Последние посты

Pediatr Nur Olimovna
14 сент., 03:06
Qaror chiqaruvchi miya“Bola nega o‘zini bunday tutdi?”, “Nega u bilib turib yana shu ishni qildi?” — ota-onalar ko‘pincha bu savollarni berishadi.Buning javobi miyaning rivojlanishida yashiringan. Miyaning prefrontal korteksi — ya’ni peshona po‘stlog‘i qaror qabul qilish, rejalashtirish, o‘zini nazorat qilish, vaziyatni baholash va impulslarni tiyishda muhim rol o‘ynaydi.Ammo bolalarda bu qism hali to‘liq yetilmagan. Shuning uchun bolalar: xohishini darhol nazorat qila olmasligi; “buni qilsam nima bo‘ladi?” deb oqibatini oldindan baholay olmasligi; hissiyotga berilib ketishi; sabr qilishda qiynalishi; kattalar aytgan qoidani bilsa ham, uni har doim bajara olmasligi mumkin. Bu har doim ham “bola qaysar” yoki “tarbiyasi yomon” degani emas.Bolaning miyasi asta-sekin rivojlanadi. O‘zini boshqarish ham mashq orqali shakllanadi. Shuning uchun bola xato qilganda faqat jazolashdan
Pediatr Nur Olimovna
1 сент., 09:17изменён
Ertaga maktab, tayyormisizlar?Assalomu alaykum qadrli obunachilar va jonkuyar ota-onalar.Maktabga faqat kiyim, daftar-qalam emas, ruhiy jihatdan ham tayyormizmi?Ba’zi bolalar maktabni intiqlik bilan kutadi. Boshqalarida esa xavotir, qo‘rquv yoki yangi o‘quv yiliga moslashish qiyin kechishi mumkin. Ayniqsa kichik sinf o‘quvchilariga alohida yordam kerak. Ularga birinchi kundanoq “Baholaring qanday bo'ldi? ”dan ko‘ra, “Bugun nimalar bo‘ldi?” “Qaysi dars senga yoqdi?” “Biror narsa seni qiynamadimi?” kabi savollar ko‘proq kerak.Bola o‘zini faqat yaxshi baholari uchun emas, shaxs sifatida qadrlanishini his qilishi juda muhim.Uyda maktabdagi muammolar haqida gapirishga imkon beradigan xavfsiz muhit yarating. Har bir xatosini darhol tanqid qilish o‘rniga, uni tinglashga harakat qiling.Ovqatlanishiga ham e’tibor bering O‘quv yili davomida bolaning energiya sarfi ortadi. Ertalabki
Pediatr Nur Olimovna
24 авг., 17:21
Suyultirilgan quyuq sut(moloko) nega zarar?Juda ko'p emizishdan chiqarmoqchi bo'lgan onalarga bolaga quyuq sutni suvga qo'shib ichkizishni " maslahat berishadi".Afsuski, bunday bolalarda tish bilan bog'liq va asab bilan bog'liq muammolarga duchor bo'ladi.Birinchi eng katta muammo- bolalik kariyesidir, chunki bu mahsulot tarkibidagi shakar juda ko‘p. Suyultirish shakarni yo‘qotmaydi, faqat konsentratsiyasini kamaytiradi holos...Ikkinchi muammo esa shirin suyuqlikni tez-tez ichish og‘izda bakteriyalar uchun doimiy oziqa bo‘lib, emalning yemirilishini tezlashtiradi.Ayniqsa, bu suyuqlikni uxlatishdan oldin yoki tunda berish ayniqsa xavfli: so‘lak kamaygani uchun tishlari kariyesi tezroq rivojlanadi.Bundan tashqari ortiqcha kaloriya va shakar — vazn ortishi va bolaning shirin ta’mga o‘rganishiga olib kelishi mumkin.Shirin suv oddiy sut yoki ona sutining o‘rnini bosishi mumkin,
Pediatr Nur Olimovna
12 авг., 15:24
