gram news
Аватар канала “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

@piftuz

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi rasmiy kanali Aloqa bot: @Piftuzbot Instagram: https://www.instagram.com/pift.uz Facebook: https://www.facebook.com/piftuz

ПроектыUZПолитика

6,310подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    20 сент., 07:30

    переслано из @piimauz

    XALQARO TA’LIM IMKONIYATLARI — HKUST VAKILI BILAN UCHRASHUV🎓“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi ishtirokchilari uchun Renessans oromgohida Gonkong Fan va Texnologiyalar Universiteti (HKUST) vakili bilan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuvda HKUST qabul komissiyasi vakili, talabalarni qabul qilish ofisi menejeri Crystal Lui ishtirok etib, universitetga hujjat topshirish jarayoni, qabul talablari va ariza topshirish muddatlari haqida ma’lumot berdi.Shuningdek, ishtirokchilar universitetdagi ta’lim yo‘nalishlari, talabalar hayoti, kampus imkoniyatlari hamda xalqaro talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, xorijiy universitetlarda ta’lim olish imkoniyatlari va kelgusidagi ta’lim yo‘nalishini tanlash bo‘yicha zarur
    1,76022544Открыть в Telegram
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    7 сент., 12:55

    переслано из @renessans_oromgoh

    🎓 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining navbatdagi mavsumi boshlandi!Renessans oromgohida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining navbatdagi mavsumiga start berildi.Mavsumning ochilish tadbiri ishtirokchilar uchun ko‘tarinki kayfiyat va katta maqsadlar bilan boshlandi. Tadbir davomida yangi mavsumning asosiy yo‘nalishlari, ta’lim jarayoni va ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.📚 Darslar rasman start oldi! Bugundan boshlab ishtirokchilar belgilangan fan va yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlarga kirishdilar. Ta’lim jarayoni davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar, jamoaviy loyihalar va turli intellektual faoliyatlarga ham alohida e’tibor qaratiladi.✨ Yangi mavsum — yangi bilimlar, yangi
    4,1806317111Открыть в Telegram
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    1 сент., 02:14

    🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI MUBORAK!Aziz o‘quvchilar, ustozlar, ota-onalar va yurtdoshlar!Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!Mustaqillik - yoshlarimizning erkin fikrlashi, bilim olishi, o‘z iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, ulkan marralarni ko‘zlab intilishi uchun yaratilgan bebaho imkoniyatdir.Bugun yurtimizning iqtidorli farzandlari nufuzli xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va ta’lim maskanlarida O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib, Vatanimiz kelajagiga munosib hissa qo‘shmoqda.Har bir yoshning yutug‘i - Yangi O‘zbekistonning yutug‘i, har bir iste’dodning kamoli - Vatanimiz taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir.Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! Iqtidorli yoshlarimizning safi va zafarlari yanada ko‘paysin!Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Bayram muborak, aziz yurtdoshlar!
    5,61072874Открыть в Telegram
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    17 авг., 13:02

    переслано из @piimauz

    🇺🇸Penn GSE: O‘zbekiston bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik e’tirof etildi📌 University of Pennsylvania Graduate School of Education (Penn GSE)ning Global Possibility Network (GPN) tarmog‘i Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Counseling for Uzbek Schools Program” (CUSP) dasturini alohida qayd etdi.🌿 AQShning nufuzli Ivy League universitetlaridan biri — University of Pennsylvania tomonidan tashkil etilgan bir haftalik intensiv sertifikat dasturida O‘zbekistondan 23 nafar ishtirokchi — tajribali maktab maslahatchilari va iqtidorli yuqori sinf o‘quvchilari qatnashdi.Dastur davomida ishtirokchilar UPenn professorlari va mutaxassislari bilan oliy ta’lim va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik, maktab maslahatchiligi hamda o‘quvchilar farovonligi yo‘nalishlarida bilim va
    7,080381042Открыть в Telegram
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    12 авг., 13:09

    переслано из @piimauz

    #YagonaVatan35🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi.Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari;✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik;✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi;✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i;✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish;
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    12 авг., 11:04

