gram news
Аватар канала Lingvist Iroda Azimova

Lingvist Iroda Azimova

@psixolingvist

Psixolingvistika, neyrolingvistika ILMIY yo‘nalishlariga oid kuzatuvlar, tahlillar

ПроектыUZПсихология

3,980подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Lingvist Iroda Azimova

    22 сент., 11:37

    Nasiba Abdullayevaning "Ko‘z yoshimiz" qo‘shig‘i. Birinchi marta so‘zlariga jiddiy eʼtibor berib eshitdim, shekilli. Ha, odam toki o‘sha holatni boshidan o‘tkazmaguncha his qilmas ekan... Ishda, kundalik tashvishlarda band bo‘lish qanday yaxshi. Umring o‘tib ketayotgani haqida o‘ylashga imkon bo‘lmasa yaxshi. O‘ylash esa odamni shu qadar qayg‘uga soladiki... Alloh umrimizni xayrli va barakali qilsin...@psixolingvist
    YouTubeКрасивая песня: "Куз ёшимиз" - Насиба Абдуллаева (Nəsibə Abdullayeva)Песня: "Куз ёшимиз..." ("Наши слёзы...") - исполняет Народная артистка Узбекистана Насиба Абдуллаева.
    8271971Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    21 сент., 02:33

    O‘g‘lim olti yoshligida bergan savol- Aya, men ham sizning ishxonangizga boray. - Nima qilasan? - Siz nima qilasiz? - Aka-opalarni oʻqitaman. - Oʻqituvchi boʻlsangiz, nega sizning haykalingiz yoʻq?@psixolingvist
    1,4801041211621Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    20 сент., 09:55

    переслано из @guljamol_asqarova

    ҲамдардликДилрабогаСени бағримга босдим— Чўғни бағримга босдим. Қайғу қонидан шимган Туғни бағримга босдим.Шоир сўрар: Не учун, ой осмондан йиқилди? Худога не қилгандик, Худо бизга не қилди?Йигит кетган йигитнинг Ер ўпарми кураги? "Уни томдан йиқитди, тўполончи юраги"Эй юзи офтоб синглим,
    1,3302152Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    16 сент., 15:34

    переслано из @mingkitobuz

    Ma’nolar mustaqilligi...
    1,940642Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    15 сент., 08:35

    переслано из @iqtisodchi_kundaligi

    Internetda bir chiroyli kuzatuv tez-tez uchraydi. Unga ko'ra, ispanlar diqqatni "qarzga beradilar", fransuzlar uni "yaratadilar", inglizlar "to'laydilar", nemislar esa "sovg'a qiladilar". Qiziqib qarasam, bu so'zlarning haqiqiy tarixi yanada qiziqroq ekan.Ispancha prestar aslida "taqdim etmoq" ma'nosidan kelgan ekan. Inglizcha pay esa "bajo keltirmoq" ma'nosini bergan ekan: shuning uchun ham inglizlar tashrifni ham, hurmatni ham "to'laydilar". Nemischa schenken dastlab "ichimlik quyib bermoq" degani ekan.Endi o'zimizning tillarga qaraylik. Ruslar diqqatni "ajratadilar" (уделять внимание), ya'ni undan bir ulush beradilar, go'yo u cheklangan. Biz O'zbeklar esa e'tiborni "beramiz"- qaytarib olishni kutmasdan. Diqqatni esa "etamiz", xuddi fransuzlardek demak.
    2,02925121Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    10 сент., 17:48

    переслано из @iqtisodchi_kundaligi

    Alifbo o'zgargani albatta yomon bo'ldi. Juda qimmatli xatolardan biri bo'ldi.
    2,720348742Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    10 сент., 17:45

    переслано из @uzbekonomics

    Bu odatdagi "yanada takomillashtirish", "yanada isloh qilish" qabilidagi qonun emas. Bu qaror avlodlar kelajagiga, o'zbek tiliga, savodxonlikka va ta'limga uzoq yillar ta'sir qiladi. Albatta ijobiy emas, buni hamma bilib turibdi.Shuning uchun unga ham shunga yarasha jiddiy, ilmiy va ehtiyotkor yondashish kerak edi. “10 yildan beri shu ustida ishlayapmiz”, “endi cho'zmaylik”, “odamlar ko'nikadi” - bular dalil emas.Alifboni takomillashtirishga doir qonun loyihasi ustidagi ishlar boshlanganiga 10 yil bo'lgan bo'lsa, shu davr ichida hech bir eksperiment, sinov qilib ko'rildimi? Bir dona bo'lsa ham? Eksperiment, pilot, o'qish tezligi va xatolar bo'yicha test, o'qituvchi va o'quvchilarga tushadigan yuk, jamiyatning moslashish xarajati o'lchanishi kerak edi. Ana o'sha dalil bo'lishi mumkin edi, agar mustaqil va xolis qilingan bo'lsa. Xarajat deganda faqat kitob bosib chiqaradigan xarajat
    2,6401475443Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    10 сент., 07:45