Mukofot evaziga nima taklif qilyapsiz?Assalomu alaykum qadrli obunachilar!Bolaga "pora" berish deganda nimani tushunasiz?Bog'chaga borishi uchun albatta do'kondan nimadir olib berish yoki ovqatini yeb olsa shokolad berish yoki yig'lamasa telefon berish bu "pora"Pora bu yoqimsiz yoki noto'g'ri ishda ishtirok etish evaziga mukofot olishdir.Demak bog'cha, ovqat, yig'lash bu yoqimsiz, qiyin ish mukofot olinuvchi jarayon.Bola hech qachon bu jarayonni yahshi deb qabul qilmasligini o'zimiz o'rgatyapmiz ekan...Eng yahshi sovg'a bu shunchaki odatiy yumushlar kabi yondoshish va " bugun bog'chaga jasorat bilan kirib ketding, sendan hursand bo'ldim", yoki " Bugun ovqat yeyishni nima yeyishdan boshlaymiz, sabzi yoki kartoshka? " deb hotirjam so'rash kerak.Bola yig'laganda esa " men seni tushunaman, sening yig'laging kelyapti va bu senda uncha uzoq bo'lmaydi deb o'ylayman" deb yonida
Pediatr Nur Olimovna
7 авг., 18:10
Oshxonadan boshlanuvchi diareyaAssalomu alaykum qadrli obunachilar, aziz onalar!Ichak infeksiyalari o'zimiz bilmagan holda oshxona buyumlaridan yuqadi.Ayniqsa bolalar ichagi Juda nozik bo'ladi va tezda kasallanadi.Oshxonada go'sht mahsuloti uchun alohida pichoq va tataxtakach ishlating.Bu pichoq bilan non, sabzavot , meva to'g'ramang.Idish yuvish uchun mochalkalar esa go'sht ishlatgan idishlarga alohida bo'lsin, sabzavot ishlatgan idishlarga alohida va bolalar idishiga alohida bo'lsin.Ayniqsa, suv idishlar, sut idishlar qaynatib turilsin, so'rg'ichlar ham tez- tez qaynatilsin.Zinhor bolaga ovqatni og'zingizda chaynab bermang yoki haroratni bilish uchun bolaga beriluvchi luqmani og'zingizga solmang.Bolalaring qo'llarini, hattoki chaqaloqlar qo'llarini ham tez- tez sovunlab yuving.
Pediatr Nur Olimovna
4 авг., 16:45
Bir uyda ikki orolAssalomu alaykum qadrli obunachilar.Oila aslida katta tushuncha, o'zbek xonadonlarining deyarli barchasida buvi, bobo, amakilar va yana, yana kimlardir bor...Lekin shu oilada kichik oila borki, bu ota, ona va bolalardan iborat.Bir ayol dilini ochdi, " Mening uchta bolam bor, kichik farzandim harhasha qilib, to'kib ovqat yegani uchun qaynonam bemalol ovqatlana olmaydi, shuning uchun men shu bolalar bilan birga ovqatlanaman, ular bilan dardlashaman, dars qildiraman, ota-onalar majlislariga ham o'zim boraman. Lekin turmush o'rtog'im onasi va opa- ukalari bilan ovqatlanadi, ular bilan kulishadi, dardlashadi, vaqt o'tkazadi. U onasi bilan doimo opa-ukalarining hojatini chiqarish, ularning muammolarini hal qilish bilan mashg'ul. Bolalar uchun vaqti yo'qligi endi tabiiy holga aylangan. Endi ishlayotganim uchun mablag'ni ham o'zim sarflayapman, bolalarim dadasidan pul
Pediatr Nur Olimovna
24 июл., 17:38
Bola bilan suv olib yuringAssalomu alaykum qadrli obunachilar. Yo'lda, transportda yurar ekanman, eng issiq kunlari ham bolalarni olib yurgan onalarni ko'raman.Bola yig'laydi, hatto berilgan telefonlarni ham hohlashmaydi."Suvi bormi?"- deb so'rayman, ular esa " Olmabmiz" deyishadi.Bolaning yoshi nechada bo'lishidan qat'iy nazar, suv olib yurish kerak.Maxsus suv idishda suv, rasmli kitob, bolaning sevimli o'yinchog'i doim yoningizda bo'lsin.Bola bilan transportda ketayotganda yoningizdagi ayol bilan gaplashgadan ko'ra bola bilan gaplashib ketgan afzal.Yoz kunlarida oq paxta toladan shapka, ro'mol yoki panamka kiydirish kerak, lekin paypoq kiydirish shart emas.Bolaning kiyimlari sumkada zahira bo'lishi kerak, ko'pincha terlab ketsa ham yechilmaydi.Hammadan eng muhimi bolalarni yoz kunlarida 10.00 dan 17.00 gacha jamoat transportida olib yurish bolani qiynab qo'yadi.
