Последние посты

PhD Support
22 сент., 05:08изменён
🚫Oliy attestatsiya tizimida rahbarlik masalasi nega ochiq qolmoqda?O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Ahmadbek Tadjiyevich Yusupov Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimidan ozod etilganiga to‘rt oydan oshgan bo‘lsa-da, ushbu lavozimga yangi rahbar tayinlangani haqida hozirga qadar ma’lumot e’lon qilinmagani ilmiy jamoatchilikda savollar uyg‘otmoqda.Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy darajalar va unvonlar berish, ilmiy tadqiqotlar sifatini baholash hamda attestatsiya jarayonlariga ishonchni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Shu sababli uning rahbarligi bilan bog‘liq masala minglab tadqiqotchilar, ilmiy rahbarlar va ilmiy kengashlar faoliyatiga daxldordir.⚡️Ilmiy salohiyatga ega, ushbu mas’uliyatni zimmasiga oladigan, tizimni chuqur tushunadigan munosib kadrlar yo‘qmi?At
PhD Support
21 сент., 15:50
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt #fiz_mat @PhD_Supp0rt01.00.00 - Fizika-matematika fanlariOliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrirdagi ro‘yxatdagi 01.00.00 - Fizika-matematika fanlari buyicha jurnallar.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
21 сент., 03:50
Obyekt va predmetni adashtirmangObyekt — siz o‘rganayotgan kengroq jarayon. Predmet esa uning ichidagi aynan siz tahlil qilayotgan jihat. Ikkalasi bir xil yozilgan bo‘lsa, tadqiqot chegaralari hali yaxshi aniqlanmagan bo‘lishi mumkin.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
20 сент., 15:19
#ilmiy_nashrlar_ruyxati_PhD_Supp0rt @PhD_Supp0rt07.00.00 - Tarix fanlari bo‘yicha 171 ta ilmiy jurnalOliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati 2026-yil 3-avgust holatiga ko‘ra yangilangan edi. Yangi tahrir ro‘yxatidagi 07.00.00 - Tarix fanlari buyicha jurnallar.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
19 сент., 12:56
🔬Олий таълимдан кейинги таълим қабулида ихтисосликлар кесимида талаб этиладиган хорижий тил сертификатлари рўйхати тасдиқланди.🔎Бу файлда қайси ихтисосликга қандай даражадаги сертификат кераклиги берилган:01.01.00 - Математика-B2 01.02.00 - Механика-B1 01.04.00 -Физика-B1📢 Каналга уланиш: @PhD_Supp0rt
PhD Support
18 сент., 07:55изменён
Oliy ta'limdan keyingi ta'limga hujjat topshirish uchun yangilangan video qo'llanma📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
17 сент., 07:52
#PhD_Supp0rtKo‘pchilik hali ham “Q1 jurnal” deganda oddiygina xorijiy jurnalni tushunadi. Aslida esa masala ancha jiddiy.Dunyoda minglab ilmiy jurnallar mavjud. Lekin ularning barchasi bir xil darajada emas. Ayrim jurnallar ilmiy hamjamiyatda juda katta ta’sirga ega bo‘lsa, ayrimlari deyarli o‘qilmaydi ham. Shu sabab xalqaro bazalarda jurnallar ta’sir darajasiga qarab kvartillarga bo‘linadi.Q1 — eng yuqori qatlam. Bu o‘z sohasidagi eng kuchli 25 foiz jurnal degani. Q2 esa undan keyingi nufuzli qatlam hisoblanadi.Bugun ilm-fanda asosiy o‘zgarish shundaki, endi maqola shunchaki “chiqdi” degan gap yetmaydi. Maqola qayerda chiqdi, kim o‘qiydi, unga iqtibos berilyaptimi — mana shu savollar muhim bo‘lib bormoqda.Ayrim tadqiqotchilar “bizning mavzu xalqaro auditoriyaga qiziq emas” deb o‘ylaydi. Aslida esa muammo mavzuda emas, uni qanday taqdim etishda. Mahalliy tadqiqotni ham xalqaro1,170Открыть в Telegram