    #Qashqadaryo #Natija🌎 O‘zbekistonning iqtidorli yoshlari xalqaro ilmiy maydonda!Milliy dasturning yana bir iqtidorli ishtirokchisi, qashqadaryolik Xudayberdiyev Ulug‘bek navbatdagi katta muvaffaqiyatga erishdi!🔝The University of Hong Kong (QS-11-o'rin) tomonidan 2026-yil 2–8-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasida tashkil etilgan "Asian Science Camp 2026"(ASC 2026) xalqaro ilmiy lagerida ishtirok etidi.🌎 Asian Science Camp – Osiyoning eng nufuzli ilmiy dasturlaridan biri bo‘lib, unda Nobel mukofoti sovrindorlari, dunyoning yetakchi olimlari va turli mamlakatlardan saralangan eng iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.🔺 Ushbu yutuq nafaqat Ulug‘bekning shaxsiy muvaffaqiyati, balki O‘zbekiston yoshlari salohiyatining xalqaro miqyosdagi yana bir e'tirofidir. Ulug‘bekka ilmiy
    5,9005414104Открыть в Telegram
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    29 июл., 17:55

    🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–86-son Farmoni asosida amalga oshirilayotgan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida iqtidorli yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish ishlari izchil davom etmoqda.🇺🇸 Bugun Milliy dasturning eng yuqori reytingdagi o‘quvchilari hamda maktab maslahatchilari AQShdagi IVY League tarkibiga kiruvchi University of Pennsylvania (UPenn) xalqaro yozgi ta’lim dasturida ishtirok etmoqda.🔵 Dunyoning yetakchi professorlari bilan muloqot, xalqaro akademik muhit va ilg‘or tajribalar, bularning barchasi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini global maydonda raqobatbardosh kadrlar etib tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamdir.Bizni kuzating
    10,400видео57281513Открыть в Telegram
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    28 июл., 20:02

    🇺🇸 UPenn’da maktab maslahatchilari uchun maxsus seminarlar🗣 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida AQShda malaka oshirayotgan maktab maslahatchilari University of Pennsylvania (UPenn) professorlari hamda universitetning qabul jarayonlari bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida maxsus seminar va ma’ruzalarda qatnashdilar.📚 Dastur doirasida Dr. Michael J. Nakkula, Ed.D., Professor of Practice hamda Jacqueline E. Joyce, M.S.Ed., Research Associate tomonidan “Lecture on Prioritization, Admissions, and Extracurricular Activities” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi. Shuningdek, maktab maslahatchilari uchun UPenn Admission Officer tomonidan “Letters of Recommendation for Counselors, Decision Making for Students” mavzusida maxsus sessiya tashkil etildi.Mazkur ma’ruzalar maktab maslahatchilariga o‘quvchilarni
    12,400341799Открыть в Telegram
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    28 июл., 10:04

    переслано из @piimauz

    🇺🇿 O‘zbekiston kunlari — UPenn’da🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida AQShda malaka oshirayotgan o‘quvchilar va maktab maslahatchilari University of Pennsylvania (UPenn) professorlari, talabalari hamda xalqaro dastur ishtirokchilari uchun “Culture Presentation” tadbirini tashkil etdilar.Taqdimot davomida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, milliy liboslari, taomlari va san’ati namoyish etilib, mehmonlarda yurtimizning qadimiy sivilizatsiyasi va zamonaviy taraqqiyoti haqida yorqin taassurotlar uyg‘otildi.Bizni kuzating 💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal
    5,66045167Открыть в Telegram
  • “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi

    27 июл., 07:12

    переслано из @piimauz

    🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining eng iqtidorli ishtirokchilari AQShda xalqaro yozgi ta’lim dasturida qatnashmoqda.🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–86-son Farmoni asosida amalga oshirilayotgan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida iqtidorli yoshlar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari izchil kengaytirilmoqda.🇺🇸 Dastur doirasida navbatdagi muhim xalqaro tashabbus amalga oshirilmoqda. Milliy dastur reytingida eng yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar o‘quvchi hamda o‘quvchilarni dunyoning nufuzli universitetlariga tayyorlash va qabul qilinishida yuqori natijalarga erishgan maktab maslahatchilari AQShdagi IVY League tarkibiga kiruvchi University of Pennsylvania (UPenn) tomonidan tashkil etilgan xalqaro yozgi ta’lim dasturida ishtirok etmoqda.
    4,8704121175Открыть в Telegram