Pediatr Nur Olimovna
17 июл., 07:39
переслано из @pediatr_nur
Kanal navigatori (1-qism)1. Bola nega yig'laydi? 2. Qorindagi sanchiq nimadan? 3. Emizikli ayolning taomlari 4. Bolangiz ona sutini yetarli emyaptimi? 5. Bolani cho'miltirish - sog'lik garovidir 6. Bolaning rivojlanish mezonlari 0-6 oy 7. Bolaning yurib ketish jarayonlari 8. Dastlabki tishlar - muammo emas 9. Tuvakka o'tqazishni o'rgatish (1-qism) 10. Tuvakka o'tqazishni o'rgatish (2-qism)11. Tuvakka o'tqazishni o'rgatish (3-qism) 12. Bolani tuvakda uzoq o'tirishiga yo'l qo'ymang (4-qism) 13. Bolangiz 1 yoshga kirdi! 14. Uyni zaharli moddalar va xavfli dorilardan holi qiling! 15. Betob bolani ovqatlantirish 16. Bolangiz betob bo'lsa, ... 17. Bemor bolaning terisini parvarishlash
Pediatr Nur Olimovna
16 июл., 17:28
Bog‘chaga berishda asosiy qoidalar (2-qism) Assalomu alaykum, qadrli obunachilar!Bog'chaga berishdagi keyingi qoidalar haqida yana davom ettirishimiz mumkin. 7. Moslashuv davrida bolani qo'llab quvvatlang. Bog‘chaga qatnay boshlagan dastlabki kunlarda bolada yig‘loqilik, injiqlik, uyqu buzilishi, ishtahaning pasayishi yoki ota-onaga kuchli bog‘lanib qolish kuzatilishi mumkin. Bunday holatda bolani koyish yoki jazolash to‘g‘ri emas. Uning his-tuyg‘ularini tushunishga harakat qiling va dalda bering. 8. Xayrlashishni cho'zib yubormang. Bog‘chaga olib kelganda bolani quchoqlab, qachon qaytib kelishingizni sodda qilib tushuntiring va xotirjam xayrlashing. Uzoq vaqt eshik oldida turish, qayta-qayta xayrlashish yoki yashirincha chiqib ketish bolaning xavotirini kuchaytirishi mumkin. 9. Uy bolaning xavfsiz joyi bo‘lib qolsin Farzandingiz bog‘chadan qaytgach, unga mehr va e’tibor bering. Kun
Pediatr Nur Olimovna
15 июл., 16:36
Bog‘chaga berishda asosiy qoidalar1-qism. Assalomu alaykum, qadrli obunachilar! Farzandni bog‘chaga berish uning hayotidagi muhim bosqichlardan biridir. Bola oilaviy muhitdan yangi jamoaga kiradi, tengdoshlari bilan muloqot qilishni, tarbiyachini tinglashni va ayrim ishlarni mustaqil bajarishni o‘rganadi. Bolani necha yoshdan bog‘chaga berish ma’qul? Bolani bog‘chaga berish uchun eng qulay davrlardan biri 2–3 yosh oralig‘i hisoblanadi. Bu yoshda bola yaqin va begona insonlarni yaxshiroq ajrata boshlaydi, oddiy ehtiyojlarini so‘z bilan ifodalashga harakat qiladi va boshqa bolalar bilan muloqot qilish ko‘nikmalari shakllanadi. Ikki yoshga to‘lmagan bolalarda ota-onaga bog‘liqlik kuchliroq, nutq rivojlanishi esa hali yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ular yangi muhitga qiyinroq moslashadi. Biroq har bir bolaning rivojlanishi individual ekanini unutmaslik kerak. Faqat yoshga emas,
Pediatr Nur Olimovna
3 июл., 16:46