PhD Support
16 сент., 10:04
Aql hammada bor, lekin uni ishlatish hammada har xil“Bu dunyoda eng to‘g‘ri taqsimlangan narsa — aql. Chunki shu paytgacha hali hech kim aqli kamligidan shikoyat qilmagan.”Bu gap kulgili eshitiladi, lekin ichida achchiq haqiqat bor. Odam pulim kam deydi, vaqtim yetmayapti deydi, imkoniyatim bo‘lmadi deydi, tanishim yo‘q deydi. Lekin kamdan-kam odam: “Menda fikrlash yetishmayapti, men xato o‘ylayapman”, deb tan oladi.Aslida muammo ko‘pincha aqlning bor yoki yo‘qligida emas. Muammo odamning o‘z aqliga haddan tashqari ishonib yuborishida. Har kim o‘zini to‘g‘ri deb biladi. Hatto noto‘g‘ri qaror qilayotgan odam ham ichida “men bilaman” degan ishonch bilan yuradi. Bizda bunaqa holat ko‘p uchraydi: maslahat so‘raydi, lekin baribir o‘zi xohlagan ishni qiladi. Keyin natija yomon chiqsa, “nasib qilmadi” deydi.Bu fikr bizga bir narsani eslatadi: haqiqiy aql faqat bilish emas, o‘zini ham
PhD Support
16 сент., 01:54
Eynshteyndan bir saboqIlmda bilim bilan birga tasavvur ham kerak. Mavjud nazariyalarni bilish zarur, ammo ularga boshqa tomondan qaray olish yangi g‘oyaning boshlanishi bo‘lishi mumkin. O‘qing, lekin o‘qiganlaringiz ichida yo‘qolib qolmang.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
15 сент., 00:59изменён
📣Doktorantura tizimiga oid asosiy nizomga o‘zgartirish taklif qilinmoqdaOliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjat — Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qaror loyihasi e’lon qilindi.Loyiha Prezidentning PF–58 va PF–98-son Farmonlari ijrosini ta’minlash hamda yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.Loyihada 2028-yil uchun qabuldan boshlab qabul jarayonini talabgorning umumiy ballari yig‘indisi asosida tashkil etish taklif qilinmoqda. Shuningdek, umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizini ustuvor ilmiy yo‘nalishlarga ajratish, ustuvor yo‘nalishlarga qabul qilingan doktorantlarga 1,7 baravar oshirilgan stipendiya to‘lash kabi normalar nazarda tutilgan.Agar loyiha qabul
PhD Support
13 сент., 13:55
Avtoreferat yozishda nimalarga e’tibor berish kerak?Avtoreferat dissertatsiyaning qisqa nusxasi emas. U ishning asosiy ilmiy mazmunini ixcham va aniq ko‘rsatadigan hujjatdir.Avtoreferatda quyidagilar aniq bo‘lishi kerak:Mavzuning dolzarbligi Tadqiqot maqsadi Vazifalar Obyekt va predmet Ilmiy yangilik Amaliy natijalar Himoyaga olib chiqiladigan holatlar Tajriba-sinov natijalari Xulosa va tavsiyalarEng katta xato — avtoreferatga umumiy, balandparvoz gaplarni ko‘p yozish.Avtoreferat qisqa, dalilli, ilmiy va himoyaga tayyor matn bo‘lishi kerak.
