gram news
Аватар канала OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

@oltin_press

Oltinko‘l tumanida ro‘y berayotgan jamiyat, iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyat, sport, texnologiyalarga oid eng so‘nggi xabarlar. 2021/©

ПроектыUZНовости

8,571подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    22 сент., 12:25изменён

    MAKTABDA O‘QUVCHILARNING KASB TANLASHIGA AMALIY KO‘MAK BERILMOQDAAndijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonovning yangi tashabbusi doirasida Oltinko'l tumani 34-umumta'lim maktabida o‘quvchilarning kelajak kasbini to‘g‘ri tanlashiga alohida e’tibor qaratilmoqda.7-sinfdan boshlab yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlari qiziqqan kasblar bo‘yicha so‘rovnomalarni to‘ldirib, kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlarini belgilamoqda. Shu asosda o‘qituvchilar tomonidan tanlangan kasb uchun zarur bo‘lgan fanlarni chuqur o‘zlashtirishga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.Shuningdek, maktabda tashkil etilgan qandolatchilik va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishlarida yuzlab o‘quvchi qizlar zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarini oshirmoqda.✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
    900видео42Открыть в Telegram
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    22 сент., 12:12

    ✅ “JISMONIY TAYYORGARLIK DARAJASI” SPORT SINOVLARIGA START BERILDI22-sentyabr kuni Oltinko‘l tumani sport maktabida 30–70 yosh va undan katta yoshdagi aholi hamda mahalla tizimi xodimlari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari boshlandi.Sinovlarning asosiy maqsadi — aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda fuqarolarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat.✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    22 сент., 05:58

    #Yer_va_mol_mulk_soligiSIZ VA BIZ TO'LAYOTGAN SOLIQLAR YURTIMIZNI YANADA FAROVON BO'LISHI UCHUN XIZMAT QILADI🗓15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni❗️📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2025-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.👉Yer va mol-mulk soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    22 сент., 05:28

    ⚽️ MUXLISLAR DIQQATIGA!24 sentyabr kuni kechki soat 19:00 da Farg‘onadagi muhtasham "Istiqlol" stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eron milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Shu kuni "Istiqlol" stadioni sariq-qora emas, oq-ko‘k rangga burkanadi.Chiptalarni esa stadion kassalarida xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Milliy terma jamoamizni "Istiqlol" stadionida qo‘llab-quvvatlang.Olg‘a O‘zbekiston, olg‘a oq bo‘rilar!✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    21 сент., 17:25

    ⚽️ “Hokim kubogi” mini futbol turniri o‘tkazildiOltinko‘l tumani Jalabek MFY hududida uyushmagan yoshlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Hokim kubogi” turniri tashkil etildi.Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etib, sportning mazkur turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Musobaqaning final bosqichida “Moon” va “Oltin saroy” jamoalari bahs olib bordi.Yakuniy uchrashuvda “Oltin saroy” jamoasi 8:1 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning “Hokim kubogi” sohibiga aylandi.✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    21 сент., 16:23

    🔐 KIBER QALQON — KIBERXAVFSIZLIKKA BIRGALIKDA!Hurmatli Oltinko‘l tumani aholisi! Bugungi kunda internet va raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda kiberjinoyatlar va internet firibgarligi xavfi ham ortib bormoqda.⚠️ Kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qiling: • Bank karta ma’lumotlari, SMS-kod va parollaringizni begona shaxslarga bermang; • Noma’lum raqamlardan kelgan qo‘ng‘iroq va shubhali xabarlarga ishonmang; • Ijtimoiy tarmoq akkauntlarida ikki bosqichli himoyadan foydalaning; • Murakkab parollar o‘rnating; • Noma’lum va shubhali dasturlarni yuklab olmang.🚨 Unutmang: ehtiyotsizlik katta moddiy zarar keltirishi mumkin.👮‍♂️ Oltinko‘l tumani IIB xodimlari fuqarolarni internetdan xavfsiz va oqilona foydalanishga chaqiradi.🛡 Ogoh bo‘ling — firibgarlarga imkoniyat bermang!✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    21 сент., 14:02

