Последние посты

Pastdarg‘om.uz
25 сент., 16:01
#FOYDALI🔥Og‘ir darajada kuyishda..☑️Jarohatlangan qismga qarab quyidagilarni qilish kerak: (agar kuyish og‘irroq bo‘lsa, tez yordam yetib kelgunga qadar bu usul qo‘l keladi). Xom tuxumning oqini sarig‘idan alohida idishga ajratib olamiz. So‘ngra qo‘l, oyoq, qorin yaʼni kuyish jarohatini olgan joylarga muzdek tuxum oqini sekinlik bilan quyib chiqamiz va tez yordam kelishini kutamiz.☑️Agar kuyish jarohati kichik, deylik, tangadek joy bo‘lsa, biroq og‘riq kuchli bo‘lsa, ikki dona tuxumni yuqorida yozilganidek oqini sarig‘idan ajratib olamiz.


Pastdarg‘om.uz
25 сент., 14:59
KUN XABARLARI | PROFILAKTIK TARG’IBOT TADBIRLARI O’TKAZILDI
Pastdarg‘om.uz
25 сент., 14:00
Bir kunlik hoyu havas deb borsangiz, boringizdan, eng muhimi, joningizdan ajralib qolishingiz mumkin.Xulosa — o‘zingizdan.
Pastdarg‘om.uz
25 сент., 13:02
📣Hurmatli fuqarolar!🇺🇿Ertaga, 26-sentabr kuni tuman IIB boshlig‘i U.Halimovning fuqarolar uchun navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tadi.👨💼Agar sizda, ichki ishlar sohasi bilan bog‘liq muammo va masalalar bo‘lsa, ushbu qabulga tashrif buyurishingiz mumkin.📍Eslatma: qabul tuman IIB binosida bo‘lib o‘tadi va soat 10:00 dan boshlab, mazkur qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
1,790Открыть в Telegram
Pastdarg‘om.uz
25 сент., 12:04
E’LON!Shu yilning 26-sentabr kuni soat 08:00 dan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari X.Ochilov, viloyat Sudi raisining o‘rinbosari - fuqarolik sudlov hay'ati raisi O.Xasanov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari S.Bozorov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Xaydarovlar ishtirokida o‘tkazilib, unda viloyatdagi barcha tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etadi.Sizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa sayyor qabulda murojaat qilishingiz mumkin.Agarda sayyor qabulga kelish imkoniyatingiz bo‘lmasa t.me/samhokimgamurojaat_bot orqali onlayn murojaat yo‘llashingiz mumkin.📅 Sana: 26-sentabr. 📍Manzil: Kattaqo'rg'on shahar Go'zalkent mahallasi Miyonkol ko'chasi 82-uy📞 Malumot uchun telefonlar: +998 66 229 10 00


Pastdarg‘om.uz
25 сент., 11:36
Жонажон Ўзбекистонимизга, унинг тинчлигига кўз тегмасин!
Pastdarg‘om.uz
25 сент., 11:03
#OgohlikProfilaktik tadbirPastdarg’om tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi FVPB inspektori kapitan Urakboyev Javoxir Ulug’murotovich ishtirokida brifing oʻtkazildi.Unda 1-sentyabrdan 30-sentyabrga qadar respublikamizda o’tqazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi haqida qisqacha maʼlumot berildi.Shuningdek aholini profilaktik tadbirida faol ishtirok etishga hamda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishga chaqirilib, zarur tavsiyalar berildi.
Pastdarg‘om.uz
25 сент., 10:02изменён
#diqqat«Mening inspektorim» mobil ilovasini o‘rnatib olingBu mahalla profilaktika inspektori bilan ishonchli muloqot ko‘prigini o‘rnatadi.Telefonda bor — demak, nazorat ham, xabardorlik ham qo‘lingizda!
Pastdarg‘om.uz
22 сент., 16:04
#FOYDALI TAVSIYALAR✅ Jig‘ildon qaynasa, darrov bir piyola sovuq suv ichish kifoya.✅ Anjir va yong‘oq yeyish, bo‘g‘im og‘rig‘iga shifo bo‘ladi.✅ Yuragi qattiq og‘rib qolgan kishiga bodring suvi yordam beradi.✅ Archa daraxtining mevasi damlama qilib ichilsa, buyrak og‘rig‘i qoladi.