    Reklamada "Tanlov ko‘r-ko‘rona amalga oshirildi" degan gap mijozda mahsulot haqida ijobiy tasavvur shakllantirmaydi. Hech qanaqasiga.@psixolingvist
    2,2301922Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    6 сент., 06:32изменён

    Tahrir va andishaOxirgi kunlarda bir narsaga eʼtibor berdim.Ijtimoiy tarmoq"chi"lar, yaʼni har qanday faoliyatini, hattoki kundalik hayotini ijtimoiy tarmoq orqali yoritayotgan yoki yuritayotgan, reklama qilayotgan, aynan ijtimoiy tarmoq uchun ijod qilayotganlar bilan professionallarni tahrir ajratib turarkan. Yaʼni professionallarda u bor (yoki bor edi...).Masalan, podkastlar, nimaga ikki-ikki yarim soat, baʼzan undan ham ko‘p? Shunchalik uzoq suhbatning ichida muxlis eshitmasa hech narsa yo‘qotmaydigan gap yo‘q deb o‘ylaysizmi? Yoki muxlis shunday ham biladigan gaplar yo‘q deb o‘ylaysizmi? Yoki boshlovchi/mezbon mehmonni unutib, o‘zini ko‘rsatishga o‘tib ketgan va bu umumiy kontekstda unchalik ham chiroyli ko‘rinmagan lavhalar yo‘q deb o‘ylaysizmi?Bularning hammasi axborot shovqinini ko‘paytirib qabul qiluvchiga ortiqcha yuk bo‘ladi. Tahrirning vazifasi aynan shu ortiqcha
    3,94050331312Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    1 сент., 10:20изменён

    https://youtu.be/7ZYl4IIPX5M?si=MvpCmRTXrd8lWYL7Bu videoni ancha avval ko‘rgandim. Bayramga juda mos tuyuldi. O‘n bir yoshli qizning qo‘shiq muallifi oldida qoyillatib ijro etgani, muallifning o‘zi bek-vokal bo‘lib jo‘r bo‘lgani qanaqadir fayzli chiqqan.Vatandoshlarim, shu yurtda hammamiz tinch-farovon, go‘zal hayot kechiraylik. Vatanimiz har tomonlama rivoj topsin.@psixolingvist
    YouTubeOzodbek Nazarbekov & Roziyaxon jonli ijro 2016Ozodbek & Roziyaxon O'zbekiston jonli ijro 2016
    3,59017142Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    1 сент., 07:14

    Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin. Vatanimiz hamisha erkin va ozod bo‘lsin.Yurt mustaqilligi buyuk neʼmat. Buni esimizdan chiqarmaylik.@psixolingvist
    2,820391342Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    28 авг., 13:01изменён

    Tarjima mashaqqatlari (tarjimonlarga layfxak!)O‘zbek tili feʼl faol qo‘llanadigan til. Rus tili, ingliz tilida ko‘pincha ot yo sifat predikat bo‘lib kelaveradi. Masalan, Maksim Galkin bir paytlar "А мне 26" deb nomlangan konsert bergan edi. O‘sha yillarda qo‘shiqchi Shahzoda o‘z konsertini "Ijodimga o‘n besh yil" deb nomlagan. O‘zbekchada jumla tugallanmaganligi sezasiz, to‘g‘rimi? Savol paydo bo‘ladi: nima o‘n besh yil?Ingliz tilidan qilingan tarjimada quyidagicha gap kelyapti:Demak, so‘z tartibida zamonga bog‘liq o‘zgarish mavjud.Ko‘zda tutilgan mazmun bunaqa o‘zbekcha gapda chiqmayapti. Maʼno chiqishi uchun o‘zbekchasi qanday bo‘lishi kerak:Demak, so‘z tartibi zamonga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.Aksariyat hollarda tarjimadagi g‘alizlik shundan kelib chiqadi. O‘zbekchada shunaqa yo shunga o‘xshash gap eshitganmanmi deb tarjimon o‘ziga savol berib ko‘rishi kerak.Shuning
    3,60027117Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    27 авг., 13:46

    переслано из @qizingizyozdi

    Yaqinda jizzaxlik 20 yoshli blogger qizning avtohalokatda vafot qilgani haqida aytishdi. Videolari vafotidan so‘ng ommalashib ketgan emish.E'tiborimni tortgani — qizning sahifasi unchalik aktiv bo‘lmagan paytda: "Men o‘lganimdan keyin mashhur bo‘lib ketaman, videolarim rekka chiqadi, hamma meni taniydi", mazmunida gapirgan videosi bo‘ldi."O‘lsam hamma meni taniydi" duosi.Va uning ijobati.Qur'onda hazrati Yusuf va Zulayxo qissasida ajoyib nuqta bor:Zulayxo Yusuf (a.s) uni rad qilgani haqida qo‘llarini kesib o‘tirgan mehmon ayollarga aytib beradi. Va tahdid ham qiladi: aytganimni qilmasa, qamayman, xor-u zor bo‘ladi!Shu joyda Yusuf (a.s): { قَالَ رَبِّ ٱلسِّجۡنُ أَحَبُّ إِلَيَّ مِمَّا يَدۡعُونَنِيٓ إِلَيۡهِ} Parvardigorim, bular chorlayotgan narsadan ko‘ra zindon menga yaxshiroq". (33) { فَٱسۡتَجَابَ لَهُۥ رَبُّهُۥ} "Bas, Parvardigori (Yusufning duosini) ijobat qildi ". (34)U
    2,820692496Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    25 авг., 14:25

    #mulohazaBaʼzan to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun og‘riqdan o‘tish shart... Balki baʼzan emas. Doim.Nega bunaqa? Bilmadim, balki tarbiyalanarmiz...«Og‘riqlar ulg‘aytirdi bizni, Baxtdan erkalandik, yoshardik.»@psixolingvist
    3,3602016844Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    24 авг., 12:48

    Geminidan tavsiya:".. ayamasdan yotib dam oling."Qanday go‘zal va original jumla!@psixolingvist
    3,3007519831Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    21 авг., 13:43

    переслано из @mingkitobuz

    #havolaIqtisodiyotni hikoyalar bilan o‘rgansa bo‘ladi(mi?)“Iqtisodiyotning muxtasar tarixi” kitobi tarjimoni Yorqinjon Haydarov bu borada nima deydi?Batafsil 👉 https://youtu.be/oF5G4AHy9Rc?si=tmNjw4HNF1oe2i5STelegram | Facebook | Instagram | YouTube
    YouTubeIqtisodiyotni hikoyalar bilan o'rgansa bo'ladi! Havola 2Havola loyihasining bu galgi mehmoni taniqli tilshunos, tarjimon va muharrir Yorqinjon Haydarov bo'ldilar. Hilol-nashr nashriyotining bosh muharriri bo'lib faoliyat yuritayotgan Yorqinjon aka loyihamiz doirasida Nayl Kishtaynining "Iqtisodiyotning muxtasar…
    3,640532Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    17 авг., 10:06изменён

    Tarjima mashaqqatlari"biz kabi barmoqlar soniga ega bo‘lgan"Gap fantastik asardagi mahluqlar haqida ketyapti.Tarjima gap. Ingliz tilining qolipi saqlangan va o‘zbekcha so‘zlar qo‘yilgan.TARJIMA BUNDAY QILINMAYDI!O‘zbekchada nima deyiladi?"Barmoqlarining soni bizniki bilan bir xil bo‘lgan" deyiladi.Tarjimaga masʼuliyat olgan odam original matn tilidan ko‘ra qaysi tilga o‘girayotgan bo‘lsa o‘sha tilni yaxshi bilishi kerak. U til uning ona tilisi ekanligi va hatto filologiyani bitirganligi ham yaxshi bilishini kafolatlamaydi.Afsuski, bizda o‘zbek tilining pragmatikasi na maktab, na universitetda qoyillatib o‘qitilmagani uchun tarjimon yo muharrirning saviyasini faqat va faqat uning lisoniy tajribasi belgilab beradi, u qanchalik ko‘p va xilma-xil matnlar bilan ishlagan.@psixolingvist
    3,77023157Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    17 авг., 09:18

    переслано из @leprofesseur_uz

    Jamoat joyida naushniksiz telefonida video ko'radiganlarga yoki speakerda suhbatlashadiganlarga alohida qozon bor.Naushnigi yo'qligini tushunish mumkin, lekin farosatdan qisib qolgan bo'lsa qiyin ekan.
    3,100412710911Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    15 авг., 05:57изменён

    Yana eng chirkin fikr nima, bilasizlarmi? "Bu kimgadir ishlaydi, bu – buyurtma post", – deyishlari bo‘lsa kerak, albatta, bunga asoslar ham bor. Kimlardir shunday "PR" bilan shug‘ullanishini inkor qilib bo‘lmaydi. Ammo shunchaki og‘rinib, ichki mas'uliyat
    3,60025862Открыть в Telegram
  • Lingvist Iroda Azimova

    15 авг., 05:29

    переслано из @habiba_hamdam

    Haqiqatga sodiq qoling!Yolg‘on gapirishga majbur bo‘lgan vaziyatda, shunchaki rostini aytib, oqibatini Allohga topshiring.Rostgo‘ylik qiyin bo‘lishi mumkin, lekin u beradigan xotirjamlik dunyodagi hech qaysi yolg‘on bera olmaydigan ne’matdir.@Habiba_Hamdam
    2,700видео141274Открыть в Telegram