gram news
Аватар канала Oltinsoy tumani hokimligi

Oltinsoy tumani hokimligi

@oltinsoy_tumani_hokimligi

Ushbu telegram kanali orqali Oltinsoy tumanidagi islohotlar va yangiliklar haqida maʻlumotlarga ega boʻlasiz. Site: https://gov.uz/oltinsoy E-pochta: gov@oltinsoy.uz Murojaat +99876 47-77-516 Manzili: Oltinsoy t, Mustaqillik ko'chasi, 8-uy.

ПроектыUZНовости

7,420подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Oltinsoy tumani hokimligi

    22 сент., 19:12

    🌿 PAXTA YIG‘IM-TERIMI — NAZORATDA, NATIJA — ASOSIY MEZON!Oltinsoy tumanida paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, terim sur’atini oshirish va belgilangan rejalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Muhokamada tuman hokimi Otabek Mavlyanov, tuman prokurori Ravshan Turdiyev hamda tuman IIB boshlig‘i Shuhrat Normurodov ishtirok etdi.Unda dalalardagi mavjud holat, terim jarayonining borishi, ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirish, mehnat uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mavsumni samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Mas’ullarga har bir hudud va fermer xo‘jaligi kesimida ishlarni yanada kuchaytirish, terim sur’atini oshirish va hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.📌 Nazorat — kuchli, talab — qat’iy, maqsad — yuqori natija!#Oltinsoy #Paxta
  • Oltinsoy tumani hokimligi

    22 сент., 16:42

    ⚡️ TOPSHIRIQLAR IJROSI — QAT’IY NAZORATDAOltinsoy tumanida belgilangan vazifalar ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan mas’ul rahbarlar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.Yig‘ilishda har bir yo‘nalish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning bajarilishi tahlil qilinib, ijroni kechiktirishga yo‘l qo‘ymaslik, mas’ullarning shaxsiy javobgarligini oshirish va natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Tuman hokimi Otabek Mavlyanov hamda tuman prokurori Ravshan Turdiyev tomonidan topshiriqlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish zarurligi ta’kidlandi.Muhimi — topshiriq berilgani emas, uning natijasi. Har bir vazifa — nazoratda, har bir natija — tahlilda.Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati📱telegram🌎oltinsoy
  • Oltinsoy tumani hokimligi

    22 сент., 16:42

    ⚡️ ILG‘OR TERIMCHILAR RAG‘BATLANTIRILDIOltinsoy tumanida paxta terimida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirish tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda mavsum davomida fidoyilik ko‘rsatgan, terim topshiriqlarini sifatli va o‘z vaqtida bajargan terimchilarga munosib e’tirof bildirilib, ularga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.Tadbirda tuman prokurori Ravshan Turdiyev va IIB boshlig‘i Shuhrat Normurodov ham ishtirok etdi.Tuman hokimi Otabek Mavlyanov ilg‘or terimchilarni samimiy muborakbod etib, ularning mehnati va mas’uliyatli yondashuvi yuqori hosilni yig‘ib-terib olishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.Muhimi — halol mehnat va fidoyilik doimo e’tirof etiladi.Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati📱telegram🌎oltinsoy.uz|
  • Oltinsoy tumani hokimligi

    22 сент., 15:24

    Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о перспективах развития электроэнергетики и совершенствовании механизмов управления проектами в топливно-энергетической отрасли.#Mirziyoyev #taqdimot #energetika #istiqbollarPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
  • Oltinsoy tumani hokimligi

    22 сент., 12:10

    #qabul #oltinsoy🏛 TUMAN HOKIMLIGIDA FUQAROLAR QABULIBugun 22.09.2026-yil sanasida Oltinsoy tuman hokimligida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish maqsadida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari Qurilish majmuasi bosh mutaxassisi S. Xolmamadov tomonidan tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda muammolarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar belgilandi.📌 Murojaat — e’tiborda, muammo — yechimda!Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram
  • Oltinsoy tumani hokimligi

    22 сент., 12:01

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • Oltinsoy tumani hokimligi

    6 сент., 13:34

    🌊 Oltinsoy daryosi qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari o‘rganildi Oltinsoy tumanida aholi xavfsizligini ta’minlash, suv toshqinlarining oldini olish hamda daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. FVB hamda aloqador tashkilotlar hamkorligida o‘quv mashg‘ulotlari
  • Oltinsoy tumani hokimligi

    6 сент., 13:24

    💧 IRRIGATSIYA TIZIMI YANGILANMOQDA Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash, irrigatsiya tarmoqlarining samaradorligini oshirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman hokimi Otabek Mavlyanov hamda hokim
  • Oltinsoy tumani hokimligi

    6 сент., 04:42

    Xo‘jaipok sog‘lomlashtirish maskanida bajarilayotgan ishlar nazorat qilindi Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov tomonidan Xo‘jaipok sog‘lomlashtirish maskanida olib borilayotgan ishlar o‘rganilib, ularning bajarilishi nazorat qilindi. O‘rganish davomida hududni obodonlashtirish, mavjud