Pastdarg‘om.uz
22 сент., 15:01
📣Hurmatli tadbirkorlar!✅Ertaga - 23-sentabr kuni soat 14:00 da tuman hokimligi binosida tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va uni joyida hal qilish uchun tadbirkorlar qabuli o‘tkaziladi.✅Murojaat va qabulga yozilish uchun ushbu qabul tashkilotchisi va koordinatori tuman Investitsiyalar, sanoat va savdo shuʼbasi bosh mutaxassisi Maxmudov Muhammad bilan bog‘lanishlari mumkin (+998913169111)
1,870Открыть в Telegram
Pastdarg‘om.uz
22 сент., 14:03
📣Tadbirkorlar uchun taklif: YaTT va MChJ24-sentabr kuni Samarqandda TadbirCore marketpleysining taqdimoti bo'lib o'tadi, u yerda tadbirkorlar biznes uchun kredit olishga ariza topshirib, banklardan bir nechta taklifni bir vaqtda oladilar.Maydonchadagi mutaxassislar arizani rasmiylashtirishga va banklarning shartlarini solishtirishga yordam berishadi. Qarorni o'sha kunning o'zida olish mumkin.O'rinlar soni cheklangan, oldindan ro'yxatdan o'tish talab etiladi.📍Manzil: Movenpick Hotel, Samarqand ⏰Vaqti: 10:00–18:00 📄Ro'yxatdan o'tish: @TadbirCore_bot 🌐Veb-sayt: https://tadbircore.uz
Pastdarg‘om.uz
22 сент., 13:02
HOKIM YORDAMCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING O'TKAZILDI🇺🇿Pastdarg‘om tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. ✅Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–190-son Farmoni mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.👨💼Tadbir yakunida hokim yordamchilari o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan murojaat qilib, sohaga oid mutaxassislardan batafsil javob oldilar.




Pastdarg‘om.uz
22 сент., 12:04
Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.👍 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.👍 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va


Pastdarg‘om.uz
22 сент., 11:04
MAHALLIY KENGASHLAR: JOYLARDA MUAMMOLAR HAL ETILMOQDA#Samarqandmuxbir: Ozodbek Nurmuhammedov
Pastdarg‘om.uz
22 сент., 10:02
#kiberogohlikEndi firibgarlar xaridor qiyofasida! Sotuvchilar, ogoh bo‘ling!Telegram | Instagram | Youtube
Pastdarg‘om.uz
22 сент., 09:03
Savdo obyektlarida davlat tili talablari ijrosi o‘rganildi🇺🇿Tuman hududida davlat tilining amaldagi qonunchilik talablari asosida qo‘llanilishini ta’minlash, iste’molchilarga tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida yetkazish hamda ko‘rgazmali axborotlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.👨💼Tuman hokimligi ishchi guruhi hamda deputatlar tomonidan tumandagi yirik savdo do‘konlari va savdo shoxobchalarida lavhalar, e’lonlar, narxnomalar, peshlavhalar hamda boshqa ko‘rgazmali axborotlarning davlat tilida rasmiylashtirilishi holati o‘rganildi.🔎O‘rganishlar davomida ayrim savdo obyektlarida amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya qilinmagan holatlar aniqlanib, tadbirkorlik subyektlari vakillariga




Pastdarg‘om.uz
22 сент., 07:21
#HozirAholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini yaxshilash yuzasidan belgilangan videoselektor yig‘ilishi topshiriqlari ijrosi bo'yicha ishlar joylarda qizg‘in davom etmoqda.Ayni daqiqalarda tuman hokimi J.Pardayev tegishli masʼullar hamrohligida Eski Juma, Galatut va To'qboy mahallalarining "yettiliklari", aholi vakillari va mas'ullar ishtirokida uchrashuv o‘tkazmoqda.Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish, fuqarolarni daromadli mehnatga yo‘naltirish hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi qat’iy nazoratga olinyapti.




Pastdarg‘om.uz
22 сент., 06:40
#Jonli Yurtboshimizning kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosi joylarda qat’iy nazoratga olingan. Ayni paytda tuman hokimi J.Pardayev, Xalq bankining Respublika vakillari hamrohligida Esaboy hamda Paxtachi mahallalarining “yettiliklari” hamda mutasaddilar ishtirokida mazkur mahallalarda ushbu yuzasidan muhokama o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida fuqarolarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilalarni kambag‘allikdan chiqarishning manzilli chora-tadbirlari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilmoqda.




Pastdarg‘om.uz
22 сент., 05:46
#JarayonHududlarda aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi davlat siyosati ijrosi qat’iy nazorat ostida amalga oshirilmoqda.Shu doirada tuman hokimi J.Pardayev Xalq bankining Respublika vakillari hamrohligida Boltali va Gulobod mahallalarida bo'lib, “yettilik” a’zolari va faollar bilan yig‘ilish o‘tkazmoqda.Muloqot chog‘ida hududlarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilinyapti.




Pastdarg‘om.uz
22 сент., 05:08
#Jarayon Respublikamizda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi joylarda qizg‘in muhokama qilinmoqda.Ana shunday tadbirlar doirasida tuman hokimi J.Pardayev tegishli masʼullar hamrohligida Sinchi hamda Qorovultepa mahallalari “yettiliklari”, mahalla nuroniylari, faollar, tadbirkorlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida mahallada uchrashuv o‘tkazmoqda. Muloqot davomida fuqarolarning bandligini hal etish, ularni daromadli mehnatga yo‘naltirish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanmoqda.