    #TEZKOR #ANONSAndijonda sizni lol qoldiradigan darajadagi “Oltinko‘lning qadimi va buguni” o‘zgacha tarixiy filmi suratga olindi. (Bunaqasi hali bo‘lmagan)Asrlar qa’ridan bugungacha bo‘lgan Oltinko‘l tarixi ilk bor katta ekranda jonlandi. Bu filmda 1,5 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan Vodiy1.uz tomonidan viloyatdagi har bir tuman tarixi haqida ilmiy fakt va tadqiqotlarga asoslangan filmlar tayyorlanmoqda.Tarixchi olimlar, arxeologlar, kino mutaxassislari va taniqli aktyorlar birlashgan ushbu loyiha orqali Oltinko‘lning siz bilmagan sirli va boy tarixi ochib beriladi.🔥Bu — hali anons xolos.TEZ ORADA “OLTINKO‘LNING QADIMI VA BUGUNI” TO‘LIQ FILMI EFIRDA!Ko‘ring va o‘z yurtingiz tarixini yangidan kashf eting!✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
    2,770видео522Открыть в Telegram
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    21 сент., 12:45

    #infografikaOltinko’l tumani hokimi va hokim o’rinbosarlarining shaxsiy qabullari natijalari statistikasi✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    21 сент., 12:45

    Oltinko’l tumani hokimi va hokim o'rinbosarlari tomonidan o'tkazilayotgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlarini qabul qilish jadvali bilan tanishing.Ushbu qabullar OLTINKO’L tumani hokimligi Xalq qabulxonasi binosida o‘tkaziladi.✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    21 сент., 06:32

    “Kelajak soati” darslari o‘tkazildiBugun Oltinko‘l tumanidagi barcha ta’lim muassasalarida navbatdagi “Kelajak soati” darslari bo‘lib o‘tdi.Unda “Men O‘zbekistonlikman” mavzusida mashg‘ulotlar tashkil etilib, o‘quvchilarga yurtimizning boy tarixi, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi, xalqaro hamkorlik hamda do‘stlik aloqalari haqida ma’lumotlar berildi.Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning Vatanga bo‘lgan hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    20 сент., 10:50

    Kundan kunga chiroy ochib borayotgan Oltinko‘lOltinko‘l tumanida hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda yashil maydonlarni kengaytirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.Quyidagi videolavhada bugun tumanda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari aks etgan.✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
    1,600видео53Открыть в Telegram
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    20 сент., 10:48

    Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz. — Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    20 сент., 10:45

    "Dual ta’lim: bilimdan amaliyot sari"Oltinko‘l tuman 2-son texnikumida “Traktorchi-mashinist” yo‘nalishida tahsil olayotgan o‘quvchilar dual ta’lim tizimi asosida nazariy bilimlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonidagi amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlab bormoqdalar.Ayni kunlarda o‘quvchilar paxta dalalarida, paxta terish mashinalarida shogird sifatida amaliyot o‘tamoqda. Ular tajribali mutaxassislar ko‘magida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarini boshqarish, ulardan to‘g‘ri va samarali foydalanish hamda ish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallamoqdalar.✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
    1,220видео21Открыть в Telegram
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    20 сент., 10:45

    Is gazi hayot uchun xavfliYaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan.✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
    1,230видео1Открыть в Telegram
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    20 сент., 03:27

    🟦LIVEBugun erta tongdan Oltinko'l tumani hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlanib, ushbu ishlar tumanning barcha hududlarida jadallik bilan olib borilmoqda.✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    6 сент., 05:45

    SAROY-2 MAHALLASIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR O‘RGANILDI Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyati kotibiyat mudiri Nasibaxon To‘ychiyeva “Saroy-2” mahallasida ijtimoiy reestrga kiritilgan hamda
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    5 сент., 11:19

    ❗️❗️❗️❗️❗️ 🔥Andijon viloyati IIB huzuridagi Qoʻriqlash bo‘linmalarida boʻsh boʻlgan safdorlik lavozimlari uchun tanlov eʼlon qilinadi. ⚠️Tanlov tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 2-mart kunidagi 114-sonli buyrugʻi talablari asosida tashkil etiladi. ✔️Xizmatga
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    5 сент., 03:26

    Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    5 сент., 03:25

    “XALQ BILAN BIRGA” — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Oltinko‘l tumanida O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” loyihasi doirasida nuroniylar va tuman faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddasxon Axmedova
  • OLTINKO’L TUMAN HOKIMLIGI | matbuot xizmati

    5 сент., 02:20

    PAXTA TERISH MASHINALARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA TAVSIYA ✍🏻 Oltinko’l tumani hokimligi Matbuot xizmati | Telegram | Facebook | Instagram |