Chaqaloqlarda axlat ranglari qachon kasallik alomati bo‘ladi? Assalomu alaykum, qadrli ota-onalar! Chaqaloqning axlati rangi ko‘p narsani aytib berishi mumkin. Ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda axlat rangi tez-tez o‘zgaradi va bu har doim ham kasallik degani emas. Qaysi ranglar ko'pincha normal husoblanadi? 1. Qora-yashil, yopishqoq axlat Bola tug‘ilgandan keyingi ilk 1–2 kunlarda bo‘ladigan axlat mekoniy deyiladi. Bu normal holat. 2. Sariq yoki xantal rang axlat Ko‘krak suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarda ko‘p uchraydi. Odatda suyuqroq va donador narsalari bo‘ladi. 3. Jigarrang yoki och jigarrang axlat Sun’iy aralashma bilan oziqlanadigan bolalarda ko‘proq uchraydi. Bu ham ko‘pincha normal. 4. Yashil axlat Ba’zan normal bo‘lishi mumkin. Masalan, ona ovqatlanishi, temir preparatlari, aralashma turi yoki ichak harakati tezlashishi sababli yashil rang kuzatiladi. Qachon xavotir
Pediatr Nur Olimovna
1 июл., 18:02
Ota-onaning ruhiy tarangligi bolaga yashi munosabatda bo'lsangiz ham uni qo'rqoq qiladi Assalomu alaykum qadrli obunachilar.Ota-onaning ruhiy holati bola rivojlanishiga juda katta ta’sir qiladi. Bu ta’sir faqat tarbiya yoki muomala bilan cheklanmaydi. Ba’zan ota-onaning boshidan kechirgan kuchli stressi bolaning miyasi rivojlanishiga ham ta’sir qilishi mumkin.Masalan, ona yoki ota uzoq vaqt qo‘rquv, zo‘ravonlik, urush, yo‘qotish, oilaviy bosim yoki og‘ir ruhiy travmani boshidan kechirgan bo‘lsa, organizmda stressga javob beruvchi tizim o‘zgaradi.Bunda kortizol deb ataladigan stress gormoni muhim rol o‘ynaydi. Kortizol me’yorida bo‘lsa, organizmni himoya qiladi. Lekin u uzoq vaqt yuqori bo‘lib qolsa, asab tizimi va miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.Ayniqsa, bola miyasidagi amigdala deb ataladigan qism bunga sezgir bo‘ladi. Amigdala — qo‘rquv, xavotir va xavfni
Pediatr Nur Olimovna
1 июл., 08:46
Bola tarbiyasi nega buncha qiyin.Assalomu alaykum qadrli obunachilar, ota-onalar.Siz ota-onalikni necha yoshdan boshladingiz? Ayollar 18-24 yoki erkaklar 20-30 yosh bo'lishi mumkin.Siz kungacha hunar, kasb egasi bo'ldingiz, lekin farzand tarbiyasini ota-onangizdan andoza olgansiz holos...Ota-onalik ulug' kasb bo'lsa ham buning uchun sizga diplom, ijoza yoki ruxsatnoma berilmaydi.Ishxonada ishingizga mo's muhit, ish qurollari bo'ladi, malaka oshirasiz, oiladachi? Afsus, bunga e'tibor juda kam.Bolaligingizda onangizdan nimani ko'rsangiz shuni bolaga qo'llaysiz yoki atrofdagilar nima desa shuni qilasiz.Endi bir o'ylab ko'ring, siz o'zingizni qanday inson deb o'ylaysiz? Ota-onangizdan nima o'rgangansiz?Bolalikdagi ruhiy, jismoniy zarbalar haqida eslaysizmi va bu bola bilan munosabatingizda aks etadimi?Demak hatto hali farzand ko'rishni reja qilayotgan bo'lsak ham,
Pediatr Nur Olimovna
1 июл., 02:04изменён
Salom ta'til!Assalomu alaykum qadrli obunachilar.Mana ta'tilga ham chiqib oldim. Sentyabrgacha endi ishga bormayman.Lekin, yoz juda ham tez o'tib ketadi, menda esa rejalar qanchayu...Lekin eng quvonarlisi oilam bilan ko'proq birga bo'laman, zarradek go'zalliklarni his qilish uchun vaqtim bor va o'zim yoqtirgan mashg'ulotlarni qilishimga monelik yo'q.Aziz obunachilarim, onajonlar! Sizlarga qanday mavzular qiziq? Bola salomatligi, tarbiyasida qanday savollar bera olasiz?Siz so'ragan mavzularni yoritish uchun kitob o'qishga, izlanishga harakat qilaman.Marhamat, izohlarda yozib qoldiring va men bu mavzularga postlar, tavsiyalar yozaman!Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna
Pediatr Nur Olimovna
12 июн., 02:15
Agar uyda o'smir o'g'il bola bo'lsa...Assalomu alaykum hurmatli obunachilar.Agar o'g'lingiz 9 yoshdan o'tgan bo'lsa va bunday bolalar bitta bo'lsa, yoki ikki va uchta bo'lsa ham otasi qatori hurmat qiling.To'g'ri, u sho'x, u to'polonchi va yoki qaysardir, lekin uni otasi qatori hurmat qiling.Masalan, bolaga nisbatan nimadir demoqchisiz? Dadasi bo'lganida shunday dermidim? deb o'ylang va uning kiyimlari, ovqatlarni tayyorlashda, maktabda kuzatishda yahshi muomala qiling.Undan maslahat so'rang, uni masxara qilmang, xatolarini yuziga aytishda ehtiyot bo'ling.Ular yonida kiyimlaringizni, o'zingizni tartibga soling va hatto yuvib yoyilgan kiyimlaringizni ham tartiblang.O'g'illari ko'p ayol otani bolalarga zinhor yomonlashi kerak emas, hech qachon ular yonida baland ovozda gapirmang.O'smirning ovqatlariga kattaroq go'sht soling (otasiga bergan kabi), tuxum va salatlarni yoniga
Pediatr Nur Olimovna
10 июн., 10:12
Sochini turmaklagan qizAssalomu alaykum hurmatli obunachilar!Hozir sizlarga 12 yoshli go'zal qizcha haqida hikoya qilmoqchiman.Qizchaning sochlari uzun edi va uning onasi soch turmaklashni bilmas edi, qizcha bir kuni qo'shni qizning uyiga kirdi va shunchaki sochini turmaklatdi holos...Qo'shni qiz haqida mahallada g'iybatlar tarqalganligi sababli bu haqda otaga habar berishdi, va qiz uyda qattiq so'roqqa tutildi.Otaning vajohatidan qo'rqqan qiz yolg'on gapirdi, u qutuldi va uning oilasi bilan rishtalariga putur yetdi.Endi u yolg'onlar doimo uni qutqarishiga ishonib qoldi, hatto uyga kelishdan qochib, qadamlarini sekinlashtirar va bahonalar qidiradigan bo'ldi.Ota- ona yomon gumonda bo'lishi, go'dak qizdan hadiksirashi va avvaldan havotirlanib chora ko'rishi bu faqat qalbning darz ketishiga olib keladi.Shuning uchun o'smir qizlarimizga kelajakda bo'luvchi faqat yahshi
Pediatr Nur Olimovna
10 июн., 04:09
Baxtni qayerdan olamiz?Assalomu alaykum qadrli obunachilar.Baxt tushunchasini ko'pchilik boylikda, go'zallikda, sevgi-muhabbatda yoki psixologlarning maslahatida deb o'ylaydi.Agar siz uni o'zingiz kashf qilmasangiz sizga hech kim baxtni sovg'a qilmaydi.Misol: "siz qo'shningizdan kamharjdirsiz, lekin undan nimangizdir ustunligini topa bilishingiz kerak, baliki siz sog'lom, balki siz aqllidirsiz"Yoki "sizda johil qaynona bor, lekin u kasaldir, uning Miya qon tomirlarida muammo bordir, yoki ilmsizdir, lekin siz unday odam emasligingizni tushunish orqali".Yoki turmushingiz o'xshamadi, sizga hiyonat qilishdi, lekin siz hiyonatkor emassiz va siz tiriksiz va siz jamiyatga keraksiz.Yoki nogironsiz, lekin sizda tafakkur qilish qobiliyati bor va siz o'qiy olasiz va balki yahshi hulq bilan go'zaldirsiz.Yoki befarzandsiz, bir inson sifatida dunyodagi hohlagan bolaga ota-onalik
