gram news
Аватар канала Orif Tolib

Orif Tolib

@oriftolib

Soʻz. Tahrir. Savodxonlik. Reklama boʻyicha: 👉 https://is.gd/elonlar Sahifalarimiz: 👉 https://taplink.cc/oriftolib Muallif haqida: 👉 https://oriftolib.uz/?p=575 Ijodiy ishlardan oʻgʻrincha foydalanilishiga rozi emasmiz.

ПроектыUZРазное

15,000подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Orif Tolib

    1 окт., 05:21

    Venetsiya — ona, Slovakiya — egizak, Oloy — begona: nomlarda qanday sirlar yashirin?“Italiyalik sayyoh Myunxenni “Monako” deb atasa, hayron boʻlmang: ular bu shaharni Bavariya Monakosi deydi”.Dunyo xaritasi koʻrinmas iplarga toʻla: Venesuela Venetsiyadan ism olgan, Tanzaniyada esa Zanzibar yashirin. Yangi maqolamda nom tufayli qarindosh boʻlib qolgan shahar-u davlatlar va aslida begona toponimlar haqida yozdim.▫️ Kulbalardan “qurilgan” Venesuela▫️ Sheʼrdagi va yerdagi Rim▫️ Kechuvdagi franklar va ustasi faranglar▫️ Italiyaliklar nega Myunxenni “Monako” deydi?▫️ Yangi shaharning qariligi▫️ Oʻzlari ham adashib qoladigan egizaklar▫️ Bir daryo, turfa dunyo▫️ Tanzaniya, Zanzibar va oramizdagi barzangi▫️ Bir olmaning ikki yuzi▫️ Qor makonidan uzoq ola yaylovlarToʻliq oʻqish: 👉 https://daryo.uz/p/715098@oriftolib | Sahifalarimiz
    1,5201921Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    1 окт., 03:30

    Qahramon imkoni bor ishni bajaradi, boshqalar esa – yoʻq.— Romen Rollan@oriftolib | Sahifalarimiz
  • Orif Tolib

    30 сент., 06:00

    Otalik va ijodkorlik: ziddiyat yoki yangi turtkiYozuvchi Daniel Svift farzand koʻrish erkakning ijodiy salohiyatini soʻndiradi degan qarash xato ekanini yozadi.Neyrobiologik tadqiqotlar otalik davrida erkak miyasida empatiya va mehribonlik bilan bogʻliq tarmoqlarda oʻzgarishlar yuz berishini tasdiqlaydi. Muallifning xulosasiga koʻra, bu biologik jarayonning ijodkorlik bilan bevosita aloqasi murakkab boʻlsa ham, otalik hissi ijod uchun yangi turtki bera oladi.@oriftolib | Sahifalarimiz
    2,2601791Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    30 сент., 05:45

    переслано из @gulomjonsobirov

    🇹🇷 HILAL EDU TURK TILI KURSLARIGA QABUL OCHIQ! Bepul darslarimiz sizga yoqqan bo'lsa, endi ustoz bilan to'liq kursda o'qish vaqti keldi 👇 🎁 Birinchi dars — BEPUL 🔥 Bot orqali bugun yozilganlarga — 20% chegirma 👥 Har bir olib kelgan do'stingiz uchun yana +10% (umumiy chegirma 50% gacha) 📚 Noldan boshlab TYS va milliy CEFRgacha tayyorlov ✍️ Yozilish uchun botga kiring: @turktiliibot Joylar cheklangan, kechiktirmang!
  • Orif Tolib

    30 сент., 03:09

    Kambagʻalning tuni qisqa.— Digor xalq maqoli@oriftolib | Sahifalarimiz
  • Orif Tolib

