gram news
Аватар канала OTFIV RASMIY

OTFIV RASMIY

@otfiv_rasmiy

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet k, 7-uy, Tash, Uzbekistan Murojaat uchun bot: @eduuzuniversalbot 📧 press@edu.uz 🌐gov.uz/edu 📲 instagram.com/eduuzofficial

ПроектыUZОбразование

3,330подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • OTFIV RASMIY

    22 сент., 06:41

    #Qonunchilik_yangiliklariPedagoglarning farzandlari kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladiBatafsil videoda 👆Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    1,980видео1Открыть в Telegram
  • OTFIV RASMIY

    22 сент., 06:01

    #tabiatni_asrash☘️ “Tabiatni asra – kelajakni yarat!”🔻“Yashil universitetim” loyihasi doirasida Buxoro davlat texnika universiteti tomonidan universitet hududini obodonlashtirish, ozoda saqlash hamda talaba-yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan navbatdagi tashabbus amalga oshirildi.Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    22 сент., 05:38

    🎩 Xitoylik talabalarga o‘zbek do‘ppilari sovg‘a qilindi!🔸Guliston davlat universitetida almashinuv dasturi doirasida tahsil olayotgan Xitoy Xalq Respublikasi talabalari uchun universitet Yoshlar Kengashi faoliyati bilan tanishtiruv uchrashuvi tashkil etildi.🇺🇿 Muloqot jarayonida O‘zbekistonning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va yoshlar siyosati haqida fikr almashildi. Shuningdek, xorijlik yoshlarga milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan o‘zbek do‘ppilari esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etildi.Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    21 сент., 15:16

    #Giyohvandlik🔻 Mustahkam iroda – eng katta qalqon.↪️Giyohvandlik insonning nafaqat sog‘lig‘ini, balki sha’ni, ishonchi va kelajagini ham yemiradi. Bir noto‘g‘ri qadam esa ortga qaytmas iz qoldirishi mumkin. Ushbu videorolik yoshlarni befarq bo‘lmaslikka, har bir tanlovining oqibatini anglab yashashga chorlaydi.📹 Videorolik Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan tayyorlandi.Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    21 сент., 14:22изменён

    #7_MilliyDastur“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”Mustaqilligimizning 35 yilligi bizga erkinlik, tinchlik, bilim olish, kasb-hunar egallash va o‘z kelajagimizni bunyod etish imkonini berdi.🎥Jizzax ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi ustozlarining samimiy fikrlarini ushbu videoda tinglang.Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    21 сент., 13:45

    #SuniyIntellekt #Innovatsiyalar“Sun’iy intellekt va innovatsiyalar” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi🔺Samarqand iqtisodiyot va servis institutining Axborot texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sun’iy intellekt va innovatsiyalar” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.➡️To‘garak talablari: 🔹sun’iy intellekt asoslari va uning qo‘llanilish sohalarini o‘rganadilar; 🔹 AI platformalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar; 🔹 prompt yaratish, matn, taqdimot, rasm va infografikalar tayyorlashni o‘rganadilar; 🔹 Google Colab va mashinali
  • OTFIV RASMIY

    19 сент., 12:52

    #Yetti_milliy_dastur_yuksalish_imkoniyatiPrezident tashabbuslari — yoshlar uchun yangi imkoniyatlarO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin yillardagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, 2030-yilgacha mo‘ljallangan yettita milliy dastur ilgari surildi.Ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, ekologiya, qonun ustuvorligi, mahallalarni rivojlantirish hamda tashqi siyosat kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan ushbu dasturlar inson kapitalini rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram\
  • OTFIV RASMIY

    18 сент., 14:30изменён

    Naqshbandiylik an’anasiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadiBuxoro davlat texnika universitetida “Naqshbandiylik an’anasi: Islomda tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etilmoqda.Xalqaro konferensiyada turli davlatlardan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etib, Naqshbandiylik an’anasining tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashdagi o‘rni yuzasidan fikr va tajriba almashadilar.📅 19-sentabr 2026-yil, soat 9:00 da 📍 Buxoro davlat texnika universitetiFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    18 сент., 10:34

    #Yozgi_maktab 🇺🇿🇦🇿🌍 SamDPI talabalari — xalqaro yozgi maktabda ishtirok etdiSamarqand davlat pedagogika instituti talabalari Boku Slavyan universitetida tashkil etilgan “International Summer School on Azerbaijan Studies” xalqaro yozgi maktabida ishtirok etdilar.➡️ Dastur davomida talabalar Ozarbayjonning tarixi, tili, madaniyati va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishib, xalqaro muhitda yangi bilim va tajribalar orttirdilar.Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    18 сент., 05:06

    👧 Adiblar xotirasi – abadiy, ijodiy meros – bebaho!🖌 Adiblar xiyobonida buyuk o‘zbek adiblari Abdulla Qahhor va Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy tavallud sanalariga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.✍️ Tadbir davomida adiblarning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, serqirra ijodiy merosi hamda asarlarining bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Abdulla Qahhor va Muqimiy ijodining o‘ziga xos jihatlari, asarlarida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy g‘oyalar, xalq hayoti va milliy qadriyatlarning badiiy ifodasi alohida e’tirof etildi.🌟Taqdirlash marosimi tadbirning eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biri bo‘ldi. Buyuk adiblar xotirasini abadiylashtirish, ularning boy ijodiy merosini
  • OTFIV RASMIY

    17 сент., 10:31

    #Qonunchilik_yangiliklariO‘zbekistonda tibbiyotda “5+1” bakalavriat yo‘nalishi joriy etiladiMatnli o‘qish: https://gov.uz/oz/edu/news/view/220655Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    17 сент., 08:44