Pediatr Nur Olimovna
1 июн., 06:53изменён
1-iyun BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNIAssalomu alaykum qadrli obunachilar.Bugun ajoyib kun, bugun bolalarimizni HIMOYA QILISH haqida o'ylab ko'ramiz. Nimalardan?1. Bola bexosdan nimadir qilsa baqirib reaksiya qilishdan; 2. Bolaning yonida bir-birimizga ozor berishdan ( ruhiy yoki jismoniy? 3. Uni tengdoshlari va qarindoshlariga solishtirishdan. 4. Qizlarni kelajakda " yomon qiz" bo'lmasligi yoki "dangasa kelin" bo'lishini oldini olish usullarini qo'llashdan. 5. O'g'il bolalarni "latta", " landovur" deb kamsitishdan. 6. O'zingizdan 20 yoki undan katta yil kichik insonlarga jismoniy va ruhiy azob berishdan. 7. Bolani hurmat qilmaslikdan, uni g'iybat qilib boshqalarga aytib nolishdan. 8. Och qoldirishdan ( ovqat va mehr) 9.Barcha yomonliklardan...Agar bugun HIMOYA qilsak doim HIMOYA qilamiz.Hurmat bilan Pediatr Nur Olimovna
Pediatr Nur Olimovna
31 мая, 01:51изменён
Tish chiqishi diareyaga sabab bo'ladimi?Assalomu alaykum qadrli obunachilar.Mana deyarli 15 kundan beri diareya ancha ustun bo'lmoqda va bu holat oilani tashvishga qo'ymoqda.Aksariyat 6-12 oy bolalar orasida uchrayotlgan bu diareyaning sababini tish chiqishiga bog'lashib, "o'tib ketar" qabilida kech murojaat qilish va suvsizlanish holatlarining uchrashi kuzatilmoqda.Ho'sh nega tishi chiqsa ichi o'tadi?1.Bola og'ziga qo'lini va buyumlarni ko'p soladi va virus-bakteriyalarni yuqtiradi. 2. Aynan qo'shimcha ovqat berish boshlanadi va ichak florasi o'zgara boshlaydi. 3. 6 oydan keyin ona sutining amilolitik ( ferment) tarkibi pasayadi. 4. Bolada katta sarf tufayli mikroelementlar kamayib immun tizimi ancha pasayadi. Nima qilish kerak?1.Ona suti va agar sun'iy aralashma ichsa davom ettirish 2. Orsa berish, har bir suyuq najasdan so'ng 50- 100 ml.( 8 marta kelsa 400ml) 3. Ruh (sink)
Pediatr Nur Olimovna
27 мая, 17:37
Arafa kungi voqeaAssalomu alaykum qadrli obunachilar.Kecha, arafa kuni qo'shnilarga osh olib chiqish kerak edi. Qizlarim turmushga chiqishgan, biri o'qishda, osh tarqatishni o'n olti yoshli o'g'limga buyurdik.O'g'lim: " arafa kuni ovqat ulashishning ma'nosi nima?"- deb so'radi, men: Qo'shnilar holidan habar olish, ularni hayit bilan tabriklash" dedim.Shunda u: "Siz men orqali xabar olasizmi?" dedi, men juda uyalib ketdim, chunki ishga borib-kelib ularni anchadan beri ko'rganim yo'q edi.Shunda ovqatlarni oldimda, ularga o'zim olib kirishga qaror qildim. Qo'shnilarim bilan ko'rishib diydorlashdim, bunga atigi yarim soat ketdi holos...Lekin ich-ichimdan qoniqish, quvonch sezdim.Mana, nega bolalaringiz bilan suhbat quring, deganimning isboti. Ular bilan muloqot qilar ekansiz, ba'zan chuqur mulohaza qilishingiz, ularni kashf qilish orqali o'zingizni kashf qilishingiz mumkin.Hu
