilgan taqdimot yuzasidan bayonotVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 10:47

    Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 10:46

    Xorazm viloyati sudlarining rahbariyati Yangiariq tumanida aholining sudga doir murojaatlarini o'rganishga qaratilgan sayyor qabul o'tkazdiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 10:39

    ❗️Shaxsning sog'ligi tufayli huquqbuzarlik fakti inkor etilgan hollarda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ish tugatilishi lozim🔹Viloyat MAB inspektorining 2025 yil 3 iyundagi qaroriga ko'ra, I. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismi bilan BHMning 1/2 qismi miqdorida ma'muriy jarimaga tortilgan.🔹Jinoyat ishlari bo'yicha shahar sudining 2025 yil 1 iyuldagi qaroriga ko'ra, qaror o'zgarishsiz qoldirilgan.🔹Viloyat sudi jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati apellyasiya instansiyasining 2025 yil 29 avgustdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori o'zgarishsiz qoldirilgan.🔹Sud qaroriga ko'ra, I. 2025 yil 24 mayda avtotransport vositasini xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan boshqargan.Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi 172-sonli qarorining 9-bandida, homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 10:28

    Jinoyat ishlari bo'yicha Oltiariq tuman sudida voyaga yetmagan farzandlarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlagan shaxslarga nisbatan yuritilgan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlar ko'rib chiqildiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 10:21

    INSON HUQUQLARI SUD HIMOYASIDAFuqaro M. Matchanova oʻz buvisi tomonidan hadya etilgan uy-joy hamda yer maydoniga nisbatan yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni belgilash toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilgan edi. Mazkur fuqarolik ishi fuqarolik ishlari boʻyicha Jizzax tumanlararo sudi tomonidan koʻrib chiqildi.Sud fuqaroning arizasini toʻliq qanoatlantirdi. Natijada uning qonuniy mulk huquqi tiklandi.Oʻz huquqlari sud tomonidan tiklangani va adolat qaror topganini taʼkidlab, M. Matchanova ishning adolatli koʻrib chiqilgani uchun sudyalarga samimiy minnatdorchiligini bildirdi.Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 07:49

    INSON QADRIGA EHTIROMYangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi odamlarning kundalik turmushida, ertangi kunga ishonchida yorqin namoyon bo'lmoqda.Ayniqsa, xotin-qizlarning ta'lim olishi, kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ayol qadriga munosabatni yangi mazmun bilan boyitmoqda.Ana shu e'tiborning ma'naviy davomi o'z davrida xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilgan ayollar xotirasini e'zozlashda ham ko'rinadi.Ularning ibratli hayotini, keng qamrovli va samarali faoliyatini chuqur o'rganish orqali bugungi imkoniyatlarning qadrini teranroq anglaymiz, yoshlarimizga ishonchli hayotiy namunalarni taqdim etamiz.Mashhur sudya ayol, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yurist Halima Muhitdinova tavalludining 110 yilligi keng nishonlanayotganini ana shu insonparvar siyosatning amaldagi namunasi
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 07:37

    Yangi O'zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etishga qaratilgan "Odil sudlov - 2030" strategiyasi haqida Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi Habibulla Madatov so'z yuritadiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 07:31

    Andijon viloyat ma'muriy sudi hamda Davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o'tkazilgan seminardan reportajVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 07:24

    24 yoshli bank xodimi qasddan odam o'ldirganlikda aybdor deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindiVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 06:59

    Yangi O'zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimi barpo etilmoqdaVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 06:29изменён

    Jinoyat ishlari bo'yicha Qo'qon shahar sudining tergov sudyalari tomonidan ichki ishlar xodimlari ishtirokida huquqiy targ'ibot tadbir o'tkazilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Odil sudlov – 2030: Yangi O'zbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi to'g'risida»gi Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildiVeb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 05:59

    SUDYA TUSHUNTIRADIIqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanday huquq va majburiyatlari bor?Xorazm viloyat sudining sudyasi Vohid Qazaqov tushuntiradiVeb-sayt I Telegram I Facebook I Instagram I YouTube
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 05:40

    переслано из @rasmiy_axborot_official

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
  • Oliy sud | Rasmiy kanal

    22 сент., 05:29

    ROST YOKI YOLG'ONVeb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Скачать ряд в CSV
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно

Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.

Как это работает →
Создать бота