PhD Support
13 сент., 03:05
PhD’da muntazamlik muhimBir oy hech narsa qilmay, keyin uch kecha uxlamasdan dissertatsiya yozish samarali usul emas. Har kuni ozroq o‘qish, tahlil qilish yoki yozish katta natijani yig‘ib boradi. Ilmiy ish marafon, sprint emas.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
12 сент., 10:04
#PhD_Supp0rt #chiqarilgan_jurnallarKo‘plab yosh tadqiqotchilarda tabiiy savol paydo bo‘lmoqda: “Ro‘yxatdan chiqarilgan jurnallarda avval chop etilgan maqolalarimiz endi hisobga olinmaydimi?” Yo‘q, xavotirga o‘rin yo‘q.OAK qarorida aniq ko‘rsatilgan: mazkur qaror qabul qilingunga qadar, ya’ni 2026-yil 10-iyungacha ro‘yxatdan chiqarilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar dissertatsiya ishlarining asosiy ilmiy natijalari sifatida belgilangan tartibda e’tiborga olinadi.Demak, maqolangiz 10.06.2026 sanasigacha chop etilgan bo‘lsa, u avtomatik tarzda “o‘tmaydi” degani emas. Muhimi — maqola aynan qaror qabul qilingunga qadar nashr etilgan bo‘lishi kerak.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
12 сент., 04:54
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchimisiz?PhD va DSc bosqichlari uchun asosiy talablarni qisqa ko‘rinishda jamladik.PhD uchun magistr diplomi, kamida 1 ta ilmiy maqola, tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta tezis va suhbat talab etiladi. DSc uchun esa PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy daraja, ilmiy darajadan so‘ng kamida 3 ta maqola, 2 ta tezis, suhbat hamda doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi zarur.Hujjatlar my.gov.uz va daraja.ilmiy.uz orqali topshiriladi.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
11 сент., 14:09изменён
Ilmiy darajalar berishda 2027-yil 1-yanvardan bekor qilinadigan tartiblar to'liq ro'yxati: #PhD_Supp0rt1. Chet tili fanidan malakaviy imtihon topshirish (nustaqil izlanuvchikdan tashqari);2. Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini ro'yxatidan o'tkazish va dissertatsiya himoyasi to'g'risida e'lon berish;3. Dissertatsiyani yetakchi tashkilotda muhokamadan o'tkazish;4. Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari bo'yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e'lon qilish;5. Dissertatsiya avtoreferatini chop etish;6. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilganligi to'g'risida xulosa olish;7. Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari bo'yicha ekspert kengashi tomonidan ilmiy ishni ekspertizadan o'tkazish;8. Xalqaro reytinglarda birinchi 300 ta o'rinni egallagan oliy ta'lim tashkilotlarida
PhD Support
8 сент., 06:35
PhD’dan keyin nima?Ko‘pchilik “himoyadan o‘tsam bo‘ldi” deb yashaydi. Aslida PhD ilmiy yo‘lning yakuni emas: yangi tadqiqotlar, grantlar, xalqaro hamkorlik, monografiya va ilmiy maktab yaratish kabi bosqichlar aynan undan keyin boshlanadi. Himoya — finish emas, keyingi bosqichning boshlanishi.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
7 сент., 09:55
Ilmiy kengashda uzun javob har doim ham kuchli javob emasSavolni tushuning, avval qisqa javob bering, keyin dalil bilan asoslang. Bilmagan masalada mavzuni aylantirib gapirishdan ko‘ra, tadqiqot chegarasini ochiq tan olish professionalroq ko‘rinadi.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt2,009Открыть в Telegram
PhD Support
7 сент., 06:00изменён
Хитойда олимларнинг суратларини катта реклама экранларига жойлаштиришмоқдаКўчада реклама баннерларида одатда актёр, хонанда, спортчи ёки тадбиркорларни кўрамиз. Хитойда эса аксар ҳудудларда билборд ва экранларга машҳур олимларнинг суратлари, исмлари ва илмий ютуқлари ҳам чиқарилмоқда. Бу жуда ажойиб ғоя!Барибир, Хитойдан ўрганадиган нарсаларимиз ҳали жуда кўп. Илм-фанни оммалаштириш, олимларни кўпроқ танитиш ва уларни ёшлар учун намуна қилиш ҳам шулардан бири бўлиши керак.📢 Каналга уланиш: @PhD_Supp0rt
PhD Support
6 сент., 09:54
Haqiqiy olim “bilmayman” deyishdan qo‘rqmaydiIlm hamma narsani bilish emas, bilmagan narsani qanday tekshirishni bilishdir. Qarama-qarshi fikrni tinglash, xatoni tan olish va dalil bilan gapirish olimning kuchsizligi emas, professional belgisi.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
PhD Support
6 сент., 04:51
Mavzu tanlashda shoshilmangChiroyli eshitiladigan mavzu har doim ham yaxshi tadqiqot mavzusi emas. Manbasi, ilmiy muammosi, chegarasi va amaliy imkoniyati bo‘lishi kerak. Uch yil ishlashingiz mumkin bo‘lgan mavzuni tanlang.📢 Kanalga ulanish: @PhD_Supp0rt