    29 сент., 15:14

    Sunʼiy intellekt va oʻzbek tili: raqamli makondagi yoʻqotishlarYirik sunʼiy intellekt (SI) modellari oʻzbek tilidagi matnlarni ingliz yoki rus tili orqali oʻgiryapti. Oqibatda tilimizning semantik jozibasi, yashirin maʼnolari va oʻzbekona ohangi yoʻqolyapti.Masalan, SI inglizchadagi walk feʼlini doim yurmoq deb tarjima qiladi. Vaholanki, oʻzbek tilida uning kezmoq, tentiramoq, odimlamoq kabi oʻnlab muqobillari bor. Mashina bu maʼno tovlanishlarini ilgʻamaydi va ruhan begona “tarjima tili”ni yuzaga keltiryapti.Filologiya fanlari doktori Sabohat Qahharovaga koʻra muammo yechimi – oʻzbek tilining milliy korpusini boyitish va leksik birliklarning tezaurus modellarini yaratishdir. Soʻzlarning maʼnodoshlik va mantiqiy aloqalari matematik modellashtirilib, SI bazasiga kiritilishi zarur.👉 Maqolani oʻqish@oriftolib | Sahifalarimiz
  • Orif Tolib

    29 сент., 14:00

    “Menga nima, senga nima?”: loqaydlik va qaldirgʻoch rivoyatiAziz Norqulov “Qaldirgʻoch tumshugʻidagi tomchi” maqolasida jamiyatdagi loqaydlik muammosini tahlil qiladi. Unda odamlardagi “menga nima?” degan beparvolik Ibrohim alayhissalom qissasidagi gulxanga suv tashigan qaldirgʻoch rivoyatiga qiyoslanadi.Qaldirgʻoch tumshugʻidagi suv olovni oʻchira olmasligi aniq, ammo bu harakat uning qaysi tarafda ekanini koʻrsatadi.Bugun koʻpincha yon-atrofimizdagi muammolarga, qiynalgan qarindosh yoki qoʻshniga beparvo qaraymiz. Kichik yordam esa vijdonni tirik saqlaydi.👉 Toʻliq oʻqish@oriftolib | Sahifalarimiz
    2,87015121Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    29 сент., 13:45

    Oʻzbek tili oʻzbekona tafakkur tili boʻlishi kerakFilologiya fanlari doktori Bahodir Karim Oyina.uz portalidagi maqolasida til xalqning maʼnaviy qiyofasi va mavjudligi koʻzgusi ekanini tahlil qildi. Olimning yozishicha, inson nutqi uning ichki olami, dunyoqarashi va vijdoni bilan bevosita bogʻliq.Odamlar muloqot chogʻida axborot almashish bilan birga bir-birining ruhiy tabiatiga ham baho beradi. Shu sababli jahon filologiya markazlarida psixolingvistika va sotsiolingvistika kabi sohalar chuqur oʻrganilyapti.Maqolada maʼrifatparvar Abdurauf Fitratning oʻzbek tilini “dunyoning eng boy, eng baxtsiz” tili deb baholagani eslanadi. XX asrda tilimiz bu maqomdan uzoq vaqt qutula olmagan edi. Davlat tili maqomi berilishi va mustaqillik sharofati bilan oʻzbek tili oʻz tabiiy oʻzaniga qaytdi deb hisoblaydi olim.@oriftolib | Sahifalarimiz
  • Orif Tolib

    18 сент., 11:00

    переслано из @uzbekloyiha

  • Orif Tolib

    18 сент., 11:00изменён

    Ertangi dars esingizdami? Siz ham “Katta rahmat!” deb yozgan, aytgan boʻlsangiz kerak. Aslida unda xato bor, lekin bugun koʻpchiligimiz buni sezmaydigan boʻlib qoldik. Tilimizda bunday soʻzlar, iboralar, jumlalar talaygina. Ular asta-sekin nutqimizga, u
    2,900721Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    17 сент., 09:03

    🔥 So‘zlar va matnlar ortiga yashiringan o‘zlik: Biz qanday yozyapmiz? Loyihamizning 2-moduli — “Til oyligi” doirasidagi navbatdagi, aqllarni charxlaydigan darsimizga tayyormisiz? Matn — bu shunchaki harflar yig'indisi emas, u millatning xarakteri, madaniyati
    3,63018111Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    17 сент., 03:01

