gram news
Аватар канала PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

@pastdargommanaviyatmarkazi

Pastdargʻom tuman Maʼnaviyat boʻlimining telegramdagi rasmiy sahifasi

ПроектыUZОбразование

4,110подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    22 сент., 12:37

    “BIRLASHIB BUYUK TARIX YARATAMIZ” “Ma’rifat karvoni” o‘quv seminari bo‘lib o‘tdiPastdarg‘om tumani hokimligi va tuman madaniyat bo‘limi faollar zalida “Birlashib buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” o‘quv seminari hamda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Pastdarg‘om tumani hokimi o‘rinbosari S.Xamrayev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, yoshlar yetakchilari hamda faol jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Seminarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jamiyat hayotida ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, aholining siyosiy-huquqiy va ma’naviy dunyo qarashini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritildi.👉Batafsil...🔊 Bizni
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    22 сент., 10:13

    Saida Mirziyoyeva BMTda nutq so‘zlaydiPrezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida oliy minbarda nutq so‘zlaydi. Uning nutqi AQSH vaqti bilan 23 sentyabrga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    22 сент., 03:38

    Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik.Aslida buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan.Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat esa adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgan.Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    21 сент., 11:05

    PASTDARG‘OMLIK PEDAGOG "YIL O'QITUVCHISI"🇺🇿Ta'lim-tarbiya tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ilg'or pedagoglarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning tajribasini ommalashtirishga qaratilgan "Yil o'qituvchisi" tanlovining Samarqand viloyati bosqichi o'z nihoyasiga yetdi.👨‍💼​Quvonarlisi shuki, unda Pastdarg‘om tumanidagi 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining o'qituvchisi Karimova Laylo Umarovna yuqori natija ko'rsatib, viloyat g'olibiga aylandi.✅Uning bu yutug'i nafaqat Pastdarg‘om tumani ta'lim xodimlari, balki barcha tumandoshlarimiz uchun faxr hisoblanadi.✅​Biz Laylo Umarovnaning kelgusidagi pedagogik faoliyatida yanada yuksak marralar zabt etishini tilaymiz!
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    21 сент., 11:03

    #yangi_son“BIR HOVUCH TUPROQ ARMONI” ... Orzumand olim bir kuni kunchiqar mamlakatga amerikalik yirik mutaxassis sifatida ilmiy anjumanga keladi. Tabiiyki, o‘z tarixini yurtdoshlariga aytib beradi. Yaponlar bu millatdoshini juda yaxshi kutib olib, mehmonnavozlik ko‘rsatadi. O‘sha olim AQShga qaytish paytida bir hovuch tuproqni yelim xaltaga joylab oladi.«Ma’naviy hayot» jurnalining 2026 yildagi 3-sonida shu kabi mulohazalar va qiziqrli voqeliklarga boy maqolalarni o'qishingiz mumkin.Rasmiy sahifalarimiz👇 Veb-sayt |Telegram | Facebook |YouTube | Instagram
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    21 сент., 09:22

    🥉 PASTDARG‘OMLIK YOSH KURASHCHIDAN YANA BIR NATIJA!🤼‍♀️ 17–20-sentabr kunlari Qashqadaryo shahrida kurash bo‘yicha U-17 yoshlar (o‘g‘il va qizlar) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.🏆 Mazkur musobaqada Pastdarg‘om tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchisi Adiba Rustamova 70 kg vazn toifasida munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.👏 Adiba Rustamovani ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Unga kelgusidagi musobaqalarda yanada yuqori natijalar va zafarlar tilaymiz!
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    21 сент., 09:02

    1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni 🌸 52-maktabda ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan “Ustozimga ehtirom” nomli rasmlar tanlovi o‘tkazildi. 🎨Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali ustozlarga bo‘lgan hurmati, mehr-muhabbati va cheksiz minnatdorligini namoyon etdilar. 💐Zero, ustoz — qalblarga ilm va ma’rifat nurini sochuvchi, kelajak avlodga yo‘l ko‘rsatuvchi buyuk insondir!
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    21 сент., 06:18

    O‘zbekiston harbiylari xalqaro musobaqada rekord natijalar qayd etdiUshbu nufuzli musobaqada AQSh, Ozarbayjon, Avstraliya, Polsha kabi jami 7 ta mamlakatning 12 ta jamoasidan 500 nafarga yaqin ishtirokchi o‘zaro kuch sinashgan.
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    21 сент., 03:53

    #SamDU_606_yilligiEzgulik, ilm va ma’rifat maskaniga ehtiromSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 606 yilligi munosabati bilan hurmatli professor-o‘qituvchilar, olimlar, ziyolilar, aziz talabalar va universitet jamoasini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!Asrlar qa’ridan bugungi kunimizgacha yetib kelgan bu ulug‘ dargoh shunchaki ta’lim maskani emas. U ilm va ma’rifat, tafakkur va tarbiya, milliy qadriyat va zamonaviy bilim uyg‘unlashgan noyob ma’naviyat maskanidir.Samarqand zaminining buyuk ilmiy an’analarini davom ettirib kelayotgan universitet o‘zining ko‘p asrlik faoliyati davomida nafaqat malakali mutaxassislar, balki yurt taqdiriga daxldor, xalq manfaatini anglaydigan, mustaqil fikrlaydigan va yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.👉Batafsil..
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    20 сент., 06:13

    #xalqchildavlat #kunhikmati📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    19 сент., 08:37

    #xalqchildavlat📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    18 сент., 17:04

    “Mendirman o’sha”. Prezidentimiz va jonli ijroda kuylayotgan nukuslik yoshlar
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    18 сент., 11:25

    “Oilaviy ajrimlar – jamiyatning tanazzuli” Pastdarg‘om tuman Go‘zalkent mahallasida joylashgan «Oila markazida» hamkor tashkilotlar tomonidan «Oilaviy ajrimlar – jamiyatning tanazzuli” mavzusi targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi. 📖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating 👉🏼Telegram | Facebook| Instagram|Youtube|
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    18 сент., 10:34

    переслано из @oyinauz

    Vatan poydevori“Siyosiy ma’rifat soati”ning navbatdagi sonini tomosha qiling.Rasmiy sahifalarimiz👇Telegram | Instagram | X | YouTube
  • PASTDARG‘OM YOG‘DUSI

    18 сент., 09:06

    MILLIYLIGIMIZ - O‘ZLIGIMIZ DEMAKDIR✅Maʼlumki, haftaning har juma kuni Pastdarg‘om tumanida "Milliy libos-millat qiyofasi" shiori ostidagi loyihalar amalga oshirib borilmoqda.📍Shunga ko‘ra, tumanimizdagi Parchaqora mahallasida tuman Oila va Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan milliylikni targ‘ib etuvchi tadbir tashkil etildi.✅Bu kabi ishlarda o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, yosh avlod qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat va sadoqat g‘oyasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsad qilingan.