Последние посты

Pivot.uz | Startap va texnologiya
22 сент., 14:18
Uztelecom O‘zbekistonda yangi avlod optik tarmog‘ini sinovdan o‘tkazmoqdaUztelecom, Yaponiyaning Toyota Tsusho, NTT Docomo Business va NEC kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda All-Photonics Network (APN) texnologiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi.Loyiha doirasida Toshkent yaqinidagi ikkita data-markaz 800 Gbit/s tezlikdagi kanal orqali bog‘lanadi. Tarmoqdagi kechikish esa 1 millisekunddan kam bo‘lishi aytilmoqda.APN — ma’lumotlarni elektr signallari o‘rniga asosan optik texnologiyalar orqali uzatishga asoslangan yangi avlod infratuzilmasi bo‘lib, u katta hajmdagi ma’lumotlarni tezroq va kamroq kechikish bilan almashish imkonini beradi.Bunday infratuzilma AI xizmatlari, bulutli texnologiyalar va yirik data-markazlar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvi uchun muhim ahamiyatga ega.@pivotuzbekistan


Pivot.uz | Startap va texnologiya
22 сент., 13:33
Eng yirik texnologik haftalik — ICTWEEK Uzbekistan 2026 boshlandiHaftalikning birinchi kunida startaplar, investorlar, IT kompaniyalari va xalqaro texnologik tashkilotlar vakillari bir maydonga jamlandi.Bugungi dasturda: — Startup & Venture Summit — Startup World Cup 2026 mintaqaviy finali — Enterprise Uzbekistan Summit — xalqaro texnologik forumlar va biznes uchrashuvlari — AI, venchur investitsiyalari, outsourcing va raqamli iqtisodiyotga bag‘ishlangan sessiyalar bo'lib o'tdi.Startup World Cup mintaqaviy finalida 15 ta startap o‘z loyihalarini taqdim etmoqda. G‘olib San-Fransiskodagi global finalda $1 mln investitsiya uchun kurashadi.ICTWEEK Uzbekistan 2026 25-sentabrgacha davom etadi.👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qingInstagram | LinkedIn | YouTube


1,040Открыть в Telegram
Pivot.uz | Startap va texnologiya
22 сент., 11:23изменён
OpenAI va Anthropic bir-birining AI modellarini xavfsizlik bo‘yicha tekshirmoqchi bo'ldiOpenAI va Anthropic o‘zlarining tijoriy AI modellarini o‘zaro xavfsizlik testidan o‘tkazish bo‘yicha kelishuv tayyorlagan. The Information ma’lumotiga ko‘ra, kompaniyalar bu masalani 2026-yil boshida, Hugging Face bilan bog‘liq hodisadan oldin muhokama qilgan.Kelishuv bo‘yicha OpenAI va Anthropic bir-birining tijoriy modellariga API orqali kirib, ularning zaifliklari va kutilmagan xatti-harakatlarini aniqlashi kerak edi. Tomonlar sinov jarayonida olingan ma’lumotlarni saqlab qolmaslik majburiyatini ham olishi ko‘zda tutilgan.Muzokaralarda kompaniyalarning yuristlari ham ishtirok etgan, biroq kelishuv yakunlangani yoki imzolangani hozircha noma’lum. The Information manbasiga ko‘ra, taklif faqat bozorda allaqachon mavjud bo‘lgan tijoriy modellarni qamrab olgan, hali chiqarilmagan modellarni emas.


Pivot.uz | Startap va texnologiya
22 сент., 06:11
AI agent bizneslarda sotuvni 2 baravargacha oshirmoqdaO‘zbekistonda ishlab chiqilayotgan Nilu AI agenti hozirda 10 ga yaqin biznesda ishlamoqda. Jamoa ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim bizneslarda Nilu joriy etilgach, sotuv hajmi 2 baravargacha oshgan.Nilu oddiy chatbot emas. U mijoz bilan suhbatlashib, ehtiyojini aniqlaydi, mahsulot yoki xizmatni tavsiya qiladi va kerak bo‘lsa, suhbatni xodimga topshiradi.Agent Telegram, Instagram va saytlar orqali mijozlarga javob beradi va 24/7 ishlaydi. Shu sababli kechasi yoki ish vaqtidan tashqarida kelgan murojaatlar ham javobsiz qolmaydi.Hozirgacha Nilu orqali 24 mingta suhbat amalga oshirilgan. Jamoa kuzatuvlariga ko‘ra, mijozlarning 70 foizi AI bilan gaplashayotganini sezmaydi.Nilu shuningdek, CRM va ERP tizimlariga ulanib, mijozlar bilan ishlash jarayonini avtomatlashtirishga yordam beradi.@pivotuzbekistan


Pivot.uz | Startap va texnologiya
22 сент., 05:10
Kuzning eng yirik startap haftaligi: ICT Week 2026 doirasida nimalar bo‘ladi? 22–25-sentabr kunlari Toshkentdagi CAEx majmuasida ICT Week Uzbekistan 2026 bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi dasturda texnologik tadbirkorlik, venchur bozori va xalqaro miqyosda kengayishga



Pivot.uz | Startap va texnologiya
21 сент., 12:11
Qoraqalpog‘istonga 2027-yilda $5 mlrd investitsiya jalb qilinishi rejalashtirilmoqdaInvestitsiyalar asosan to‘qimachilik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari va avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.Shuningdek, Nukusda AI va bulutli texnologiyalar yo‘nalishida yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.Maqsad — yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, eksportni oshirish va yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish.👉 Batafsil — Pivot.uz’da o'qingInstagram | LinkedIn | YouTube


Pivot.uz | Startap va texnologiya
21 сент., 09:02изменён
Alibaba Qwen3.8-Omni-Flash’ni taqdim etdiQwen ma’lumotlariga ko‘ra, 1 soatlik audio qayta ishlash narxi 98% dan ko‘proqqa, audio-video uchun esa 93% dan ko‘proqqa kamaygan.Model uzun videodan savolga kerakli qismlarni o‘zi topib, aynan shu fragmentlarni tahlil qiladi. Bu token va hisoblash xarajatlarini kamaytiradi.Alibaba, shuningdek, audio-video bilan ishlaydigan AI agentlar yaratish uchun yangi vositalarni chiqardi.Demak, video tahlili, subtitr va konspekt yaratish kabi vazifalar endi ancha arzonlashishi mumkin.👉 Batafsil — Pivot.uz’da o'qingInstagram | LinkedIn | YouTube


Pivot.uz | Startap va texnologiya
21 сент., 06:48
O‘zbekistonning Spaceborne startapi kosmik texnologiyalar bo‘yicha xalqaro finalga chiqdiO‘zbekistonning Spaceborne startapi xalqaro Constructor Start dasturining 16 finalisti qatoridan joy oldi. Ular 2 100 dan ortiq ariza orasidan tanlangan.Spaceborne sun’iy yo‘ldoshlar uchun yangi turdagi dvigatel texnologiyasini ishlab chiqmoqda. G‘oya — mikroto‘lqinlar yordamida issiqlik hosil qilib, harakat kuchini yaratish.Startap Constructor Start dasturining ushbu bosqichiga O‘zbekistondan kirgan ilk jamoa bo‘ldi. Finalda kosmos, sun’iy intellekt, kvant texnologiyalari va boshqa DeepTech yo‘nalishlaridagi 16 ta startap qatnashadi.Constructor Capital tanlangan g‘olib jamoalarga $100 minggacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadi. Dastur doirasidagi umumiy moliyalashtirish imkoniyati esa $1 milliongacha yetishi mumkin.👉Batafsil Pivot.uz'da o'qing


Pivot.uz | Startap va texnologiya
21 сент., 04:28
Telegram endi Wear OS'daGalaxy Watch, Pixel Watch, Xiaomi Watch va boshqa mos smartsoatlarda Telegram’dan bevosita foydalanish mumkin.Foydalanuvchilar soatdan xabar va ovozli xabar yuborishi, media ko‘rishi, sticker jo‘natishi va chatlarni boshqarishi mumkin.@pivotuzbekistan
Pivot.uz | Startap va texnologiya
20 сент., 09:25
Hafta davomidagi qiziqarli maqolalar• Uzum 600 mlrd so‘mlik obligatsiyalarini joylashtirdi va $50 mlnlik valyuta obligatsiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazdi• OpenRouter kompaniyalarning AI modellariga sarflagan xarajatlarini e'lon qildi• $800lik muammo startapni oyiga $80,000 daromadga olib keldi• AI xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotchilar yirik kompaniyalarni tark etmoqda• Startapni rivojlantirish uchun 10 ta foydali maslahat• United Ventures UstozHub’ga $25 ming investitsiya kiritdi• 73 mlrd ustav kapitalga ega Agro Ventures tashkil etildi• United Ventures Mockchi Bola startapiga $15,000 investitsiya kiritdi• Startapni rivojlantirish uchun 10 ta amaliy qoida
Pivot.uz | Startap va texnologiya
20 сент., 06:30
Anthropic CEO'si AI rivojlanishini sekinlashtirishga chaqirdi Anthropic boshqaruvchisi Dario Amodei AI rivojlanishi xavfsizlik choralaridan tezlashib ketayotganini aytib, frontier modellar ustidagi ishlarni sekinlashtirishga chaqirdi. Qizig‘i, bu fikrni



Pivot.uz | Startap va texnologiya
19 сент., 11:16
SpaceX va Tesla o‘z chiplarini ishlab chiqaradi: Texasda $16,8 mlrdlik Terafab SpaceX va Tesla chip ishlab chiqarishni o‘z nazoratiga olish uchun Texasda ulkan Terafab zavodini ishga tushirishga kirishdi. Loyihaning dastlabki qiymati $16,8 mlrd bo‘lib, to‘liq


Pivot.uz | Startap va texnologiya
19 сент., 10:06
AI bozorida yangi model: Jev nima uchun dasturchilar e’tiborini tortmoqdaModel 70–500 millisekundda javob berishi, 1 mln input token uchun esa $0.042 turishi aytilmoqda.TypeSafe AI asoschisi Diogo Almeida avval OpenAI’da ishlagan va ChatGPT’ni yaratishga olib kelgan instruction-following tadqiqotlarida qatnashgan.Jev AI Gateway’da ham tez ommalashdi. Vercel ma’lumotiga ko‘ra, model ishga tushganidan 24 soat o‘tib, platformadagi pullik jamoalarning qariyb 13 foizi undan foydalangan.👉 Batafsil Pivot.uz’da o'qingInstagram | LinkedIn | YouTube


Pivot.uz | Startap va texnologiya
19 сент., 04:10изменён

Pivot.uz | Startap va texnologiya
18 сент., 13:18
Uzum 600 mlrd so‘mlik obligatsiyalarini joylashtirdi va $50 mlnlik valyuta obligatsiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazdiUzum korporativ obligatsiyalar bozoridagi faoliyatini kengaytirmoqda. Kompaniya 600 mlrd so‘mlik beshinchi obligatsiyalar emissiyasini 18% kupon daromadliligi bilan joylashtirdi. Natijada Uzumning Toshkent Respublika fond birjasidagi beshta emissiyasi umumiy hajmi 2,1 trln so‘mga yetdi.Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu 2,1 trln so‘mning qariyb 60 foizi norezident investorlar hisobidan jalb qilingan. Uzum jalb qilingan mablag‘larni ekotizimning fintex yo‘nalishini rivojlantirishga yo‘naltirmoqda.👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qingInstagram | LinkedIn | YouTube


Pivot.uz | Startap va texnologiya
18 сент., 08:13
$50 mln investitsiya kiritgan xorijiy elektrotexnika kompaniyalari O‘zbekistonda 10 yil soliq to‘lamaydiO‘zbekiston elektrotexnika, elektronika va robototexnika sohalariga yirik xorijiy investorlarni jalb qilish uchun yangi imtiyozlar joriy etmoqda. Prezidentning 12-sentabrdagi qaroriga ko‘ra, qiymati $50 mln va undan yuqori bo‘lgan loyihalarni amalga oshiradigan strategik investorlar foyda, mol-mulk va yer soliqlaridan 10 yilga ozod qilinadi.Imtiyozlar xalqaro ta’minot zanjirlarida ishtirok etuvchi va so‘nggi uch yil ichida Forbes Global 2000 reytingiga kirgan yirik kompaniyalarga mo‘ljallangan.👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qingInstagram | LinkedIn | YouTube


Pivot.uz | Startap va texnologiya
18 сент., 05:23
United Ventures Mockchi Bola startapiga $15,000 investitsiya kiritdiMockchi Bola — IELTS, Goethe va TOPIK kabi xalqaro til sertifikatlariga tayyorlanayotganlar uchun SI asosida ishlaydigan imtihon platformasi.Platforma o‘quvchining javoblarini taxminan 30 soniyada 95% aniqlik bilan baholash, shuningdek, takrorlanayotgan xatolar va zaif tomonlarni aniqlash imkonini beradi.Bu orqali o‘quvchilar natijani bir necha kun kutmasdan muntazam mashq qilishi, o‘qituvchilar esa qo‘lda tekshirishga sarflanadigan vaqtni qisqartirishi mumkin.Investitsiya United Ventures Startup Booster Demo Day’da jamoaga berilgan $15,000 miqdoridagi soft commitmentning amalda bajarilishi doirasida kiritildi.@pivotuzbekistan


Pivot.uz | Startap va texnologiya
18 сент., 04:09изменён
73 mlrd ustav kapitalga ega Agro Ventures tashkil etildiAgrobank o‘zining Agro Ventures kompaniyasini tashkil etdi. Kompaniya direktorligiga Mirolim Abdullayev tayinlandi.Mirolim Abdullayev 2022-yildan AloqaVentures’da faoliyat yuritgan, 2026-yildan esa Principal vazifasini bajarib kelmoqda.Kompaniyaning ustav kapitali 73 mlrd so‘mni tashkil etadi. Agro Ventures Agrobankning 100 foiz ulushiga ega bo‘lgan kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.Agro Ventures startaplarni moliyalashtirish uchun akselerator va inkubator dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xakatonlar o‘tkazish, qishloq xo‘jaligidagi startaplar va innovatsion g‘oyalar uchun grant dasturlarini joriy etish bilan shug‘ullanadi.@pivotuzbekistan


Pivot.uz | Startap va texnologiya
17 сент., 12:16
🚀 Startap boshlash uchun g‘oyani noldan o‘ylab topish shart emasStartup Garage Asoschilar rezidentligi dasturi orqali global bozorda allaqachon shakllangan va O‘zbekiston bozoriga moslashtirish mumkin bo‘lgan loyihalarni taklif qilmoqda.Dastur ishtirokchilari o‘ziga mos loyihani tanlab: - tayyor yo‘l xaritasi asosida ishlaydi - MVP yaratadi - mahsulotni bozorda sinaydi - dastlabki natijalarni oladiStartup Garage jamoasi esa 2 oy davomida jarayonni yo‘l-yo‘riq bilan qo‘llab-quvvatlaydi.Ya’ni, oylar davomida g‘oya izlash o‘rniga, tayyor loyiha ustida ishlash va uni amalda sinash imkoniyati beriladi.Joylar soni cheklangan.Ro‘yxatdan o‘tish uchun@pivotuzbekistan



Pivot.uz | Startap va texnologiya
17 сент., 08:25
United Ventures UstozHub’ga $25 ming investitsiya kiritdiUstozHub — o‘quvchilar va o‘qituvchilarni bir platformada birlashtiruvchi onlayn xizmat. O‘quvchilar fan, daraja, narx va jadval bo‘yicha o‘ziga mos o‘qituvchini topishi mumkin.Platforma orqali o‘quvchilar darslar, to‘lovlar, uy vazifalari va o‘zlashtirish jarayonini kuzatadi. O‘qituvchilar esa reklama uchun qo‘shimcha xarajatlarsiz yangi o‘quvchilarga chiqish imkoniga ega.@pivotuzbekistan

Ссылки