    Mevaga aylangan vazir va “shagʻal” taʼmli shakar: tilimizdagi sanskritcha sirlar“Qudratli roja shatranj oʻynab, shakardek shirin mandarin yeyayotganida baxshi jasorat haqida kuylardi”.Bu jumlaning qariyb yarmi sanskrit soʻzlari ekaniga ishonasizmi? Eng qadimiy tillardan biri boʻlgan va dunyoning juda koʻp tillariga soʻzlar hadya qilgan sanskrit tili oʻzbekchaga ham begona emas. “Daryo” nashrida oʻz soʻzlarimizga aylanib ketgan, ildizlari sanskrit tiliga borib taqaladigan soʻzlar haqida hikoya qildim.▫️ Hind zaminidan chiqqan egizaklar▫️ Bolamizni “shagʻal” deb erkalaymizmi?▫️ Poʻsti archilgan “amaldor”▫️ Jadidlarni norozi qilgan atama: “sart” aslida nima degani?▫️ Qozonga tushsa – chalpak, boshga tushsa-chi?▫️ Mushuk ovlolmaydigan “sichqon”lar▫️ “Bangi”ning rangi
  • Orif Tolib

    16 сент., 07:35

    Xalqaro toʻplam uchun maqolalar qabuliTurkiyadagi Alisher Navoiy vaqfi mutafakkirning davlatchilik va boshqaruv faoliyati, ijodida bu mavzuning yoritilishiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy toʻplamga maqolalar qabul qilyapti.Muhim jihati: saralangan maqolalar uchun mualliflarga qalam haqi toʻlanadi. Tezis topshirish muddati – 1-noyabrgacha. Maqolalar turk tilida topshiriladi.Barcha yoʻnalishlar va talablar yuqoridagi suratda.Nasib qilsa, ushbu toʻplamga men ham maqola bermoqchiman. Qoʻlimda oʻzimni hayratlantirgan, koʻpchilikka qiziq boʻladigan qimmatli maʼlumotlar bor. Siz-chi, qatnashasizmi?🔥 – albatta, tezis yuboraman 😎 – navoiyshunoslarga ulashaman@oriftolib | Sahifalarimiz
    3,97023195Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    15 сент., 13:00

    переслано из @uzbekloyiha

    🔥 So‘zlar va matnlar ortiga yashiringan o‘zlik: Biz qanday yozyapmiz?Loyihamizning 2-moduli — “Til oyligi” doirasidagi navbatdagi, aqllarni charxlaydigan darsimizga tayyormisiz?Matn — bu shunchaki harflar yig'indisi emas, u millatning xarakteri, madaniyati va qiyofasini ko'rsatuvchi eng aniq oynadir. Xo‘sh, bugungi yozishmalarimizda, ijtimoiy tarmoq, adabiyot va OAV matnlarida milliy o‘ziga xosligimiz qay darajada saqlanib qolgan? Aslida u qanday bo'lishi kerak?Navbatdagi ochiq darsimizda aynan shu mavzuda eng dolzarb va qiziqarli savollarga javob izlaymiz.🎤Spiker: "Ibrat farzandlari" loyihasi savodxonlik darslari muallifi, muharrir Orif Tolib 📚Mavzu: Milliy o‘ziga xoslik matnlarda qanday aks etadi? 🗓 Sana: 18-sentabr, 2026-yil ⏰ Vaqti: 19:20
    3,3201782Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    13 сент., 06:30

    переслано из @bolalar_yozuvchisi

  • Orif Tolib

    11 сент., 06:35

    40 ming “yozuvchi” nega ishsiz qoldi?Xorijlik talabalar uchun esselar va boshqa xil ishlar yozish Keniyada 40 ming yoshning asosiy daromad manbai edi. Ular har bir esse uchun 40–70 dollar olib, oʻz sohasidan 5 barobar koʻp pul topardi. ChatGPT ommalashgach, buyurtmalar toʻxtab, bu tarmoq batamom kasodga uchradi.Hatto 100 nafar muallifni ishlatgan yirik bizneslar ham eshigini yopdi. Bu voqeani ijodkorlar uchun jiddiy ogohlantirish desa boʻladi.Sizningcha, sunʼiy intellekt mualliflar oʻrnini bosa oladimi?🔥 – Insoniy tafakkurni yengolmaydi 😎 – Koʻp qalamkashlarni siqib chiqaradi@oriftolib | Sahifalarimiz
    7,720255106155Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    10 сент., 14:32