    #Jadid_adabiyotiAbdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon: XalqXalq dengizdir, Xalq to‘lqindir, Xalq kuchdir, Xalq isyondir, Xalq olovdir, xalq o‘chdir… Xalq qo‘zg‘alsa, kuch yo‘qdirkim, to‘xtatsin, Quvvat yo‘qkim, xalq istagin yo‘q etsin. Xalq isyoni saltanatni yo‘q qildi, Xalq istadi, toj va taxtlar yiqildi…Yangi o‘zbek she’riyatining asoschilaridan biri, shoir, tarjimon, dramaturg va ma’rifatchi – Cho‘lponning ushbu misralari xalqning cheksiz qudrati, birdamligi va kuchini ifodalaydi.Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    504видео21Открыть в Telegram
  • OTFIV RASMIY

    17 сент., 03:56

    #AISoliq“AI Soliq” – sun’iy intellekt asosidagi yangi avlod raqamli platformasiBizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    16 сент., 12:22

    #KelajakkaQadam“Kelajakka qadam” — bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar“Kelajakka qadam” dasturi aynan shu maqsadga xizmat qilib, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga o‘z biznesini boshlash va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun keng imkoniyatlar bermoqda.Dastur doirasidagi “Talaba invest” loyihasi orqali yoshlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 10 milliard so‘mgacha kredit olish imkoniyati mavjud.Ushbu loyiha asosida esa, Termiz davlat pedagogika instituti bitiruvchilarining bandligi ta'minlanmoqda. Eng muhimi “Kelajakka qadam” dasturi yoshlarni shunchaki qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, ularni kasb egallash, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va ish o‘rinlari yaratishga undaydi.Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    16 сент., 11:32

    Men tanlagan kasbBugun qadimiy kasblar zamonaviy hayot bilan uyg‘unlashib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.Kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi va zargarlik kabi kasblarni o‘rganayotgan yoshlar o‘z qo‘llari bilan san’at asari yaratib, tajriba orttirmoqda va kelajakdagi faoliyatiga poydevor qo‘ymoqda.📹 Yoshlarning kasb o‘rganish jarayoni, ustoz-shogird an’anasi haqidagi videoni tomosha qiling!Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    490видео1Открыть в Telegram
  • OTFIV RASMIY

    15 сент., 15:40

    #Strategiya2030 #maqsad62📊 “O‘zbekiston-2030” strategiyasining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan samaradorlik ko‘rsatkichlariBizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • OTFIV RASMIY

    15 сент., 05:20

    #Jadid_adabiyotiAbdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon: Go‘zal TurkistonGo‘zal Turkiston, senga ne bo‘ldi? Saxar vaqtida gullaring so‘ldi. Chamanlar barbod, qushlar ham faryod, Hammasi mahzun. Bo‘lmasmi dil shod? Bilmam ne uchun qushlar uchmas bog‘chalaringda?..Cho‘lponning ulug‘vorligi shundaki, u xalqda - “Vatan”, “Millat”, “Istiqlol” tushunchalarining teran ma’no kasb etishiga mislsiz darajada katta ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘ngillarda “Hurriyat” tuyg‘usini uyg‘otdi, ko‘zlardagi g‘aflat pardasini olib tashladi, unda Vatanga muhabbat, Kelajakka ishonch hislarini tarbiyaladi.Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    594видео1Открыть в Telegram
  • OTFIV RASMIY

    14 сент., 15:52

    #oliy_talim #yangi_oquv_yili💎 University of Business and Science’da yangi o‘quv yili boshlandiBugun, 14-sentyabr kuni University of Business and Science Toshkent filialida 2026/2027-o‘quv yilining ilk kuni boshlandi.Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan universitetda talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, falsafa fanlari doktori Xurshid Eshov hamda Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Sergeli tumani bo‘lim rahbari Go‘zal Xudayberganova so‘zga chiqib, talabalarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tiladi.🇺🇿 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan universitet auditoriyalarida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi.Darslar davomida talabalarga mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan
  • OTFIV RASMIY

    12 сент., 11:38

    Xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar: imkoniyatlar, tajriba va kelajak sari qadamlarNagoya Iqtisodiyot universiteti (Yaponiya) dotsenti, xalqaro huquq fani o‘qituvchisi Davronbek Ubaydullayev bilan intervyuda Yaponiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar, ularning ta’lim jarayoni, ilmiy izlanishlari, kundalik hayoti hamda xalqaro muhitda o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.Xorijda ta’lim olish – bu nafaqat nufuzli universitetda bilim egallash, balki dunyoqarashni kengaytirish, turli madaniyatlar bilan yaqindan tanishish, yangi do‘stlar orttirish va kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun mustahkam poydevor yaratish imkoniyatidir.Aziz yoshlar! Dunyoning istalgan nufuzli universitetida tahsil olish katta maqsad, izlanish va qat’iyatdan boshlanadi. Til o‘rganing, bilim olishdan to‘xtamang, imkoniyatlarni izlang va o‘z
  • OTFIV RASMIY

    10 сент., 11:44

    “Sun’iy intellekt — kelajak sari” mavzusida seminar tashkil etildiSamarqand davlat universiteti Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar instituti Hisoblash tizimlari muhandisligi kafedrasi hamkorligida Viloyat adliya boshqarmasi hamda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan talabalar uchun seminar tashkil etildi.Unda Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shuhrat Abduhalimov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.Davlat xizmatlari agentligining IT mutaxassisi V. Jumanov sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi va amaliy imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligida kafedra filiali tashkil etilib, talabalar uchun dual ta’lim yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi.#SeminarBizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram