Последние посты

Oqdaryo Ovozi
22 сент., 11:50
переслано из @pensionfundruz
📈 Юқори иш ҳақи — юқори пенсия!💸 Пенсия ҳисоблашда инобатга олинадиган энг юқори иш ҳақи миқдорини босқичма-босқич ошириш таклиф этилмоқда.📈 Бу орқали юқори иш ҳақи билан меҳнат қилган фуқароларнинг даромадлари пенсия ҳисоб-китобида янада тўлиқроқ инобатга олинади.✔️ Таклиф қандай ишлайди? Инфографикаларда батафсил танишинг.Veb-sayt |Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 11:50
Pensiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan takliflar mazmun-mohiyati tushuntirildi ✅ Oqdaryo tuman Mahalla fuqarolar yig'inlarida va Oqdaryo tuman sport maktabida pensiya tizimini takomillashtirish, sohadagi yangiliklar hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. ✅ Tadbir davomida Pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo'limi boshligi va mutaxassisi tomonidan Farmon loyihasida pensiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan qator muhim takliflar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. ✅ Uchrashuvda pensiya ta’minoti sohasidagi huquqiy tushunchalar xodimlarga oddiy, aniq va tushunarli tilda yetkazilib, ularning huquq va manfaatlarini bilishi muhim ekani alohida ta’kidlandi. ✅ Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha va asosli
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 10:01
🥈Osiyo o‘yinlari-2026. O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir kumush medalni qo’lga kiritdiAralash jang san’atining modern yoʻnalishida ishtirok etgan 🇺🇿hamyurtimiz Firdavs Atamuradov -60 kg vazn toifasining finalida 🇹🇯tojikistonlik Mirzobek Umarovga imkoniyatni boy berdi va ikkinchi oʻrinni egalladi.Delegatsiyamiz hisobida hozircha 🥇1 ta oltin, 🥈2 ta kumush va 🥉1 ta bronza medali bor. Medallar jamg’arish bo’yicha umumjamoa hisobida 9-o’rinda bormoqdamiz.✅@oqdaryoovozi1931✅ |Facebook |Sayt|
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 09:40
#Doimiy_komissiya🏛 Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi📅 2026-yil 22-sentabr kuni Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.📝 Yig‘ilishda tuman mahalliy budjetining I-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hamda 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.✅@oqdaryoovozi1931✅ |Facebook |Sayt|
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 09:36
АҚШда одам робот билан жанг қилиб, шифохонага тушдиАҚШнинг Сан-Франциско шаҳрида одам ва робот ўртасида жанг бўлиб ўтди.Жангда эркак жароҳат олиб, шифохонага олиб кетилди.✅@oqdaryoovozi1931✅ |Facebook |Sayt|
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 09:24
❗️Пора олгани учун аввал қамалган ЙПХ ходими яна пора билан ушланиб, 5 йилга қамалдиСурхондарёда муқаддам пора олишда айбланиб, кейин оқланган ва хизматга тикланган ЙПХ ходими яна пора олишда айбдор деб топилди.У Бойсун туманидаги ЙПХ масканида пахта ортилган юк машиналарини тўхтатиб, ҳар бирини ўтказиб юбориш учун 100 минг сўмдан пул талаб қилган.Тезкор тадбирда ходим 41 та машина учун талаб қилинган 4,1 млн сўмнинг 4 млн сўмини олган вақтида ушланган.Маълум қилинишича, у 2014 йилда ҳам пора олишда айбланиб, 6 йилга қамалган, аммо 2022 йилда Олий суд қарори билан оқланган ва хизматга тикланган.⚖️ Суд унга 5 йил озодликдан маҳрум қилиш ҳамда 2 йилга ички ишлар органларида ишлаш ҳуқуқидан маҳрум қилиш жазосини тайинлаган. Апелляция суди ҳукмни ўзгаришсиз қолдирган.✅ @oqdaryoovozi1931
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 08:42
Oqova suv tozalash inshootlarining ishlash jarayoni (Asosiy bosqichlar) Oqova suvlarni tozalash jarayoni 3 ta asosiy bosqichdan iborat bo‘lib, shahar va qishloqlarning ekologik tozaligini ta'minlashda muhim o‘ynaydi. Quyida ushbu bosqichlar va qo‘shimcha jarayonlar qismlarga ajratib ko‘rsatilgan: 1. Birinchi bosqich — Mexanik tozalash Yirik chiqindilarni ushlab qolish: Kanalizatsiya tarmog‘idan kelayotgan suv tarkibidagi turli yirik chiqindilar, plastik idishlar va qumlar maxsus panjaralar hamda elaklar yordamida ushlab qolinadi. Quv tutgichlar: Suv qumtutgichlarga yo‘naltirilib, og‘ir mineral zarrachalar va qumlar tubiga cho‘ktiriladi. Birlamchi tindirgichlar: Mayda muallaq moddalar cho‘kadi, yuzadagi yog‘ va moylar ajratib olinadi. 2. Ikkinchi bosqich — Biologik tozalash Faol loy va mikroorganizmlar: Mexanik tozalangan suv tarkibidagi organik birikmalarni yo‘qotish uchun
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 06:06
Эрдўғонни ёмғир остида тўрт соат кутган чақалоққа тилла танга совға қилиндиБМТ Бош Ассамблеясининг 81-сессиясида иштирок этиш учун Нью-Йоркка келган Эрдўғон «Тюркеви» биноси олдида ватандошлари билан учрашди.Уни кутиб олганлар орасида чақалоғи билан турган ота ҳам бор эди. Маълум қилинишича, улар Туркия раҳбарини ёмғир остида қарийб тўрт соат кутишган. Эрдўғон чақалоққа тилла танга совға қилди.✅@oqdaryoovozi1931✅ |Facebook |Sayt|
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 05:56
Энди миллий сертификат учун рўйхатдан ўтишда ҳар бир ҳудуд учун ўрин ажратиладиБилим ва малакаларни баҳолаш агентлиги айрим ҳудудларда миллий сертификат имтиҳонларига рўйхатдан ўтиш қисқа вақт ичида ёпилаётгани юзасидан изоҳ берди.Маълум қилинишича, эндиликда талабгорларни рўйхатга олиш ҳар бир ҳудуд учун белгиланган ўтириш ўринлари сонидан келиб чиқиб амалга оширилади. Янги тартиб Вазирлар Маҳкамасининг 2026 йил 29 июлдаги 411-сон қарори билан жорий этилган.Қарорга мувофиқ, тест синови ўтказиладиган жой, сана ва муайян ҳудуд учун ажратилган ўринлар сони Агентлик томонидан белгиланади. Ушбу маълумотлар ташкилотнинг расмий веб-сайти ҳамда Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали эълон қилинади.Талабгорлар ҳам ҳудуд учун ажратилган ўринлар доирасида ЯИДХП орқали рўйхатга олинади. Демак, муайян вилоят ёки шаҳардаги барча жойлар банд бўлса, ариза топширишнинг умумий муддатиTelegramTa'lim nazorati⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish nega tez yopilmoqda? So‘nggi kunlarda milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish ayrim hududlarda qisqa vaqt ichida yopilib qolgani yuzasidan murojaatlar ko‘paydi. Bilim va malakalarni baholash…
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 05:54
Qurilish, kadastr va shaharsozlik bo‘yicha muammoingiz bormi?2026-yil boshidan beri Prezident Xalq qabulxonasi tizimiga qurilish bo‘yicha 5 mingdan ortiq, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga oid 11 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi.Ushbu sohalarga doir muammolarga yechim topish va huquqiy bilimlarni oshirish maqsadida quyidagi tashkilotlar rahbarlarining o‘rinbosarlari ishtirokida navbatdagi onlayn muloqot o‘tkaziladi:📊Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi; 📊Vazirlar mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi; 📊Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi; 📊Kadastr agentligi.Onlayn muloqotda qatnashing va sohaga oid savollaringizga bevosita javob oling.⏰ Onlayn muloqot vaqti: 22-sentabr, soat 11:00. 📱 Jonli efir: Prezident Xalq qabulxonasi YouTube kanali.✅@oqdaryoovozi193
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 04:37
Саида Мирзиёева БМТда нутқ сўзлайдиБМТ Бош Ассамблеясининг йиллик сессияси очиларкан, Ўзбекистондан Президент Администрацияси раҳбари Саида Мирзиёева олий минбардан нутқ сўзлайди.21 сентябр куни у Ню Йоркда ташкилот бош котиби билан учрашди, дея хабар бермоқда Кun.uzʼнинг АҚШдаги мухбири.✅@oqdaryoovozi1931✅ |Facebook |Sayt|
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 00:03
🎤 Tonggi tarona🎼 “Qishlog‘im”🎬 Mahmud Nomozov ijro etgan✅@oqdaryoovozi1931
Oqdaryo Ovozi
22 сент., 00:01
#БИЛАСИЗМИ?Кунни яхши ният билан бошланг. Чунки ният ҳақиқатга етаклайди. Ниятингиз кўнглингиз, кўнглингиз тақдирингиздир.”Ҳаёт бизга яна бир саҳифа узатмоқда соф, тоза! Қалбингизда қандай сўзлар бўлса, бугун ўша сўзларнинг акси ҳаётингизда юз кўрсатсин.Тонг нафақат куннинг бошланиши, балки юракнинг ҳам уйғонишидир. Эзгу ниятларингиз ижобат бўлсин!✅@oqdaryoovozi1931
Oqdaryo Ovozi
21 сент., 14:04
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-317-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish – 2-faza” loyihasining 3-bosqichi boshlandi. Loyiha doirasida Oqdaryo tumanining 8 ta mahallasida xotin-qizlar va yoshlar uchun “Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” subkomponenti bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi. Shu munosabat bilan Dahbed mahallasida tumanning mutasaddi rahbarlari va loyiha vakillari ishtirokida xotin-qizlar uchun davra suhbati o‘tkazilib, loyiha doirasida berilayotgan imkoniyatlar hamda ko‘maklar haqida ma’lumot berildi. Ushbu kurslar xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish va ularni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.✅@oqdaryoovozi1931
Oqdaryo Ovozi
21 сент., 12:44
Pensiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan takliflar mazmun-mohiyati tushuntirildi ✅ Oqdaryo tuman savdo markazlarida fuqarolarga pensiya tizimini takomillashtirish, sohadagi yangiliklar hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. ✅ Tadbir davomida Pensiya jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo'limi boshligi va mutaxassisi tomonidan Farmon loyihasida pensiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan qator muhim takliflar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi. ✅ Uchrashuvda pensiya ta’minoti sohasidagi huquqiy tushunchalar xodimlarga oddiy, aniq va tushunarli tilda yetkazilib, ularning huquq va manfaatlarini bilishi muhim ekani alohida ta’kidlandi. ✅ Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha va asosli javoblar berildi hamda flayerlar
Oqdaryo Ovozi
21 сент., 09:47
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindiBosh murabbiy Fabio Kannavaro 21-sentabrdan boshlanadigan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 35 nafar futbolchini taklif etdi.Terma jamoamiz yig‘in davomida 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi: 24-sentabrda Eron, 1-oktabrda Suriya, 6-oktabrda esa Koreya Respublikasi bilan kuch sinashadi.Tarkibdan Abduqodir Husanov ("Manchester Siti"), Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov ("Boshakshehir"), Muhammadali O‘rinboyev ("Antverpen"), Behruzjon Karimov ("Lugano") kabi chet elda o‘ynayotgan yulduzlar joy olgan.Yig‘inga 4 ta darvozabon, 9 ta himoyachi, 14 ta yarimhimoyachi va 4 ta hujumchi chaqirilgan.✅@oqdaryoovozi1931✅ |Facebook |Sayt|
Oqdaryo Ovozi
21 сент., 09:42
АҚШ ва Хитой сунъий интеллект бўйича мулоқот механизмини яратмоқчиАҚШ молия вазири Скотт Бессент АҚШ ва Хитой ўртасида "сунъий интеллект бўйича мулоқот" механизмини яратиш масаласи муҳокама қилинганини маълум қилди.Унинг сўзларига кўра, Вашингтон сунъий интеллект билан боғлиқ миллий хавфсизлик хатарлари ҳақида икки давлат ўртасида хабар бериш механизмини таклиф қилган.✅@oqdaryoovozi1931✅ |Facebook |Sayt|
Oqdaryo Ovozi
21 сент., 09:35
Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandiTurkiyada xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi S.A. ushlanib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.🔴 U 5 milliard soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj etganlikda gumonlanmoqda. Ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida qoʻlga olingan fuqaro tergov harakatlarini davom ettirish uchun Oʻzbekistonga topshirildi.✅@oqdaryoovozi1931✅ |Facebook |Sayt|
Oqdaryo Ovozi
6 сент., 02:26
АГАР СИЗГА, ҲЕЧ НАРСАНИ УДДАЛАЙ ОЛМАСЛИГИНГИЗНИ АЙТИШСА, ҚУЙИДАГИ ФАКТЛАРНИ ЁДГА ОЛИНГ: ☑️ Уолт Дисней янги ғоялар ўйлаб топа олмагани учун, газетадан ишдан ҳайдалган. ☑️ Бетховеннинг бошланғич ўқитувчиси, уни бутунлай қобилятсиз деб ҳисоблаган. ☑️ Эдисоннинг устози уни ақлсиз ва ҳеч нарсани ўргана
Oqdaryo Ovozi
6 сент., 02:16
🎤 Tonggi tarona 🎼 "So‘lim". 🎬 Orif Alimahsumov ijro etgan. ✅@oqdaryoovozi1931