    Sahnada – “Qoʻrqma”Javlon Jovliyevning mashhur “Qoʻrqma” romani endi “Millat teatri” sahnasida. Namoyishlar 13-, 14-, 16-, 21- va 27-sentyabr kunlari soat 19:00 da boʻlib oʻtadi.Chipta uchun: https://perfend.com/uz/categories/theatre/events/qorqma@oriftolib | Sahifalarimiz
    7,010видео2384Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    10 сент., 06:56

    28 harf va bitta belgi: Senat alifbo islohotini maʼqulladiBugun Senat lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻzgartirish kiritishga oid qonunni maʼqulladi, deb yozyapti Daryo.uz. Hujjatga muvofiq, noqulay harf birikmalari chiqarilib, alifbo 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat boʻladi.Qonun kuchga kirguniga qadar chiqarilgan rasmiy hujjatlar, milliy valyuta va peshlavhalar yaroqsiz holga kelgunicha muomalada qolaveradi. Islohot qonun rasman eʼlon qilinganidan olti oy oʻtib kuchga kiradi.@oriftolib | Sahifalarimiz
    15,4008743532Открыть в Telegram
  • Orif Tolib

    10 сент., 03:10изменён

    Ijtimoiy tarmoqlarning foydalari7-sinf “Ona tili” darsligida bir maqolamga QR kodli havola berilgan. Maqola matnini soʻraganlar, QR kod rasmini joʻnatganlar koʻp boʻldi.Quyida maqolaning anonsi va toʻliq shakliga havola berilyapti.Axborot asrida zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora koʻproq kirib boryapti. Bugun hatto bogʻcha tarbiyalanuvchisi ham mobil telefondan, undagi ilovalar va internetdan foydalanishni oʻrganib olyapti. Katta-yu kichik orasida internetdan foydalanuvchilar, vaqtini koʻproq u bilan oʻtkazuvchilar ortyapti. Kelajak hayotni internet va hali kashf etilmagan yuqori texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Toʻgʻri, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega. Biroq yuksak texnologiyalardan unumli foydalanmaslik yoki yoshlarga olaboʻji qilib koʻrsatish faqat va faqat zarar keltiradi xolos.Yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli. Internet va
  • Orif Tolib

    9 сент., 14:59

    Ustozlar oʻziga ustozni qayerdan topadi?Bilishning oʻzigina kamlik qiladi. Ayniqsa, oʻqituvchilikda. Oʻzingda borini boshqalarga yetkazishni ham bilishing kerak. Lekin buni oʻrgatadigan tajribali mutaxassislar kam. Yaqinda Muhammad Uralovning ishlari bilan tanishib, loyihalariga qiziqib qoldim. U Prezident maktabida dars bergan, hozir Mudarris maktabida akademik direktor boʻlib ishlaydi. Bu yigit yoʻlga qoʻygan Zamonaviy pedagog loyihasi orqali 1500 ga yaqin ustoz oʻz dars uslubini yangilabdi. Bitiruvchilarning 93 foizi kursni hamkasblariga tavsiya qilgani esa diqqatga loyiq.Muhammad Pedagog Podcast loyihasi hamda MuallimMuhammad kanalida taʼlimdagi nozik nuqtalarga eʼtibor qaratadi, amaliy tajribalarini ulashadi.Oʻz ustida ishlaydigan pedagoglar uchun ajoyib tajriba maydoni. Bilim va koʻnikmalarini muntazam yangilab boradigan ustozlar obroʻ-eʼtiborda ham, daromadda ham bir bosh
    5,65036147Открыть в Telegram